Di Mariya tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
05.08.2015

Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya «Pari Sen-Jermen» jamoasi tarkibiga qo‘shilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqida Aspetar tibbiy markazi o‘z tvitter sahiffasida xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi tez soatlarda o‘zaro shartnomani kelishib olib rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shu tariqa futbolchi Doxada mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan jamoa safiga qo‘shiladi.
Futbolchining transfer miqdori 60 million yevro deya baholanmoqda.
Rafael: 8 yil uchun barchaga rahmat!
04.08.2015

«Yunayted» himoyachisi Rafael Da Silva Fransiyaga yo‘l oldi. Futbolchi «Lion» jamoasi bilan muzokaralarni o‘z nihoyasiga yetkazadi. Rafael Angliyada o‘tkazgan yillari uchun barchaga minatdorchilik maktubini qoldirdi.
«Men «Manchester Yunayted» muhlislariga jamoani yaxshi ko‘rganlari uchun rahmat aytmoqchiman. 8 yil mobaynida birga bo‘ldik. Jamoa bilan ilk shartnomamni imzolaganimdan so‘ngi ko‘plab ajoyib vaziyatlarni birgalikda o‘tkazid. Shu 8 yil ichida buyuk jamoaning futbolkasini kiyishga muyassar bo‘ldim. Rahmat, «Manchester Yunayted»!».
«Shuningdek jamoaning barcha xodimlariga menga bergan e'tiborlari uchun rahmat aytmoqchiman. Rahmat, Buyuk Britaniya! Men bu mamlkatda ko‘p narsani o‘rgandim, ham futbolchi ham insoniylik tarafdan. Buning barchasi hayotimning so‘ngiga qadar menda saqlanib qoladi».
«Rahmat, ser Aleks Fergyuson, menga ishonganiz va meni imkon berganiz uchun. Endi men yangi yo‘lda turipman, yangi chaqiriq oldim. Barchasi uchun rahmat».
Xabarlarga ko‘ra futbolchi «Lion» jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
«Lion» jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasi ham futbolchi jamoa tarkibiga qo‘shilganini rasman tasdiqlagan.
Runi yana «Everton» libosida
03.08.2015

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Dankan Fergyusonning hayrlashuv uchrashuvida «Everton» jamoasi safida maydonga tushdi.
2 avgust kuni «Gudison Park» stadionida Dankan Fergyusonning hayrlashuv uchrashuvi sifatida tashkil etilgan uchrashuvda «Everton» jamoasi Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda 2-1 hisobida «Vilyarreal» jamoasi g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Toma Kleverli o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuvdan so‘ng Runi Everton TV telekanaliga qisqa intervyu berdi.
«Men «Everton» muxlislarining shodligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Ular menga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini bilmagan edim va meni «Everton» libosida ko‘rish barcha uchun, shuningdek farzandlarim uchun ham yoqimli bo‘ldi. Bu libos menga yaxshi xotiralarni eslatdi».



De Xea shu haftada Ispaniyaga qaytadi
03.08.2015

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea shu haft so‘ngiga qadar jamoani tark etadi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.
Xabarda keltirilishicha ispaniyalik darvozabon «Real» safiga o‘tishi aniq. Madridliklar Angliya Premer-ligasi startiga qadar transferni rasman amalga oshirish niyatida.
«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal ham De Xea jamoadan ketishini tushunib turibdi va uni tarkibda ushlab qolmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham kuchini «Real Madrid» jamoasida sinab ko‘rish niyatida.
Ma'lumotlarga ko‘ra «Yunayted» rahbariyati darvozabon uchun 30 million funt mablag‘ talab qilmoqda.
Di Mariya Doxa shahriga yetib keldi
03.08.2015

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya tez vaqtlar orasida rasman «PSJ» a'zosiga aylanishi mumkin.
Get French Football News nashri xabariga kщra argentinalik futbolchi Qatar poytaxti Doxa shahriga yetib kelgan. Futbol jamoa rahbariyati bilan o‘zaro shartnoma borasida kelishuvga erishgach tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra ushbu transfer amalga oshsa «MYu» 63 million yevroga yaqin mablag‘ga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «MYu» jamoasi rahbariyati futbolchini o‘z vaqtida jamoa safiga kelib qo‘shilmagani uchun ikki haftalik maoshi miqdorida jarimaga tortilishi xaqida xabarlar tarqalgan edi.

Irvin: Depay shubhasiz juda iqtidorli
03.08.2015

«MYu» ning sobiq himoyachisi Denis Irvin jamoaning yangi yarim himoyachi Memfis Depay borasida o‘z fikri bildirib o‘tdi.
«O‘ylashimcha, Depay Bekxemning o‘rnini bosishi mumkin. Uning avvalgi mavsumda «PSV» jamoasida namoyish etgan o‘yinlarini ko‘rganman. U «MYu» uchun jiddiy kuchayish bo‘ladi, deb o‘ylayman.
«Hozirdan xulosa chiqarishga erta, ammo Depay shubhasiz juda iqtidorli. Bunday futbolchilar sanoqli. Uning ko‘rsatgan statistikasiga qarasangiz, yosh bo‘lishiga qaramay ko‘p gol urganini ko‘rasiz. U o‘tgan mavsum 28 ta gol kiritishga erishgan edi», - deydi Irvin.
Yang sharnomasini uzaytiradimi?
03.08.2015

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Yunayted» yarim himoyachi Eshli Yang bilan shartnomani uch yilga uzaytirish borasida taklif bilan chiqqan.
Xabar qilinishicha, yangi shartnomaga ko‘ra Yang haftasiga 120 ming funt sterling maosh oladi. Uning amaldagi shartnomasi 2016 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi shu sababdan jamoa rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Eshli Yang o‘tgan mavsumda Angliya Premer ligasida 26 uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Rafael «Lion»ga o‘tishga yaqin
03.08.2015

The Times nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Da Silva Fransiyaning «Lion» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Xabarda aytilishicha 25 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tib Fransiya jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Futbolchining transfer miqdori taxminan 2,1 million funt deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga Italiya, Turkiya jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirishgan edi.
«Yunayted» yangi libosda
03.08.2015

Adidas «Manchester Yunayted» jamoasining 2015-2016 mavsum uchun mo‘ljallangan sport liboslarini taqdimotini o‘tkazdi.
Yangi libos dizayneri «Manchester Yunayted» ashaddiy muhlisi Inigo Tyorner tomonidan yaratilgan.
Yangi libos klassik uslubda yaratilgan bo‘lib, o‘ziga xos yangi texnologik yechimlarni aks ettirgan.
«Manchester Yunayted» yangi liboslari taqdimot o‘tkazilgan kunning o‘zidayoq sotuvga chiqarilgan. Yangi libosni muhlislar jamoaning do‘konlaridan shuningdek mahsus internet-do‘konlaridan xarid qilishlari mumkin.



LvG rahbariyatdan de Xeani qo‘yib yuborishni so‘radi
02.08.2015

KUN: «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal rahbariyatdan darvozabon David de Xeaning «Real»ga o‘tishi masalasini tezroq hal qilishini so‘ramoqda.
As nashri ma’lumotiga ko‘ra, gollandiyalik murabbiy ispaniyalik darvozabonni xohishiga qarshi ushlab turishni istamayapti va tomonlar bu transfer masalasida muzokaralarni tiklashini istayapti.
O‘z navbatida «MYu» rahbariyati, xususan vitse-prezidenti Ed Vudvort de Xeaning sotilishiga qarshilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» «Real» himoyachisi Serxio Ramosni olmoqchi va shu transfer amalga oshgan taqdirdagina de Xeani Madridga qo‘yib yuborishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, bu transferlarning davomi sifatida Keylor Navas «Real»dan «MYu»ga o‘tishi rejalashtirilgan.