«MYu» mashg‘ulotlarga kirishdi
09.07.2015

Ta'tildan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasi asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. Jamoa bosh murabbiy Lui Van Gall dastlab Karringtondagi bazada futbolchilar bilan kichik yig‘ilish o‘tkazib so‘ngra mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Hozirda faqatgina Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogi musobaqasida ishtirok etib, jarohat olgan Anxel Di Mariya safda yo‘q. Ma'lumotlarga ko‘ra futbolchi avgust oyida jamoa safiga qo‘shiladi.
Hozirda jamoa asosan jismoniy tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.
Mashg‘ulotlar shuningdek jamoaning yangi xaridi Memfis Depay ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, jamoani tark etishi kutilayotgan De Xea va van Persi ham xozirda jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Jamoa bir necha hafta o‘z bazasida mashg‘ulot olib boradi va so‘ngra AQSh da tashkil etiladigan turneda ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi. 






Foto manba: www.manutd.com
Shnayderlin «MYu» safiga o‘tishga qarshi emas
09.07.2015

The Guardian nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» 25 yoshli «Sautgempton» jamoasi yarim himoyachisi Morgana Shnayderlin borasidagi yakuni qarorni AQSh da bo‘lib o‘tadigan mavsum oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarigacha hal etadi.
«Qizil iblislar» rahbariyati futbolchini o‘z jamoalari safida ko‘rishlari uchun 20 million funt sterling sarflashga rozilik berishgan.
Lekin «Sautgempton» rahbariyati esa fransiyalik futbolchi uchun 30 million funt sterling mablag‘ talab qilmoqda.
Shnayderlinning o‘zi ham «Manchester Yunayted» safiga o‘tishga qarshi emas. Faqatgina buning uchun jamoa rahbariyatlari o‘zaro kelishuvga erishishlari zarur.
Darmian «Yunayted» nishonida
08.07.2015

Bir qator britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» ushbu mavsumdagi ikkinchi xaridini oshirishga yaqin turibdi.
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida italiyaning «Torino» jamoasi himoyachisi Matteo Darmianni taklif qilmoqchi.
Sky Italia nashri xabariga ko‘ra «Yunayted» futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olgan. Faqatgina jamoa rahbariyati bilan muzokaralar qolgan holos. Taxminlarga ko‘ra italiyalik futbolchi uchun 12,7 million funt (18 million yevro) mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Anxelo Enrikes «MYU»ni tark etdi
07.07.2015

Zagrebning «Dinamo» jamoasi «Manchester Yunayted» jamoasining chililik futbolchisi Anxelo Enrikesni to‘liq sotib oldi. Bu xaqida «Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi.
Xorvatiya jamoasi futbolchi uchun 1,5 mln yevro mablag‘ sarflagan. Futbolchining o‘zi esa jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
«Barcha «Yunayted» a'zolari Anxeloning kelajak faoliyatida barcha yaxshi tilaklarni bildirib qoladi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida Zagrebning «Dinamo» jamosida o‘tkazib barcha musobaqalarda umumiy hisobda 21 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan.
Di Mariya jarohat oldi
07.07.2015

Ispaniyaning AS nashri xabar berishicha, Argentina terma jamoasi shifokorlari Anxel Di Mariyaning holati yuzasidan dastlabki tashxisni qo‘ydi. Unga ko‘ra futbolchi chap oyog‘ining pay qismidan jarohatlangan.
Shifokorlar taxmini qilishlaricha futbolchi to‘liq jarohatdan qutilishi uchun 1 oy zarur. Shu sababli futbolchi Lui van Gall qo‘l ostida «Manchester Yunayted» jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaslig mumkin .
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya Amerika Kubogi musobaqasi finalida uchrashuvning birinchi bo‘lim o‘rtalarida jarohat olgan edi.
Rafael jamoani tark etadimi?
07.07.2015

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Rafael da Silvani transferga qo‘yish niyatida.
Xabarda yozilishicha 24 yoshli braziliyalik futbolchiga Italiyaning «Napoli», «Fiorentina» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari qiziqish bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Rafael da Silva 2014-2015 yilgi mavsumda jarohat sababli bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan va 11 bora maydonga tushgan holos.
Nani «Fenerbaxche» a'zosiga aylandi
07.07.2015

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Luish Nani Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi a'zosiga aylanganini rasman tasdiqladi.
Portugaliyalik futbolchi ga 2007 yil yozda «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Futbolchi shu kunga qadar jamoa safida 230 uchrashuvda maydonga tushib 41 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, futbolchi jamoa bilan Moskvada o‘tgan Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozongan.
Futbolchi avgust oyidayoq «Yunayted» jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Yangi mavsumdagi Chempionlar ligasi musobaqasining saralash bosqichida «Fenerbaxche» va «Manchester Yunayted» jamoalari ro‘baro kelib qolish ehtimoli bor.
«Barcha «Manchester Yunayted» jamoasi a'zolari Nanining kelgusi faoliyatiga zafarlar tilab qoladi », - deb yozadi «Yunayted» rasmiy sayti.
Park Ji Sun jamoaga qaytmoqda
05.07.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Park Ji Sung jamoaga qaytmoqda.
Endilikda futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasining faxriy elchisi lavozimida ish olib boradi. Bu xaqiqda jamoa rasmiy sayti ManUtd.com xabar tarqatdi.
Yakshanba kungi jamoaning «Old Trafford» dagi «Everton» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan Aleks Fergyuson bilan maydonga chiqadi va yangi lavozimdagi faoliyatini rasman boshlaydi.
Park jamoa tarkibida 2005 - 2012 yillar davomida to‘p surgan va bir qator mukofotlarni qo‘lga kiritishda jamoaga o‘z xissasini qo‘shan. U jamoa tarkibida 4 karra Premer Liga chempioni, u karra Liga Kubogi, shuningdek Chempionlar Ligasi va FIFA ning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Yangi lavozimi borasida Park quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: « Mening xotiramda «Manchester Yunayted» bilan bog‘liq ko‘plab quvonarli xotiralar qolgan, va men jamoaning elchisi bo‘lib ish boshlashimdan xursandman».
Falkao bilan shartnoma bandlari oydinlashdi
04.10.2014

«Manchester Yunayted» hujumchi Radamel Falkao bilan shaxsiy shartnoma borasida bir qarorga keldi.
Manchesterliklar Falkaoni «Monako»dan 6 million funt evaziga ijaraga oldi va keyingi yili yozda uning transfer huquqini 43,5 million funtga sotib olishi mumkin.
Shuningdek, «Yunayted» rahbariyati kolumbiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erishdi. Masalan, uning haftalik maoshi 250 ming yevroni tashkil qiladi. Futbolchi bilan bonus va qiyofa huquqi borasida ham kelishuvga erishildi.
«Manchester Yunayted» barcha masalani hozirdanoq hal qilib, kelasi yili futbolchining agentlariga savdolashish imkoniyatini qoldirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda «MYu» hujumchi Karlos Tevesning ijara muddati yakuniga yetganidan so‘ng shartnoma borasida kelisha olmagani bois uni qo‘ldan chiqargandi.
Fellaini va Karrik safga qaytdi
03.10.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi asosiy tarkibi mashg‘ulotlarida jamoa futbolchilari Maruan Fellaini, Maykl Karrik va Fil Djons jarohatdan qutilib safga qaytishdi.
Avvalroq xabar berilganidek «Vest Xem» bilan o‘yinda qovurg‘asidan jaroxat olgan Ander Errer endilikda jamoaga ikki haftagacha yordam bera olmasligi mumkin.Ayrim xabarlarga ko‘ra, «Everton» jamoasiga qarshi bahsda Erreraning o‘rniga Darren Fletcher, Runining o‘rniga esa Xuan Mata maydonga tushigshi kutilmoqda.
Maykl Karrik va Fil Djons esa jismoniy holatini yanada yaxshilash borasida ish olib borishmoqda.