02.09.2014
Nihoyat «Manchester Yunayted» jamoasi Deyli Blind bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Deyli Blindning trasferi uchun «Ayaks» jamoasiga 14 million funt mablag‘ berdi.Blind «Ayaks» jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa tarkibida ilk bora 2008 yilda debyut o‘yinini o‘tkazgan. Shuningdek u Gollandiya terma jamoasi tarkibida 19 uchrashuvda maydonga tushishga erishgan. Deyli Gollandiya chempionatining 2013/14 mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘lgan.
Blind: ««Manchester Yunayted» jamoasi a’zosiga aylanganim men uchun katta sharaf. Men «Ayaks» safida 7 yilga yaqin to‘p surdim, bu men uchun doim xotiramda qoladi».«Lui van Gal – juda katta iqtidorga ega murabbiy, men u bilan hamkorlikda «Ayaks» va Gollandiya terma jamoasida birgalikda ishlaganman, va yana birgalikda jahoning katta jamoasida ishlash nasib qilanidan xursandman ».
Van Gal eas Blind haqida qyidagi fikrlarni bildirdi: «Deyli jamoa safiga kelganidan xursand bo‘ldim. U juda aqilli va unveral futbolchi, u turli pozitsiyalarda ishonarli o‘yin namoyish qila oladi».«Deyli o‘yinni yaxshi o‘qiy oladi va ko‘p yillar mobaynida mening o‘yin uslubimda xarakat qilib ko‘rgan. U jamoamiz kuchiga o‘ziga xos qo‘shimcha kirita oladi».
Муҳокама
02.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi «Monako» kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkaoni bir yilga ijaraga oldi. «Manchester Yunayted» jamoasi keyinchalik futbolchini to‘liq sotib olish xuquqini ham qo‘lga kiritdi.28-yoshli futbolchi yangi jamoasi xaqida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Yangi mauvsumni «Manchester Yunayted» safida ijara asosida o‘tkazishimdan xursandman. Bu jahondagi eng yirik jamoalardan biri. Men Lui van Gall boshchiligidagi jamoa safida to‘p surib jamoa bilan birgalikda yutuqlarni qo‘lga kiritishni intizorlik bilan kutmoqdaman».Shuningdek Lui van Gal ham futbolchi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi: «Men Radamel bizning jamoamiz safiga o‘tganidan xursand bo‘ldim. U zamonaviy futboldagi eng yuqori saviyadagi hujumchilardan biri. Uning statistiksi uning qanday futbolchi ekanligini ko‘rsatib turibdi, u katta yordam beradi degan umiddaman».
Муҳокама
02.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi ikki nafar futbolchisi Maykl Kin va Nika Pauell ijaraga berildi.21 yoshli himoyachi Maykl Kin endilikda «Bernli» jamoasi sharafini himoya qiladi. Futbolchining ijara muddati yanvar oyi qo‘ngiga qadar mo‘ljallangan.20-yoshli yarim himoyachi Nika Pauell esa mavsum so‘ngiga qadar «Lester Siti» jamoasi a’zosiga aylandi.
Муҳокама
02.09.2014
«Manchester Yunayted» va «Arsenal» jamoalari Denni Uelbek borasida kelishuvga erishishdi. «Arsenal» Uelbek bilan 4+1 ko‘rinishdagi shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi kanonirlar safida haftasiga 100 ming funt maosh oladi. 23-yoshli futbolchisi «Yunayted» tarkibida 142 uchrashuvda ishtirok etib 29 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va jamoa bilan uch bor Angliya chempionligi unvonini qo‘lga kiritgan.Uelbek «Arsenal» jamoasi tarkibida terma jamoadagi yig‘in yakuniga yetgandan so‘ng borib qo‘shiladi>
Муҳокама
02.09.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy sayti Xaver Ernandes mavsus so‘ngiga qadar «Real Madrid» jamoasiga ijaraga berilganini tasdiqladi.Xabarda aytilishicha «Real Madrid» jamoasi ijara muddati tugagandan so‘ng futbolchini to‘liq xarid qilib olish xuquqiga ham ega bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, Ernandes «Yunayted» jamoasi safiga 2010 yilda qo‘shilgan bo‘lib shu kunga qadar 154 uchrashuvda maydonga tushib 59 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Xaver jamoa bilan ikki bora Premer Liga chempionligini ham qo‘lga kiritgan. >
Муҳокама
29.08.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi «Ayaks» jamoasining yoshlar jamoasi a’zosi Timoti Fosu Mensa bilan shartnoma imzoladi.16-yoshli gollandiya jamoasi tarbiyalanuvchisi uchun mankunianlar 300.000 funt mablag‘ sarf qilishdi.Futbolchi markaziy va qanot himoyachisi vazifasida shuningdek tayanch yarim himoyachisi o‘rnida ham to‘p sura oladi.«MYu» skautlari futbolchini aprel oyidan buyon kuzatib kelmoqda edilar. Fosu Mensaxozirda Karringtondagi bazaga tashrif buyurgan.
Муҳокама
29.08.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Shinji Kagava sobiq jamoasi bo‘lgan Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qaytishga yaqin turibdi.
The Metro nashri xabariga ko‘ra nemis jamoasi futbolchi uchun 8 million funt mablag‘ taklif qilmoqchi. «Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchining jismoniy holatidan norozi ekanligini ta’kidlagan edi.
Germaniyaning Der Western nashri xabariga ko‘ra esa «Borussiya» futbolchi borasida «MYu» ga rasmiy taklif bilan chiqqan va Kagava tez orada «Borussiya» Dortmund safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Муҳокама
29.08.2014
«Real» futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketgan Anxel Di Mariyaga muvaffaqiyat tiladi.
«Bu Di Mariya uchun yaxshi taklif bo‘ldi. «MYu» - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri va u yerda o‘ynash yoqimli bo‘ladi. Unga omad tilayman».
«Anxel bunga munosib - u fantastik futbolchi. U «MYu»da muvaffaqiyatga erishmoqchi.
«Di Mariya bilan suhbatlashib oldim va 7-raqami juda katta mas’uliyat yuklashini aytdim. Menimcha u buning uddasidan chiqa oladi», - deydi Ronaldu.
Муҳокама
29.08.2014
The Guardian nashri xabariga ko‘ra «Valensiya» va «Yuventus» raxbariyati o‘z jamoalari safida «Manchester Yunayted» hujumchisi Xaver Ernandesni ko‘rish niyatida.«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyai Lui van Gal futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinidan norozi. Van Gal bir necha bor futbolchiga imkon berdi. Ernandes unga berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayapti.Futbolchi hozirda «Old Trafford»da haftasiga 85 ming funt mablag‘ olmoqda. Chicharitoning trasfer bahosi 12-15 mln. funtga baholanmoqda.Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes «Manchester Yunayted» jamoasiga meksikaning «Gvadalaxar» jamoasi safidan kelib qo‘shilgan va u bugunga qadar 152 uchrashuvda maydonga tushib 59 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Муҳокама
29.08.2014
«Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» jamoalari yarim himoyachi Uilfrid Zaxa ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu xaqida «Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy sayti xabar berdi.Kelishuvga ko‘ra Uilfrid Zaxa mavsum so‘ngiga qadar «Kristal Pelas» jamoasida ijara asosida faoliyat olib boradi.Zaxa «Kristal Pelas» jamoasi safiga qo‘shilganini borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Bu buyuk jamoa, bu haqida ilk kelgan kunimdan aytib o‘tgan edim. Biroq menda jamoada o‘z iqtidorimni ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lmadi, yoki maydonda kam xarakat qildim. Ijara asosida boshqa jamoaga o‘tish men uchun eng maqqul yo‘l. Yanada ko‘proq tajribba ortirib va kuchli futbolchi bo‘lib qaytishimga ishonaman».
Муҳокама