08.08.2014

«Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan bog‘liq vaziyat yana qizg‘in tus olmoqda. Vidal hozirda jamoasi bilan mavsum oldi Osiyo turnesida ishtirok etmoqda.

«Qizil iblislar» futbolchi uchun 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishmoqda. Futbolchi agar ushbu shartnomaga rozilik bildirsa 5 yil ichida 60 million yevro ishlab olishi mumkin.

Avvalroq, «Yuventus» rahbari Juzeppe Marotta futbolchini transferga qo’yilishi uni o’ziga bog’liq, agar sportchi jamoani tark etishni hohlamasa u klubda qoladi degan edi.

Vidal maydonni bir nechta chiziqlarida o’ynay olish imkoniyatlariga ega. Himoya, markaziy yarim himoya, qanotlardan hujumga o’tishi va hujumchi o’rnida ham harakatlana oladigan universal futbolchi bo’lganligi uchun ham Lui van Gal unga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Yuventus» ga Germaniyaning «Bayer» jamoasidan 2011 yil 10,5 million yevro evaziga o’tgan. 3 yil ichida futbolchi uchun qo’yilgan narx 6 barobar oshdi. 3 bor Italiya chempioni «oq-qoralar» tarkibida 96 uchrashuvda qatnashib 28 marotaba gol urgan. Chili terma jamoasida esa 57 uchrashuvda qatnashib 8 bora raqib darvozabonlarini ranjitgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Bentiaga xaridor

08.08.2014

Italiyaning «Roma» jamoasi a’zosi Mehdi Bentia «Manchester Yunated» qiziqishlari doirasiga kirgan.

Italiyalik journalist Janluka Di Marsio aytishicha 27 yoshlik himoyachiga «Yunayted» skautlari qiziqish bildirishgan. Lekin hozircha Marokashlik futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqilmagan. «Roma» o’z futbolchisini 35 million yevrodan kam bo’lmagan narxga sotmoqchi.

Shuningdek «Manchester Yunayted» jamoasi «Feorintina» futbolchisi Xuan Kuadradoga ham taklif qilan chiqdi. «Yunayted» futbolchi uchun 32 million funt sterling taklif qildi.

Metro nashri habari berishicha Kuadradroga «Barselona» jamaosi ham jiddiy qiziqish bildirgan. O’tgan mavsumda futbolchi A Seriyani 32 uchrashuvida maydonga tushib 11 gol va 5 bor golli uzatmani amalgam oshirgan. 2014 yilgi Jahon Chempionatida 5 uchrashuvda qatnashdi va 1 bor gol urib 4 marotaba golli uzatmani amalga oshirdi.

Муҳокама

08.08.2014

"Lui van Gal haqida qiziqarli 10 ta ma’lumot:
1. Bugun 8 avgust Lui van Gal63 yoshga to‘ldi.
2. Uning to‘liq ismi – Aloizius Paulus Mariya \""Lui\"" van Gal (Aloysius Paulus Maria \""Louis\"" van Gaal).3. Lui van Gal oilasi 9 nafar farzanddan iborat bo‘lgan.4. Fuibolchini sifatida Lui yarim himoyachi vazifasida maydonda to‘p surgan, va 1972 yilda «Ayakc» tarkibida debyut qilgan.5. Faoliyati davomida 331 uchrashuvda maydonga tushib 34 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.6. Van Gal murabbiylik faoliyatini Leo Benxakkerga assistent sifatida boshlagan.7. U o‘zi ishlagan mamlakat jamolarida («Ayaks», «Bavariya», «Barselona», «AZ») milliy chempionati chempionligini qo‘lga kiritgan: Gollandiya, Ispaniya va Germaniya chempionatlari.8. Van Gal «Ayaks» jamoasi bilan 1994/95 yil mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi g’olibiga aylangan, 1995/96 mavsumda esa ushbu musobaыa finalchisi bo‘lgan.9. 1995 yil Jahoning eng yaxshi murabbiyi.10. «Manchester Yunayted» jamoasi van Gal uchun u bosh murabbiyligidagi 8-jamoa. Bungacha u «Ayaks», «AZ», «Bavariya» va ikki marotabadan «Barselona» hamda Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasida ishlagan.Manutd.uz sayti muhlislari nomidan Lui van Galni tabriklab, yangi mavsumda unga omad tilab qolamiz."

Муҳокама

07.08.2014

«ManchesterYunayted» jamoasi sobiq futbolchisi Fill Nevill murabbiylar shtabidan ketishgaqaror qilganini e’lon qildi. Fill «Klass-92» davri futbolchilaridan biri edi. U1995-2005 yillar davrida «qizil iblislar» jamoasi safida ishtirok etgan. Futbolchilikniyakunlagandan so’ng boshqa jamoalarda murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi.

O’tgan mavsum Devid Moyesga yordamchi murabbiy sifatida ishladi. Keyinchalik Rayan Giggz,Pol Skoulz va Niki Bat bilan ham hamkorlik qildi. Twitter da unga muhlislar tomonidanberilgan «Fill, hali ham «Yunayted» jamoasi trenerlar shtabidamisan?» deya berilgan savolga u «Yo’q» deb javob berdi.

Fill Nevill BBC telekanali bilan bilan shartnoma tuzgani ma’lum bo’ldi. Endi u Alan Xansen o’rniga «Match ofthe Day» ko’rsatuvini olib boradi. Nevillni jamoadan ketishiga yangi ishjoyi sabab bo’ldimi yoki shu qarorga kelishi murabbiy Lui Van Gal hohishi bilanbo’ldimi, bu masalaga aniqlik kiritilmagan.

>

Муҳокама

Янгиликлар /

Transfer-2014 / 2

07.08.2014

Britaniya matbotlari xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi Italiyaning «Milan»jamoasi yarim himoyachisi Naydjel de Yong transferi bo‘yicha rasmiy taklifbilan chiqqan.

«MYu» Gollandiya terma jamoasi futbolchisi uchun 10 million yevro taklifqilmoqda. De Yong o‘zi ham Lui van Gall murabbiyligidagi jamoada to‘p surishniyatida.

Sky Spotrs nashri xabar berishicha «Arsenal» jamoasi himoyachisi Tomas Vermalentekz kunlar ichida «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilishi mumkin.

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger futbolchini yaxshitaklif chiqsa qo‘yib yuborishga rozilik bergan. Futbolchiga «Barchelona»jamoasi taklif bilan chiqqan edi, lekin belgiyalik futbolchi ushbu taklifga radjavobini bergan.

Taxminlarga ko‘ra «Yunayted» futbolchi uchun 15 mln. funtmablag‘ taklif qilmoqchi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra Liu Van Gal «Yunayted» rahbariyatidanjamoaga Deyli Blindni taklif qilishni so‘ragan.

Ushbu unversal futbolchi chap qanot himoyasida va yarimhimoya chizig‘ida to‘p sura oladi. Bufutbolchini qo‘lga kiritish orqali van Gal chap qanotda yuzaga kelishi mumkinbo‘lgan kamchilikni bartaraf etmoqchi.

«Manchester Yunayted» jamoasini himoyachilar Patris Evra vaAleks Byuttner tark etgandan so‘n chap qanot himoyasida faqatgina Lyuk Shouqoldi. Ushbu chiziqadagi raqobatni oshirish orqali murabbiylar o‘yin safisinio‘sishiga ham eʼtibor qaratishgan.

Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal ushbu transferni PremerLiga o‘yinlari boshlanguncha amalga oshirilishidan umidvor. Eslatib o‘tamiz,Premer Liga o‘yinlariga 16 avgust kuni start beriladi.

Муҳокама

07.08.2014

Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Horhe Sampaoli «Yunayted»Vidalni sotib olishda shoshilmasligi bu Van Gal futbolchini jismoniy holatigato’liq ishonch bildirmagani sababi bilan bog’aldi.

El Mercurio nashriga bergan intervyusida Sampaoli: «Futbolchini«Yuventus» dan «Yunayted» ga o’tishi Van Galni so’zlariga bog’liq bo’libqolgan. O’ylashimcha murabbiy Vidalni tizzasidagi olgan jaroxatidan hovotirda.80 mln dollar (47 mln yevro)bu juda katta pul Jahon chempionatida esa terma jamoa tarkibida odatdako’rsatadigan o’yinidan 30-40 % ni namoish etdi halos».

Shu yilning may oyida Vidal tizzasidan jaroxat oldi va termajamoa tarkibiga qo’shilish uchun alohida tartibda mashg’ulotlariga qo’shildi.Shu sababdan Van Gal 27 yoshli yarim himoyachining sport formasi avvalgiholatga kelmasligi mumkinli uchun ham rozilik berayotgani yo’q.

Муҳокама

06.08.2014

AQShda bo‘lib o‘tgan turneda ishonchi ishtirok etgan «Manchester Yunayted» jamoasi yakunda Xalqaro chempionlar kubogi sohibiga aylandi. Jamoa hozirada AQSh turnesini yakunlab Manchesterga qatib keldi. Jamoaning rasmiy MUTV telekanali jamoa bosh murabbiyi Lui van Galdan AQSh turnesi yakuni va jamoaning bugungi holati yuzasidan intervyu oldi.«Bizda hozirda jamoaviy ruhiyat a’lo darajada. Menga ushbu jamoa bilan ishlash tobora yanada yoqib bormoqda, chunki jamoa uchun muhim bo‘lgan jixat yagona kollektivlik bizda yaxshi shakillanmoqda. «Liverpul»jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida foydali va yaxshi o‘yin namoyish qila oldik, ushbu o‘yinni dastlabki daqiqalardan namoyish qila olsek yanada a’lo bo‘lardi».«Ushbu turne menga o‘ziga xos sovg‘alarni taqdim etdi. AQSh da o‘tgan turnedan to‘laqonli qoniqish xosil qildim. Biz o‘tkazgan barcha uchrashuvlarga umumiy tarzda 350 mingdan ziyod muhlis tashrif buyurdi va ularning ko‘pgina qismini «Manchester Yunayted» ning muhlislari tashkil qildi. Barchalari jamoaning qizil libochida. Bu juda ajoyib holat».«Albatta, yangi mavsum endi start beriladi. Maruan Fellayni, Adnan Yanuzay va Nika Pauell biz bilan yig‘inlarda ishtirok eta olishmadi. Robin van Persi esa mashg‘ulotlarni dushunba kunidan boshladi, shunday ekan biz haliq to‘liq tayyor emasmiz. Mayli oldimizda yana ko‘plab mashg‘ulotlar bor, ulardan imoni boricha to‘laqonli foydalanishga xarakat qilamiz».

Муҳокама

06.08.2014

«Yunayted» jamoasining darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Frans Xuk bir necha yilardan beri van Gall bilan ishlab kelayotganini va uning murabbiylik uslubi haqida MUTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.«Biz bir nech yildan beri hamkorlikda ishlab kelmoqdamiz. Darvozabonlar murabbiyi uchun boshqa murabbiylarga qaraganda qiyin tarafi u darvozaboning kamchiliklarni yo‘qotishga xarakat qiladi. Biz shu kamchiliklarni tobora kamaytirishga intilamiz doim. Lui bilan ikkalamizda –jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislikka egamiz, ikkalamizda ham jismogniy tarbiya bo‘yicha magistirlik darajasi unvoni bor, shunday ekan biz bir birimizni juda yaxsh tushunamiz».«Biz o‘ziga hos uslubga egamiz, buni bugungi kunda mashg‘ulotlarda qo‘lamoqdamiz. Biz doimo Lui bilan hamkorlikda ishlaganimizda bir birimizni kamchiliklarimizni to‘ldirib, yuqori darajada ish olib borib jamoani jahoning eng yaxshi jamoasi safiga olib chiqishga harakat qilamiz».

Муҳокама

06.08.2014

Serbiyaning «Voevodina» klubi bilan «Yunayted» o’rtasida uzoq davometgan shartnoma kelishuvi amalga oshdi. Jamoa raxbari Zoran Scepanovich matbuotanjumanida ishtirok etib 17 yoshli darvozabon Vani Milankovichni rasman «Yunayted»jamoasiga o’tganini e’lon qildi.

«Shartnoma amalga oshdi.Milankovich o’z jamoasida mavsumni yakunlab keyin Angliyaga jo’naydi. «ManchesterYunayted» bilan futbolchi borasida muzokaralar may oyida boshlangan va nixoyatshartnoma shartlarini har bir bo’limini yakuniy kelishuvi amalga oshirildi. 17yoshli darvozabon o’z klubiga ijaraga berildi va kelasi mavsumdan «qiziliblislar» jamoasi safida harakat qilishi mumkin bo’ladi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Kagava jamoani tark etdimi?

06.08.2014

Britaniya OAV keltirgan ma’lumotlarga ko’ra Shindji Kagava va XavierErnandes mavsumlar oralig’ida jamoani tark etishi mumkin. The Guardian xabarigako’ra «Atletiko» jamoada Diego Kosta va Filipe Luis o’rnini to’ldirish yo’lida «Yunayted»futbolchilari uchun jami 25 mln funt berishga tayyor.

The Daily Mail nashri aytishi bo’yicha bosh murabbiy yuqorida nomlarikeltirilgan futbolchilardan tashqari Fellayni, Anderson, Nani va Zaha bilan ham xayrlashishniyatida ekanligini bildirgan.

Ispaniya nashri El Mundo Deportiva fikrlarni davom ettirgan holda «Yunayted»faqat Shindji Kagavani «Atletiko» berib o’rniga 27 yoshli yarim himoyachi ArdaTuran bilan shartnoma tuzmoqchi deb xabar berdi.

Муҳокама