14.08.2015

Bastian Shvaynshtayger ishonch bilan kelasi haftagacha o‘zining jismoniy holatini yuqori darajasiga chiqishini aytib o‘tdi. Shuningdek futbolchi u «Old Trafford» da iliq kutib olishganidan xursand ekanligini ham yashirmadi.

«Hammasi yaxshi. Turne chog‘ida avvalgi jarohatimning asorati sabab 3-4 kun moslashish bahslarida ishtirok etdim. Hozirda esa o‘zimni ancha yaxshi his qilmoqdaman. Maydonda 30 daqiqa to‘p surganim men uchun foydali bo‘ldi. Jismoniy holatimni tiklab olish uchun mashg‘ulotlar menga foda bermoqda. Ishonamanki, kelgusi haftada 100% tayyor bo‘laman».

«Tottenxem»ga qarshi uchrashuvda zahiradan matsdonga tushgan Bastian Shvaynshtaygerni  «Old Trafford» da muhlislar iliq qarshi olishdi. Futbolchi bu borasida ham o‘z xissiyotlarini bildirib o‘tdi.

«Bu xech qachon esdan chiqmaydi. Barchasiga o‘zim guvoh bo‘ldim, buning uchun barcha muhlislarga rahmat aytmoqchiman. Muhimi biz o‘sha uchrashuvda muhim natijaga erishdik, biz mavsumni yaxshi o‘tishi uchun xarakat qilamiz».

Муҳокама

Янгиликлар /

Muller uchun 50 mln. evro

14.08.2015

«Manchester Yunayted» bosh murabiyi Lui van Gal «Bavariya» jamoasi hujumchisi Tomas Myullerni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.

Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «MYu» germaniyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgan.

Futbolchi uchun ingliz jamoasi 50 million yevrodanvoz kechishga tayyor. Myullerning haftalik maoshi esa taxminan 160 ming  funtni tashkil etishi mumkin.

Муҳокама

12.08.2015

«Benfika» yarim himoyachisi  Nikolas Gaytan tez kunlar ichida «Manchester Yunayted» jamoasi a'zosiga aylanishi mumkin.

A Bola nashri xabar berishicha  futbolchining agenti Xorxe Mendes bir nech marotaba Angliyaga tashrif buyurgan va futbolchining shaxsiy shartnomalari borasida muzokaralar olib borgan. Jamoalar ushbu hafta so‘ngiga qadar bir qatorga kelishib futbolchining transferini rasman e'lon qilish niyatidalar.

shuningdek xabarlarga ko‘ra futbolchi o‘zining jamoadosh do‘stlari bilan xayrlashishga ham ulgurgan va yashash uchun Manchester shahrida uy izlamoqda.

Муҳокама

12.08.2015

«Manchester Yunayted» va Adidas jamoaning 2015-2016 mavsum uchun mehmonda to‘p suradigan liboslarini taqdimotini o‘tkaz

Yangi libos yaratilishida jamoaning 60-yillardagi liboslarini o‘zlariga na’muna sifatida olishgan.

Yangi mehmon libosi V-shakli bo‘lib, yelka qismida 3 ta chiziq o‘tgan va bu jamoaning barcha liboslaridan o‘rin olgan.

Adidas ushbu liboslarni ishlab chiqishda so‘ngi texnologiyalardan foydalangan va xar qanday sharoiyda ham futbolchilar uchun qulay.

Jamoa ushbu libosda ilk bora juma kuni APL ning ikkinchi turidan o‘rin olgan «Aston Villa» ga qarshi bahsda maydonga tushadi. Shuningdek ushbu libos 14 avgustdan boshlab rasman internet do‘konlari orqali sotuvga chiqariladi.

Муҳокама

12.08.2015

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoaning Chempionlar Ligasining saralash bahslarida maydonga tushushi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.

«Manchester Yunayted» jamoasi 18 avgust kuni o‘z maydonida Belgiyaning  «Bryugge» jamoasiga qarshi to‘p suradi. Javob bahsi esa 26 avgust kuni Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

UeFA ga topshirilgan tarkibdaan jamoaning besh naafar yangi a’zolari Serxio Romero, Matteo Darmian, Bastian Shvayshtayger, Morgan Shnayderlin va Memfis Depay ham o‘rin olishgan. Shuningdek jamoani tark etishi kutilayotgan darvozabon David De Xea ham tarkibga kiritilgan.

Umumiy tarkib quyidaagi ko‘rinishda:
Darvozabonlar: Devid De Xea, Anders Lindegor, Serxio Romero, Sem Djonston;
Himoyachilar: Fil Djons, Markos Roxo, Djonni Evans, Kris Smolling, Lyuk Shou, Peddi Makneyr, Matteo Darmian, Tayler Blekett;
Yarim himoyachilar: Adnan Yanuzay, Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera, Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Djessi Lingard, Andreas Pereyra, Xuan Mata;
Hujumchilar: Memfis Depay, Ueyn Runi, Xaver Ernandes, Jeyms Uilson.

Муҳокама

12.08.2015

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoadoshlarini «Oktoberfest» festivaliga taklif qilib, nemis madaniyati bilan tanishtirish istagida ekanligini aytdi.

«Bir kuni Runiga, agar vaqt bo‘lsa jamoani «Oktoberfest», festivaliga taklif qilmoqchiligimni aytdim, - deydi Shvaynshtaeger Sky Deutschlandga bergan intervyusida. – Festivalga borish uchun bo‘sh vaqt toppish kerak va van Gal buni tasdiqlashini bilmayman».

Bastian so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» futbolichlari bu taklifni ishtiyoq bilan qabul qilishgan va van Galni rozligini olishmoqchi.

«Oktoberfest» har yili Myunxenda bo‘lib o‘tadi va bir oy davom etadi va dunyodagi eng yirik xalq festivali hisoblanadi. Har yili festivalga dunyoning turli burchaklaridan 6 mln. yaqin sayyohlar tashrif buyuradi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ernandes jamoani tark etadimi?

11.08.2015

Sportsmole.co.uk sayti xabar berishicha «Vest Xem» jamoasi «Manchester Yunayted» xujumchisi Xaveru Ernandesni o‘z tarkibida ko‘rish niyatida.

Meksikalik futbolchi «Tottenxem» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zahira o‘rindig‘idan joy oldi. Jamoa bosh murabbiyi Van Gal futbolchiga yangi mavsumda imkoniyat berish niyatida.

The Daily Mail xabariga ko‘ra esa «Yunayted» «Barselona» futbolchisi Pedroni sotib olgan taqdirda Ernandesni «Vest Xem» jamoasiga 12 mln. Funtga sotish niyatida.

Муҳокама

11.08.2015

O‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» tarkibida tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan futbolchisi Deyli Blind bemalol himoya markazida ham yaxshi o‘ynay olishini ta'kidlab o‘tdi.

«Men ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayman. Raqobat juda kuchli, har chiziqda 2-3 nafar futbolchi bor. Ko‘pchlik himoya markazida o‘ynash uchun mening bo‘yim pastlik qilishini aytmoqda. Ammo bo‘yim past bo‘lgani bilan chaqqon va epchilman. Himoya markazida bemalol o‘ynay olaman. Dastlabki turda Kris, Lyuk va Matteo bilan yaxshi harakat qildik, hamda darvoza dahlsizligini saqlay oldik», - deydi Blind.

Муҳокама

11.08.2015

Moliyaviy ishlar bo‘yicha ilmiy ekspert doktor Tom Merkxem Angliya Premer ligasi jamoalaring 16 yil davomidagi iqtisodiy o‘sishlarini tahlil qildi.

Ilmiy tahlil natijalariga ko‘ra APL jamoalarining umumiy narxi so‘nggi  16 yil davomida 460 % foizga o‘sishga erishgan. Jamoalar ro‘yxatini o‘tgan 16 yil davomida «Manchester Yunayted» yetakchilik qilib kelmoqda.

1999-yilda Angliya jamoalarining umumiy qiymati 1,5 mlrd. funt sterlingni tashkil qilgan. Shundan 625 mln.funt-sterlingi «Yunayted» hisobiga to‘g‘ri kelgan.

2015-yilda esa Premer Liga jamoalarining umumiy narxi £8,4 mlrd. funt sterlingni tashkil qildi. «Yunayted» hamon ro‘yhatda yetakchilik qilmoqda. Jamoaning narxi tomonidan 1,85 mlrd. funt sterling deya baholangan. Jamoaning yaqin taqibchisi «Arsenal» jamoasi esa 1,12 mlrd funt sterling deya baholangan va ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek 1999 yilga nisbatan solishtirganda jamoalarning televizion translyasiyadan oladigan daromadlari 10 barobar o‘sgan, yuqori liga jamoalaring umumiy foydalari 353% ga o‘sdi va 772 million funt 3,5 milliard funtga o‘zgardi.

Premer Ligada ishtirok etayotgan jamoalar narxlari:

1. «Manchester Yunayted» - £?1,85 mlrd.
2. «Arsenal» - £1,12 mlrd.
3. «Manchester Siti» - £907 mln.
4. «Chelsi» - £826 mln.
5. «Tottenxem» - £710 mln.
6. «Liverpul» - £537 mln.
7. «Sautgempton» - £259 mln.
8. «Nyukasl» - £221 mln.
9. «Everton» - £216 mln.
10. «Vest Xem» - £215 mln.
11. «Stok Siti» - £192 mln.
12. «Kristal Pelas» - £186 mln.
13. «Suosi» - £183 mln.
14. «Vest Bromvich» - £175 mln.
15. «Norvich» - £166 mln.
16. «Aston Villa» - £165 mln.
17. «Uotford» - £133 mln.
18. «Lester» - £133 mln.
19. «Sanderlend» - £121 mln.
20. «Bornmut» - £104 mln.

UMUMIY: £8,41 mlrd funt sterling.

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay: 7-raqam men uchun sharaf

10.08.2015

«Manchester Yunayted» ning gollandiyalik futbolchisi Memfis Depay 7-raqam maydonga tushganidan so‘ng o‘ziga nisbatan ishonch hissini tuyayotganini ta'kidlab o‘tdi.

«Yunayted» da futbolchi uchun 7 raqam katta bosim yuklashini bilaman. Men jamoa tarixini yaxshi bilaman va unga nisbatan albatta hurmat bilan qarayman. Ammo men o‘z yo‘limdan ketmoqchiman».

«Ettinchi raqamdagi libos men uchun katta sharaf va uni faxr bilan kiyib yuraman. O‘tgan mavsumda «PSV» da ham 7- raqam ostida o‘ynagan edim. Shunday ekan, o‘z kuchimga albatta ishonmoqdaman», - deydi Depay.

Муҳокама