Янгиликлар /

Runi: Tez orada gol uraman

20.08.2015

Ueyn Runi aytishicha tez orada jismoniy holatini to‘liq tiklab ko‘plab gollar urish niyatida. «Manchester Yunayted» jamoasining sardori ushbu mavsumda o‘tkazgan 3 ta o‘yinda biror marotaba ham gol ura olmadi.

«Men – to‘g‘ri odamman. Bilaman, «Aston Villa» ga qarshi uchrashuvda standartdan biroz past darajada to‘p surdim».

«Hozircha bu mavsumning boshlanishi holos, bor yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazdik holos. Ko‘p marotaba tanqid qilishmoqda. Tushunib turibman, tez orada jamoam g‘alabasi uchun ko‘plab gol urishimga ishonaman».

«Memfis gol urishni boshladi. Futbolchilik faoliyatida xar qanday vaziyat kuzatiladi, ishonamanki dam olish kunlari bo‘ladigan uchrashuvlarda albatta gol uraman».

Муҳокама

Янгиликлар /

Myuller uchun 85 mln. evro

20.08.2015

«Manchester Yunayted» «Bavariya» jamoasiga Tomas Myuller borasida yana bir bor taklif bilan chiqdi.

ESPN xabar berishicha Angliya jamoasi 25 yoshli futbolchi uchun 85 million yevro mablag‘ taklif qilgan, bu avvalgi taklifdan 15 million ko‘p degani.

Myuller Manchesterga keladigan bo‘lsa futbolchi yiliga 10 million yevro olishi mumkin.

Муҳокама

20.08.2015

Sky Sports va BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Sautgempton» jamoasi xujumkor yarim himoyachisi Sado Mane transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqqan.

23 yoshli senegallik futbolchi Premer Liga tarixidagi eng tezkor xet-trikni qayd etgan. «Aston Villa» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda futbolchiga 3 ta to‘p kiritish uchun 2 daqiqa 56 soniya yetarli bo‘lgan. «Yunayted» Pedro borasidagi muzokaralar samarasiz yakuniga yetgandan so‘ng asosiy e'tiborni ushbu futbolchiga qaratmoqda.

Mane o‘tgan mavsumda «Sautgempton» jamoasi safiga Avstriyaning «Red Bull» jamoasidan 11,8 million funt mablag‘ga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi debyut mavsumida jamoasi tarkibida 30 uchrashuvda maydonga tushib 11 bora raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan va 4 bora golli uzatma amalga oshirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

The Guardian: Pedro «Chelsi» da

20.08.2015

The Guardian nashri tarqatga xabarga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Barselona» bilan futbolchi Pedro borasidagi olib borilgan muzokara bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Edu Vudvord bir necha kun avval Ispaniyaga transfer masalasini hal etish maqsadida tashrif byurgan va «Barselona» rahbariyati bilan muzokara olib borgan edi. Yakunda esa rahbarlar o‘zaro yakuniy kelishuvga erisha olishmagan.

«Yunayted» futbolchi uchun 21,4 milliona funt mablag‘ taklif etgan «Barselona» rahbariyati esa ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda.

«Yunayted» olib borgan muzokara samarasiz yakuniga yetganidan «Chelsi» foydalanib qolishi mumkin. London jamoasi futbolchi uchun katta miqdorda pul taklif qilgan yaqin 24 soat ichida Pedro «Chelsi» a'zosiga aylanishi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shou: Depay uchun xursandman

20.08.2015

Lyuk Shou «Bryugge» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jamoa g‘alabasiga katta hisgan qo‘shgan Memfis Depay borasidagi o‘z fikrlarini MUTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Albatta, uning uchun juda xursandman. U mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlamoqda va buning natijasi sifatida o‘zining dastlabki golini urdi. Ishonamanki bu boshlanishi holos».

«O‘ylashimcha u bilan munosabatlarimiz yaxshi kechmoqda. Biz bir qanotda bir birimizni yaxshi tushunmoqdamiz. Himoyada ham xujumda qo‘shilishimda ham menga yordam bermoqda».

«Javob uchrashuvida o‘zimizni yanada qulayoroq xis qilish uchun yana bir gol urishimiz lozim ekanligini tushunib turgan edik va biz bunga erishdik. Fellayn urgan gol juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Endi biz javob uchrashuvini kutamiz».

 «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuv Shouning Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yini bo‘ldi bu borasida ham futbolchi o‘z xissiyotlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

«Hammasidan ajoyibligi  – uchrashuv boshidagi musiqa! Menga doimo ushbu gimn menga yoqqan. Men javob uchrashuvida ham g‘alaba qozonib Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etishni hohlayman. Ushbu musoboqa haqida ko‘p narsani bilaman va bir necha yildan buyon kuzatib kelaman – ushbu musobaqaning bir qismiga aylanish esa - ajoyib!».

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay: Gol urish har doim yoqimli

19.08.2015

 «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashvning qahramoni Memfis Depay uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘yindagi harakatlarimdan to‘la qoniqish hosil qildim, deb ayta olmayman. Men uchinchi golni ham urishim kerak edi, biroq o‘yin oxirida ikki vaziyatdan foydalana olmadim. Shunga achinyapman. Biroq ertaga bu o‘yin haqida unutib, ishlashda davom etish kerak».

«Umuman olganda esa, xursandman. Gol urish har doim yoqimli, «Old Trafford»da gol urish esa — orzu. Biz o‘yinni nazorat qilib turdik va oxir-oqibat yaxshi natijaga erishdik».

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea asosiy tarkib bilan

18.08.2015

Bir necha kun avval Lui van Gall darvozabon David De Xeani o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazib yuborganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabar o‘s tasdig‘ini topmadi. Darvozabon xozirda asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etmoqda.

Shanba kuni De Xea Karringtondagi bazaga mahalliy vaqt bilan 10:30 da tashrif buyurgan va juma kungi APL 2- turida maydonga tushmagan jamoadaoshlari bilan mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etgan. Shuningdek jamoaning barcha darvozabonlari  – Serxio Romero, Anders Lindegor va Semom Djonstoun bilan birgalikda mashg‘ulotlarni bajarishgan deya xabar bermoqda The Daily Mail.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vudvord Ispnaiyaga uchib ketgan

18.08.2015

The Guardian va The Telegraph nashrlari xabar berishicha «Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord kecha Pedro borasidagi muzokaralarni olib borish maqsadida Barselonaga uchib ketgan.

Xabarda aytilishicha Vudvorda Ispaniyada «Barselona» direktorlari Albert Solero va Raul Sanllex bilan uchrashuv belgilagan va bugun «Old Trafford» ga qaytadi hamda jamoa bilan rasmiy tushlikda ishtirok etadi. Bugun «Yunayted» yevropa chempionlar ligasidagi dastlabki uchrashuvini «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Vudvordning asosiy maqsadi Pedroning transferi uchun to‘lanadigan kompensatsiya borasida kelishuvga erishish. Katalon jamoasi bir necha bor futbolchini 30 million yevrodan kamga sotmoqchi emasligini aytgan edi. The Telegraph xabariga ko‘ra esa «Yunayted» futbolchi uchun 26 million yevro to‘lashga tayyor. The Guardian esa «qizil iblislar» futbolchi uchun 25 million yevro va qo‘shimcha 5 million yevro bonus mablag‘ to‘lash niyatida ekanligini xabar qilgan.

Shuningdek, futbolchiga «Siti» jamoasi ham qiziqish bildirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: De Xea maydonga tushmaydi

14.08.2015

Lui van Gal «Yunayted» darvozaboni David De Xea bilan yuzaga kelgan mojaro borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, darvozabon Angliya chempionati 1-turida maydonga tushmagan va 2-turda ham «Aston Villa»ga qarshi o‘ynamasligi aniq bo‘ldi.

«Darvozabonlar bo‘yicha murabbiy Frans Xuk De Xea bilan suhbatlashib oldi: «Maydonga tushishni istaysanmi?», deb so‘radi. De Xea esa «Yo‘q», deya javob bergan.

«Men qaror qabul qilishim lozim. Bu shunday jarayon. Biz mashg‘ulot vaqtida De Xeani kuzatdik. U avvalgidek kuchli o‘ynay olmayapti. Bu oldingi De Xea emas. U o‘tgan yili mening eng yaxshi futbolchim bo‘lgan edi, muxlislar esa qatorasiga ikki yil eng yaxshi deb tan oldilar».

«David bizning qarorimizga batamom qo‘shilmoqda. Mening yordamchilarim bor va bunday vaziyatlarni muhokama qilib boramiz. Men hyech bir ishni yolg‘iz o‘zim qilmayman».

«Hozir barchasi Serxio Romeroning sport formasiga bog‘liq. Vaziyat hamon ilgarigidek qolmoqda. De Xea o‘ynamaydi», - deydi van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

Skoulz: Futbolni juda sog‘indim

14.08.2015

Britan OAV lari xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Skoulz tez orada yana futbolga qaytishi mumkin. Xabarda aytilishicha Skoulz tez orada murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida.

2013 yil faoliyatini yakunlagan Skoulz hozirda ITV va BT Sport kanallarida ekspert bo‘lib ishlamoqda va shuningdek gazetada o‘zining avtorlik sahifalari bor.

Jurnalistlarga bergan intervyusida 40 yoshli ingliz futbolni juda ham sog‘inayotganini izhor etgan.

«Futbolni juda sog‘indim. Menga futbol ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish uchun vaqt yetmayapti. Futbolning ichda bo‘lishni istayman, jamoani shug‘ullantirish yoki birga ular bilan futbol o‘ynash yoqimli».

Муҳокама