06.08.2015

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramosni tanqid ostiga oldi.

Ferdinandning fikricha, Ramos «Qirollik klubi» bilan tegishli shartnomani tuzish maqsadida «Manchester Yunayted»dan foydalanib, o‘zini nomunosib tutgan.

«Fikrimcha, Ramos «Real»da yaxshi shartnoma olish uchun «Manchester Yunayted»dan foydalandi», deydi Rio Ferdinand.

Ramosning «Real»dagi taqdiri uzoq vaqt davomida noaniq qolayotgan edi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi 10 mln yevro olishni istagan bir paytda, «Real» prezidenti Florentino Peresning rejalarida futbolchiga bunday katta maosh to‘lash yo‘q edi.

Biroq tomonlar umumiy qarorga kelishga muvaffaq bo‘lishdi: Ramos klub bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi va yiliga 9 mln yevro maosh oladigan bo‘ldi. Bu orada ingliz klubi unga yiliga 12 mln yevro maosh taklif qilayotgan edi va ispan OAVlari futbolchi o‘z faoliyatini aynan mankunianliklar safida davom ettirishini ehtimoli mavjudligini aytishayotgan edi.

Муҳокама

06.08.2015

Angliya Premer ligasi bahlarining 1-turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Yunayted» jamoasi Karringtongdagi bazada mashg‘ulotlarni to‘liq tarkibda boshlab yubordi.
Xabar berilishicha Lui van Gal qo‘li ostida jamoa dastlab jismoniy mashqlarni bajarishdi so‘ngra esa texnik va taktik uslubda mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Jamoaning yangi futbolchilari Memfis Depay, Matteo Darmian, Morgan Schneiderlin, Bastian Shvaynshtayger va Serxio Romero ham to‘liq kuch bilan mao‘g‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Ushbu mashg‘ulotlarda shuningdek jamoaning argentinalik himoyachisi Markos Roxo ham ishtirok etdi. U ma'lum muddat pasort tizimidagi kamchilik tufayli jamoa tarkibiga o‘z vaqtida qo‘shila olmagan edi. Mashg‘ulotlarda jamoaning Urugvaylik futbolchi  Gilermo Varela ham asosiy tarkib bilan birgalikda shug‘ilanmoqda. O‘tgan mavsumda Varela «Real Madrid Castilla» jamoasi tarkibida ijara asosida tщp surgan edi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa dastlabki turda o‘z maydonida Londonning «Tottenxem» jamoasini qabul  qiladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Adidasning Bekhamga sovg‘asi

06.08.2015

«Yunayted» jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekham jamoa muhlislariga «Yunayted» ning 7- raqamli libosini namoyish qildi.

40 yoshli sobiq futbolchi o‘zining Instagram dagi rasmiy sahifasida «MYu» ning yangi libosida tushgan suratini joyladi  .

«Sevikli Manchesterdan kichik ajoyib sovg‘a  ... Adidasning yangi liboslari menga va farzadlarim uchun», -deya izoh qoldirgan futbolchi

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay 7 raqmni oladimi?

06.08.2015

The Telegraph, nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» futbolchisi Memfis Depay jamoada afsonaviy 7 raqamni olish niyatida.

Bu xaqida 21 yoshli futbolchi Lui Van Gaal bilan bo‘lib o‘tgan o‘zaro suhbatda  aytib o‘tgan. 7  raqamning amaldagi egasi Di Mariya hisoblanadi yaqin soatlar ichida futbolchi jamoani rasman tark etishi kutilmoqda shu sababli 7 raqamning yangi egasi Depay bo‘lishi haqiqatga yaqin.

Eslatib o‘tamiz, jamoa  Premer Liga uchrashuvlari ishtirok etadigan futbolchilarning rasmiy raqamlarini ertaga bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e'lon qiladi.

Муҳокама

06.08.2015

Kecha bo‘lib o‘tgan  Chempionlar Ligasi saralash bahsalari uchrashuvlaridan so‘ng pley-off bosqichida ishtirokchilarining nomi ma'lum bo‘ldi. Qur'a tashlash marosimi Juma kuni Shveytsariyaning Non shahrida Toshkent vaqti bilan 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki uchrashuvlar 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tsa, javob bahslari 25-26 avgust kuniga belgilangan.  

Jamoalar ikki guruhga ajratildi: Chempionlar va Chempion bo‘lmaganlar.    
«Manchester Yunayted» chempion bo‘lmagan jamoalar qatoridan joy oldi va pley-off bahslarida raqib  «SSKA», «Latsio», «Bryugge», «Monako», «Rapid» jamoalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
 
Chempionlar bahsi:

Saralanga jamoalar:
«Bazel», «Seltik», APOEL, BATE, «Dinamo» Zagreb.
Saralanmagan jamoalar:
«Makkabi» Tel-Aviv, «Partizan», «Malme», «Skenderbeu», «Astana».

Chempion bo‘lmaganlar bahsi

Saralanga jamoalar:
«Manchester Yunayted», «Valensiya», «Bayer», «Shaxtyor», «Sporting».
Saralanmagan jamoalar:
«SSKA», «Latsio», «Bryugge», «Monako», «Rapid».

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda SSKA va «Shaxtyor» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishmaydi.

Ushbu bahslarda «Manchester Yunayted» jamoasiga omad tilab qolamiz.

Муҳокама

06.08.2015

«Manchester Yunayted» Marathonbet bukmekerlik kompaniyasi bilan uzoq muddatli homiylik shartnomasini imzolaganini e'lon qildi. Endilikda ushbu kompaniya jamoaning AQSh, Xitoydan tashqari barcha xududlar bo‘yicha rasmiy hamkoriga aylandi.

Marathonbet kompaniyasiga 1997  yilda asos solingan. Endilikda kompaniya «Manchester Yunayted» jamoasining ashaddiy muxlislari uchun o‘zining ajoyib takliflarini taqdim etish niyatida.

 

Муҳокама

06.08.2015

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya o‘zining «PSJ» jamoasiga o‘tishi borasidagi taassurotlarini bildirdi.

«Men «PSJ»ga o‘tayotganimdan juda xursandman. Bu jamoa Fransiyadagi eng kuchli jamoaligini yaxshi bilaman.

O‘tgan mavsumda jamoa YeChLning chorak finalida qatnashdi. Men jamoaga bu natijani yaxshilashida ko‘mak bermoqchiman. Biz birgalikda imkon qadar uzoqroqqa boramiz», deydi Di Mariya Get French Football News nashriga bergan intervyusida.

Biroz oldinroq, futbolchining «PSJ» tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgani xabar qilingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi parijliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. «PSJ» uning uchun «MYu»ga 63 mln yevro beradi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Adidas, shu ishing jiddiymi?

05.08.2015

Adidas kompaniyasi ayollar uchun mo‘ljallangan «Manchester Yunayted» klubining suvenir futbolkalarining oldini erkaklarnikiga nisbatan o‘ta ochiq chiqargani uchun tanqidga uchradi. Bazi muxlisalarning fikricha, futbolkaning tepa qismi juda chuqur qirqimga ega. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

«Adidas, shu ishing jiddiymi? Nima uchun ayollar futbolkasi erkaklarnikiga nisbatan ochiq ishlangan? Bizlardan ba’zilarimiz hammaga siynamizni ko‘rsatish istagida yonmaymiz», deb e’tiroz bildirdi klubning muxlisalaridan biri tvitterda.

Adidas’ning yangi sport kolleksiyasi avgust boshida sotuvga chiqarilgan edi. Kiyimlarning asosiy qismi «Manchester Yunayted» futbolchilari maydonga tushadigan sport kiyimining aynan o‘zini takrorlaydi.

«Adidas assortimentida «Manchester Yunayted» futbolchilari maydonga tushadigan futbolkaning aynan o‘ziga o‘xshash nusxasi bilan bir qatorda ayollar uchun ishlab chiqarilgan erkin uslubdagi futbolka ham mavjud.

Tadqiqotlar natijalariga asoslanib, ayollar uchun futbolkaning dizayni asl dizayndan o‘zgacha ishlangan edi. Bu klub muxlisalariga tanlash imkoniyatini beradi”, deb izoh berdi ushbu holatga kompaniya matbuot xizmati.

Kolleksiya 2014 yilning iyulida klub bilan Adidas o‘rtasida tuzilgan, 10 yilga mo‘ljallangan 750 mln funt sterlingli shartnoma reklama kampaniyasining bir qismi sifatida chiqarilgan. Ushbu shartnoma jahon futboli tarixidagi eng katta qiymatga ega shartnoma bo‘ldi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yanuzay jamoani tark etishi mumkin

05.08.2015

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay ijara asosida  «Sanderlend» jamoasiga o‘tishi mumkin ekan.

Mavsum oldi tayyorgarlik uchrashuvida o‘zini to‘liq namoyish qila olmagan futbolchi asosiy tarkibda o‘rin olishi qiyin. Bu xaqida «MYu» bosh murabbiyi Lui van Gall ham aytib o‘tgan edi. Shu sababli futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish niyatida o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.

20 yoshli belkiyalik futbolchiga xozirda Angliyaning bir qator jamoalari qiziqish bildirishmoqda. «Sanderlend» jamoasi esa tez orada rasmiy taklif bilan chiqish niyatida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Rasman Rafael «Lion» safida

05.08.2015

Fransiyaning «Lion»  jamoasi himoyachi Rafael Da Silva bilan 4 yillik shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi. Shuningdek bu xabarni «Manchester Yunayted» rasmiy sayti ham tasdiqladi.

25 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvofaqiyatli o‘tdi. Rafael yangi jamoasi tarkibida 20 raqamda to‘p surishi ham aniq bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz,  Rafael «Manchester Yunayted» tarkibida 170 uchrashuvda maydonga tushib 5 gol urishga erishgan.

 

Муҳокама