24.09.2014
The Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra «Lester» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan Jonni Evans endilikda 4 hafta mobaynida maydonga tusha olmasligi mumkin. Xabarda aytilishcha Jonni Evans oyoqning to‘piq qismidan jarohat olgan. Dushanba kuni o‘tkazilgan batafsil tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra 26 yoshli futbolchining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.Evans ikki yil avval ham oyog‘ining to‘piq qismidan olgan jarohati sababli jarohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra futbolchi to‘liq safga qaytishi uchun yana jarohlik stoliga yotishi mumkin.
Муҳокама
23.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Vest Xem» jamoasiga qarshi o‘yinda klub tarkibida debyut qilishi mumkin.Yozda «Sautgempton» jamoasidan «qizil iblislar» safiga 27 million funtga o‘tgan Shou jarohat sababli hozirga qadar birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushirilmayotgan edi. Futbolchi hozirda to‘liq jarohatdan forig‘ bo‘lgan va Fil Jons va Jonni Evanslarning jarohat olishi, Tayler Blekettning so‘nggi turda qizil kartochga olganligi unga maydonga tushish imkonini yanada oshirishi kutilmoqda.
Муҳокама
23.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi Lui van Galning gaplariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, Van Gal Runining hujumdagi o‘yinidan qoniqtirmayotgani haqida gapirib o‘tgandi.«Men avvalgiga qaraganda ancha ulg‘aydim. Yoshligimda juda ko‘p yugurardim, ba’zi golli vaziyatlardan unumli foydalanishga kuchim yetmay qolardi».«Endi esa aql bilan o‘ynashga harakat qilyapman. Hujum ortida o‘ynash ham menga yoqadi. Buning ham o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Jamoaga yordam berishga harakat qilyapman».«Umuman olganda, murabbiy talab qilgan har qanday ampulada o‘ynashga tayyorman», - deydi Runi.
Муҳокама
23.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining O‘zbekistondagi www.manutd.uz sayti milliy UZ domeni 2014 Internet-festivalida «Sport sohasida eng yaxshi sayt» nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib topildi.22 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Yoshlar ijodiyoti saroyi» da milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali g‘oliblari nomi e’lon qilindi.Turli sohalar bo‘yicha finalga yetib kelgan internet saytlari orasida eng yaxshilari taqdirlandi. «Sport sohasida eng yaxshi sayt» nominatsiyasida www.pakhtakor.uz rasmiy sayti hakamlar hay’atining eng ko‘p ovoziga ega bo‘lib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Uchinchi o‘rin esa www.sports.uz saytiga nasib etdi.www.manutd.uz sayti nomidan jamoa muhlislariga va festival tashkilotchilariga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida ham jamoa hayotiga oid yangilik va ma’lumotlar bilan futbol muhlislarini tanishtirib borishda davom etamiz.
Муҳокама
22.09.2014
«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi «Lester»dan (3:5) qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu haqiqadandan hayratda qoldiruvchi natija. 3:1 hisobida g‘alaba qozona turib, mag‘lub bo‘lishni qabul qilish qiyin».
«Jamoa sifatida yaxshiroq harakat qilishimiz va uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashimiz kerak edi. Bizda xatolar bo‘ldi. Jamoaviy o‘yinni yaxshi tashkillashtira olmadik, shu sabab «Lester» hujumlarni qaytara bilmadik».
«Bir nechta ajoyib gollar kiritidik, biroq bir nechta umuman kerak bo‘lmagan gollarni ham o‘tkazib yubordik», – deydi Runi.
Муҳокама
19.09.2014
«Yunayted» ning Gollandiyalik futbolchisi Deyli Blind Tumanli Albionda o‘tkazgan dastlabki uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.«Men tezda farqni tushundim, raqib jamoa ortga chekingan vaqtda menda to‘pni nazorat qilish uchun imkon bo‘ladi va men bundan samarali foydalanishga urinaman. Bu menga qanotdagi jamoadoshim bilan almashinib o‘ynashga yaxshi sharoit bo‘ladi».«Biz o‘z o‘yinimizni namoyish qila oldik va o‘ylashimcha bu yomon chiqmadi. Biz to‘pni yo‘qotganimizda, biz himoyada jipslashlan holda harakat qilamiz. Biz bunday vaziyatda to‘pni tezda olib qo‘ya oldik, shunday ekan yaxshi harakat qila oldik deb o‘ylayman».«Albatta, to‘liq 90 daqiqa davomida yuqori haroratdagi o‘yinni va ajoyib muhitni his qldim. Ushbu o‘yinga qadar men gollandiya chempionatida va terma jamoa tarkibida to‘p surgan edim, ammo Premer Liga – bu o‘zga daraja. Bu yerda tezlik juda yuqori».
Муҳокама
17.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy ravishda 2014/15 mavsum uchun jamoaning umumiy fotosessiyasida ishtirok etishdi.Lui van Gall boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futbolchilar har yilgi kabi «Old Trafford» maydonidan umumiy tarkib bilan suratga tushishdi. Fotosessiya jarayonida umumiy 27 futbolchi– shulardan 3 nafari darvozabon ishtirok etishdi.Ushbu jarayonda jamoaga yangi mavsumdan qo‘shilgan6 nafar futbolchi - Lyuk Shou, Ander Errera, Markos Roxo, Anxel Di Mariya, Deyli Blind va Radamel Falkao ham ishtirok etishdi. Suratdan Lui van Galning ikki yonida jamoa sardori Ueyn Runi va vitse-sardor Darren Fletcher o‘rin olishgan.>
Муҳокама
16.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Adnan Yanuzay yoshlar jamoasi tarkibida «Sanderlend»ga qarshi kechgan bahsda uchta gol urdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yosh mankunianliklar 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. 19 yoshli Adnan Yanuzay bilan birga himoyachi Lyuk Shou va yarim himoyachi Andersonlar ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishdi. Uchrashuvni Lui van Gall ham stadiondan kuzatib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Adnan Yanuzay Premerliga 4-turida «QPR»ga qarshi kechgan bahsda 82 daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.
Муҳокама
16.09.2014
Lui van Gal so‘zlariga ko‘ra «QPR» ustidan qozonilgan g‘alaba turmush o‘rtog‘i Tryus uchun katta sovg‘a bo‘ldi. U14 sentyabr kuni o‘z tug‘ulgan kunini nishonlagan edi.«Bu g‘alaba alohida ahamiyat kasb etdi, bir tarafdan shu kuni turmush o‘rtog‘immi tug‘ulgan kuni edi. Men unga sovg‘a taqdim etganimda, u men uchun katta sovg‘a jamoaning g‘alabasi deb aytgan edi, biz buni uddaladik»,- dedi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi o‘yindan keyingi matbuoat anjumanida.Uchrashuvdan so‘ng Van Gal oila a’zolari bilan Manchestera shahri chetida joylashgan Piccolino nomli italiyan restoraniga borishgan deb xabar berdi The Daily Mail nashri.>
Муҳокама
16.09.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi Ozarbayjon futbol federatsiyasi assotsiatsiyasi (OFFA) bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi va ushbu mamlakatda futbolni ommaviy ravishda rivojlantirish yo‘lida Backcell aloqa kompaniyasi ham katta hissa qo‘shmoqchi.«Manchester Yunayted» futbol maktabi OFFA va Bakcell yordami bilan mamlakat yoshlarini United Way dasturi asosida tayyorlaydi.«Manchester Yunayted» jamoasining boshqaruv direktori Richard Arnold hamkorlik haqida quyidagi fikrda: «Bu jamoa uchun katta ahamiyatga ega, ilk bora jamoa Milliy futbol federatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. Ozarbayjon – bu futbol tezkorlik bilan rivojalanayotgan davlatlardan biri, «Manchester Yunayted» jamoasining ham bu yerda millionlab muhlislari bor. O‘zaro hamkorlikni o‘rnatishda va rifojlantirishda Bakcell kompaniyasining katta o‘rni bor».Shuningdek OFFA rahbari Rovnag Abdullaev ham o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi: «Avvalo Bakcell yordami bilan Bakuda «Manchester Yunayted» jamoasining futbol maktabini ochilishi mamlakat futbol tarixi uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Ishonamanki, bu tez orada o‘z natijasini beradi bu yerdan yetishib chiqqan yosh futbolchilar mamlakat futbol rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishadi».
Муҳокама