Янгиликлар /

Anderson jarohat oldi

19.07.2014

«Mancheter Yunayted»ning Brazilyalik yarim ximoyachisi Andersonjarohat oldi deya habar beradi jamoa rasmiy sayti.

Mashg‘ulotlar vaqtida olgan jarohati sababli Andersonni jamoadoshlari bilan Lui Van Gal boshichiligidagimavsum oldi turneda qatnasha olmaydi.

Brazilyaliktiklanish mashug‘ulotlarini Karrington shtabida yakka tartibda olib boradi. Eslatibo‘tamizki 2013-14 mavsumni 2 qismini Anderson Italyaning «Fiorentina» jamoasidaijarada o‘ynadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Turne-2014 tarkibi aniq

18.07.2014

Lui van Gal «Manchester Yunayted» jamoasining AQSh da o‘tadigan mavsum oldi turnesida ishtirok etadigan 25 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.Tarkibdan bir qator yosh futbolchilar ham joy olishgan. Jamoaning yangi a’zolari yarim himoyachi Ander Errera va Lyuk Shoular ham tarkibdan o‘rin egallashdi. Maykl Karrik esa jarohat sababli mavsum oldi tayyorgariklarnio‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Jahon chempionatida ishtirok etgan bir qator futblchilar hali ta’tildan qaytmagan. «Manchester Yunayted» AQSh dagi turne doirasida 4 ta uchrashuvda maydonag tushadi: 23 iyul kuni «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi, 26 iyulda «Roma», 29 iyulda «Inter» bilan va so‘ngi uchrashuvda 2 avgust kuni Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.Demak «Manchester Yunayted» jamoasining AQShga yo‘l oladigan tarkibi quyidagi ko‘rinishda. Darvozabonlar: De Xea, Lindegaard, Eymos, Djonston.Himoyachilar: Rafael, Evans, Smolling, Djons, Shou, Blekett, Maykl Kin, Djeyms.Yarim himoyachilar: Errera, Kleverli, Fletcher, Yang, Zaxa, Kagava, Mata, Valensiya, Nani, Lingard.Hujumchilar: Uelbek, Runi, Uill Kin
>

Муҳокама

18.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi yangi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa afsonasi ser Aleks bilan telefonda gaplashib olganini aytib o‘tdi.«U meni tabriklab telefon qildi va biz birgalikda qahva ichishga kelishib oldik, Biz doimiy ravishda UeFA murabbiylari yig‘ilishida uchrashardik va kechqurun albatta birgalikda bir bakal vino ustida suhbatlashardik».«Ser Aleksda o‘z kuchiga ishonish falsafasi bo‘lgan doim. Bu esa unga ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritishga yordam bergan. Ishonamanki, men ham shu an’anani davom ettira olaman» - deydi Lui van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» sobiq azosi KPR safida

18.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Londonning KPR jamoasi azosiga aylandi. Bu haqida BBC Sport nashri xabar tarqatdi.Ferdinand 12 mavsum mobaynida «Yunayted» tarkibida to‘p surdi va yakunlangan mavsumdan so‘ng jamoani erkin agent sifatida tark etdi.
KPR jamoasida Rio bosh murabbiy Xarri Rednappa qo‘l ostida shug‘ullanadi, avval ular birgalikda «Vest Xem» jamoasida ishlashgan edi.35 yoshli Ferdinand «Yunayted» jamoasi muhlislariga qarata quydagi so‘zlarni aytdi: «O‘ylashimcha hayotimda yangi davr boshlandi, lekin «Manchester Yunayted» va uning muhlislari yuragimda doimo alohida o‘ringa egalar».Rio Ferdinandning kelasi faoliyatiga omad tilab qolamiz >

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik jarohat oldi

18.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maykl Karrik mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi deya xabar bermoqda jamoaning rasmiy sayti. Bu esa jamoa bosh murabbiyi Lui van Gall uchun yoqimsiz xabar bo‘ldi. «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi jamoa uchun tajribali futbolchilar albatta zarur degan edi.«Maykl Karrik mashg‘ulotlarda jarohat oldi, bu men uchun zarba bo‘ldi, u katta tajribaga ega futbolchi, jamoa uchun bunday o‘yinchilar juda muhim»,- deydi Gollandiyalik mutaxassis. BBC nashri xabariga ko‘ra Karrik 10-12 hafta maydonga tusha olmaydi.>

Муҳокама

17.07.2014

"Lui van Gal Gollandiyadan Manchesterga shahriga yetib kelgani haqida xabar bergan edik. Kecha bosh murabbiy «Manchester Yunayted» jamoasining Karringtondagi sport bazasiga tashrif buyurdi. U yerda jamoaning ijrochi direktori Ed Vudvord va o‘zining yordamchisi Rayan Giggz bilan uchrashdi va sport bazasini birgalikda ko‘zdan kechirib chiqishdi. Bugun «Old Trafford» da yangi bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.>"

Муҳокама

17.07.2014

«Manchester Yunayted» Yaponiyaning Nissin kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi imzolaganini rasman e’lon qildi. Ushbu kompaniya oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ulanadi.Kompaniya asoschisi Momofuku Ando hisoblanadi u 1948 yil Osaka shahrida tashkil qilingan. Hozirgi kunda kompaniyaning mahsulotlari 80 dan ortiq davlatlarda sotiladi.Shartnoma bandlariga ko‘ra endilikda Nissin kompaniyasi o‘z mahsulotlarida «Manchester Yunayted» brendidan foydalanish xuquqiga ega bo‘ldi.
>

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Gal Manchesterga yetib keldi

16.07.2014

Britaniya vaqti bo‘yicha soat 8:40 da Lui van Gal joylashgan xususiy samalyot Manchestera aeroportiga kelib qo‘ndi. Lui van Gal shundan so‘ng Karringtondagi «Manchester Yunayted» jamoasining sport bazasiga yo‘l oldi. Bugundan boshlab mutaxassis rasmiy ravishda ish boshlaydi.

Муҳокама

16.07.2014

Adidas kompaniyasi bilan tuzilgan 750 million funtlik shartnomadan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasi yana eng qimmatbaho sport jamoalari reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqida The DailyMail nashri xabar tarqatdi.Shartnoma tuzilganligi e’lon qilinishidan so‘ng o‘tgan bir necha kun ichida Nyu-York birjasidagi jamoa aksiyasi 5% ga o‘sdi va umumiy 2,1 milliarda funtga baholandi.Jamoaning aksiyalarini o‘sishiga yana bir sabab qilib jamoa yangi bosh murabbiy Lui van Gal qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishgani deb hisoblanmoqda.Eng qimmat titul homiy bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha reyting:
  1. 1. Manchester Yunited - Chevrolet - £53 million
  2. 2. Barcelona - Qatar Airways - £26 million
  3. 3. Bayern Munich - Deutsche Telekom - £23 million
  4. 4. Real Madrid - Emirates - £23 million
  5. 5. Liverpool - Standard Chartered - £18 million
  6. 6. Sunderland - Invest in Africa - £18 million
Eng qimmat ekipirovka ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha reyting:
  1. 1. Manchester Yunited - *Adidas - £75million (*2015/16 mavsumdan boshlab)
  2. 2. Arsenal - Puma - £30 million
  3. 3. Real Madrid - Adidas - £24 million
  4. 4. Liverpool - Warrior - £23 million
  5. 5. Barcelona - Nike - £22 million
  6. 6. Bayern Munich - Adidas - £22 million
  7. 7. Manchester United - **Nike - £21.6 million (**2014/15 mavsum yakuniga qadar)

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Persi Amerikaga bormaydi

16.07.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin van Persi jamoa bilan Amerikada tashkil etiladigan mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi turneda ishtirok etmaydi. Terma jamoa bilan Jahon chempionatida ishtirok etgan hujumchiga jamoa tarafidan 3 haftalik ta’til berildi. Van Persi Jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi tarkibida 6 uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozalarini 4 bora ishg‘ol qildi. Gollandiya yakunda 3 o‘rinni egallab bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Futbolchi hozirda oila a’zolari bilan birgalikda Barbadosda dam olmoqda. Bu haqida futbolchi quyidagi fikrilarni bildirdi.«Men uchun 3 haftalik tanaffus juda zarur. Jahon chempionati men uchun juda og‘ir kechdi. Har bir uchrashuvda bor kuch bilan harkat qildim, shunday ekan menda xech narsa qolmadi. So‘ngi uchrashuvda bizga juda qiyin kechdi, biz xuddi siqilgan limon kabi bo‘lib qoldik» - deydi hujumchi jurnalistlarga bergan intervyusida.

Муҳокама