LvG: Dimariya hozir qaerda ekanligni bilmayman
31.07.2015

«Anxel Dimariya hozir qaerda ekanligni men bilmayman. Sizlar bu savolni menga har hafta berasizlar, men bu haqda hech nimani oldindan aytaolmayman. Men Loran Blan emasman, unga o‘xshab bunday voqealarga fikr bildirib o‘tadigan.
«Yunayted» faqatgina amalga oshirilgan trasferlar xaqidagina aniq ma’lumot bera oladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Di Mariya «PSJ» jamoasi safiga o‘tishi borasidagi xabarlar tarqalgan edi, keyinchalik esa fransuz jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan futbolchi jamoa safiga qo‘shilishi tez orada xal bo‘lishini aytib o‘tgan edi.
Mail: Roxo jarimaga tortilishi mumkin
31.07.2015

«Yunayted» himoyachisi Markos Roxo jamoa safiga o‘z vaqtida qo‘shilmagani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Bu xaqida The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Roxo 25 iyul kuni AQSh da turneda ishtirok etayotgan jamoa safiga borib qo‘shilishi lozim edi. Ammo futbolchi pasport viza tizimidagi muddati o‘tganligi sababli jamoa tarkibiga qo‘shilmadi. Shu munosabat bilan futbolchiga 2 haftalik maoshi 140 000 funt miqdorida jarima solinishi mumkinligi aytilmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal tartib to‘liq amal qilish lozimligini ta’kidlab o‘tgan.
Chicharito mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda
31.07.2015

Jamoaning meksikalik hujumchisi Chicharito jamoa safiga kelib qo‘shildi va jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal bergan intevyusida hujumchiga imkoniyat berish niyatida ekanlini aytib o‘tgan.
Meksika terma jamoasi tarkibida jarohat olganligi sababli Chicharito «Yunayted» ning mavsum oldi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Chicharito o‘tgan mavsumni ijara asosida Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasida o‘tkazgan edi.
Jamoa a'zolari Manchesterga qaytib kelishdi
31.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi a'zolari AQSH da o'tkazilgan turneni yakunlab Manchesterga qaytib kelishdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra bugungi kunga qadar jamoa tarkibiga Argentinalik futbolchilar Anxel Di Mariya va Markos Roxo kelib qo‘shilishmagan.
Bugun jamoa a'zolari «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadigan jamoaning yangi liboslari taqdimotida ishtirok etadi.
Adidas taqdimotga tayyorlanmoqda
31.07.2015

2015 yil 1 avgust kuni «Manchester Yunayted» jamoasining 2015/2016 mavsum uchun Adidas konserni tomonidan tayyorlangan yangi futbol liboslari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Jamoa so‘ngi bor Nike kompaniyasi liboslarida «PSJ» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Shu bilan 13 yillik hamkorlik o‘z nihoyasiga yetadi va Adidas bilan tuzilgan 750 millionlik shartnoma amalga kiradi. Shu munosbati bilan «Old Trafford» stadioni oldida ham Adidas ramzi tushirilgan banerlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Adidas bilan 1980 yildan 1992 yilga qadar ham hamkorlik qilgan edi.

LvG: Lyuk Shou – katta iqtidor egasi
31.07.2015

Lui van Gal jamoa himoyachisi Lyuk Shoudan yangi mavsumda umidi katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
«Lyuk Shou – katta iqtidor egasi. Shuningdek u hali juda yosh, «Sautgempton» dan «Manchester Yunayted» ga shunchaki kelmaganligini yangi mavsumda isbotlay oladi. O‘ylashimcha, yangi mavsum uniki bo‘ladi, men bunga ishonaman Lyuk o‘zi ham buni his qilmoqda. Ishonamizki, u yangi mavsumda bor iqtidorini to‘liq namoyish qila oladi » deydi Lui van Gal.
Rasman Romero «Yunayted» a'zosi
27.07.2015

«Manchester Yunayted» rasmiy veb sayti argentinalik darvozaboni Serxio Romeroni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e'lon qildi.
Xabarlarga ko‘ra futbolchi jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan, vaziyatga qarab shartnoma yana bir yilga uzaytirish mumkin bo‘ladi. Romeroning
«Sampdoriya» bilan shartnomasi shu yilning yozida o‘z nihoyasiga yetgan va futbolchi erkin agent sifatida «Yunayted» safiga kelib qo‘shilgan.
Romero AQShda turneda ishtirok etayotgan jamoa safiga borib qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, Romero o‘tgan mavsumda Italiya A seriyasida 11ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol o‘tkazib yuborgan.

LVG: 45 daqiqa harakat qilishga qodirlar
23.07.2015

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal AQShning «San-Xose» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Shvaynshtayger yaxshi o‘ynay olmadi, umuman, butun jamoa yomon harakat qildi. Faqatgina Pereyro bundan mustasno. Bu narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Futbolchilar mashg‘ulot olib borishayotganiga endi 6 kun bo‘ldi».
«Hozircha tarkibimizdagi futbolchilar faqat 45 daqiqa harakat qilishga qodirlar», - deydi Van Gal.
Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» AQSh da bo‘lib o‘tayotgan turnedagi ikkinchi uchrashuvda «San-Xose» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Navbatdagi uchrashuvni «qizil iblislar» 25 iyul kuni Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Errera: Bastian – ajoyib futbolchi
23.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Ander Errera yangi jamoadoshi Bastiana Shvaynshtaygerning jamoani kuchaytira olishiga ishonishini bildirgan.
«Biz Chempionlar ligasida o‘ynashni istaymiz, Angliya kubogi va Premer-ligada g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
«Agarda mavsumni yaxshi o‘tkazishni istak, bunga 11 futbolchi bilan uddalab bo‘lmaydi. Garchi ular bo‘lishini istamasam ham jarohatlarga duch kelishimiz mumkin. Ammo barcha futbolchilar mavsumni yaxshi o‘tkazishni ich-ichlaridan his etib turishibdi».
«Safimizga Shvaynshtayger qo‘shilganidan juda mamnunman. U jahonning eng kuchli 5-6 eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Shunday ekan, undan ko‘p narsa o‘rganishim lozim».
«Men hamisha eng yaxshilar bilan o‘ynashni istayman, Bastian – ularning biri», – dedi Errera.
Lorente «Yunayted» nishonida
22.07.2015

«Manchester Yunayted» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Fernando Lorenteni jamoaga taklif qilmoqchi.
Daily Mirror nashriga tayanib GIGAfootball.Net xabar berishicha «Qizil iblislar» Turinning «Yuventus» jamoasi hujumchisi Fernando Lorente borasida rasmiy taklif bilan chiqish niyatida. «Yunayted» murabbiylar shtabi 30 yoshli ispaniyalik futbolchini xarid qilish orqali hujum chizig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchilikni bartaraf qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» avalroq «Bavariya» jamoasi hujumchisi Tomas Myuller va iz «Barselona» a'zosi Pedro borasida muzokara olib borayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.