12.09.2014

Kecha Karringtondagi bazada jamoaning yangi a’zolari Radamelya Falkao va Deyli Blind rasmiy tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkil qilingan tadbirda Radamel Falkao va Deyli Blind jurnalislar savollariga javob qaytarishdi:Dastlab so‘z Radamel Falkaoga berildi:«Doim «Manchester Yunayted» kabi buyuk jamoada o‘ynashi orzu qilar edim. Xozirda o‘zimni yaxshi xis qilmoqdaman, jarohatim bezovata qilayotgani yo‘q. Mavsumni «Monako» tarkibida ikki oy avval boshlagan edim va hozirda jismoniy holatim a’lo darajada».« «Yunayted» buyuk jamoa va doimoshundayligicha qoladi. Bu yer menga yoqmoqda va katta loyihaning bir bo‘lagi ekanligimdan xursandman».Kolumbiyalik futbolchi a’lo kayfitda ekanligi va jamoa a’zolari uni yaxshi qabul qilishganini ham aytib o‘tdi. Shuningdek Falkao uning o‘yin uslubi jamoa o‘yin uslubiga to‘liq mos kelishini aytib o‘tdi.«Chempionlar Ligasi musobaqasida to‘p surish – barcha futbolchilarning orzusi. Ushbu mavsum afsuski mazkur turnirda ishtirok eta olmaymiz, lekin kelasi yil ushbu musobaqada ishtirok etishimizni ishonch bilan ayta olaman».Shundan so‘ng Deyli Blind o‘z ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdi:«Murabbiy aytganidek men himoyada ham yarimhimoyadan ham birdek o‘ynay olaman. Van Gal JCh 2014 da menga katta ishonch bildirgan edi. Men yana birga ishlash nasib qilganidan xxursandman. Ishonamanki bu yerda yana ko‘p narsa o‘rgana olman».Press-konferensiya so‘ngida esa Lui Van Gal so‘z oldi :«O‘ylashimcha jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarni maydonda joylashtirish to‘liq jyolashtirsh mumkin. Eslatib o‘tishim kerakki, jamoani 14 nafar futbolchi tark etdi va jamoaga 6 nafar futbolchi safga qo‘shildi».«Biz doimo yoshlarga imkoniyat berib kelganmiz va bunday qilishda albatta davom etamiz».Shuningdek Van Gal «Manchester Yunayted» hujum chizig‘idagi vaziyat yuzasidan ham izoh berib o‘tdi:«Hozirda Van Persining jismoniy holati ajoyib tarzda. U o‘zini JCh 2014 dagidanda a’lo darajada xis qilmoqda».«Mashg‘ulotlar chog‘ida Radamelda yagona imkoniyat bo‘ldi va u bundandan foydalanib gol ura oldi».Jurnalistlarning Danni Uelbekning jamoani tark etishi borasidagi savoliga Van Gal aniq va qisqa javob qaytardi:«U o‘ziga yaratilgan vaziyatlardan yaxshi foydalana olmadi. Hujumchi o‘ziga yaratilgan qulay vaziyatdan foydalana bilishi kerak va gol urishi lozim».
Муҳокама
11.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi ijrochi direktori Ed Vudvordning so‘zlariga ko‘ra jamoa oldiga 2014/15 mavsum uchun kuchli uchlikka kirish maqsadi qo‘yilgan.
Vudvord2013/14 mavsum yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etdi. «Bizning byudjet hisob kitoblarga ko‘ra uchinchi o‘rinda». Biz Lui bilan birgalikda vaziyatni o‘rganishda davom etamiz, qaysidir chiziqlarda kamchiliklar ko‘rsak yana mustahkamlashga xarakat qilamizva aksincha ba’zi pozitsiyadagi futbolchilarni sotishimiz ham mumkin».«Hozirda, biz jamoani o‘z o‘rnida barqaror tura oladigan tarkib bilan tuzmoqchimiz. Agar bizda yanvarda futbolchi olishimiz zarur bo‘lsa imkoniyatga qarab buni amalga oshirishimiz mumkin, xuddi yanvar oyida Xuan Matani olganimiz kabi».«2013-14 mavsum biz uchun juda og‘ir kechdi. Lekin Lui van Gal qo‘l ostida jamoa ancha yaxshi shakllanmoqda buni mashg‘luotlar chog‘ida ham ko‘rish mumkin. Men ishonaman, Lui kuchli mutaxassis. Biz yozgi transferni yaxshi o‘tkazdik va Di Mariya, Blind, Shou, Errera, Roxo hamda ijara asosida Falkaoni qo‘lga kiritdik».Shuningdek Vudvord jamoaningAdidas bilan tuzgan shartnomasiga ham to‘xtalib o‘tdi.«Biz iqtisodiy rejalarimiz doimo juda kuchli bo‘lgan. Adidas - bilan tuzgan rekord ko‘rsatkichdagi shartnomaio‘ bunga dalil, biz kelasi o‘n yillikda ham raqobatdosh ekanligimizdandir. Adidas bilan tuzilgan 750 mln. funtli shartnoma nafaqat futbolda, boshqa sport turlari ichida ham yaqqol peshqadamlik. Bu 4 yillik ishimizning o‘ziga hos kulminatsiyasidir. Bizda jahonning 20 dan ziyod kompaniyalaridan takliflar bo‘lgan edi».
Муҳокама
11.09.2014
«Manchester Yunayted» hujumchisi Radamel Falkao yangi mavsumdan nimalar kutayotganini aytib berdi.
«Mening yangi mavsumdagi maqsadim – sovrin qo‘lga kiritish. Men o‘z jamoam va Kolumbiya terma jamoasiga yordam bermoqchiman».
«Futbolchi sifatida o‘sishga intilmoqdaman, men uchun gollar urish va sovrinlar qo‘lga kiritish muhim».
«Angliya premer-ligasi – sayyoramizning eng kuchli birinchiligi. Bu yerda eng kuchli futbolchilar to‘p surishadi, ularga qarshi har hafta maydonga tushishimga to‘g‘ri keladi».
«Jahon Chempionati Lui van Galni – eng kuchli mutaxassislardan biri ekanini ko‘rsatib berdi. U o‘z futbolchilarini tushunadi va ularning bor imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlay biladi», – deydi Falkao.
Муҳокама
11.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining dushanba kuni o‘tkazgan mashg‘ulotlar vaqtida jamoa himoyachisi Rafael Da Silva ham ishtirok etgan.Rafael mavsum oldi turne doirasidagi uchrashuvda jarohat olgan edi va mavsum oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi. Braziliyalik futbolchi jamoaning mashg‘ulotlarida to‘liq kuch bilan ishtirok etmoqda va u yakshanba kuni «QPR» jamoasiga qarshi o‘tadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkinligi aytilmoqda.
Муҳокама
11.09.2014
«Manchester Yunayted” klubi va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Bobbi Charlton hujumchi Ueyn Runiga bo‘lgan munosabatini aytib o‘tdi.
«Runi terma jamoa tarkibida gol kiritish bo‘yicha mening rekordimni yangilash harakatida. O‘ziyam rekordim ancha cho‘zilib ketdi. Men uni qo‘llab-quvvatlayman. Agar rekordimni yangilasa, faqat xursand bo‘laman. Runi – yaxshi yigit. Unga omad tilayman”, - deydi Charlton.
Муҳокама
11.09.2014
"«Manchester Yunayted» iyun oyida yakunlangan moliyaviy yil yakunlarini rasman e’lon qildi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, klubning yillik daromadi o‘tgan yilgiga qaraganda 19.3%ga o‘sgan 433,2 mln funt ko‘rsatkichiga yetgan.
Klubning libos oldi-sotdisidagi foydasi 189,3 mln funtni tashkil qildi va 36,8 mln funt ko‘rchatkichiga yetdi (+ 24,1%).
Tele- va radiotranslyasiya huquqlaridan olingan foyda 135,8 mln funt (+ 33,8%),
Uchrashuvga sotilgan chiptalardan tushgan pul 108,1 mln funt (- 0,9%)
Hamkorlik shartnomalaridan olingan pul 135,8 mln funt (+49,4%)
«Riteyl», «merchendayzing» va litsenziyalari maxsulotlar sotuvidan olingan foyda 37,5 mln funtni tashkil qildi (-2,8%)
Telefon va aloqa yo‘nalishidagi klubning foydasi 16 mln funtni tashkil qildi (-30,4%). Bu bo‘limdagi pasayish klubning bir nechta mobil kompaniya bilan hamkorlikni tugatgani bilan izohlanmoqda.
Klubning sof foydasi 28,7 mln funtni tashkil qildi, bu o‘tgan yilgiga qaraganda ikki barobar ko‘proq.
Klubning umumiy qarzi 389 mlndan 342 mln funtgacha kamaydi.Moliyaviy holat yuzasidan batafsil
ma’lumot.
"
Муҳокама
11.09.2014
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz klub hali ham o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanishini aytib o‘tdi.Jamoa bosh murabbiyligiga Lui van Gal kelganidan keyin klub Di Mariya, Falkao, Blind, Roxo kabi bir qator mashhur futbolchilarni xarid qildi. Buning natijasida esa «MYu» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Denni Uelbek jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.Bu esa ko‘plab mutaxassislarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Jumladan, klubning yoshlar jamoasi sobiq murabbiyi Mayk Filan «MYu» o‘z «yuragi» ni sotib yuborganini aytib o‘tgandi.Bunga javoban esa Rayan Giggz «Manchester Yunayted» dek jamoa hali ham asosiy e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratishini bildirib o‘tgan.
Муҳокама
10.09.2014
Britaniya OAV lari xabar berishicha «Yunayted» jamoasi futbolchilari Lyuk Shou va Ander Errera jarohatdan to‘liq qutilib safga qaytishgan. Futbolchilar 14 sentyabr kuni «QPR» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatiga egalar.Himoyachi Lyuk Shou mavsum oldi mashg‘luotlarda to‘liq ishtirok etgan bo‘lishiga qaramay, Chempionat boshlanishi arafasida jarohat olgan edi. Xabarda aytilishicha xozirda futbolchi jarohatidan qutilib mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etmoqda.Yarim himoyachi Ander Errera Tvitterdagi o‘z rasmiy sahifasida xabar qilishicha mashg‘ulotlarga kirishganini va intizorlik bilan «QPR» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishni hohlashini aytib o‘tgan.
Муҳокама
08.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchilari Pola Skoulz va Duayt York «Qayrat» jamoasining tashkil etilganiligining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan «Yulduzlar uchrashuvi» da ishtirok etishga rozilik bildirishdi. Ushbu uchrashuv 26 sentyabr kuni Olmaota Markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.Ushbu tadbirda «Jahon yulduzlari» jamoasi FK «Qayrat» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. «Jahon yulduzlari» terma jamoasi tarkibi quyidagi o‘yinchilardan tarkib topgan:
Darvozabonlar: Franchesko Toldo, Yens Lemann.
Himoyachilar: Paolo Maldini, Xaver Dzanetti, Alessandro Kostakurta, Kaxaber Kaladze, Fabio Kannavaro, Kristian Panuchchi.
Yarim himoyachilar:Serjino, Rivaldo, Luish Figu, Leonardo, Edgar Davids, Klarens Zeedorf, Pol Skoulz.
Hujumchilar:Andrey Shevchenko, Kristian Veri, Duayt York.
Муҳокама
08.09.2014
«Yunayted» o‘rinbosarlar jamoasi futbolchisi Davide Petruchchi jamoa bilan tuzgan sharnomani bekor qildi va Ruminiyaning «Kluj» jamoasi bilan sharnoma imzoladi.Italiyalik jurnalist Djanluki Di Marsio bergan xabarga ko‘ra 22 yoshli italiyalik futbolchi «Kluj» bilan 1+2 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkan.Petruchchi «Old Trafford» 2008 yil Italiyaning «Roma» jamoasidan olib kelingan edi. Shu kunga qadar u o‘rinbosarlar tarkibida hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan bo‘lsada unga «Yunayted» asosiy tarkibida maydonga tushish nasib qilmadi.
Муҳокама