Jeyms «Uigan» jamoasiga o‘tdi
22.07.2015

«Manchester Yunayted» yosh himoyachisi Ris Jeyms «Uigan» jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi, ushbu transferning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan.
21 yoshli Djeyms 2012 yilda «Yunayted» jamoasi bilan o‘zining ilk profesinal shartnomasini imzolagan edi. O‘rinbosarlar jamoasining asosiy futbolchisi hisoblangan Jeyms 2014 yil yozda AQSh da bo‘lgan turneda asosiy jamoa tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazgan.
2014/2015 mavsum davomida Jeyms ikki marotaba ijaraga berilgan edi. Dastlab «Roterxem» va keyinchalik «Xaddersfild Taun» jamoalarida to‘p surgan.
Runi «Everton» safida maydonga tushadi
21.07.2015

Kelasi oyda «Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi yana bir bor «Everton» safida maydonga tushadi. Bu haqida The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Runi «Everton» jamoasining sobiq hujumchisi Dankan Fergyusonning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etish uchun taklif qilindi. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi 2 avgust kuni «Gudison Park»stadionida bo‘lib o‘tadi unda «Everton» Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
«Liverpul chekkasida voyaga yetgan mendek yigit uchun Dunkan Fergyuson haqiqiy qahramon edi. «Everton»ning yoshlar jamoasida o‘ynab yurgan vaqtlarim, u meni ruhlantirardi va menga xaqiqiy na'muna edi. Asosiy tarkibga o‘tganimda esa u menga juda ko‘p yordam berardi», - dedi Runi.
Runi: 20 tadan ortiq gol kirita olaman
21.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi yangi mavsumda gol kiritish borasida sermahsullik namoyish qilishga ishonishini aytib o‘tdi.
«Men endi markaziy hujum chizig‘ida o‘ynayman. Bu men uchun ayni muddao. Mazkur chiziqda o‘ynagan mavsumlarimda ko‘p gol kiritishga muvaffaq bo‘lganman. Ishonchim komil, yangi mavsumda ham 20 tadan ortiq gol kirita olaman».
«Agar bu natijaga erisha olmasam, qattiq xafa bo‘laman. Oxirgi marta 2001/12 yilgi mavsumda markaziy hujumchi sifatida to‘p surgandim», - deydi Runi.
LVG: De Xea va Valensiyada jarohat bor
21.07.2015

Lui van Gall jamoa o‘yinchilari David De Xea va Antonio Valensiya AQSh da o‘tayotgan turne doirasidagi «San-Xose» ga qarshi kechadigan uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishini tasdiqladi. Ikkala futbolchi ham Meksikaning «Amerika» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishgan edi.
«Ikkala futbolchida ham kichik jarohat bor, ular bugun shifokor ko‘rigida bo‘ladilar. Aniq ular ertaga maydonga tusha olmaydilar, o‘ylashimcha biroz yana kutishimiz kerak», - deydi van Gal «San-Xose» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida.
Shnayderlin: Barchasi juda yaxshi bo‘ldi
20.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasining yangi a'zosi Morgan Shnayderlin xalqaro chempionlar kubogida Meksikaning «Klub Amerika» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mavsumni g‘alaba bilan boshlaganimiz juda yaxshi bo‘ldi. Murabbiyning topshirig‘ini birinchi uchrashuvdanoq bajarish zarur. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik. «MYu» o‘sishni va Angliya chempionati boshlangunga qadar qurollanib olishni istaydi».
«Payshanba kungi mashg‘ulotlarda uzoq masofali to‘p uzatishlar, burchak to‘plari bilan ishladik. Men uzoq burchakdagi ustun yoniga borib turishim kerak edi. Men shuni amalga oshirdim — va Xuan Matadan ajoyib uzatma qabul qildim. Yangi jamoa safidagi birinchi o‘yinimda gol urganimdan mamnunman», — Shneyderlenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda», Goal.com nashri.
Depay: Runi buyuk o‘yinchi
20.07.2015

Memfis Depay ishonch bilan Ueyn Runi jamoaning asosiy hujumchisi ekanligini aytib o‘tdi.
Gollandiyalik futbolchi «Klub Amerik» jamoasiga qarshi o‘tkazgan debyut uchrashuvdan so‘ng o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ueyn menga uchrashuv davomida ko‘p marotaba yordam berdi, qaysi pozitsiyada xarakatlanishim to‘g‘ri bo‘lishi va himoyalanish vaqtida qanday xarakat qilish lozimligi borasida maslahatlar berdi. – Biz birgalikda yaxshi tandem hosil qila olamiz va o‘ylashimcha bu to‘g‘ri munosabat. Uazza (Ueyn Runi ) kabi buyuk o‘yinchi bilan birga o‘ynash sharaf!» - deyd Depay Sky Sports ga bergan intervyusida.
Shvaynshtayger: Depay — ajoyib iqtidor egasi
20.07.2015

«Manchester Yunayted» germaniyalik yangi ya'zosi Bastian Shvaynshtayger «Klub Amerika» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng yangi jamoadoshlari xaqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Memfis Depay — ajoyib iqtidor egasi, unda katta mahorat bor. Ishonamanki, biz bir birimiz bilan maydonda tezda chiqishib ketamiz».
«Shuningdek, «MYu» ning yosh futbolchilari Pereyra, Lingard, Uilson o‘yinlari ko‘rib zavqlandim. Ular juda yaxshi o‘yinchilar».
«Men faoliyatim davomida ko‘plab iqtidorli yosh futbolchilarni ko‘rganman. Ammo «MYu» dagilari juda-juda iqtidorli. Agarda ular shunday tarzda o‘sishda davom etishsa, ajoyib futbolchi bo‘lib yetishishadi, bu jamoa uchun juda yaxshi», - deydi Shvaynshtayger OAV ga bergan intervyusida
«MYu» - «Klub Amerika»
20.07.2015

18 iyul kuni «Yunayted» jamoasi AQSh dagi turnesi doirasida ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib Meksikaning mashhur «Klub Amerika» jamoasi bo‘ldi.
Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechdi va yakunda «Yunayted» kichik 1-0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona to‘p muallifi jamoning yangi a'zosi Morgan Shnayderlin bo‘ldi.












LVG: Ernandesga imkoniyat beriladi
20.07.2015

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui Van Gall jamoa hujumichi Xaver Ernandesga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berish niyatida ekanligiki aytib o‘tdi. Chicharito jamoa tarkibida bugugna qadar 154 ta ychrashuvda maydonga tushib raqib darvozalarini 59 marotaba aniq nishonga olgan. O‘tgan mavsumda futbolchi ijara asosida Madridning «Real» jamoasida to‘p surgan
«Chicharito jamoa tarkibiga 25 iyuldan qo‘shiladi. Falkao va van Persi jamoani tark etishgach uning imkoniyatlari oshdi»,- deydi Van Gal matbuot anjumanida.
Shuningdek, jurnalistlar jamoaning hujum chizig‘ida yuzaga kelgan kamchiliklar yuzasidan bosh murabbiy fikri bilan qiziqishdi. «Yo‘q, muammo yo‘q, Runi hujum markazida juda yaxshi o‘ynay oladi, shuningdek Chicharito ham bor, Uilson esa bu mavsumda ko‘pchilikka sovg‘a ko‘rsatishi mumkin. Vaziyat davom etmoqda. Shunday ekan men ushbu chiziqdan havotirda emasman».
Pedro «Qizil iblislar» safiga qo‘shilish niyatida
20.07.2015

The Guardian va va bir qator OAV nashrlari xabar berishicha, 20 karra Angliya chempionlari «Barselona» jamoasi hujumchisi Pedro uchun 30 mln.yevro (22 mln. funt) mablag‘ taklif qilgan.
Shuningdek bu futbochiga «Chelsi» jamoasi ham qiziqish bildirgan. Nashr xabariga ko‘ra Pedro o‘zi «Qizil iblislar» safiga qo‘shilish niyatida.
«Yunayted» ushbu xaridni amalga oshirish orqali jamra xujumidagi yuzaga yenlgan kamchilikni bartaraf etish niyatida.