Di Mariya 25 iyul kuni jamoaga qo'shiladi
16.07.2015

«Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha jamoa futbolchilari Di Mariya, Roxo va Ernandes 25 iyul kuni AQSh ta mavsum oldi turnesida ishtirok etayotgan jamoa safiga borib qo‘shiladi.
Jamoaning ispaniyalik darvozaboni Viktor Valdes esa katta ehtimol bilan jamoani tark etishi mumkin. Valdes noma'lum sabablarga ko‘ra AQSh dagi turneda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya va Roxo terma jamoalari tarkibida Amerika Kubogi musobaqasida ishtiroki bois ta'tilga biroz kechroq chiqishgan edi. Ernandes esa Meksika terma jamoasi tarkibida jarohat olib birov muddat davolanishga majbur bo‘ldi.
The Telegraph: Kim qancha oladi?
15.07.2015

The Telegraph nashri «Manchester Yunayted» jamoasi ayrim futbolchilarining haftalik maoshlari xaqida ma'lumot e'lon qildi .
Xabarda aytilishicha Falko «Old Trafford»da haftasiga 265 000 funt mablag‘ olar edi. Robina van Persi esa haftasiga 250 000 funt, portugaliyalik futbolchi Nani esa haftasiga 110 000 funt mablag‘ni olar edi.
Ushbu futbolchilarga umumiy haftasiga 625 000 funt mablag‘, yillik esa 30 million mablag‘ sarf etilar edi.
The Telegraph ma'lumotiga ko‘ra xozirda jamoada eng katta mablag‘ni Bastian Shvaynshtayger olishi belgilangan u haftasiga 220 000 funt. Depay va Shnayderlinlarning haftalik maoshlari esa 150 000 funt, himoyachi Darmian esa haftada 100 000 funt miqdorida mablag‘ oladi.
Van Persi: Ed, кatta rahmat!
15.07.2015

Rasman «Fenerbaxche» jamoasi a'zosiga aylangan Robin van Persi «Manchester Yunayted» jamoasini tark etish sabablarini aytib o‘tdi.
«Barchasini o‘rganib shunga amin bo‘ldimki, mening «Old Trafford» dagi vaqtim tugabti. - Boshida bu fikirga ko‘nikishim qiyin bo‘ldi. Bu barchasi bir kunda sodir bo‘lgani yo‘q, shunday ekan ko‘nikishga xarakat qildim. Bu futbol, bunday vaziyatlar uchrab turadi».
«Bu futbolning va xayotning bir qismi. Stambulga tashrif buyurishimdan avval futbolchilar bilan yig‘ilib gaplashdik. Shunga guvoh bo‘ldimki jamoa meni qadrlar ekan bu men uchun juda muhim».
« «Manchester Yunayted» direktori Ed Vudvord ishini yuqori baholayman. U ushbu transferni tashkilotchisi –bu yuqori daraja, yuqori klass! U ushbu vaziyatda jentlmenlarga hos ish tutdi. Ed, meni eshitib turgan bo‘lsa, Katta rahmat!», deya so‘zini yakunladi Gollandiyalik futbolchi.
Valdes «Valensiya» ga o'tadimi ?
15.07.2015

«Manchester Yunayted» darvozaboni Viktor Valdes tez orada yana Ispaniya Primerosiga qaytishi mumkin. Ispaniya OAVlari xabar berishicha, futbolchining agenti Xines Karvaxal «Valensiya» jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida Ispaniyada bo‘lib turibdi.
«Valensiya» jamoasining asosiy darvozaboni Diego Alves o‘tgan mavsum so‘ngida jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanligi bois «ko‘rshapalaklar» uning o‘rniga yangi darvozabon izlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Valdes noma'lum sabablarga ko‘ra «MYu» tarkibida AQSh dagi turneda ishtirok etmayapti. Valdesning «Qizil iblis» lar bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng nihoyasiga yetadi.
van Persi rasman «Fenerbaxche» a’zosi
15.07.2015

Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi Robin van Persi ishtirokida taqdimot marosimi o‘tkazdi, marosim davomida Robin van Persi istambul klubi bilan shartnoma imzoladi.
«Manchester Yunayted» rasmiy veb-sayti van Persiga bog‘liq hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.
31-yoshli hujumchi «Fenerbaxche» jamoasi stadioniga to‘plangan 15000 muxlislarga tanishtirildi, van Persi tribunadagilarga bir necha so‘z aytdi.
«Arsenal»dan «Manchester Yunayted»ga 24 milion funt evaziga o‘tganidan so‘ng Robin van Persi «Old Trafford»da 3 mavsum o‘tkazdi va 58 golga mualliflik qildi.

Robin van Persi Peremer liganing ikki jamoasi o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ijtimoiy tarmoqdagi shafilarida o‘z muxlislari bilan xayrlashdi:
«Premer ligada o’tqazgan ajoyib 11 yilldang so’ng men «Fenerbaxche» taklifini qabul qildim!!
Tezroq maydonga tuhsushni va go’zal Istanbulni kashf etishni istayman. Yillar davomida meni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Rahmat «Arsenal», rahmat «Manchester Yunayted». Barchangizga omad tilab qolaman.
Thank you Arsenal and thank you Manchester United. Wish you all the best. pic.twitter.com/Y43uA13Y8j
— Robin van Persie (@Persie_Official) 14 июля 2015
Agent: Rafaelga qiziqish bor
14.07.2015

Rafael Da Silvaning agenti Kassiano Pereyra aytishicha Lui van Gal brazilyalik futbolchiga yangi mavsumda uning rejalariga kirmasligini ta'kidlagan. Xozirda futbolchiga bir necha jamoalar qiziqish bildirgan.
«Xozirda «Roma» tomonidan berilgan taklif qiziq ko‘rinmoqda, biz bundan mamnunmiz va muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2016 yil iyun oyida nihoyasiga yetadi. Lui van Gal Rafaelga uning rejalariga kirmasligini aytib o‘tgan. Bunday vaziyatda ketish zarur, va biz bir qator jamoalar bilan muzokaralarga kirishganmiz», - deydi Pereryra The Star nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Da Silva va Viktor Valdes sababsiz «MYu» ning AQSh dagi turnesidan chetda qolishdi.
«MYu» AQSH ga yetib keldi
14.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi Amerika Qo‘shma Shtattlaring Sietl shahriga yetib keldi. Jamoa dastlabki mavsum oldi uchrashuvlariga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yubordi.
Lui van Gall qo‘l ostidagi jamoa shaharga yetib kelgandan so‘ng bir necha soat o‘tib «Sietl Sixoks» amerikancha futbol jamoasi bazasida mashg‘ulotlarga kirishdi.
«Yunayted» jamoasi AQSh dagi turne davomida maxsus bezatilgan avtobusdan foydalanadi.
Dastlab futbolchilar jimoniy holatni tiklash bo‘yicha mashg‘ulotlardi ishtirok etdilar.






Turne-2015 yo'l oladigan tarkib
13.07.2015

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gall jamoaning AQSh da bo‘lib o‘tadigan turnesida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yhatinini e'lon qildi.
Tarkida jamoaning yangi a'zolari Memfis Depay, Mateo Darmian, Bastin Shvaynshtayger va Morgan Schneiderlin ham o‘rin olgan.
Argentina tarkibida Amerika Kubogi musobaqasida ishtirok etgan Markos Roxo va Anxel Di Mariya ushbu turneda ishtirok eta olmaydilar. Shuningdek, Viktor Valdes va Rafael ham noma'lum sabablarga ko‘ra ushbu turneda ishtirok eta olmaydi.
Yakuniy tarkibdan bir qator yosh futbolchilar ham o‘rin olishgan.
Tarkib: Errera, Yaanuzay, Johnston, Jons, Lindegaard, Lingard, Mata, McNair, Pereira, Roni, Shneiderlin, Blakett, Blind, Karrik, Darmian, De Xea, Memfis, Evans, Fellaini, Goss, Schweinsteiger, Shou, Smolling, Valensia, Uilson, Yang.

Rasman Schneiderlin «MYu» a'zosi
13.07.2015

«Manchester Yunayted» fransiyalik futbolchi Morgan Schneiderlin bilan shartnoma imzolagani rasman e'lon qildi.
Futbolchi «Qizil iblislar» bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Shuningdek Morgan Schneiderlin AQSH ga yo'l olgan jamoa tarkibiga ham kiritildi.

Rasman Shvaynshtayger «MYU» bilan shartnoma imzoladi
13.07.2015

Germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger «MYU» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
« «MYu» – bu «Bavariya» libosini almashtirishimga sabab bo‘la oladigan yagona jamoa. Men yangi sinovlarga tayyorman», - deydi Shvaynshtayger.

