Romero «MYu» safiga o‘tadi
20.07.2015

Sky Sport Italia nashri xabariga ko‘ra Argentina terma jamoasining 28 yoshli darvozaboni Serxio Romero «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Romero xozirda AQSh ning Sietl shahrida bo‘lib turibdi. «Qizil iblislar» ham hozirda yangi mavsumga tayyorgarlikni aynan shu shaharda olib bormoqda.
Romero tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tib yangi jamoasi safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Romero «Old Trafford» ga jamoani tark etishi kutilayotgan Viktor Valdes o‘rnini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Argentinalik darvozaboning «Sampdoriya» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 1 iyulda o‘z nihoyachiga yetgan shu sababli futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shiladi.
Shvaynshtayger: «MYu» «Bavariya» dan kattaroq jamoa
17.07.2015

KUN.UZ: «Manchester Yunayted»ning germaniyalik yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger o‘zining yangi va sobiq jamoalarini o‘zaro taqqosladi.
«Men yangi jamoamga sovrinlar olib berishga kafolat bera olmayman. Lekin biz yangi mavsumda sovrinlarga ega chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz».
«Bilamanki, «Manchester Yunayted» o‘zining g‘alabali davrlariga qaytmoqchi va bunga erishadi ham. «Bavariya» katta jamoa, lekin «MYu» undan ham kattaroq jamoa. Men shunga guvoh bo‘layapman. Bu jamoada sovrinlarga ega chiqish uchun yanada kataroq imkoniyatlar mavjud», deydi futbolchi.
Runi keyinchalik MLS ga o'tadi
17.07.2015

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi keyinchalik faoliyatini AQSh MLS chempionatida davom ettirishi mumkinligini aytib o‘tdi.
«Hozirgi kunda men «Yunayted» futbolchisiman. Lekin jamoam bilan shartnoman nihoyasiga yetgandan so‘ng MLS jamoalaridan birining taklifini ko‘rib chiqishim mumkin. Bu tanlov turmush o‘rtog‘im va farzandlarimga ham maqqul keladi degan umiddaman», - deydi futbolchi The Seattle Times nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumdan Runining terma jamoadagi do‘stlari - Stiven Djerrard («Los-Andjeles Gelaksi») va Frenk Lempard («Nyu-York Siti») MLS chempionatiga yo‘l olishgan.
Giggz: Biz buni uddalashimiz kerak
17.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz hisoblashicha jamoa yangi mavsumni 2014/15 mavsumga qaraganda yaxshi boshlaydi.
«Barcha ko‘rdi, bir necha yillar oldin «Chelsi» ning krizis holatidan qanday chiqib ketganini. Bu esa ularga qo‘l keldi. Mavsumni yuqori notada boshlab olish yaxshi. Barcha raqib jamoalar ishlashda davom etishmoqda».
«Biz ham mavsumni yuqori kayfiyatda boshlab olishimiz kerak. Bu faqatgina bugungi kunda emas, ser Aleks Fergyuson ham skazal bu xaqida avvalari aytib o‘tgan. Bunga faqat ishonib qolish kerak emas, mavsumni birinchi kunidan hammasiga tayyor bo‘lish kerak. Biz buni uddalashimiz kerak», - deydi Giggz Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.
Metro: Otamendi «MYu» safiga qo'shiladi
17.07.2015

«Valensiya» jamoasi rahbariyati himoyachi Nikolas Otamendini «Manchester Yunayted» jamoasiga sotishga rozilik bildirgan. Bu xaqida Metro nashriga tayanib GIGAfootball.Net sayti xabar tarqatdi.
Ispaniya jamoasi o‘zining yangi 2015/16 mavsum uchun jamoaning uy liboslari namoyishida Otamendi taklif qilinmagan. Avvalari Nikolas jamoaning barcha tadbirlarida doimiy tarzda ishtirok etib kelgan. Bung sabab futbolchining jamoani tark etishi mumkinligi deb qaralmoqda
27 yoshli argentinalik futbolchi uchun ispan jamoasi 30 million yevrodan ko‘p mablag‘ talab qilmoqda.
Evans «Everton» tarkibiga o‘tadimi?
17.07.2015

Britaniyaning bir qator OAV lari shuningdek The Telegraph va The Guardian nashlari xabar berishicha, «Manchester Yunayted» himoyachisi Jonni Evans «Everton» tarkibiga qo‘shilishga yaqin turibdi.
Shimoliy Irlandiyalik 27 yoshli futbolchi tez orada «Everton» bilan shartnoma imzolashi mumkin, futbolchi uchun jamoa 8 million funt taklif qilmoqda.
Futbolchining «Qizi iblislar» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozda o‘z nihoyasiga yetadi, jamoa hozircha futbolchia yangi shartnoma taklif qilmagan. Futbolchi hozirda jamoa a'zolari bilan AQSh dagi turneda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan.
«Everton» Evansga jamoani tark etgan himoyachi Silven Distenga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Van Gal: De Xea qoladimi? bilmayman
17.07.2015

Lui van Gal Sietldagi matbuot anjumanida Devid De Xea yuzasidan berilgan savollarga juda qo‘rs javob berdi.
Bossdan yana «Monako» darvozaboni Serxio Romero transferi mish-mishlari yuzaisdan izoh so‘rashgandan berilgan savollarga rad javobini berdi.
«De Xea xususida mendan so‘rash ahmoqgarchilik. Romero xaqida ham hehc nima deya olmayman. Sababi bu jarayonlarni barchasi «Manchester Yunayted» taktikasi».
«So‘ngi ikki matbuot anjumada takidlashimga qaramay xamon menga bu savolni bermoqdasiz. Balki De Xea xususida siz haqsiz yoki nohaq, anig‘ini faqat uni o‘zi aytadi».
«Qoladimi u? Bilmayman. Balki siz bilarsiz? Balki siz Devid bilan suhbatlashgandursiz? Ayni vaqtda u jamoa bilan mashg‘ulot o‘ztqazmoqda».
Van Gal: Og‘ir qaror bo‘ldi
17.07.2015

Sietlda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Lui van Galdan hujumchi van Persi yuzasiadan izoh so‘rashdi. Jamoalar hali tovon puli borasida kelishuvga ershimagan bo‘lsalarda Robin van persi «Fenerbaxche» bilan 3 yillik shartnomani imzolab bo‘lgan.
Robin van Persi mavsum so‘ngidayoq jamoani tark etishi mumkunligi va u bu qarorga kelish ancha qiyin bo‘lganligi xaqida aytib o‘tgandi, deydi BOSS.
«Mavsum so‘ngida suhbatlashgandik, uni nima kutayotganini u bilardi – van Gal so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports. – Birga golf o‘ynaganimizda uni «Yunayted»dagi istiqboli haqida gaplashgandik lekin u qaror qabul qilib bo‘lgandi. Bu qarorni qabul qilish juda og‘ir bo‘ldi».
«O‘ylaymanki u to‘gri qaror qabul qildi. Gollandiya terma jamoasi murabbiyligi paytimda Dark Kuytni o‘yini kuzatish uhcun tez-tez «Fenerbaxche»ga tashrif buyurardim, har doyim meni iliq kutib olishardi».
«Robin van Persiga bu mexmondo‘stchilik yoqadi deb o‘ylayman. Men unga omad tilayman».
van Persi xamon «MYu» a’zosi
16.07.2015

Press Association Sport xabar berishicha, Jamoalar hali tovon pulini kelishib olishmaganligi sababli Robin van Persi rasman «Manchester Yunayted» a’zosi.
Shu sababli «Qizil iblislarning» rasmiy veb-sayti van Persini «Fenerbaxche»ga o‘tanlgi haqida hech qanday ma’lumot e’lon qilgani yo‘q, shunga qaramay «Fenerbaxche» Robin van Persini rasman Istambulda tanishtirish ma’rosimi o‘tqazdi va shartnomlar imzolandi.
Britaniya OAVlari xabar berishicha, taklif qilingan tovon puli «Yunayted»ni qoniqtirmagani uchun, shartnoma hali rasmiylashtirilmagan.
Bir necha haftadan keyin 32-yoshni qarshi oladigan o‘yinchi uchun jamoa «Fenerbaxche»dan 5 milion funt olsihga umid qilmoqda.
Van Gal:Valdes buni hohlamadi
16.07.2015

AQSh turnesida ishtirok etayotgan «Manchester Yunayted» jamoasi ishtirokida dastlabki matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan bosh murabbiy Lui van Gal darvozabon Viktor Valdes borasidagi o‘z fikrlari aytib o‘tdi.
«Valdes bizning falsafamizga mos kelmasligi tufayli biz bilan safarga chiqmadi. Bunday o‘yinchiga tarkibda joy yo‘q».
«U mavsum o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashdan bosh torti. Shuningdek, «MYu» darvozaboni qilishi lozim bo‘lgan ishlarni ham bajarmadi. Agarda sen bu qarashlarga rozi bo‘lmasang, jamoadan ketganing ma'qul».
«Viktor jamoa falsafasi bo‘yicha ishlashiga umid qilgan edik. Jismoniy holatini tiklash uchun sharoit yaratdik, unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berdik, u bilan shartnoma tuzdik. Asosiy tarkibda o‘ynay olmagan darvozabon o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushishi lozim edi. Lekin u buni hohlamadi», - deydi murabbiy.