Nevill «MYu» transfer siyosatini tanqid qilib o‘tdi
19.08.2014

«O‘tgan bir yil davomida «MYu» transferlar uchun 140 million funt sarfladi va Zaha, Errera, Shou, Fellayni va Matani sotib oldi. Boz ustiga o‘tgan yili yozda ba’zi transferlar tahlika ostida amalga oshirildi va yangi futbolchilar jamoa o‘yin falsafasiga mos kelmadi. Endi buning uchun to‘lov to‘lashga to‘g‘ri kelmoqda».
«Xuddi shuncha mablag‘ evaziga Beyl, Kroos, Fabregas va Felipe Luisni sotib olsa bo‘lardi», -deydi Nevill.
Roxo borasida muzokara davom etmoqda
19.08.2014

SkySports tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra «Yunayted» hali ham Markos Roxoni «Sporting»klubidan sotib olish harakatida.
«MYu»Roxo transferiga 16 million funt ajratgan. Bu taklif «Sporting» ni qanoatlantiradiagar klubga Nani ijara asosida o‘tsa. The Daily Mail xabar berishicha Luish Nanio‘zini sobiq jamoasiga ijaraga berilishi mumkin. Avvalroq portugaliyalik futbolchiklub tayyorlagan «qora ro‘yxat» ga tushgan edi. O‘zi ushun boshqa jamoa qidirayotganbir paytda sobiq klubi taklifini qabul qilishi haqiqatga ancha yaqin.
PortugaliyaOAV larini berayotgan habarlarida Roxo «Sporting» da qolish niyatida emas. Jamoauni o‘zboshimchaligi uchun jazo tariqasida uchrashuvlarda qatnashishni taqiqlabqo‘ygan. Agar Roxo bilan shartnoma tuzilishi amalga oshmay qolsa u holda «Yunayted»klubi «Shtutgart» himoyachisi Antonia Ryudigerga «hujum» boshlaydi.
«Sporting»klubiga Markos Roxo transferidan faqatgina 25 % ulush tegadi. Jamoada futbolchininarxini yana oshirishga to‘liq huquqi yo‘q.
Di Maria uchun 100 million?
19.08.2014

Yanuzay: 11–raqam men uchun katta sharaf
19.08.2014

Adnan Yanuzay «Suonsi» bilan o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini jurnalistlargabayon qildi. U uchun «Yunayted» afsonalaridan biri 20 yil faoliyatini bir klubdaolib borgan Rayan Giggz to‘p surgan 11 – raqamni klub unga ishonch bildirib tqdimetgani katta sharaf bo‘lgan.
«Nafaqat men uchun balki butun oilam uchun ham bu juda katta sharaf. Bundanjuda hursandman. O‘ziga yarasha salobati, bosimi bo‘lishini oldindan his qilayapman.Chunki bu raqamda «Yunayted» afsonalaridan biri Rayan Giggz 20 yil harakat qilgan.Klub menga shu raqamni ishonib topshirganidan bexad mamnunman».
«Suonsi» bilan bo‘lgan baxsda Adnan zaxiradan Jessi Lingard jaroxati tufayliavvalroq maydonga tushdi va o‘yinga hali 100 foiz tayyor emas ekanligini tan oldi.
«Men jismoniy holatimni yaxshilashim kerak. Shu sababdan uchrashuvda o‘zimniko‘rsata olmadim. Mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan harakat qilaman va tez oradao‘zim kutgan natijalarga erishaman. Albatta uchrashuv biz kutmagan natija bilanyakunlandi. Bir qancha havfli vaziyatlarni amalga oshirdik amma hammasini gol bilanyakunlash nasib etmadi. Bu mavsumning ilk uchrashuvi. O‘z ustimizda ishlashda davometamiz. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik boshlangan. Umid qilamizki u o‘yinda ham muhlislarimizbizni qo‘llab quvvatlashda davom etadi».Benatiya «MYu» ga kelishi mumkin?
19.08.2014

The Sunday Express bergan ma’lumotga ko‘ra «Manchester Yunayted» marokashlikMexdi Benatiyaga taklif bilan chiqgani bildirildi. «Roma» jamoasi sport direktoriValter Sabatini Londonga parvoz uyishtirib «Chelsi» klubi bilan futbolchi transferiborasida kelishib olmoqchi edi. So‘ngi tarqatilgan ma’lumotlarda esa Sabatini «ManchesterYunayted» bilan ham o‘zaro uchrashish taklifini bildirgan. «Qizil iblislar» futbolchitransferiga 24 million funt ajratishdi. Agar bitim imzolansa «rimlik» futbolchi«Old Trafford» maydonida ko‘rinish berishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, «Roma» klubi futbolchi uchun 30 million funttalab qilmoqda.Kleverli shartnomasi uzaytiriladi
19.08.2014

«Manchester Yunayted» klubi a’zosi Tom Kleverli bilan jamoa shartnomani uzaytrishharakatida deya The Daily Mail nashri habar berdi. 25 yoshli futbolchi jaroxatitufayli Primer Ligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazib yuborganiga qaramasdan Kleverligabosh murabbiy katta ishonch bildirgan.
Van Gal fikriga ko‘ra Tom u tuzgan yangi o‘yin uslubiga mos keladi. Har doimham asosiy tarkibdan joy olmasada uni klubda olib qolish va u bilan shartnoma muddatiniuzaytirishni hohlamoqda. Futbolchi uchun «Everton» jamoasi 10 million funt berishgatayyor. Lekin tez orada Kleverli «Yunayted» bilan 3 yillik yangi shartnoma tuzadiva bu futbolchini haftalik maoshi 70 ming funtni tashkil etishi kutilmoqda.
«MYu» Vidaldan voz kechdi?
17.08.2014

Daily Star ma’lumotiga ko‘ra «Manchester Yunayted» Arturo Vidalga uchun talabqilinayotgan mablag‘ juda katta bo‘lgani sabab boshqa variant sifatida Fredi Guarinbilan shartnoma tuzishi mumkinligini xabar sifatida keltirdi. Shunda Havier Ernandezavval ta’kidlanganidek «Yuventus» ga emas «Inter» jamoasiga transfer shartlaridanbiri sifatida o‘tishi mumkin. Lekin haligacha Fredi Guarin transfer narxi haqidaaniq ma’lumot berilmagan. Mish mishlarga qaraganda Rossiyaning «Zenit» klubi hamGuaringa xaridor. Villash Boash uni o‘z jamoasiga qo‘shib olish niyatida ekanliginibir nechta nashrlarda xabar keltirilgan.
LVG: Natija hech narsani o‘zgartirmaydi
17.08.2014

«Suvonsi» dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng Lui van Gal intervyu berdiva unda jamoa uchun yangi xaridlar kerakligini yana eslatdi.
«Men klubga yana futbolchilar kelishini xohlayman. Bu haqida AQShdagi turnevaqtida ham aytganman. Lekin bu bilan to‘g‘ri kelgan futbolchini emas aynan mentuzgan o‘yin uslubga mos keladigan bo‘lishi kerak. Shu sababdan ham biz hali hamqidiruvni toxtatganimiz yo‘q».
Bundan tashqari jurnalistlarnimurabbiyga bergan savollariga quydagicha javob qaytardi: «Yangiliklarda ba’zi futbolchilargajamaodan ketishing mumkin deya maslahat bergan deya habar tarqadi. Jamoada qolishniyoki ketish bu futbolchini o‘ziga bog‘liq. Biz futbolchiga shartnoma taklif etamizva men undan nima kutayotganimni aytaman. Lekin hech qachon sportchiga jamoadanketishini talab qilmayman».Van Persi tez orada safga qaytadi
17.08.2014

«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi futbolchini shoshirmasdan unga vaqt berganiniaytib o‘tgan. Van Persi Jahon Chempionatidan so‘ng klubga oxirgi bo‘lib qo‘shildi.Futbolchi safga qaytishga oz vaqt qoldi. 1 – turda «Suvonsi» bilan baxsda 2:1 hisobidamag‘lub bo‘lgan jamoa bosh murabbiyiga qator savollar berilgan.
«Futbolchilarni ahvoli maydongatushish uchun tayyor bo‘lsagina uchrashuvda qatnasa oladi. Uchrashuvni boshidanasosiy tarkibda Fellayni va Yanuzay tushirmaganimni asosiy sababi bu ularni jismoniyholati bilan bog‘liq. Bu futbolchilar klubga kechroq kelib qo‘shilishdi. Van Persiesa bir haftadan keyin mashg‘ulotlarga kelib qo‘shildi. Qachonki futbolchi o‘yinga100 foiz tayyor bo‘lsagina maydonga tushishi kerak deb hisoblayman. Robin 3 haftadanberi mashg‘ulotlarda qatnashib kelyapti va u asosiy tarkibga qo‘shilish uchun yanaoz vaqt qoldi».Runi: Chempionat omadsiz boshlandi
17.08.2014

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi ilk turdan so‘ng qayd etilgannatija haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «APL baxslari omadsiz boshlandi lekinbiz oldinga intilishda davom etamiz. Jamoa hayratda, murabbiy ham shu jumladan.Biz bir jamoa bo‘lib harakat qila olmadik. Bu xatoni to‘g‘irlashimiz joiz. Keyingibaxs uchun bizda 8 kun vaqt bor. Keyingi o‘yin bizni APL ga qaytishimiz bo‘ladi»deya jamoa sardori «MYu» rasmiy veb saytiga intervyu berdi.
Eslatib o‘tamiz keyingi tur24 – avgust «Sanderlend» jamoasiga qarshi bo‘ladi.