Янгиликлар /

Transfer-2014

23.07.2014

Bir qator Britaniya va nemis OAV larining xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Fiorentina» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Xuan Kuadradoni jamoaga taklif qilishni ko‘zda tutishmoqda.
«Mankunianlar» rahbariyati futbolchi uchun «Fiorentina» jamoasiga 35 million yevro mablag‘ taklif qilishgan. «Fiorentina» rahabariyati esa kolmbiyalik futbolchini uchun 40 million yevrodan kamiga sotish niyati yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, futbolchiga shuningdek «Bavarii» va «Barselona» jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirishgan.

Муҳокама

23.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem jamoaning Los-Andjelesdagi mashg‘ulot olib borayotgan bazasiga tashrif buyurdi. Devid AQShda sobiq jamoalari «Los-Andjeles Gelaksi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatish uchun tashrif buyurgan. Shuningdek u sobiq jamosining yana bir uchrashuvini kuzatish niyatida. Bekxem «Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galom, futbolchilar murabbiylar shtabi a’zolari bilan uchrashdi.Shuningdek, jamoa bazsiga Patris Evra ham tashrif buyurdi. Bir necha kun avval «Yuventus» jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchi hozirda AQShda dam olish ta’tilida. U jamoa a’zolari bilan hayrlashish maqsadida tashrif buyurgan.

Муҳокама

23.07.2014

The Guardian nashrining xabar berishicha jamoa yarim himoyachisi Nik Pauell jamoa bilan turneda ishtirok etish uchun AQShga yo‘l oladi. 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni asosiy qismini ijara asosida «Uigan Atletik» jamoasida o‘tkazgan edi, 14 bora raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek Yevropa Ligasi musobaqalarida ham 3 bor to‘p kiritgan. Futbolchi jarohat sababli AQSh ga yo‘l olgan dastlabki tarkibga kiritilmagan edi. Hozirda futbolchining holati ancha yaxshi.Shuni hisobga olgan jamoa murabbiylar shtabi futbolchini AQShdagi yig‘inga chaqirishdi. Futbolchi turnening dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi va uning Deneverda bo‘lib o‘tadigan Rimning «Roma» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.

Муҳокама

23.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi 2014/15 mavsum uchun mehmondagi uchrashuvlarga mo‘ljallangan sport formasini namoyish qildi.

Yangi mehmondagi uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan forma oq rangda bo‘lib yoqa qismi qora rangda, shortik ham qora rangda, getri esa oq rangda bo‘lib tepa qismi qalin qora chiziqdan iborat. Formaning old qismida jamoaning ushbu mavsumdagi yangi hamkori «Chevrolet» logotiplari tushirligan. Libos Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

Ushbu liboslar «Yoshlik. Botirlik. Buyuklik» shiori ostida ishlab chiqiladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vermalen «Yunayted»da?

22.07.2014

The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen «Manchester Yunayted» jamoasi safiga borib qo‘shilishi mumkin. 28-yoshli belgiyalik futbolchi uchun «MYu» 12 million funt mablag‘ taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Kanonirlar ustozi Arsen Venger ham Vermalenni qo‘yib yuborishga qarshilik bildirmasligini taʼkidlamoqda. «Yunayted» Vermalenni qo‘lga kiritish orqali himoya chizig‘ida yuzaga kelayotgan bo‘shliqni bartaraf qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Vermalen o‘tgan mavsumda Premer-ligada jamoasi tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Bebe jamoani tark etadi

22.07.2014

Portugaliyaning O Jogo nashri «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Bebe «Benfika» ga o‘tishini tasdiqladi.

«Men «Benfika»da yaxshi mavsum o‘tkazish uchun tayyorman. Jamodonlarimni yig‘ishtirib bo‘lganman. Bu yerdan ketishim uchun maoshimni qisqartirishlariga ham roziman. Men futbol o‘ynashni judayam istayman» deydi Bebe Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Bebe «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibiga 2010 yil avgust oyida kelib qo‘shilgan va shu kunga qadar faqatgina ikki bora uchrashuvlarda ishtirok etgan. Xozirda faoliyatini asosiy qismini ijarada o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi portugaliyaning «Pasush di Ferreyra» jamoasi tarkibida 27 uchrashuvda maydonga tushib raqib darvozalarini 12 bora ishg‘ol qilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

York: Unda juda katta tajriba bor

22.07.2014

«Manchester Yunayted» ning sobiq hujumchisi Duayt York, «MYu» yangi murabbiyi Lui van Galni yangi mavsumdagi niyatlari haqida gapirib berdi.«Menga uning matbuot - anjumani yoqdi. Hozirda yuz berayotgan voqyealardan ko‘nglim to‘q. Albatta, uning qo‘l ostidagi Gollandiya terma jamoasi mundialda yaxshi ishtirok etdi va bu bizga biroz bo‘lsada umid beradi».
«Bizda «Manchester Yunayted»ga sovrinlarni qaytarib berishga vada bergan murabbiy bor, muxlislar ham aynan shuni kutishmoqda. Unda juda katta tajriba bor, murabbiy iloji boricha tezroq sovrin yutishga harakat qiladi» – deydi York.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vudvord Angliyaga qaytdi

22.07.2014

The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi ijrochi direktori Edvard Vudvord dushanba kuni kechqurun AQShni tark etdi. AQShga jamoa mavsum oldi turnesida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi. Vudvord esa turne yakuniga yetmasdan Angliyaga qaytgan.
Bunga sabab qilib «Yunayted» ijrochi direktorining jamoada olib borilayotgan «transfer ishi» deya ko‘rsatilmoqda.
Bir necha kun avval Vudvordning jurnaliyatlarga bergan intervyusida Shou va Errera so‘ng transfer emasligini va jamoa yana yangi trasferlar borasida muzokaralar olib borayotganini aytib o‘tgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Evra «Yunayted»ni tark etdi

21.07.2014

Patris EvraYuventus klubiga o’tish uchun shartnomaga rozilik berdi.

Klubmuxlislari uchun Patris xabar qoldirdi: Uzoq vaqtli o’ylab oxiri ManchesterYunayted klubidan ketishga qaror qildim. Bu mening faoliyatimdagi eng muhimqarordir. «Yunayted» har doim meni qalbimda bo’lib qoladi.

9 yillik faoliyat davomida Patris «Yunayted»libosida 379 uchrashuvda ishtirok etib 10 marotaba raqib darvozasiga to’pkiritgan. Jamoa tarkibida 5 marotaba Primer Liga, 3 karra Liga kubogi,Chempionlar ligasi va klublar o’rtasidagi Jahon championatida bir marttadang’olib bo’lgan. Patrsi Evra 3 marotaba Primer Liga ramziy terma jamoasigakiritilgan (2006/07, 2008/09 va 2009/10). 2009yilda esa Chempionlar ligasi ramziy terma jamoasiga ham kiritilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Transfer-2014

21.07.2014

«Borussiya Dordmund» va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mats Xummels tez kunlar orasida «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin, bu haqida nemis nashirlari xabar bermoqda.
Futbolchining terma jamoa tarkibida Jahon chempionatidagi yorqin ishtiroki «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otgan. Avvalroq ham bir necha bor «MYu» ning yangi mavsumda xarid qilishi ko‘zda tutilgan futbolchilari qatorida Mats Xummels nomi tilga olingan edi.
25 yoshli Xummels «Manchester Yunayted» jamoasinini tark etgan Nemanya Vidich va Rio Ferdinandlarni o‘rnini to‘ldirish maqsadida olib kelinishi ko‘zda tutilmoqda.
Nemis OAV larining xabariga tomonlar muzokara olib borishmoqda va tez kunlar ichida yakuniy qaror e’lon qilinadi. Futbolchining transfer bahosi tahminan 20 million yevro deya aytilmoqda.

Муҳокама