29.09.2014
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Vest Xem»ga qarshi kechgan bahsda raqibi Styuart Dauningga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun maydondan chetlatilgani to‘g‘ri qaror bo‘lganini tan oldi.«Balki mening chetlatilishim to‘g‘ri qaror bo‘lgandir. Dauning qarshi hujum boshlashga intilgandi. Men esa unga halal berish uchun qoida buzdim», - deydi Runi.
Ushbu o‘yinda olgan qizil kartochka tufayli Runi APL ning 3 o‘yinida ishtirok eta olmaydi.
Муҳокама
26.09.2014
«MYu» hujumchisi Robin van Persi jamoa a’zolari bosh murabbiy bilan birgalikda «Lester»ga qarshi o‘yinni yaxshilab tahlil qilib chiqqanini aytib o‘tdi.«Lester» bilan o‘yinda sodir bo‘lgan voqyea boshqa ro‘y bermasligi kerak. Biz o‘sha o‘yinni yaxshilab tahlil qilib chiqdik. Endi kelasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mag‘lubiyatda butun jamoa aybdor. Qaysidir chiziq futbolchilarini ayblab bo‘lmaydi. Mas’uliyat hammada birdek bo‘lishi kerak. Keyingi turlarda o‘yinimizni kuchaytirib borish niyatidamiz», - deydi Van Persi.
Муҳокама
26.09.2014
«Manchester Yunayted» ustozi Lui van Gal jamoa tarkibidagi yangiliklar haqida gapirib o‘tdi.
«Uchta markaziy himoyachilarimiz jarohatlari sabab safdan chiqishdi. Ular qachon safga qaytishlarini bilmayman».
«Evans bilan bog‘liq holat ancha og‘ir. Uning suyagi ancha qattiq jarohatlangan, faqat kutishga to‘g‘ri keladi. Smolling kecha mashg‘ulotlarni oyog‘idagi og‘riq sabab tark etdi. Jamoada jarohatlanganlar soni 9 ta. Blekkett bo‘lsa disvalifikatsiyasini o‘tamoqda».
«Futbolchilar sog‘lig‘i bilan tavakkalchilikka qo‘l urmoqchi emasman. Men yoshlar jamoasidan futbolchilar olishimga to‘g‘ri keladi. Yoshlar doim safimizga qo‘shilishga tayyorlar. Ular o‘yinlarga chanqoqlar. «Yunayted»da yoshlarni tarbiyalash katta saviyada amalga oshiriladi, bu bo‘lsa bizga mazkur yigitlar xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi. Yoshlar ligasi va premer-liga o‘rtasidagi farq katta, biroq yaqinlashayotgan o‘yinda o‘zini yaxshi ko‘rsatish uchun ularda imkoniyat yetarli», – deydi mutaxassis.
Муҳокама
25.09.2014
«Real Madrid» jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» tez orada qaytishi mumkinligi haqida turli gap so‘zlar tarqalgan edi. Bunga Ronalduning o‘z fikrini bildirib o‘tdi.«Mening kelasi faoliyatim xaqidagi gaplar barchasi mish-mish. Mening kelasi taqdirim faqat Madrid bilan bog‘liq. Men barchasidan ma’mnunman, ushbu mavsum barchasi yaxshi ketmodqa, men kelajagim borasida gapirishni istamayman, chunki hozir bu haqida o‘ylayotganim yo‘q».Ayrim ma’lumotlarga qaraganda «Manchester Yunayted» jamoasining bir qator muhlislari 3.000 funt mablag‘ to‘plab samolyota ijaraga olishgan va «Real Madrid» ning «Villyareal» ga qarshi o‘tadigan uchrashuv vaqtida «Ronaldu uyga qayt» degan yozuvli banerni stadion ustidan uchib o‘tishni rejalashtirishgan.
Муҳокама
25.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoani tark etish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi.«Men Van Gal bilan suhbatlashdim. U hyech qachon menga jamoadan ketishim kerakligini aytib o‘tmagan. Van Gal menga jamoada raqobat kuchli ekanini aytib, vaqti kelsa imkon berishini va’da qildi».«Men o‘zimga ishonaman. Jahon chempionatida yomon o‘yin namoyish qilmadim. Afsuski, jarohatim yana bezovta qilishni boshladi. Oy oxirida safga qaytaman», - deydi Fellayni.
Муҳокама
25.09.2014
The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling jarohat olgan.Xabarda aytilishicha «Yunayted» Smolling mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan. Jamoa shanba kuni Premer Liganing navbatdagi turida «Vest Xem» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa murabbiylari ushbu uchrashuvda markaziy himoyada Smolling va Roxo juftligini sinab ko‘rish niyatida edilar ammo Kris jarohat tufayli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.«Manchester Yunayted»bosh murabbiyi Lui van Gal so‘zlariga ko‘ra Krisning holati yuzasidagi aniq ma’lumot to‘liq tekshiruv o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, «Vest Xem» ga qarshi kechadigan uchrashuvda himoyachilar Fil Djons, Djonni Evans va Tayler Blekkett maydonga tusha olmaydi.
Муҳокама
24.09.2014
«Manchester Yunayted»jamoasi himoya chizig‘ida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish niyatida jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrikni markaziy himoya chizig‘ida sinab ko‘rmoqchi bu haqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda.33-yoshli futbolchi jarohatdan qutilib hozirda tiklanish jarayonida va to‘liq jamoa bilan Karringtondagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Karrik sera Aleks Fergyuson murabbiyligi vaqtida ham bir nech bor markaziy himoyachi vazifasida to‘p surgan edi.Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal himoyachilar Fil Djons va Jonni Evans jarohat sabali va Tayler Blekett esa «Lester» bilan bo‘lgan o‘yinda qizil karotchka olganligi uchun yaqinlashib kelayotgan APL ning navbatdagi turida himoyadagi kamchilikni bartarf qilish yo‘llarini o‘ylab ko‘rmoqda.
Муҳокама
24.09.2014
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Barselona» himoyachisi Jerar Pike borasida qiziqish bildirgan. 27 yoshli futbolchi jamoasining so‘ngi uchrashuvida zahirada qoldirilgan va shuningdek «Barselona» jamoasi yangi mavsum arafasida ikkita markaziy himoyachi sotib olgan. Bu futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarni tarqalishiga olib keldi. Eslatib o‘tamiz, Jerar Pike «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida 2004-2008 yillarda to‘p surgan edi.
Муҳокама
24.09.2014
Jamoa sardori Ueyn Runi Facebook dagi rasmiy sahifasida jamoa omadsiz uchrashuvlardan so‘ng o‘z o‘rniga qayta olishi ta’kidlab o‘tdi.«Yakshanba kungi mag‘lubiyatga uchralgan o‘yin haqida ko‘pchilik tanqidiy yozdi, o‘ylashimcha hammasi bunday qolmaydi. Jamoa kiyinish xonasida guvoh bo‘ldimki bizda kuchli jamoa bor, jamoa bosh murabbiyi hammasiga alohida e’tibor bilan ish olib bormoqda, jamoa tez orada o‘z o‘yinini namoyish qilib muvaffaqiyatga erishishiga hech gumonim yo‘q».
Муҳокама
24.09.2014
The Telegraph nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» Nike firmasining jamoa uchun ishlab chiqqan liboslaridan 2015 yil 1 avgustga qadar foydalanadi.Avvalroq xabar berilganidek jamoa Adidas kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi izolagan edi. 2015/16 mavsumdan boshlab jamoa liboslarini ishlab chiqish to‘liqligicha Adidas kompaniyasiga o‘tadi,lekin 2015/16 yil mavsum oldi tayyorgarlik uchrashuvlarida jamoa Nike liboslarida maydonga tushishga majbur. Bunga sabab jamoa Nike bilan tuzilgan shartnoma 2015 yil 31 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi. 2015 yil 1 avgustdan boshlab esa jamoa Adidas bilan tuzilgan shartnoma rasman boshlanadi.
Муҳокама