Янгиликлар /

Qisqa satrlarda #1

16.08.2014

Fellayni«Napoli» ga rozilik berdi

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisiMaruan Fellayni «Napoli» taklifiga rozilik bildirdi.U Italiyada faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Corriere dello Sport ushbuxabarni birinchilardan bo‘lib ommaga e’lon qildi.

«Benfika»klubi «MYu» darvozaboniga qiziqish bildirdi.

Jamoa darvozaboni Anders Lindegor «Benfika»qiziqishlari doirasiga kirdi deya Daily Mail nashri xabar bergan. Futbolchi avvalgimavsumda 3 o‘yinda jamoa darvozasini qo‘riqlagan. Angliya Kubogi, Primer Liga vaLiga kubogida bittadan o‘yin o‘tkazgan.

LuiVan Gal Ed Vudfordga bosim o‘tkazdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Luivan Gal jamoa raxbariyatiga klub ijrochi direktori Ed Vudford ustidan shikoyat qildi.Agar bir hafta davomida rejalashtirilgan transferlar amalga oshmasa, jamoaga 2 tayuqori darajadagi futbolchi kelib qo‘shilmas ekan murabbiy Vudfordni o‘z lavozimidanolishni talab qildi.

Муҳокама

16.08.2014

«Manchester Yunayted» klubi a’zosi UilfredZaha sobiq jamoasi «Kristal Pelas» ga o‘tishga rozilik berdi.

Tarqatilgan ma’lumotlarda 21 yoshli futbolchiniLui van Gal jamoada olib qolish niyatida emasligi aytilgan edi.

Daily Mirror xabarida Zaha o‘ziningsobiq jamoasiga o‘tish istagini bildirgan. «Kristal Pelas» futbolchini ijarasiga2 million funt berishga rozi. Agar jamoa Primer Ligadan tushib ketmasa keyinchalikfutbolchini sotib olishini kelishib olishdi.

Муҳокама

16.08.2014

Gollandiyaning «Ayaks» klubi murabbiyiFrank de Bur «Yunayted» dagi do‘sti Lui van Gal bilan futbolchi Blind transferiborasida muommo yuzaga kelmasligini aytib o‘tdi.

24 yoshli himoyachi hozirda «Yunayted»ni asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Jamoaga o‘tish uchun 20-25 million yevroto‘lashga tayyor. Braziliyada yakuniga yetgan Jahon Chempionatida Blind Gollandiyaterma jamoasi tarkibida hamma 7 ucharashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 3– o‘rin uchun bo‘lgan baxsda Braziliya darvozasiga gol urishga erishdi.

Муҳокама

16.08.2014

«Yunayted» o‘z jamoasiga argentinalikMarkos Roxoni qo‘shib olmoqchi.

«Sporting» klubi futbolchini sotish niyatiyo‘qligini bildirgan bo‘lsada mankuniyanlar Roxo transferi borasida yana taklifbilan chiqishdi. Futbolchi transferi uchun 16 million funt ajratilgan.

Bundan tashqari Roxo o‘zi jamoasidanuni Angliyaga qo‘yib yuborishini so‘ragani uchun unga jazo tariqasida mashg‘ulotlaridanchetlatilgan edi.

Муҳокама

16.08.2014

Ueyn Runi jamoa sardori sifatida o‘ziniboshqa ochilmagan qirralarini ham ko‘rsata oladi.

«U terma jamoa sardori bo‘lishni hohlashiniyashirmagan. Jamoadoshlari orasida eng mashxuri va xurmatli futbolchi bo‘lgani uchunham sardorlik uchun eng to‘gri tanlov aynan Runi. Ehtimol u uchrashuvlarga yanadaqattiqroq hayajon ostida harakat qiladi. Lekin bu uni yanayam masuliyat bilan harakatqilib o‘zini boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun bor kuchi bilan harakat qilishdayordam beradi. Bosim unga ta’sir qilmaydi. Bu borada unda tajriba yetarli».

«Hozirgi kunga kelib «Yunayted»da bir nechta chiziqlarni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni xarid qilishikerak. Jamoa muxlislari bu yilgi mavsumdan yaxshi natijalar kutib qolishadi. Yozgiturne «MYu» uchun juda muvofaqiyatli o‘tdi. O‘ylaymanki Angliya Primer Liga baxslaridaham jamoa qator g‘alabalarni qo‘lga kirita oladi».

Муҳокама

15.08.2014

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Pol Skoulz yangi mavsumda chempionlik uchun kechadigan kurash haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
««Manchester Yunayted»ga yangi mavsumda qiyin bo‘lishi aniq. YEChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish esa haqiqatga yaqinroq. Jamoa qanday futbolchilarni yo‘qotganini unutmang - Ferdinand, Vidich, Evra, Giggz - bu futbolchilar 30 dan ortiq sovrinlarga ega chiqqan edilar».
«Himoya katta yo‘qotishga uchragan. Jons, Smolling va Evans chempionlik uchun kurashgan futbolchilar, ammo endi ular katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Bu o‘rinda eng muhimi - jismoniy holat. Har uchchalasi ham jarohat olgan».
«O‘ylashimcha, kurash «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘rtasida kechsa kerak. Har ikki klub ham jiddiy transferlarni amalga oshirdi. yeChLning qolgan ikki yo‘llanmasi uchun esa «Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» kurash olib boradi», - deydi Skoulz.

Муҳокама

Янгиликлар /

Blind Manchesterdan uy qidirmoqda

15.08.2014

«Ayaks» klubi himoyachisi «Yunayted» ga o’tishiga yaqin turibti.
24 yoshli futbolchini Manchester shaxridan o’zi uchun uy qidirishga tushgan habarini London Evening Standard nashri tasdiqlagan.
«Qizil iblislar» futbolchi uchun 15 million funt berishga tayyor. Blind klub bosh murabbiyi bilan Gollandiya terma jamoasida birga ishlashgan. Futbolchini nimalarga qodirligi Van Gal uchun yaxshi tanish. Shuningdek «Yunayted» jamoasi chap qanot himoyachisi Luk Shou jarohat sababli bir necha uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi. Blindni harid qilish orqali jamoa chap qanotdagi kamchilikni bartafar etish niyatida

Муҳокама

15.08.2014

So’nggi vaqtlarda argentinalik futbolchi Di Mariya kelajakdagi faoliyati «MYu» bilan bog’liqligi aytilmoqda. Bundan tashqari «Real» rasmiy taklifni mankuniyanlardan kutmoqda. Lekin ular futbolchini narxini tushurish niyatida emaslar.

Van Gal oxirgi intervyularida jamoaga yuqori darajadagi futbolchi kerakligini aytgan edi.

yevropa Superkubogi vaqtida «MYu» ijrochi direktori Ed Vudvor «Real» mutasaddilari bilan uchrashib Anxel Di Maria borasida o’zaro suxbat olib borishgan.

Муҳокама

15.08.2014

«Napoli» Maruan Fellayni masalasi bo’yicha birinchi rasmiy taklifini «MYu» ga bildirdi.
Bu taklifdan Ingiliz jamoasi 48 soat ichida futbolchi uchun bir qarorga kelishi kutilmoqda.Futbolchining o zi bir necha bor jamoadan ketish niyati yo’qligini aytib o’tgan edi.Avvalroq «Napoli» Fellayni uchun 2 million ijara puli ajratishini, «MYu» esa bu summani 4.5 million deya bildirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Anderson Braziliyaga qaytadimi?

15.08.2014

The Daily Mail habariga ko’ra Anderson Braziliyaning qaysidir jamoasiga o’tishi mumkin. «Qizil iblislar» futbolchini ijaraga berish borasida «Flamengo» jamoasi bilan muzokaralarni boshlagan. Lekin 26 yoshli futbolchi uchun bu shartnoma ma’qul kelmayapti. Sababi Braziliya klubi futbolchilarni maoshlarini o’z vaqtida bermasliklari ma’lum bo’ldi.Eslatib o’tamiz, «Yunyated» shu bilan birga «Santos» va «Atletiko Mineyro» bilan ham Anderson masalasida suhbat olib boryapti.

Муҳокама