03.10.2014

Lui van Gal asosiy tarkibdagi jamoa a’zolari qatoriga o‘rinbosarlar jamoasidan yana bir qator futbolchilarni jalb qildi.

Avvalgi haftadiga mashg‘ulotlarda Peddi MakNeyra va Tom Torp ishtirok etishgan bo‘lsa endilikda ular safiga jamoaning 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasidan – Saydi Yanko va Marnik Vermiyl qo‘shilishdi.Jamoaning asosiy tarkibidagi 10 nafar futbolchisida jarohat borligi tufayli bosh murabbiy yosh futbolchilarga imkoniyat berish niyatida va jamoaning «Everton» ga qarshi o‘tadigan uchrashuvida ularni maydonga tushirishi ham mumkin.

Муҳокама

03.10.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachi Anxel Di Mariya sentyabr oyidagi jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Jamoa muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra Argentinalik futbolchi so‘rovda 68 % ovoz yig‘di, Andera Errera 23 %, Rafael esa 9 % ovozga ega bo‘ldilar.
«Men ushbu mukofotga loyiq ko‘rilganimdan xursandman, bunda jamoadoshlarimning o‘rinlari beqiyos.

Men «Yunayted» dagi faoliyatim shunday yaxshi boshlanganidan ma’munun bo‘ldim, men jamoam g‘alaba qozonishda davom etib ochoko jamg‘arishi uchun bor kuchim bmlan xarakat qilaman».
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Di Mariya «Manchester Yunayted» safida uch marta maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Муҳокама

03.10.2014

The Mirror nashri bergan xabarga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Sautgempton» jamoasi fizioterapevti Mett Redkliff bilan shartnoma imzoladi. Mutaxassis jamoada kelasi haftadan ish boshlaydi.Redkliff «Bari» yoshlar akademiyasida ta’lim olib, keyinchalik faoliyatini sport soxasidagi ilmiy ishlar bo‘yicha davom ettirdi, SolfordUniversitetni yakunlagan. Bugungi kunga qadar Redkliff «Port Veyle», «Kryu», «Preston» va «Sautgempton» jamoalarida ish olib borgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jamoa yangi himoyachi izlamoqda

30.09.2014

Tuttomercatoweb portalig xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Yuventus» jamoasi a’zosi Andjelo Ogbonnaga qiziqish bildirgan.Xabarda aytilishicha 26 yoshli futbolchi uchun «Yuventus» 12 million funt mablag‘ so‘ramoqda, shuningdek futbolchiga «Arsenal» jamoasi hamkatta qiziqish bildirgan.Qishki transfer vaqtida futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqish rejalashtirilmoqda.Shuningdek The Mirror nashri xabariga ko‘ra van Gala «Vest Xem» jamoasining 26 yoshli himoyachisi Uinston Rid borasida ham qiziqish bildirgan, futbolchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Errera jarohati qanchalik jiddiy

30.09.2014

The Guardian nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda biroz jarohat olgan. «Yunayted» jamoasi tibbiy bo‘limi xodimlari xozirda futbolchining jarohatti qanchalik darajada jiddiy ekanligi borasida tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.
Erreraning o‘z jarohat jiddiy emasligini aytmoqda. Yakshanba kungi uchrashuvdan so‘ng futbolchi Facebook dagi rasmiy sahifasida: «Juda muhim bo‘lgan 3 ochko! Ishonamanki, menda hammasi tez orada joyida bo‘ladi. Qo‘llab quvatlaganligila uchun tashakkur!» deya izoh qoldirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jons safga qaytdi

30.09.2014

The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra «Yunayted» himoyachisi Fil Djons jarohatdan forig‘ bo‘lgan va tiklanish jarayoni mashqlarida ishtirok etmoqda. Futbolchi «Everton» ga qarshi o‘tadigan uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.Djons Angliya terma jamoasi tarkibida jarohat olgan edi. 22 yoshli futbolchi jamoaning «Vest Xem» ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvdan avval safgan qatgan va ma’lum dastur asosida mashqlarda ishtirok etmoqda.

Муҳокама

29.09.2014

Lyuk Shou «Manchester Yunayted» takibida «Vest Xem» ga qarshi uchrashuvda o‘z debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Futbolchi uchrashuv borasidagi o‘z xissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. «Bu juda og‘ir debyut bo‘ldi. So‘zsiz, uchrashuvda o‘n kishi bo‘lib xarakat qilish oson emas, lekin biz buni uddasidan chiqdik va zarur bo‘lgan uch ochkoni oldik. Muhimi men debyut qilgan uchrashuvda jamoa g‘olib bo‘lganidan juda xursandman».«Men uchrashuvda o‘zimni yaxshi xis qildim, ayniqsa birinchi bo‘limda, o‘n kishi bo‘lib qolganimizdan so‘ng juda qiyin kechdi. Menda bir necha bor tomir tortishish holatlari bo‘ldi, bu normal holat, chunki 4-5 haftadan so‘ng ilk bora 90 daqiqa maydonda to‘p surdim. Men juda xursandman va o‘zimni juda yaxshi xis qilmoqdaman».

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF Ronalduga telefon qildi

29.09.2014

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, undan «mankunianliklar» safiga qaytishini so‘radi.Bu haqida FIFA agenti Fransua Galyardo ma’lum qilgan.«O‘tgan hafta, chorshanba kuni Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo Ronaldu o‘zini «Real»da baxtli his qilmoqda».
«Uning transfer ishlari esa agenti Jorje Mendeshga bog‘liq», - deydi Galyardo.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Ronaldu «MYu»ga qaytishni rejalashtirmayotgani va «Qirollik klubida o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan edi.

Муҳокама

29.09.2014

Robin van Persi «Vest Xem» ustidan qozonligan g‘alaba jamoa uchun uch ochko olib kelganidan ma’mnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi.«Men o‘ylashimcha, biz uch ochko bizga muhim edi. Biz g‘alaba uchun harakat qildik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Jamoa muhlislari bizni doimo tinimsiz ravishda qo‘llab quvatlab turishadi. Birinchi bo‘limda biz juda yaxshi o‘yin ko‘rastdik, ikkinchi bo‘lim yarimiga kelib Runi qizil kartochka olganidan so‘ng o‘yin keskin o‘zgarib ketdi. Biz biroz asabiylashdik, lekin uchrashuv so‘ngiga qadar bor kuchimiz bilan xarkat qildik».Van Persi «Yunayted» jamoasi tarkibidao‘tkazgan 81 uchrashuvida o‘zining 50- chi golini kiritdi va bu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.«Bu o‘ziga xos yaxshi statistika. Men yanada yaxshiroq o‘ynab ushbu natijani yanada yaxshilashga xarkat qilaman».

Муҳокама

29.09.2014

Tutto Mercato nashri bergan xabarga ko‘ra «Yunayted» jamoasining brazilyalik futbolchisi Anderson Xindistonning «Puna Siti» jamoasiga ijara asosida o‘tishdan bosh tortgan.«Manchester Yunayted» futbolchi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil o‘z nihoyasiga yetadi. Hozirgi vaqtda futbolchi o‘zi uchun yani jamoa qidirish niyatida. Yangi mavsum arafasida Andersonga Braziliyaning bir necha jamoasi qiziqish bildirishgan edi, lekin ularning barchasi futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishni taklif etgan.

Муҳокама