29.08.2015

«Seltik» jamoasi «Yunayted» himoyachisi Tayler Blekett borasida muzokara olib bormoqda. The Daily Mail va BBC nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra «Seltik» bosh murabbiyi  Ronni Deyl himoyachini ijara asosida o‘z jamoasida ko‘rish niyatida.

Shuningdek futbolchiga «Vest Brom», «Real Sosedad» va «Valensiya» jamoalari ham qiziqish bildirishgan.

21 yoshli Blekett «Seltik» da jamoani tark etgan Virdjila vann Deykning o‘rnini bosish niyatida taklif etilmoqda. Blekett markaziy himoyada va chap qanot himoyasida o‘ynay olishi mumkin. O‘tgan mavsumda futbolchi asosiy tarkibda 12 bor maydonga tushishga erishgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Evans jamoani tark etadimi?

29.08.2015

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Jonni Evansa «Vest Bromvich» jamoasi safiga borib qo‘shilishi mumkin.

27 yoshli shimoliy irlandiyalik futbolchi 9 yildan buyon «Yunayted» jamoasida to‘p suradi va endilikda Toni Pyulis boshchiligidagi jamoa safiga borib qo‘shilishga yaqin.

«Jonni jamo o‘yinini kuchaytira oladi. Jamoalar futbolchining transferini kelisha olsalar bo‘lgani. Ko‘p narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq, men Evansni o‘z jamoamda ko‘rishni istamayman», – deydi Pyulis.

Britan nashrlari xabariga ko‘ra futbolchi transferi 8 million funt sterling deya boholanmoqda, shundan 6 mln. funt sterling dastlabki to‘lov qolgan 2 mln. esa bonus sifatida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jamoaning uchinchi libosi

28.08.2015

«Manchester Yunayted» va Adidas bilan hamkorlikda 2015-2016 mavsum uchun jamoaning uchinchi libosini taqdim etdi.

Ushbu libos qora rangda bo‘lib apelsin rang (oranj) elementlardan iborat. Jamoa ushbu libosdan Chempionlar Ligasi guruh bosqichi mehmondagi uchrashuvlarida foydalanishi ko‘zda tutilmoqda.

Jamoaning ushbu libosini ham «Manchester Yunayted» ning on-layn do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Guruh bosqichi o‘yinlari jadvali

28.08.2015

 «Manchester Yunayted» ning Chempionlar Ligasi 2015-2016 mavsum guruh bosqichi o‘yinlari jadvali aniq bo‘ldi.

Van Gala shogirdlari dastlabki turda 15 sentyabr kuni Gollandiyaga safar uyushtiradi va«PSV Eyndxoven» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi ko‘rishda o‘rin olgan:

15 sentyabr – «PSV Eyndxoven» (mehmonda)
30 sentyabr - «Volfsburg» (uyda)
21 oktyabr – «SSKA Moskva» (mehmonda)
03 noyabr – «SSKA Moskva» (uyda)
25 noyabr - «PSV Eyndxoven» (uyda)
08 dekabr - «Volfsburg» (mehmonda)

Муҳокама

28.08.2015

Monako shahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, bu bosqichga yetib kelgan 32ta jamoa nomlari yozilgan sharlar oltitadan 4 ta savatchaga joylashtirildi va yakunda sakkizta guruhni hosil qilishdi.
Qayd etish kerakki, yangi qoidaga ko‘ra yangi mavsumda o‘tgan yili yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan «Sevilya» ham yeChLda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Bu orqali guruh bosqichida ispan jamoalari soni 5 taga yetgan («Barselona», «Real», «Atletiko», «Valensiya» va «Sevilya»). Shuningdek, Rossiya va Ukraina jamoalari bitta guruhdan joy olishmadi.

«Manchester Yunayted» qur'a natijalariga ko‘ra «B» guruhidan o‘rin oldi. Guruhda shuningdek Gollandiyaning PSV, Rossiyaning SSKA va Germaniyaning  «Volfsburg» jamoalari joy olishgan.

Guruh bosqichining dastlabki turi 15-16 sentyabr kunlari, oxirgi tur o‘yinlari esa 8-9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Qur'a natijalari bilan tanishing:

«A» guruhi - PSJ, «Real», «Shaxtyor», «Malme».
«B» guruhi - PSV, «Manchester Yunayted», SSKA, «Volfsburg»
«C» guruhi - «Benfika», «Atletiko», «Galatasaroy», «Astana».
«D» guruhi - «Yuventus», «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Menxengladbax).
«E» guruhi - «Barselona», «Bayer», «Roma», BATE
«F» guruhi - «Bavariya», «Arsenal», «Olimpiakos», «Dinamo» (Zagreb)
«G» guruhi - «Chelsi», «Portu», «Dinamo» (Kiev), «Makkabi»
«H» guruhi - «Zenit», «Valensiya», «Lion», «Gent»

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» ikkinchi savatda

28.08.2015

Tunda Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining so‘nggi saralash — pley-off bosqichi o‘yinlarining javob bahslari nihoyasiga yetdi. Yakuniy guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoalarning barchasi ma'lum bo‘ldi.
 
Jamaolar 4 savatchaga bo‘linishgan. Qur'a orqali jamoalar sakkizta guruhga ajratiladi.
Qur'a tashlash ma'rosimi 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20-45 da Fransiyaning Monako shahrida bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar savatchalarda quyidagicha o‘rin olishgan:

Birinchi savatcha:
«Barselona», «Chelsi», «Bavariya», «Yuventus», «Benfika», «PSJ», «Zenit», PSV.

Ikkinchi savatcha:
«Real», «Atletiko», «Portu», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Valensiya», «Bayer», «Manchester Siti».

Uchinchi savatcha:
«Shaxtyor», «Sevilya», «Lion», «Dinamo» (Kiev), «Olimpiakos», SSKA, «Galatasaray», «Roma».

To‘rtinchi savatcha:
BATE, «Borussiya» (M), «Volfsburg», «Dinamo» (Z), «Makkabi», «Gent», «Malme», «Astana».

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Hammasi hali oldinda

27.08.2015

«Bryugge» jamoasiga qarshii kechgan bahsning qahramoni Ueyn Runi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Agarda men kuchli irodaga ega bo‘lmaganimda, balki tanqidlar menga ta'sir o‘tkazgan bo‘lar edi. Ammo men nimalarga kuchim yetishini bilaman. Agarda gol ura olmasam, baribir jamoa uchun katta foyda keltiradigan ishlar qilaveraman».

«Hozirga qadar tashvishga tushmaganman. Agarda yana uch yoki to‘rtta o‘yinda gol ura olmaganimda, balki tashvishlana boshlardim. Hozircha mavsum endi boshlanmoqda va hammasi hali oldinda», - deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Runi uchrashuvda raqib darvozasini 3 bor aniq nishonga oldi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Liga kubogidagi raqib «Ipsvich»

26.08.2015

Angliya Liga kubogi musobaqasining 3-bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'a natijasiga ko‘ra ushbu bosqichda «Manchester Yunayted» jamoasi «Old Trafford» da «Ipsvich Taun» jamosini qabul qiladi.

Mika Makkarti bosh murabbiyligidagi «Ipsvich» jamoasi xozirda Chempionshipda beshqadamlik qilmoqda.

Liga Kubogining 2-bosqichida «Donkaster Rovers» mehmoni bo‘lgan «Ipsvich» yakunda 1-4 hisobida g‘alaba qozonib 3-bosqichga yo‘l olgan edi..

Liga Kubogi musobaqasining 3-bosqich o‘yinlariga 21 sentyabr kuni start beriladi.

Муҳокама

21.08.2015

Ananaviy juma kungi matbuot anjumanida ishtirok etgan Lui van Gal jamoaning bugungi holati xaqida aytib o‘tdi.

«Hozircha o‘zgarishlar yo‘q. Birgina Jonsning ahvoli ancha yaxshilanib bormoqda. U hozirda yugurush mashqlarida ishtirok etmoqda. Roxo? U jismoniy holatini tiklash ustida ishlamoqda».

«Shvaynshtayger asosiy tarkibda tushishga tayyormi? Ha, albatta. Bu buguning asosiy savoli. Balki ertaga buni barcha o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin. Ishonch bilan aytamanki u yanada yaxshiroq o‘ynay oladi, agar futbolchining jismoniy holati yomon bo‘lsa u o‘z o‘yinini ko‘rsata olishi qiyin».

«Barcha ko‘rdi o‘tgan uchrashuvda jamoa vitse-kapitani Maykl Karrika o‘rniga tanafusdan so‘ng Shvaynshtayger tushganini. O‘ylashimcha bu yaxshi yechim – bunda biz futbolchilarning kuchlarini tejay olishimiz mumikin, bu bizga foyda berishi mumkin».

Муҳокама

Янгиликлар /

Romero: De Xea professional inson

20.08.2015

 «Manchester Yunayted» darvozaboni  Serxio Romero futbolchi David De Xeani jamoada qolishi tarafdori ekanini aytib o‘tdi.

«To‘g‘risini aytsam vaziyat qandayligini bilmayman, lekin David jamoada qolishini xoxlar edim va birgalikda tinimsiz ishlab jamoaga katta yordam bergan bo‘lardik».

 «Bu David uchun og‘ir vaziyat, u xaqiqiy professional inson. Hyech kim kelgusi uchrashuvda darvozani kim qo‘riqlashini oldindan xech kim ayt olmaydi».

 «Xozirda men xayratdaman na De Xea, na Valdes uchrashuvda ishtirok eta olmayapti. Ikkalasi ham fantastik darvozabonlar. Menga ular bilan birga ishlash - faxr».

Муҳокама