10.08.2015

 «Manchester Yunayted» muhlislari tomonidan o‘tkazilgan norasmiy so‘rovnomaga asosan «Tottenxem» ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb jamoaning italiyalik futbolchisi Matteo Darmian topildi. U muhlislarning 64 foiz ovoziga ega bo‘lgan. Darvozabon Serxio Romero (29%) va Xuan Mata (7%) ovozga ega bo‘lishgan.

Uchrashuvdan so‘ng Lui van Gal Darmian borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Menga uning amalga oshirgan ishlari maqqul keldi. U o‘zi uchun juda yaxshi o‘yinni o‘tkazdi, amaliy tarafadan yakka kurashlarda ikoniyatni boy bermadi va to‘pni ham yoqotib qo‘ymadi. Shaxsan men uchun u bugun maydonda eang yaxshi bo‘ldi».

Муҳокама

10.08.2015

BBC Sport xabar berishicha, «Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons jarohat sabab 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Futbolchida «engil tromboz» kuzatilgan.

23 yoshli futbolchi shu sababli mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvi «Tottenxema» ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmagan. Futbolchi jamoa bilan AQSh da bo‘lib o‘tgan turneda to‘liq ishtirok etgan edi.

Муҳокама

10.08.2015

O‘tgan shanba kuni «Manchester Yunayted»ning joriy mavsumdagi liboslari taqdim etilishi 1.28 mlr. dollarga baholangan 10 yillik hamkorlikni boshlanishi edi.

«Yunayted» o‘zing ijtimoiy tarmoqdagi profillarida  #BeTheDifference heshtegi bilan jami 38 ta xabar nashr qildi. Bu xabarlardan Britaniya sport tadqiqot agentligi ma’lumotiga ko‘ra,  Adidas kompaniyasi uch kunda 2,3 mln. dollar ishlab oldi.

Repucom tahminlariga ko‘ra «Manchester Yunayted»ning liboslari sotilishi yozning eng ko‘p sotilgan liboslari bo‘lishi mumkun. «Real» atributkalari iyun oyida taqdim etilsihiga qaramasdan 7 hafta ichida 2,6 mln dollarni tashkil qildi, shularni hisobga olgan xolda «Yunayted» daromadi ko‘rsatgichdan o‘tib ketishi kutilmoqda.

«Manchester Yunayted»ning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari soni 76 mln. ni tashkil qiladi bu Adidas uchun yaxshi platforma. Repucom xabariga ko‘ra muxlislar atributkalarni sotib olishda faolroq. Adidas 10 yillik shartnomadan 2,5 mlr. dollar foyda olsihga umid qilmoqda.  

«Yunayted» dunyodagi eng qimmat sport kublari reytingida 5 o‘rinda turadi.

Муҳокама

08.08.2015

Mavsumning ilk uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi press-konfiransiyasida Lui van Gal jamoada jaroxat yo‘qligini va bazi o‘yinchilar maydonga tushmasligini aytib o‘tdi.

«Bizda jarohalangalar yo‘q – deydi boss, jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda. – Bu juda ajoyib! Lekin Roxo va Shvaynshtayger tayyor emas sababi ular jamoga dam olishdan kech qaytishdi. Biz ularni formaga keltirishimiz kerak».

David De Xeaning ruhiy holati bossni qoniqtirmayabdi shuning uchun uning o‘rniga Sem Jonston yoki Serxeo Romero chiqishi mumkun.

«David De Xea uchun ancha qiyin vaziyat, bunday holatda maydonga chiqish qiyin. Bilasiz u bilan bog‘liq muammolar bor.  Bu haftada hech qanday muammo yo‘q sababi u o‘ynamaydi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Jamoalar liboslari APL 15/16

08.08.2015

Har yili bo’lgani kabi, Angliya kuliblari o’z marketingini rivojlantirish uchun yangi liboslar to’plamini namoysh qilishadi. Keling APL 2015/16 mavsum uchun mo’ljallangan liboslarni ko’rib chiqaylik.

«Manchester Yunayted» hozirda faqat uy libosini taqdim etdi internet manbalarida ko’rsatilgan manbalar tahminlariga asoslangan holda taqdim etilmoqdamiz. Jamoa rasman qolgan 2 to’plam liboslarni 15 avgust va 1 sentyabr kuni taqdim etadi.

Manchester Yunayted

Arsenal

Aston Villa

Bornmunt

Chelsi

Kristal Pelas

Everton

Laster Sity

Liverpul

Manchester Siti

Nyukasl Yunayted

Norvich Siti

Sautgempton

Stok Siti

Sanderlend

Suonsi Siti

Tottenhem

Uotford

Vest Brmovich Albion

Vest Hem Yunayted

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay 7, Shvaynshtayger 31

07.08.2015

«Manchester Yunayted» jamoaning  Angliya Premer Ligasida ishtirok etadigan futbolchilarning raqamlarini rasman e'lon qildi.

Jamoaning yangi a'zosi Memfis Depay avalroq xabar berilganidek 7 raqamni oldi. Jamoaning qolgan yangi a'zolari  darvozabon Romero 20, Shnayderlin 28, Shvaynshtayger 31, Darmian 36 raqamni egallashdi.

Maruan Fellayni 31 raqmani yangi jamoadoshi  Shvaynshtaygerga beri o‘zi 27 raqmni egalladi.
Shuningdek o‘tgan mavsumda 3 raqamda maydonda to‘p surgan Lyuk Shou yangi mavsumda 23 raqamda to‘p suradi.

Муҳокама

07.08.2015

Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra «Manchester Yunayted»  belgiyaning «Bryugge» jamoasi bilan kuch sinashadi. Qur'a natijasiga ko‘ra qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda o‘rin olishdi. 

«Valensiya»- «Monako»

«Latsio» - «Bayer»

«Rapid» - «Shaxtyor»

«Sporting» - «SSKA»

«Astana» - APOEL

«Skenderbeu»  - «Dinamo» Zagreb

«Seltik»- «Malme»

«Bazel» - «Makkabi» Tel-Aviv

BATE  - «Partizan»

Ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalar Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishadi, mag‘lub bo‘lganlar esa Evropa ligasi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Dastlabki uchrashuvlar 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tsa, javob bahslari 25-26 avgust kuniga belgilangan. 

 

Муҳокама

07.08.2015

Jamoa yarim himoyachi Eshli Yang bilan shartnomani uzaytirdi. Endilikda futbolchi «Old Trafford» da 2018 yil yoziga qadar to‘p suradi. Shuningdek, yana shartnomasini bir yilga uzaytirishi ham mumkin. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.

30 yoshli Yang «Yunayted»tarkibida 2011 yildan beri to‘p suradi. Shu kunga qadar futbolchi 115 uchrashuvda maydonga tushib 13 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Jamoa bilan birgalikda 2012-13 mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan.

«Biz Eshli jamoa bilan shartnoma imzolaganidan xursandmiz. U juda unversal o‘yinchi. U o‘tgan mavsumda qanot himoya-yarim himoya chizig‘ida ajoyib ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Eshli doimo professional ish olib boradi va jamoa kiyinish xonasida boshqalarga yaxshi ta'sir ko‘rsata oladi»,- dedi Lui van Gal.

«Jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Xozirda jamoada ruhiyat hamda motivatsiya juda yuqori darajada va biz ushbu mavsum esda qolarni bo‘lishi yo‘lida xarakat qilamiz. Men futbol o‘ynashni orzu qilar edimva jaxoning yang yaxshi jamoasida to‘p surmoqdaman bu men va oilam uchun ko‘p narsani anglatadi»,- dedi Eshli Yang.

Муҳокама

07.08.2015

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou jamoaning yangi a'zosi germaniyalik  Bastian Shvaynshtayger haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shvaynshtayger – haqiqiy afsona. Bunday katta tajribaga ega futbolchi bizga sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi».

«Bastian juda kamtar inson. U o‘ziga ko‘p e'tibor talab qilmaydi, shu bilan birga juda quvnoq. Shuningdek, men Memfis Depay bilan ham yaqindan tanishib oldim».

«Uning xarakteri umuman boshqacha. Buning ham o‘ziga yarasha foydasi bor. Memfis o‘z kuchiga ishonadi. Bu juda yaxshi.», - deydi Shou.

Муҳокама

Янгиликлар /

Rasman Di Mariya jamoani tark etdi

07.08.2015

 «Manchester  Yunayted» rasmiy sayti Anxelya Di Mariyani «Pari Sen-Jermen» jamoasiga o‘tganini rasman tasdiqladi.

Argentinalik yarim himoyachi 2014 yil yozida «Qizil iblislar» safiga qo‘shilgan edi. Di Mariya jamoa safida 24 uchrashuvda asosiy tarkibda, 8 bora zahiradan maydonga tushgan va 4 ta gol urishga erishgan.

«Manchester  Yunayted» rasmiy sayti futbolchining kelgusi faoliyati omad tilab qoladi.
Di Mariya «PSJ» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasi tarkibida 11 raqamda maydonda to‘p suradi.   

Муҳокама