«Yunayted» - «Liverpul» 4:2
04.09.2015

Brayan Robson boshchiligidagi afsonaviy «Manchester Yunayted» faxriylari «Liverpul» jamoasining fahriylariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi.
O‘yin Stokgolm shahrining «Frends Arena» o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda «Qizil iblislar» qariyalari 4-2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Yunayted» tarkibida gollarni Karel Poborski, Duayt York, Boyan Djordjich va Yesper Blumkvist kiritishdi.
Uchrashuv «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalarining xayriya fondi tomonidan tashkil etildi .
Jamoalar quyidagi tarkibda maydonda to‘p surishdi:
«Manchester Yunayted»: Van der Gouw (Pilkington 69); Martin, Johnsen, Robson (Beardsmore 69), Irwin (Thomas 82); Gillespie, Poborsky, Fortune, Djordjic (Yorke 84), Blomqvist (Thornley 61); Yorke (Blackmore 61, Blomqvist 76).
«Liverpul»: Dudek (Westerveld 46); Kvarme (McAteer 87), Henchoz (Diao 46), Babb; McAteer (Partridge 65), Garcia, Hamann, Berger, Harkness (Thompson 46); Smicer (Rush 70), Fowler.




Devid Bekxem «Futbol afsonasi»
03.09.2015

Devid Bekxem yigirmanchi marotaba o‘tkazilayotgan HMV Football Extravaganza marosimida «Futbol afsonasi» sovriniga loyiq topildi.
Devidga ushbu mukofotni sovrinning avvalgi yilgi sohibi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz topshirdi. Tadbirda shuningdek «Manchester Yunayted» ning sobiq futbolchisi Niki Batt ham ishtirok etdi.
Avalroq «Futbol afsonasi» sovrinini ser Bobbi Charlton, ser Aleks Fergyuson, Erik Kantona va Teddi Sheringemlarga ham topshirilgan edi..
HMV Football Extravaganza – hayriya marosimi Nordoff Robbins musiqa terapiyasi fondi ko‘magida tashkl qilindi. 20-marotaba tashkil qilinayotgan marosim tarixi davomida umumiy hisobda 6 million funt mablag‘ fond hisobiga kelib tushgan. Ushbu mablag‘ orqali musiqa yordamida turli hil kasallikka chalingan insonlarni davolash ko‘zda tutilgan.

Chempionlar Ligasi uchun ro‘yhat
03.09.2015

«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 26 nafar futbochi ro‘yhatini rasman e'lon qildi.
Ko‘pchilikning diqqatini tortgan narsa ro‘yxatdan Davida De Xea ham o‘rin oldi. Shuningdek jamoani tark etishi kutilayotgan Viktor Valdes ushbu ro‘yhatga kiritilmadi.
Ro‘xatdan jamoaning 6 nafar yangi a'zosi shuningdek o‘rinbosarlar tarkibidan Gilermo Varela va Nik Pauell ham joy olishgan.
«Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy yakuniy ro‘yhati quyidagi ko‘rinishda tashkil topgan:
Darvozabonlar: David De Xea, Serxio Romero, Sem Djonstoun;
Himoyachilar: Fil Djons, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk Shou, Gilermo Varela, Peddi MakNeyr, Matteo Darmian;
Yarim himoyachilar: Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera, Nik Pauell, Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Djessi Lingard, Andreas Pereyra;
Hujumchilar: Memfis Depay, Xuan Mata, Antoni Martyal, Ueyn Runi, Djeyms Uilson.
Evans «Vest Bromvich» a'zosiga aylandi
02.09.2015

Jonni Evans rasman «Vest Bromvich Albion» jamoasi a'zosiga aylandi.
Shimoliy Irlandiyalik futbolchi «Qizil iblislar» safida 200 ga yaqin uchrashuvda maydonga tushgan va 7 ta gol urishga erishgan.
«Vest Bromvich» tarkibida Evans «Yunayted» jamoasining sobiq a'zolari - Darren Fletcher, Ben Foster va Djeyms Chester bilan birgalikda to‘p suradi.
Futbolchining transferi borasidagi moliyaviy tomonlari to‘liq oshkor etilmadi.
« «Manchester Yunayted» jamoasi oldidagi xizmatlari uchun Jonni Evansning kelgusi faolyatiga omad tilab qoladi», - deya xabar berdi «Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy sayti.

Yanuzay jamoani tark etdi
02.09.2015

Dortmundning «Borussiya» jamoasi rasman Adnan Yanuzayni ijaraga olganini e'lon qildi. 20 yoshli belgiyalik futbolchi 2016 yil 30 iyunniga qadar jamoa safida to‘p suradi
«Adnan – juda iqtidorli va texnikasi yaxshi shakillangan o‘yinchi, uni jamoamizga qo‘shilishi orqali jamoa hujum chizig‘imiz yanada kuchayadi», - deydi «Borussiya» jamoasi sport direktoriMixael Sork jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Yanuzay ham qisqacha o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Borussiya» - ajoyib jamoa. Jamoaning ashaddiy muhlislari borligini eshitganman. Ushbu jamoaning rivojiga o‘z xissamni qo‘shishni hohlayman».
Yanuzay yangi jamoasi tarkibida 9 raqamda to‘p suradi.

Ernandes «Bayer» jamoasiga o‘tdi
02.09.2015

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Xaver Ernandesni «Bayer» jamoasi safiga o‘tganini e'lon qildi. 27 yoshli meksikalik futbolchi nemis jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Chicharito «Yunayted» safida 159 uchrashuvda ishtirok etib 59 golning mualifiga aylangan. O‘tgan mavsumda esa futbolchi ijara asosida «Real Madrid» jamoasida to‘p surgan edi.
««Manchester Yunayted» jamoasi Chicharitoning kelgusi faoliyatiga omad tilab qoladi», - deya yozadi jamoaning rasmiy sayti.

Lindegor jamoani tark etdi
02.09.2015

«Manchester Yunayted» darvozaboni Andersa Lindegor «Vest Bromvich» jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
31yoshli daniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvofaqqiyatli o‘tib jamoa a'zosiga aylangan. Futbolchi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Lindegor yangi jamoatarkibida 21 raqamda maydonga tushadi.
«Men «Vest Bromvich Albion» tarkibiga qo‘shilganimdan xursandman, ishonamanki ushbu mavsumda jamoaga o‘z yordamimni bera olaman».
Eslatib o‘tamiz, Lindegor «Manchester Yunayted» tarkibiga 2010 yil noyabr oyida kelib qo‘shilgan va shu kunga qadar 29 uchrashuvda maydonga tushgan.
«Old Trafford» da kamchiliklar bor
02.09.2015

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra «Yunayted» jamoasi stadioni «Old Trafford» gigiena tekshiruvlari tomonidan yuqori bahoga loyiq ko‘rilmadi.
Jamoa stadioniga tekshiruvchi komissiya tomonidan 5 emas 4 yulduzli deya baholangan. Angliya premer ligasida ishtirok etuvchi jamoalar orasida «Uotford» ga ham shunday baho qo‘yilgan. Boshqa jamoalar esa yuqori bahoga munosib ko‘rilgan.
Tekshiruvchilar «Old Trafford» stadionidagi Red Cafe eshiklari yaqinida kemiruvchilar tomonidan qoldirilgan teshiklarni ko‘rishgan. Shuningdek kafeda mavjud muzlatgichlar yetarli darajada emas.
Yakunda tekshiruv komissiyasi holatni yaxshilash borasida o‘z takliflarini keltirib o‘tishgan.
Blekett «Seltik» ga yo‘l oldi
02.09.2015

Avval aytib o‘tilganidek «Manchester Yunayted» himoyachisi Tayler Blekett ijara asosida «Seltik» safiga qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu xaqida futbolchi quydagilarni aytib o‘tdi.
«Murabbiy aytishicha, bu men uchun foydali bo‘ladi. Ha albatta, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib malakamni yanada oshirish niyatidaman. Bu mening rivojlanishim uchun foydali bo‘ladi. «Seltik» kabi raqobatdosh jamoa tarkibida to‘p surish bu men uchun katta plyus».
« «Manchester Yunayted» doim mening jamoamligicha qoladi, «Seltika» da esa o‘z io‘imni amalga oshira olishga ko‘zim yetadi. Menga har haftada maydonda to‘p surishim zarur, o‘ylaymanki bu foydali bo‘ladi».
Futbolchi mavsum so‘ngiga qadar «Seltik» jamoasi tarkibida to‘p suradi.
Martyal «Yunayted» a'zosi
02.09.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi transfer oynasi yopilishining so‘ngi kuni «Monako» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antoni Martyal bilan shartnoma imzoladi. Bu xabarni jamoaning rasmiy sayti ham tasdiqladi.
19 yoshli futbolch bilan jamoa 4+1 ko‘rinishida o‘artnoma imzoladi. Martyal «Monako» safida 2013 yildan buyon maydonga tushib keladi. Jamoa tarkibida futbolchi Martyal 70 uchrashuvda maydonga tushib 15 marotabi raqib darvozasini ig‘ol qilishga erishgan. Antoni 16 yoshlilar terma jamoasidan 21 yoshlilar termasi safiga o‘tkazilgan edi. 28 avgust kuni esa futbolchi Fransiyaning asosiy terma jamoasi safiga chaqiruv oldi.
Yangi jamoa tarkibiga qo‘shilgani haqida futbolchi o‘z fikrini bildirdi: «Manchester Yunayted» jamoasi safiga kelib qo‘shilganimdan juda xayajondaman. «Monako» da menga yordam bergan hammaga va muhlislarga kat rahmat».
«Men Premer Ligada o‘ynashni doim istardim. Bunday katta jamoaning safida to‘p surish xar bir yosh o‘yinchining orzusi. Tez orada yangi jamoadaoshlarim safiga qo‘shilib Lui van Gal qo‘l ostida yanada yuksak darajaga erishaman».
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal ham o‘z fikrlari bilan shrtoqlashdi:
«Xursandman, Antoni «Manchester Yunayted» tanlaganidan. Ishonamanki u o‘ziga mos jamoani tanladi. U hali juda yosh, shunday ekan yanada yuksalishga erishadi. Premer Liganing ritimiga tezda moslashib ketishiga ishonib qolaman».
