10.07.2015

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Vest Xem» jamoasi hujumchisi Diafra Sako bilan «Yunayted» rahbariyati qiziqish bildirishgan.

The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi «MYu» jamoani tark etishi kutilayotgan Robin van Persining davomchisi bo‘lishi ehtimoli bor.

Sakoni «Vest Xem» bir yil ilgari  Fransiyaning «Mets» jamoasidan 3,5 million funtga xarid qilgandi. Bugungi kunda esa jamoa o‘yinchini 15 million funtga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz Diafra Sako o‘tgan mavsumda «Vest Xem» tarkibida 36 uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta golga urishga erishgan.

Муҳокама

10.07.2015

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi «Manchester Yunayted» xujumchisi Xavera Ernandesni qo‘lga kiritish borasidagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Nashrning xabariga ko‘ra xozirda mekchikalik futbolchi jarohatini davolatish bilan band va u bir oylar ichida jarohatdan qutiladi. Futbolchi terma jamoa yig‘inlarida jaroxat olgan. Shuningdek futbolchi bilan «Vest Xem» va «Orlando Siti» jamoalari ham qiziqish bildirishgan.

«Sevilya» bosh murabbiyi Unai Emeri so‘zlariga ko‘ra jamoani tark etgan Karlos Bakka o‘rniga jamoa yangi xujumchi izlamoqda: «Ha, Chicharito, Immobile va boshqa futbolchilar, hozirda biz vaziyatga qarab baho beramiz ».

Муҳокама

10.07.2015

Myunxenning «Bavariya» jamoasi vakili Karl-Xayns Rummenigge jamoa yetakchisi Bastian Shvaynshtaygerga «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish borasida  o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Bastian bilan telefon orqali gaplashdim, xozirda u ta'tilda, qaytganidan so‘ng u bilan yana bu masala bo‘yicha gaplashib olamiz».

Rummenigge shuningdek Mario Getse va Tomasa Myuller o‘rniga Anxelya Di Mariya kelishi borasidagi xabarlarni ham izohlab o‘tdi: «Biz bu xaqida umuman o'ylayotganimiz yo‘q, xatto bu «Manchester Yunayted» jamoasi bo‘lsa ham».

Муҳокама

10.07.2015

KUN.UZ: «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya o‘z faoliyatini «Bavariya»da davom ettirishi mumkin.

Argentinalik futbolchida «PSJ» va «Bavariya»ni tanlash imkoniyati bor, biroq uning o‘zi «Bavariya» variantiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Goal.com.

Di Mariya agenti klub vakillari bilan uning klubga o‘tishi borasida gaplashdi, biroq nemis klubidan «MYu» ga rasmiy taklif bildirilmagan.

Qayd etilishicha, Di Mariya Myunxen klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning muxlisi hisoblanadi va u bilan ishlashni orzu qiladi.

Biroq «Bavariya» futbolchi uchun 50 mln yevro taklif qila olishi mumkin, «MYu» esa unga 60 mln yevro so‘ramoqda.

Avvalroq argentinalik futbolchi «PSJ»ga o‘tishga prinsip jihatdan rozilik bergani ma’lum qilingandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Keylor Navas «MYu»da?

09.07.2015

«Real» jamoasining kosta-rikalik darvozaboni Keylor Navas o‘z faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabar berishicha, «MYu» bosh murabbiyi Lui van Gal ushbu darvozabonni De Xea «Real»ga o‘tadigan bo‘lsa, uning o‘rniga munosib nomzod sifatida hisoblamoqda.

Bu transfer Ramosning «MYu»ga o‘tishi evaziga De Xeaning «Real»ga berilishi jarayonining bir qismiga aylanishi mumkin.

Biroz oldinroq, «MYu» o‘z darvozabonini «Real»ga bu jamoadan Ramosning xarid qilinishi evaziga transfer qilishi aytilgandi.

Inglizlar De Xeani Ramos masalasini hal qilishdan oldin Madridga qo‘yib yuborishsa, uni sotib olish imkoniyatlari deyarli yo‘q bo‘lishidan xavotirlanishmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

van Persi jamoani tark etdi

09.07.2015

Sky Sport o‘z manba’lariga asoslangan xabar berishicha Robin van Persi «Fenerbaxche» klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolashga rozlik bergan.

Turkiya jamoasi dam olish kunlari yakunlanguncha forvard bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda, lekin shartnomada shaxsan van Persi bilan kelishib olinadigan bandlar mavjud.

Sky Sports tasdiqlashicha «Fenerbaxche» direktori Juliano Terraneo ayni paytda «Yunayted» vakilalri bilan muzokara o‘tqazish uchun Londonga tashrif buyurgan.

Agar van Persi jamoani tark etsa «Yunayted»  hujumi chizigida muammolarga duch keladi. Eslatib o‘tamiz muayyan shatnoma imzolanmaganligi sababli jamoani Flakao tark etdi, Chicharito esa jarohatlangan

Муҳокама

09.07.2015

Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi  Mats Xummels jamoada yana bir yil muddatga qolishini, shuningdek unga «Manchester Yunayted» jamoasidan qiziqish bo‘lganini tasdiqdladi. Bu xaqida The Guardian nashri Xummels so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Jamoamizning ko‘plab futbolchilari to‘g‘risida har kuni yangi yangi mish-mishlar chiqadi, lekin men bu yil xech qaerga ketmaslikni lozim topdim».
– «Albatta, senga katta jamoalar qiziqish bildirishi ajoyib, «Manchester Yunayted» jahoning eng katta jamoalaridan biri, bu men uchun fahr, lekin men jamoada qolishga qaror qildim».

Eslatib o‘tamiz, mavsum so‘ngida bir qator britaniya nashrlari 26-yoshli futbolchining xizmatlaridan van Gall foydalanmoqchi ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni tarqatishgan edi. Futbolchi esa yana bir bor o‘z jamoasida qolishni avzal ko‘rishini ta'kidladi.

Муҳокама

09.07.2015

Sky Sports nashri ishonarli manbalarga ko‘ra xabar berishicha Robin van Persi  Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolash borasida kelishib olgan.

Turk jamoasi rasmiylari dam olish kunlariga qadar futbolchi bilan shartnoma imzolashni ko‘zda tutishgan. Jamoa van Persi bilan o‘zaro shartnoma borasidagi ayrim bandlarini oydinlashtirish niyatida.

Sky Sports nashri takidlashicha «Fenerbaxche» direktori Djuliano Terraneo xozirda Londonda va u «Yunayted» rasmiylari bilan transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Agarda van Persi jamoani tark etsa Lui van Gall qo‘l ostida ikkita xujumchi Ueyn Runi va Jeymsom Uilson qoladi. Chicharito jarohat olib safdan chiqqan bo‘lsa, Falkao Ijara muddati tugab jamoani tark etgan.

Муҳокама

09.07.2015

 «Torino» jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura himoyachi Matteo Darmianni «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tayotganini tasdiqladi. Bu xaqida Manchester Evening News nashri Ventura so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Bu xaqiqat, Darmian «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin. Matteo top-jamolarga o‘tishga loyiq, u doim Chempionlar Ligasida ishtirok etishni istardi, uning orzusi ro‘yyobga chiqadi».

«Biz Darmian bilan ancha yildan beri birga ishlab kelmoqdamiz, unda orzusidagi Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etishi uchun imkoniyati yetarli».
So‘ngi ma'lumotlarga ko‘ra Darmian juma kuni «Yunayted» jamoasi tarkibida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Муҳокама

09.07.2015

 «Manchester Yunayted» jamoasi yosh hujumchisi  Uill Kin yangi mavsumni ijara asosida «Preston Nort End» jamoasida o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.

Bu 22 yoshli futbolchining to‘rtinchi jamosi, shu kunga qadar Kin «Uigan», KPR va «Sheffild Uensdey» jamoalarida ham ijara asosida foliyat olib borgan.

«Preston» jamoasi safiga qo‘shilishini futbolchi quyidagicha izohladi: «Men jamoa safiga qo‘shilganimdan xursandman, intizorlik bilan yangi mavsum boshlanishini kutmoqdaman. Jamoa tarkibida ishtirok etib qo‘limdan kelgan imkoniyatlarni amalga oshirishga xarakat qilaman».

Муҳокама