08.09.2014

Argentinalik futbolchi Markos Roxo «Old Trafford»dagi o‘zining debyutini intizorlik bilan kutayotganligi alohida ta’kidladi. Avval xabar berganimizdek futbolchi Britaniyada ishlash xuquqini beriuvchi vizani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa futbolchi 14 sentyabr kuni «QPR» jamosiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushish imoniyatiga ega bo‘ldi.«Men katta intizorlik bilan maydonga tushish imkoniyatini kutmoqdaman, shu kunga qadar «Old Trafford» o‘yin o‘tkazish nasib qilmagan edi. Mening hayotim tezlik bilan o‘zgarib ketdi. Men «Manchester Yunayted» jamoasi a’zosi ekanligimdan xursandman, bu jamoa jahoning kuchli jamoalaridan kiyinnish xonasida Ueyn Runi, Robin van Persi, Anxel Di Mariya va tarkibga men kabi yangi qo‘shilgan Radamel Falkao bilan birga turish nasib qildi. Bu mening faoliyatim uchun juda muhim qadam bo‘ldi, ham futbolchi va oddiy inson sifatida. Barchasi Jahon chempionatidan so‘ng sodir bo‘ldi – bu orzuning ro‘yobga chiqishi».

Муҳокама

08.09.2014

The Guardian nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» Anxelya Di Mariya transferi borasidagi shartnoma qiziqarli bandlari bor.Shunday bandlardan birida yozilishicha Anxel Di Mariya «Manchester Yunayted» jamoasidagi ishtiroki davimida «Oltin to‘p» mukofatini qo‘lga kiritsa, jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lsa «Real Madrid» jamoasi «Yunayted» jamoasidan qo‘shimcha 4 mln. funt bonus mablag‘ni qo‘lga kiritadi

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Denni tezkor o‘yinchi

07.09.2014

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoadoshi Denni Uelbekning «Arsenal»ga transferihaqida fikrlarini aytib o‘tdi.

«Denni tezkoro‘yinchi va gollar urishi mumkin. «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgach u hujumning oldingizqismida o‘ynay olishiga umid bildiraman. Bu Angliya terma jamoasiga foyda keltiradi.

Boshqa jamoagao‘tish qarorini osonlikcha chiqargani yo‘q, bu borada Denni bilan bir necha martagaplashgandim. Lekin u faoliyatini davom ettirishi uchun o‘zini boshqa klubda sinabko‘rishi lozimligini aytgandi.

Agar «Arsenal»da sof hujumchi pozitsiyasida harakatqilsa, bu Angliya termasiga foyda keltiradi», – deydi Runi.

Муҳокама

07.09.2014

«MYu» rahbariyati«Roma» vakillari bilan yarim himoyachi Kevin Strotman borasidagi kelishuvlarningbirinchi bosqichini boshlab yubordi.

MankunianliklarStrootmanni qishning o‘zida taxminan 25 million funtga sotib olmoqchi.

Yana rahbariyatda keyingi 10 yil mobaynida har transfer oynasida bitta kattatrasnferni amalga oshirishga ishonishmoqda.

Муҳокама

06.09.2014

«Manchester Yunayted» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi markaziyhimoyachisi Mats Xummels uchun boshqa kurashmaydi, deya xabar beradi DailyTelegraph.

Manbada keltirilishicha, nemis klubi himoyadagi eng ishonchlifutbolchisini yozda ham, qishda ham sotmasligini ma’lum qilgan, buning ustiga yanabir muhim o‘yinchi Marko Roysning jamoadan ketish ehtimoli bor. Roysni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor19,8 million funt to‘lashi lozim bo‘ladi, uning shartnomasida shunday ko‘rsatilgan.

Manchesterliklar ustozi Lui van Gal esa, yaqinda sotibolingan Markos Roxoga ishonch btldirmoqchi.

Муҳокама

06.09.2014

«ManchesterYunayted» sobiq ustozi Aleks Fergyuson transfer bozoridagi harajatlariga o‘z munosabatinibildirdi.

«Fikrimcha buvaziyat o‘zgarmaydi. Dunyoda hamma narsa rivojlanmoqda, transferlar va narxlar oshibborayotganiga sabab ham shunda.

Bu qachondirtugaydimi yo‘qmi bilmayman. Endi bu kabi ishlar markazida bo‘lmayman. Ammo transferlargasarflangan mablag‘ hayratga solmoqda», - deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, avval Fergyuson «Manchester Siti»nifutbolchilarga ko‘p mablag‘ sarflayotgani uchun bir necha marta tanqid qilgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Gal o‘rniga Yurgen Klopp

06.09.2014

«ManchesterYunayted» jamoasi rahbariyati jamoa bosh murabbiy Lui van Galning ishidan qoniqmayapti.Klub transferlar uchun 150 million funt sarfladi.

Endilikda shungayarasha natija talab qilmoqda.

Agar Van Galishonchni oqlay olmasa, klub rahbarlari «Borussiya» bosh murabbiyi Yurgen Kloppnijamoaga olib kelmoqchi.

Ammo Klopp avvalroq faoliyatini Angliyada emas, Ispaniyachempionatida davom ettirish niyatida ekanini aytib o‘tgandi.

Муҳокама

05.09.2014

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz hujumchi Ueyn Runi yevro-2016 saralash uchrashuvlari doirasidagi Angliya – Shveytsariya uchrashuvida yarim himoya chizig‘ida o‘ynashi kerak ekanini aytdi.
«Ko‘rinib turibdi-ki, bizda hujum chizig‘idagi uch futbolchini uzatmalar bilan ta’minlab turadigan yarim himoyachi yo‘q».
«Bu juda og‘ir qaror, biroq men Runinini yarim himoya chizig‘ida maydonga tushirgan bo‘lar edim. Ueyn — jamoaning eng yaxshi assistenti. Bu chiziqda u barchadan ko‘ra yaxshiroq o‘ynay oladi».
«Umuman men jamoamda ikkita Runi bo‘lishini istardim: Biri uzatma beruvchi, biri — hujumni yakunlovchi», – deydi Skoulz.
Angliya va Shveytsariya o‘rtasidagi uchrashuv dushanba, 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Hayot rivojlanmoqda

05.09.2014

«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning transfer siyosati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.«Mening shaxsiy fikrim quyidagicha: futbolchilarning narxi oshib borishini oldini olib bo‘lmaydi. Hayot rivojlanmoqda, shu bilan birga futbolchilarning narxlari ham ko‘tarilib ketyapti. Bu holat qachon yakuniga yetishini bilmayman».«Baxitmga, hozirda bu kabi jarayonlarning markazida emasman. Ammo, «MYu»ning transferlarga sarflagan mablag‘i aql bovar qilmasdir», - deydi Fergyuson.
Eslatib o‘tamiz, avvallari Fergyuson «Manchester Siti» ni futbolchilarni xarid qilishga ko‘p pul sarflashda ayblab o‘tgandi.

Муҳокама

05.09.2014

Kecha terma jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida «Manchester Yunayted» jamoasining bir qator vakillari ham o‘z terma jamoalari tarkibida ishtirok etishdi Fransiya – Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda darvozabon David De Xea ispanlar tarkibida 90 daqiqa xarakat qildi. Uchrashuv Fransiya foydasiga 1-0 hisobida yakunlandi.Robin van Persi va Deyli Blind esa Gollandiya tarkibida Italiya termasiga qarshi maydonga tushishdi. Ushba uchrashuvda Italiya 2-0 hisobida g‘alab qozondi. Blind uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazgan bo‘lsa, van Persi 81-daqiqada zaxira futbolchisiga almashtirildi.Adnan Yanuzay esa Belgiya tarkibida Avstraliyaga qarshi uchrashuvning 62 daqiqasida zahiradan maydonga tushida. Ushbu uchrashuvda Yanuzay jamoadaoshlari 2-0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Муҳокама