Mata: Van Gal juda tajribali murabbiy
03.08.2014

«MYu» yarim himoyachisi Xuan Mata Lu Van Gal jamoanikuchaytira olishiga ishonishini aytib o’tdi.
«Yangi tizim biz uchun juda hamfoydali bo’lishi mumkin. Biz yangi yo’nalish bo’ylab mashg’ulotlarda ishtiroketamiz. Endilikda hamma biz bilan hisoblashishiga to’g’ri keladi. Murabbiybizga dastlabki uch oy qiyin bo’lishini aytib o’tdi. Chunki biz boshqachatarzda fikrlashimiz kerak bo’ladi. Bizga bir oz vaqt kerak bo’ladi. Ammoqo’limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Van Gal juda ham tajribalimurabbiy», - deydi Mata.
But Angliyaga qaytdi
03.08.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galningyordamchilaridan biri Marsel But AQSH safarini yakunlab bosh murabbiytopshiri’iga binoan Angliyaga qaytgan. Bunga sabab qilib jamoaning 12 avgustkuni «Valensiya» jamoasiga qarsi o’rtoqlik oyiniga tayyorgarlik ishlariniboshlash ko’zda tutilgan.
The Mirror nashri xabariga ko’ra But Angliyaga qaytibEmirates Cup turniri doirasidan o’rin olgan «Valensiya» - «Monako» uchrashuvinikuzatgan. «Manchester Yunayted» 12 avgust kuni «Valensiya» jamoasiga qarshi«Old Trafford» da o’rtoqlik o’yinida maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyifikriga ko’ra jamoa uchun har qanday uchrashuv muhim ahamiyatga ega.
Yangi sardor Evans-mi?
03.08.2014

The Guardian bergan xabarga ko’ra Evans jamoa sardori bo’lishgadavogarlardan biri. «Yunayted» da shuningdek sardorlik bog’ichi Ueyn Runi yokivan Persiga ham nasib etish mumkin.
Evans ayni damda AQSH da davom etayotgan xalqaro turneda o’z o’yini bilanjamao murabbiyi Lui van Galda yaxshi ta’surot qoldirmoqda.
O’tkazilgan 3 o’yinda umumiy 2 to’p o’tkazib yuborilganidan ham jamoa himoya chizig’i o’z ishini yaxshi amalga oshirayotganidan darak. Boshqatarafdan olib qaraganda jamoa sardorligi Van Persi yoki Ueyn Runiga berilishikutilayotgan bir vaqtda murabbiy Evansni tanlab klubdagi kuchli hujumchilarniorada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatdan halos qilishi ham mumkin.
Britaniyalik muhlislar o’rtasida olib borilgan so’rovga ko’ra jamoa sardorligiga asosiy nomzod sifatida Ueyn Runi– 31%, Van Persi – 19% va Jonni Evans – 34% ovoz to’plashga erishgan.
Pike: Van Gal yuqori cho’qqilarni zabt eta oladi
03.08.2014

Sobiq «Manchester Yunyted» futbolchisi Xerard Pike Lui van Gal bilan ilkuchrashuvi haqida so’zlab berdi.
«O’ylaymanki u yangi jamoa bilan yuqori cho’qqilarni zabt eta oladi.Yodimda saqlanib qolgan, men juda yoshlik vaqtimda «Barselona» jamoasidamashg’ulotlar olib borardi. Mening bobom jamoaning sobiq vitsa prezidentiAmador Bernabeu bilan juda yaxshi munosabatda edi».
«Biz ilk bor bobomni uyida ko’rishgan edik. 12 yoki 13 yosh edim va «Barselona»yoshlari jamoasi azosi ekanligimdan habardor bo’lgan».
Pike so’zlarini davom ettiribsobiq jamoadoshi Ueyn Runi haqida ham iliq fikrlarni bildirib o’tdi.
«Men uchunUeyn Runi hozirgi kunda eng yaxshi ingiliz futbolchisidir. Doimiy ravishdasayyoraning eng kuchli 10 futbolchi qatoriga kiradi. Juda iqtidorli hujumchi va«Yunayted» da eng asosiy futbolchilardan biri. U o’zi hohlagan boshqa klubidaham huddi shunday yuqori darajadagi futbol ko’rsata oladi».
Felayni «Napoli» safiga o’tishi mumkin
03.08.2014

«Napoli» jamoasi rahbari Aurelio DeLaurentis «Manchester Yunyted» yarim himoyachisiga qiziqish bildirilayotganinita’kidlab o’tdi. Fellayni uchun mavsum omadsiz o’tdi. Qator jaroxatlar klubdagiholat buni isboti. «Yunayted» futbolchi hizmatlaridan voz kechishga yaqinturishibdi. Faqatgina «Napoli» jamoasisportchi uchun qiziqish bildirdi.
«Fellayni biz harid qilishni rejalashtirayotgan futbolchilardan biri, ujamoamizda markaziy yarim himoya chizig’ini kuchaytirishi mumkin. Lekin aynanFellayni variantidan boshqa futbolchilar ro’yxatimizda mavjud. Qizig’i uni sochturmagi ajoyib, jamoa uslubiga mos keladi» - deya hazillashdi.
Evra: Qarorim qatiy edi
03.08.2014

Patris Evra «Yunayted» uni jamoada olib qolish istagidabo’lganligini ta’kidlab o’tdi.
«Ular menga jamoa sardorligini topshirishni hamreja qilishganidan habarim bor. «Yuventus» taklifini qabul qildim bundan VanGal ham hafa bo’ldi lekin qarorim qatiy edi».
Sky Sports ga bergan intervyusida «Yuve» tarkibiga yana bir «Yunayted»vakili Luish Nani qo’shilishi mumkinligi haqidagi xabarga Evra quyidagicha izoh berdi.
«Nani ajoyibfutbolchi, u bilan yana bir jamoada o’ynash men uchun sharaf. Agar turinliklarhaqiqatdan ham futbolchini sotib olish qaroriga kelishgan bo’lsa men bundanfaqat hursand bo’laman va bu klub uchun juda foydali xarid bo’lishi mumkin»
Ernandes «Inter» ga o’tadimi?
03.08.2014

Xavier Ernandes «Inter» taklifinio’ylab ko’rishga tayyor. U o’yin amaliyoti va tajriba to’plashga intilmoqda.
«Yunayted»ga yangi murabbiy kelganligiga qaramay jamoa tarkibida asosiy hujumchi bo’lishuchun katta raqobat mavjud. Shu sababdan boshqa klub takliflarini ko’ribchiqishga tayyorligini bildirdi.
«Menga «Inter» qiziqish bildirayotganidanhabarim bor, kuchli jamoadan taklif olish yoqimli lekin shunga qaramay men haliham «Yunayted» futbolchisiman va jamoadan ketishda hali yakuniy qarorgakelmadim».
«Italiya futboli? Ha bu chempionat umuman A Seria ga bo’lgan muhlislikmenda yoshlikdan mavjud. Bu dunyodagi eng kuchli chempionatlardan biri. Kuchlijamoalar iqtidorli futbolchilar juda ko’p».
Madridning «Atletiko» klubi rahbari Enrike Sereso klub murabbiyi DiegoSimeone avvalroq jamoaga Chicharitoni qo’shib olish istagida ekanliginibildirib aytgan so’zlarini rad etdi. «Jamoa nomi bilan bir qator futbolchilarnibog’lab habarlar tarqatishyapti. Lekin nomlari keltirilgan futbolchilarnibirortasi ham klub transfer rejasiga kiritilmagan. Kasorla, Kalexon, Torresjumladan Chicharito ham. Yana bir transferniamalga oshirsak ham bunda yuqorida ta’kidlangan futbolchilar bo’lmasligi aniq».
Ronaldo: Men Manchesterni sevaman
02.08.2014

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQShdagi mavsum oldimusobaqa doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o’yin oldidan o’z sobiqklubga bo’lgan muhabbatini yashirib o’tirmadi.
«Barchaga ma’lumki, «ManchesterYunayted» – mening eng sevimli klublarimdan, u erda o’ynash menga yoqar edi. 18yoshligimda u erga o’tgan edim, yutishim mumkin bo’lgan barcha sovrinlarnimazkur klub bilan qo’lga kiritdim. U erda barcha menga yaxshi munosabatdabo’lgan, men buni qadrlayman».
««Real» bilan «Yunayted»ga qarshi YeChLdao’ynaganimizni yaxshi eslayman, men o’shanda baxtli edim. «Manchester Yunayted»– jahonning eng kuchli klublaridan biri, bu jamoaga men befarq emasman. Ba’zio’yinchilar bilan hamon aloqani uzmaganman, sababi o’sha damlarda jamoadoshlaro’rtasidagi munosabatlar juda yaxshi edi. Nafaqat futbolchilar, balki klubvakillari bilan ham do’st edik. Men uchun bu jamoa ikkinchi oilam, men hechqachon yaxshi munosabatda bo’lganlarni yoddan chiqarmayman».
«Men Manchesterni sevaman. Qaytishim borasida hech kim hech narsa bilmaydi.Albatta, meni «Real»da barcha narsa qoniqtirmoqda, bu mening klubim, meninguyim. Biroq «Yunayted»da hayotim shunchalar yaxshi edi-ki. Umuman olganda, birnarsa deya olmayman. Anchelotti bilan maydonga tushishim imkoniyatini taxlilqildik. Men bir necha daqiqa bo’lsa ham maydonga tushmoqchiman, axir bu meningsobiq klubim, ko’ramiz», – deydi Krishtianu Ronaldu.
Runi: Biz g’alaba qozanamiz
02.08.2014

Ueyn Runi «Manchester Yunayted» bilan «Real» ustidan g’alabaqozonib musobaqa finaliga chiqishda o’z jamoasiga yordam berishga tayyor. Agaruchrashuvda g’alaba nasib etsa «Qizil iblislar» finalda «Liverpul» yoki «ManchesterSiti» jamoalaridan biri bilan to’qnash kelishi talab qilinadi. Avvalombor Runi «Real»bilan bo’ladigan o’yinga tayyorgarlik ko’rmoqda.
«Finalda Primer Liga jamoalaridan biri bilan kurash olibborish yaxshi ish bo’lar edi lekin undan avval «Real» to’sig’idan o’tish kerak.Shu o’yinda g’alab qozonib gurux yetakchisi bo’lib yakunlashni rejalashtirdik.O’ylaymanki uchrashuv chuda qizg’in tarzda bo’lib o’tadi. 110 ming muxlisqarshisida futbol o’ynash biz uchun navbatdagi tajriba bo’ladi. Xujumkor o’yinko’rsatib uchrashuvda faqat g’alab qozonish uchun harakat qilamiz».
Mavsum oldi uchrashuvlarda ishtirok etgan Runi shu kungaqadar 4 bor raqib darvozalarini ishg’ol qilishga erishdi. Van Gal taklif etgan3-5-2 uslubi jamoa uchun foydali natijalarni keltirayapti.
«Bu haqiqatda ajoyib tuyg’u, jamoa muhiti yaxshilanishi,yangi murabbiy, yangi o’yin uslubi va eng quvonarlisi rejani amalgaoshayotgani. O’yindan o’yinga jamao o’yin uslubini o’zlashtirib bormoqda.Hammasi o’ylaganimiz kabi ketayapti. Hujumkor uslub o’z samarasini berishigaishonaman. Hujum qancha ko’p bo’lsa gol urushga shuncha ko’p vaziyat bo’ladi. Jamoadagio’zimga topshirilgan vazifani bajarishdan zavq olmoqdaman. Yanayam ko’proq golurib jamoaga g’alaba keltirish harakatidaman».
Shartnoma bandlariga aniqlik kiritildi
01.08.2014
