05.09.2014
«Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha jamoaning yangi a’zosi Markos Roxo Buyuk Britaniyada ishlash xuquqini beruvchi vizani qo‘lga kiritdi. «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchini to‘liq sotib olishiga qaramay uning Britaniyada faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan xujjatlar to‘liq emasligi sababli APL rahbariyati uning transferini tasdiqlamagan edi. Endi barchasi yaxshi tomonga hal etildi. Futbolchi Premer Liganing 4-turidan o‘rin olgan «QPR» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Муҳокама
04.09.2014
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» ga qaytishini tasdiqladi.
Ronalduning «Real»ga o‘tganidan beri besh yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, biroq portugaliyalik futbolchi sobiq jamoasi haqida unutgani yo‘q, o‘z intervyusida u «MYu»ga omad tiladi va yaqin kelajakda qaytishin mumkin ekanini aytdi.
«Men Manchesterni sevaman, men bu haqida juda ko‘p marta aytganman. Manchester hamon mening yuragimda. U yerda mening ko‘plab do‘stlarim qolgan, bu jamoa muxlislari teng keladigani yo‘q, men u yerga qaytishni istayman».
«Real»da ham baxtliman, amaldagi shartnomamda yana to‘rt yil muddat bor, biroq kim biladi deysiz? «Yunayted»da menga juda iliq munosabatda bo‘lishgan».
«Menga ishoning, ular yana eng kuchli jamoaga aylanishadi. Bunga aminman. «Yunayted» – buyuk jamoa».
«Ha, hozirda «Manchester» og‘ir davrini boshidan kechirmoqda. O‘tgan mavsum ular uchun juda yomon o‘tdi, bu mavsumni ham «iblislar» omadsiz boshlashdi».
«Biroq transfer bozorida ular shunchaki ajoyib futbolchilarni qo‘lga kiritishdi, Di Mariya, Falkao. O‘ylashimcha, ular ancha kuchli klubga aylanishdi. «Yunayted» eng yuqori o‘ringa munosib», - deydi Ronaldu.
Муҳокама
04.09.2014
«Yunayted» jamoasining bir necha a’zolari o‘z terma jamoalri tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.Germaniya va Argenitina jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda «Manchester Yunayted» jamoasining ikki nafar futbolchisi Markos Roxo va Di Mariyalar ishtirok etishdi. Uchrashuv Argentina foydasiga 4-2 hisobida yakunlandi.Ushbu uchrashuvda Di Mariya 86 daqiqa xarakat qilib 1 gol urdi va 3 golga assistentlik vazifasini bajarib berdi. Roxo esa uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.«Uembli» stadionida o‘tgan Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Ueyn Runi tomonidan kiritilgan gol Angliya terma jamoasining g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘ldi. Uchrashuvda Fil Djons 90 daqiqa xarakat qilgan bo‘lsa, Runi 70 – daqiqada o‘z o‘rnini Daniel Uelbekka bo‘shatib berdi.
Муҳокама
04.09.2014
«Manchester Yunayted» o‘rinbosarlar jamoasi futbolchisi Gilermo Varela mavsum so‘ngiga qadar «Real Madrid Kastilya» jamoasiga ijaraga berildi.Endilikda Varela «Real Madrid Kastilya» jamoasi tarkibida fransiyalik mashhur futbolchi Zinedin Zidan qo‘l ostida shug‘ullanadi.Ijara shartnomasi bandlariga ko‘ra «Real Madrid Kastilya» futbolchining ijara muddati tugagandan so‘ng sotib olish xuquqini ham qo‘lga kiritgan.
Муҳокама
03.09.2014
Deyli Blind transferi rasmiy e’lon qilingandan bir necha soat o‘tib futbolchi va Lui van Gall birgalikda Gollandiya chempionatining 2013/14 mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etishdi.Avvalroq xabar berilganidek Erdevizoning 2013/14 mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga atalga «Oltin butsa» Deyli Bilindga topshiildi. Shuningdek tabdirda mashxur sobiq futbolchi Deylining otasi Danni Blind ham ishtirok etdi.Tadbir davomida Lui van Gall ham Gollandiya futbol rivoji yo‘lida qo‘shgan xissasi uchun maxsus mukofot bilan tadqirlandi.>
Муҳокама
03.09.2014
«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin Van Persi uni tizzasidan operatsiya kutayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, «qizil iblislar» hujumchisi yaqin haftalar ichida o‘tgan mavsumda qabul qilib olingan jarohatidan to‘liq qutilishi uchun operatsiya qilinishi kerak.
«Old Trafford»ga Radamel Falkao kelgani haqidagi xabarlardan so‘ng Lui Van Gal Robinning uzoq muddatli safdan chiqishigi tayyorgarlik ko‘rayotgani borasida xabarlar berilgan edi. Biroq 31 yoshli gollandiyalik futbolchi uni jarroxlik amaliyoti kutmayotganini bildirdi.
«Bu mish-mishlarni kim chiqarayotganini bilmadim. Men rostini ayta olaman, qandaydur operatsiya maqsadida yaqin orada shifoxonaga bormoqchi emasman. Bunday yolg‘onni to‘qish uchun juda yaxshi «fantaziya» kerak», - deydi Van Persi.
Муҳокама
03.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi yakuniga yetgan yozgi transfer davomida tarkibdagi 17 nafar futbolchi bilan xayrlashdi.
Deniel Uelbek, Aleksander Byuttner, Bebe, Patris Evra, Shinji Kagava, Tom Lourens jamoalarga sotib yuborilgan bo‘lsa, Rio Ferdinand, Nemanya Vidich, Federiko Makeda esa erkin agent maqomida jamoani tark etishdi. Uilfrid Zaxa, Nani, Nik Pauell, Vanya Milinkovich, Xaver Ernandes, Maykl Kin, Tom Kleverli ijara asosida boshqa jamoalarga berildi va Rayan Giggz - faoliyatini yakunladi.
Муҳокама
03.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchilari Robin van Persi va Ueyn Runi kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkaoning kelishidan xursand ekanliklarini aytib o‘tishdi.Van Persi: «Men Falkaoning kelishidan xursand bo‘ldim. U jamoamizni kuchaytiradi. Endi men ham, Falkao ham asosiy tarkib uchun kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ueyn Runi va Jeyms Uilson ham raqobatga kirishadi. Bundan muxlislar yutishadi».Ueyn Runi: «Falkaoning kelishi jamoadagi o‘rnimga qanday ta’sir qilishini bilmayman. Bu haqida yaxshisi bosh murabbiydan so‘rash kerak. Nima bo‘lgan taqdirda ham, safimizga fantastik futbolchi qo‘shildi».
«Falkao – dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Bu transfer jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlariga mos keladi. Biz bundan juda xursandmiz».
Муҳокама
03.09.2014
«Aston Villa» jamoasi «Yunayted» yarim himoyachisi Tom Kleverlini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 25 yoshli futbolchi mavsum so‘ngiga qadar «Aston Villa» jamoasi sharafini himoya qiladi.Jamoalar o‘zaro transfer oynasi yopilishiga qadar kelishuvga erishishgan edi, lekin Premer Liga mutasaddilari ushbu kelishuv amalga oshishini biroz kechikdirdi va yakunda yakuniy xulosani e’lon qildi.Kleverli «Yunayted» tarkibida 79 uchrashuvda maydonga tushib 5 bora raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Bir nech yil avval Tom «Lester Siti», «Uotford» va «Uigan» jamoalarida ham ijara asosida to‘p surgan.
Муҳокама
02.09.2014
Dortmundning «Borussiya» jamoasi yaponiyalik futbolchi Shindzi Kagavani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman tasdiqladi. 25 yoshli futbolchi nemis jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.Kagava «Yunayted» tarkibiga 2012 yilda kelib qo‘shilgan va jamoa safida 57 uchrashuvda maydonga tushib 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Kagava: «Meno orzuim amalga oshdi va Premer Ligada o‘ynadim. Yana «Borussiya» jamoasi tarkibida ekanligimdan xursandman. Ajoyib jamoa va ajoyib oilaviy muhit. Meni bu yerda unishmaganidan xursandman va yana ular bilan birgaman».
Муҳокама