29.08.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining yangi xarid qilgan futbolchisi Markos Roxo vaqtincha yangi jamoasi tarkibida maydonga tusha olmasligi mumkin. The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra Angliya Premer-ligasi vakillari ushbu transferni to‘liq yakuniga yetmagan deya hisobolamoqdalar.Bunga sabab qilib futbolchining 75 % transfer huquqiga ega bo‘lgan Doyen investitsion kompaniyalarsi «MYu» jamoasidan o‘zining ulushini olmagan. Bugun ushbu rasmiy ishlar to‘liq yakuniga yetmasa Roxo shanba kuni «Byornli» jamoasi bilan bщladigan 3-tur o‘yinida ham maydonga tusha olmaydi.
Муҳокама
29.08.2014
The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Tom Kleverli uchun «Aston Villa» jamoasi rasmiy taklif bilan chiqqan.
«Aston Villa» jamoasi futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Yunayted» jamoasiga 8 million funt mablag‘ taklif qilgan.
Umumiy hisobda jamoa uning transferi va maoshiga 12 million funt mablag‘ sariflash niyatida. Shuningdek futbolchiga «Xall Siti» va «Everton» jamoalari ham katta qiziqish bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz avvalroq «Manchester Yunayted» Kleverlini transferga qo‘yish niyatida ekanligini xaqidagi xabarlar tarqatilgan edi.
Муҳокама
29.08.2014
«Manchetser Yunayted» jamoa yangi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya qaysi raqam ostida to‘p surishini rasman e’lon qildi.
26 yoshli argentinalik futbolchi «MYu» uchun muhim sanalgan 7 raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi. «MYu» jamoasi tarixida 7 raqamda jamoaning afsonaviy futbolchilari Jordj Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va xozirda «Real Madrid» jamoasi safida o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu harakat qilishgan.Shuningdek, ushbu raqamda Maykl Ouen va Antonio Valensiya ham to‘p surishgan edi. Keyinchalik Valensiya 25 raqamda to‘p surishni o‘ziga maqqul ko‘rgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya «Manchester Yunayted» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va uning transfer Angliya futboli uchun rekord 59,7 million funtni tashkil qildi.
Муҳокама
28.08.2014
«Kristal Pelas» murabbiy Nil Uornok gaplariga ko‘ra jamoa Uilfrid Zaxani jamoaga qaytarmoqchi. 21 yoshli Zaxa jamoaga 2013 yil 15 mln. funt evaziga xarid qilingan edi. Futbolchi bugungi kungacha «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibidan muqim o‘rin ola bilmayapti.«Kristal Pelas» jamoasi futbolchini bir mavsumga ijaraga olish niyatida. Bu xaqida jamoa murabbiyi Sport Breakfast dasturidagi ishtirokida aytib o‘tdi.Shuningdek futbolchiga APL ning bir qator o‘rtamiyona jamoalari ham qiziqish bildirishgan. «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchiga yangi mavsum arafasidagi uchrashuvlarda bir necha bor imkoniyat berdi. Futbolchi esa ushbu uchrashuvlarda o‘zini yrqin tarafdan ko‘rsata olmadi.
Муҳокама
28.08.2014
«Manchester Yunayted» «Sporting» jamoasi bilan yarim himoyachi Uilyam Karvalio transferi bo‘yicha muzokara olib borishga xarakat qilmoqda. Bu xaqida The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.Nashrning xabariga ko‘ra agar «Yunayted» Vidal masalasi bo‘yicha «Yuventus» jamoasi bila kelisha olmasa «Sporting» jamoasining portugaliyalik yarim himoyachisi Karvalo bilan shartnoma imzolashi mumkin. Portugaliya jamoasi futbolchi uchun 23.8 mln. Funt mablag‘ talab qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, Karvaloga shuningdek Angliyaning bir qator jamolari ham qiziqish bildirishgan.
Муҳокама
28.08.2014
Angliya terma jamoasi yangi sardori barcha taxmin qilganidek «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «uch sherlar»ning avvalgi sardori Stiven Jerrard xalqaro maydondagi faoliyatini yakunladi.
Jerrardning o‘rinbosari etib aynan Runi tayinlanishiga hyech kim shubha qilmayotgan edi, bugun bo‘lsa Xodjson rasman bu qarorni e’lon qildi.
«O‘ylashimcha, bu juda yaxshi tanlov. Runi katta bosimga uchrashga va barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga tayyor», - deydi Xodjson.
«Terma jamoasi sardori bo‘lish – bu orzu, aynan shu orzu men uchun haqiqatga aylandi. Bu umrim davomida erishgan yutuqlarim ichidagi eng g‘ururlanadigan muvaffaqiyatlarimdan biri bo‘lib qoladi», - deydi Ueyn.
Муҳокама
27.08.2014

«Manchester Yunayted» rasman Anxel Di Mariya bilan besh yillik shartnoma imzolanganini tasdiqladi.Jamoa xabariga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 59,7 million funt mablag‘ to‘langan va bu britaniya futboli tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.Anxel «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibiga qo‘shilganini quyidagicha izohladi: «Men «Manchester Yunayted»jamoasi safiga kelib qo‘shilganimdan juda xursandman. Ispaniyada men yaxshi davrlarni o‘tkazdim, menga ko‘plab jamoalardan taklif bo‘ldi, lekin men «Yunayted» jamoasi safiga o‘tishni maqqul ko‘rdim».«Lui van Gal – ajoyib murabbiy. Jamoa tez orada o‘z o‘rniga yana qaytadi. Men intizorlik bilan tezroq maydonga qaytishni hohlayman».Shuningdek bosh murabbiy Lui van Gal ham Di Mariya borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Anxel – yuqori darajadagi yarim himoyachi, lekin muhimi jamoaviy o‘yin. U juda iqtidorli futbolchi».«Di Mariya – juda tezkor futbolchi, yuqori saviyadagi himoyachilarga ham qiyinchilik tug‘dira oldi. Anxel – jamoaga ajoyib darajada qo‘shimcha kuch bo‘la oladi!».
Муҳокама
26.08.2014
«MYu» jamoasi yarim himoyachisi Xuan Mata «qizil iblislar» o‘yinni kuchaytirishlari uchun ularga vaqt kerakligini aytib o‘tdi.«Biz o‘zgarishimiz uchun vaqt kerak. Gap yangi o‘yin uslubiga ega yangi bosh murabbiyi boshchiligidagi yangi jamoa haqida ketyapti. Mavsumning dastlabki ikkita o‘yinida g‘alaba qozonmoqchi edik, ammo buni uddalay olmadik».«Hozir biz amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan eng muhim ish kelasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish. Biz o‘zimizga ishonishda davom etishimiz zarur», - deydi Xuan Mata.
Муҳокама
26.08.2014
«Manchester Yunayted» hamon «Yuventus» yarim himoyachisi Arturo Vidal transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Hamon tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti, Turin klubi «Yunayted»ning takliflarini rad etishda davom etmoqda, deya xabar beradi The Telegraph.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Lui van Gall agarda Vidal sotib olinmasa Naydjel De Yong varinatiga e’tiborini qaratadi.
Gollandiyalik mutaxassis qanot himoyasida va tanch zonasida o‘ynay oluvchi Deyli Blindning ham transferini talab qilgan.
Denni Uelbek «MYu»ni tark etishi kutilmoqda. Xaver Ernandes, Sindzi Kagava va Tom Kleverlilarning kelajaklari ham so‘roq ostida.
Муҳокама
26.08.2014
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra Ander Errera dushanba kungi mashg‘ulotlarda jamoa bilan to‘liq ishtirok etgan. Futbolchi o‘tgan haftada mashg‘ulotlar chog‘ida jaroxat olib «Sanderlend» bilan bo‘lgan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.Britaniyadik korrespondent Mark Ogden xabar berishicha futbolchi maxsus dastur asosida mashg‘ulotlarni olib bormoqda va u tez orada maydonga qaytishishi mumkin.
Муҳокама