Янгиликлар /

Valdes «MYu» da qolish niyatida

13.07.2015

«Manchester Yunayted» darvozaboni Viktor Valdes xech qanday turk jamoasiga o‘tmoqchi emas. Bu xaqida futbolchining agenti Gin Karvaxal ta'kidlab o‘tdi. Futbolchi Angliyada qolmoqchi.

«Men bilan Turkiyadan bir qancha insonlar aloqaga chiqishdi. – Lekin men hyech qandan turk jamoasi prezidenti bilan muzokara olib borganim yo‘q. Men tanimayman ham. Mening mijozim «Antalyaspor» jamoasidan xech qanday manfatdor emas. U shartnomasi to‘liq nihoyasiga yetgunga qadar «MYu» da qolish niyatida», - deydi Karvaxal AS nashriga bergan intervyusida.

Муҳокама

13.07.2015

 «Fenerbaxche» jamoasi a'zosiga aylangan gollandiyalik hujumchi Robin van Persini Istanbul  aeroportida «Fenerbaxche» jamoasining ko‘plab muhlislar kutib oldi.
FenerbahceTV esa futbolchidan qisqa intervyu oldi.  

«Men Istambulda ekanimdan xursandman. Bu yerda fantastik muxlislar qarshisida to‘p suraman. Men mazkur klubda o‘ynaydigan Dirk Kyuyt bilan 10 yil termada birga harakat qilganman. Biz yaqin do‘stmiz. Dirk menga «Fenerbaxche» haqida gapirib berdi. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman. Aeroportga chiыib meni kutib olgan muhlislarga katta rahmat», - deydi Van Persi.

Муҳокама

13.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi Portugaliyaning «Benfika» jamoasi a'zosi Nikolas Gaytan bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchining agenti Kassiano Pereyra gaplariga ko‘ra futbolchi jamoa bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

«Bu xaqiqat. «Benfika» va «Manchester Yunayted» Gaytan borasida muzokaralar olib borishmoqda – va shartnoma bandlariga shuningdek Rafaelning «Benfika» safiga o‘tishi ham ko‘zda tutilgan, - deydi Pereyra Record bergan intervyusida .

Eslatib o‘tmiz, avvalroq Anxel Di Mariya jamoani tark etsa jamoaga Gaytan kelishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Муҳокама

13.07.2015

BBC xabar berishicha Morgan Shnayderlin «Manchester Yunayted» jamoasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Fransuz futbolchisi «Manchester Yunayted» ning Memfis Depay, Matteo Darmian va Bastian Shvaynshtaygerdan so‘ng to‘rtinchi a'zosi yangi a'zosi bo‘lishi kutilmoqda.

Transfer yuzasidagi to‘liq ma'lumotlarga tez orada aniqlish kiritilishi kutilmoqda.  So‘ngra Shnayderlin «MYu» jamoasi bilan birgalikda AQSh da bo‘ladigan turnega yo‘l oladi.

Муҳокама

12.07.2015

Sky Sports xabar berichicha, «Manchester Yunayted» Morgan Shnayderlin transferidan voz kechgani yo‘q,  Bastian Shvaynshtaygerni «Old Trafford»ga o‘tishi  Morgan Shnayderlin transferiga tasir ko‘rsatmaydi.

The Guardian ma’lumotiga ko‘ra Lui van Gal mavsum oldi turnegacha har ikkala himoyachi bilan iloji boricha tezroq shartnoma imzolashni istaydi.

Ayni paytda «Sautgempton», «Manchester Yunayted»ni  20 milonlik taklifni rad etdi va qizil iblislardn yangi 27 mln. funtli taklifni kutmoqda, lekin «Yunayted» fransuz uchun 25 million funt berishni rejalashtirmoqda.

Муҳокама

12.07.2015

«Manchester United» rasmiy veb-sayti «Torino» himoyachisi Matteo Darmian transferi yakuniga yetganini ma’lum qildi.

Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki Matteo Darmian «Torino» dan o‘tishi yakunlandi, deb e’lon qildi - bayonotida. – Matteo bilan yana bir yil davomida uzaytirish imkoniyati bilan jamoa to‘rt yillik shartnoma imzoladi».

25-yoshli Darmian turin jamoasida 146 uchrashuv o‘tkazdi va 2011 yili debyut o‘yinidan beri jami 5 golga mualliflik qildi. Himoyachi 14 marotaba Italiya milliy terma jamoasini sharafini ximoya qilgan.

«Men «Manchester Yunayted» safidaman, mening orzuyim ushaldi. «Torino» jamoasiga va muhlislariga o‘z minnatdorchiligmni bildiraman, jamoa men uchun juda ko‘p yordam berdi.

Ular meni to‘gri tushunishiga aminman, men buyuk jamoa safiga o‘tish imkoniyati borida foydalanishim lozim edi.

Lui van Gal bilan birga ishlash men uhcun qiziqarli u futbolda ko‘p yutuqlarga erishgan».

Lui van Gal transfer borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Matteo – o‘ng qanot himoyachisi shu bilan bir qatorda chap qanotda ham harakatlana oladi. U himoyada kuchli lekin o‘zini hujumda ham ko‘rsata oladi shu sabali u Premer Liga ritmiga juda mos keladi.»

Муҳокама

Янгиликлар /

Shvaynshtayger «MYU» a'zosi

12.07.2015

«Manchester United» rasmiy veb-sayti «Bavariya» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger transferi bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi.

 Sizga shuni ma’lum qilamizki «Manchester United» Myunxenning «Bavariya» jamoasi xavbeki Bastian Shvaynshtayger borasida kelishuvga erishdi. Shvaynshtayger tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng shartnoma bandlarini kelishib olsa bo‘ldi.

«Bavariya» Raisi Karl-Xayns Rummenigge 30 yoshli xavbekni transferini rasman tasdiqladi.

 «Bastian faoliyati so‘ngida yangi tajribaga ega bo‘lmoqchi,  Ruminnige so‘zlaridan iqtibos keltirdi Manchester Evening News.

– U bizdan uni qo‘yib yuborishimzni so‘radi. «Manchester Yunayted»dagi xamkasblarim bilan aloqada edik va biz kelishuvga erishdik».

«Albatta, uni ketishi biz uchun o‘gir, Bastian jamoa uchun ahamiyatili o‘yinchi. U bu erda katta yutuqlarga erishdi. Men unga faqat omad tilab qolaman va bu uning uchun qiziqarli yangi maqsad bo‘ladi». 

Муҳокама

11.07.2015

Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi «Manchester Yunayted» bilan gollandiyalik hujumchi Robin van Persining transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda turklar jamoasi prezidenti Aziz Yildirim ma’lum qilgan.

«Biz bu borada qattiq ishladik. Angliyaga 6 marta taklif jo‘natdik. Nihoyat Robin van Persining transferi bo‘yicha jarayon yakunlandi. Jamoamiz yana bir yulduzli futbolchi bilan to‘ldirildi», deb bayonot berdi Yildirim.

OAVlarda xabar qilinishicha, ushbu transfer qiymati 4,7 mln dollarni tashkil etadi.

Futbolchi 13 iyul kuni jamoa bilan shaxsiy shartnoma tuzishi va rasman “Fenerbaxche” futbolchisi sifatida tanishtirilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Robin van Persi 2012 yilda «Arsenal»dan «MYu» safiga 22,5 mln yevro evaziga transfer qilingan. U mankunianlar safida 89 marta APL o‘yinlarida ishtirok etib, 58ta gol urishga erishgan hamda bu jamoa bilan Angliya chempionligi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Qayd etish joizki, «Fenerbaxche» biroz oldinroq, «MYu»ning yana bir futbolchisi Nanini o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Муҳокама

11.07.2015

Turkiyaning «Antalyaspor» jamoasi  «Manchester Yunayted» darvozaboni Viktor Valdes bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu xaqida Turkiya jamoasi matbuot xizmati vakili Xasan Ali Djeylan xabar bergan.

«Ha, biz Viktor Valdes bilan muzokara olib boryapmiz, - deydi Djeylan The Express nashriga bergan intervyusida.

– Agar biz o'zaro kelishuvga erishsak bu «Antalyaspora» jamoasi xarida qilgan yana bir yulduz futbolchi boladi.

Avalroq turk jamoasi «Barselona» ning sobiq hujumchisi  Samyuel Eto‘O bilan shartnoma imzolagan edi va xozirda jamoa Ronaldino bilan ham muzokara olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz Valdes avvaliga jaroxatdan qutilib tiklanish uchun «Manchester Yunayted» jamoasida mashg'ulotlarda ishtirok etgan bo‘lsa keyinchalik yanvar oyida jamoa bilan shrtnoma imzolagan edi. Shu kunga qadar darvozabon asosiy tarkibda ikki bora maydonga tushgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shvaynshtayger «MYU»da?

11.07.2015

Bir qator britan OAV xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Bavariya» bilan  Bastiana Shvaynshtayger borasida kelishuvga erishgan.

Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra 30-yodhli futbolchi jamoa bilan 3 yillik shrartnoma imzolaydi va haftasiga 140 000 funt mablag'ga ega bo'ladi.

Manchester Evening News nashri esa  «Yunayted» Shvaynshtayger uchun yllik 5,75 million funt maosh taklif qilgani xabar bermoqda.

The Daily Mail nashri esa jamoa futbolchining transferi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini kelishmaganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shvaynshtaygerning «Bavariya» bilan shartnomasi kelasi yilda nixoyasiga yetadi. Futbolchi 2009-2011 yillarda Lui van Gal qo‘l ostida top surgan va xozirda murabbiy bilan munosabatlari yahshi darajada.

Муҳокама