15.07.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy veb saytining xabar berishicha jahoning yetakchi konsernlari hisoblangan Adidas bilan olib borilgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetgan. Muzokaralar yakunida tomonlar 10 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishgan. Shunday qilib, Adidas kompaniyasi 2015/16 mavsumdan boshlab jamoaningbosh texnik hamkori sifatida ish boshlaydi. Hozircha shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan, lekin ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra shartonmaning umumiy miqdori 750 million funtni tashkil qiladi.Eslatib o‘tamiz, jamoa so‘ngi 13 yil davomida Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelgan. Ushbu 2014/15 mavsum Nike uchun so‘ngisi bo‘ldi. Avvalroq xabar berganimizdek, tomonlarning yangi shartnoma tuzish borasidagi olib borgan muzokaralari samarasiz yakuniga yetgan edi.Bu yangi shartnoma Adidas va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi dastlabki shartnoma emas, jamoaga 1980 yildan 1992 yilga qadar Geramaniya kompaniyasi bosh texnik homiy bo‘lib faoliyat olib borgan.
Муҳокама
14.07.2014
Jamoaning sobiq futbolchisi va xozirda jamoaning yordamchi murabbiysi Rayan Giggz u bir necha yillar davomida faoliyat olib borgan 11-raqamni jamoada qoldirish lozimligini ta’kidladi. Avvalroq «Manchester Yunayted» rahbariyati ushbu raqamni Rayan sharafiga olib qo‘ymoqchi edi. Jahoning bir necha jamoalari o‘zlarining mashhur futbolchilari sharafiga ular faoliyat olib borgan libosdagi raqmni bir umirga fodalanishda olib qo‘yishgan edi. «Vest Xem» jamoasi Bobbi Mur, «Keln» jamoasi Lukash Podolski, «Milan» jamoasi Paolo Maldini sharafiga shunday ishlarni amalga oshirishgan edi.Giggz bunaday ishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra 11-raqam jamoaning biror bir a’zosiga berilgani maqul ekan. Shu orqali u jamoa futbolchilarini qo‘llab quvvatladi.
Муҳокама
14.07.2014

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal chorshanba kunidan boshlab jamoa bilan Karringtonda mashg‘ulotlarni olib borishni boshlaydi. 62 yoshli Gollandiyalik mutaxassis Braziliyadan o‘tgan Jahon chempionati bahslarida Gollandiya termajamoasi bilan 3 o‘rinni egalladi. U terma jamoa bilan yakshanba kuni yevropaga qaytgan. Ushbu haftadan boshlab mutaxassis rasman «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyligini egallaydi. Avvalgi hafta jamoa mashg‘ulotlarini Rayan Giggz boshchiligida olib borgan edi.Jurnalistlarning Lui van Galga uning ta’til olmasdan yangi ishga kirishi yuzasidan berilgan savoliga mutaxassis quyidagicha javob berdi.«Men uchun ta’tilga chiqmasligim muammo emas. Bunday jamoadagi taklif men uchun yoqimli bo‘ldi.xar kuni doimiy ravishda iqtidorli yoshlar bilan ishlab kelmoqdaman. Menga ta’tilsiz ish olib borish qiyinchilik tug‘dirmaydi.Meni jamoada tezroq ish boshlashimni intizorlik bilan kutmoqdaman. Hozircha jamoaning ikki a’zosi – bosh skaut va ijrochi direktori bilaman uchrashdim. Shuningdek jamoaning ikki nafar egalari bilan ham.Tez vaqtlar orasida jamoaning boshqa a’zolari bilan ham yaqindan tanishib olaman degan umiddaman».
Муҳокама
14.07.2014
Chilining La Tercera nashri «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidaldan uning «Old Trafford» ga yo‘l olishi borasidagi maʼlumotlar yuzasidan intervyu oldi.
«Men ham ushbu maʼulumotni eshitdim, boshqalar singari bundan boshqa xech nimani bilmayman. Hozirda taʼtildan foydalanib roxatlanib xoriq chiqarmoqdaman, hammasiga Italiya,ga qaytgaimndan so‘ng oydinlik kiritiladi».
«Men o‘zimni xotirjam sezmoqdaman, barcha futbolchida bunday dunyoning buyuk jamoasi safida maydonga tushish istagi bo‘ladm».
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AS va Mundo Deportivo nashrlari Vidalning agenti «Yunayted» raxbariyati bilan uchrashgani va futbolchining «Old Trafford» ga o‘tishi yaqin kunlarda amalga oshishi mumkinligi to‘g‘risida xabariga bergan edi.
Муҳокама
14.07.2014
The Daily Mail nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi yangi mavsum uchun chiqarilgan 55000 mavsum abonomentlarini bir necha kun ichida to‘liq sotib bo‘ldi. Bu «Old Trafford» stadioni sig‘imi 76000 o‘rindiqqa ega bo‘lganidan so‘ngi eng yaxshi ko‘rsatgich.Nashrning xabariga abonomentlar bunday tezlikada sotib bo‘linishiga sabab qilib jamoaga yangi tayinlangan bosh murabbiy Lui van Gal tashkil qiladigan jamoa o‘yini muhlislarda hozirdan katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Муҳокама
11.07.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi yangi mavsum tayyorgarligi doirasidagi o‘zining so‘ngi o‘rtoqlik uchrashuvini 12 avgust kuni «Old Trafford» stadionida Ispaniyaning «Valensiya» jamoasiga qarshi o‘tkazadai. Bu haqida jamoa jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bu uchrashuv jamoa bosh murabbiyi Lui van Galning «Old Trafford» dagi dastlabki uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek Ander Errera va Lyuk Shoular ham «Old Trafford» dagi dastlabki uchrashuvlarida maydonga tushishlari mumkin.
Муҳокама
09.07.2014
"Tez kunlar ichida «Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoa muhlislari uchun mobil qurilmalarga mo‘ljalangan ilova dasturini rasman ishga tushiradi. Ushbu ilova dasturi orqali muhlislar dunyoning turli nuqtalarida turib eng so‘ng yangiliklarni birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishadi.Ushbu ilova dasturida jamoa haqidagi so‘ngi yangiliklar, o‘yin oldi ma’lumotlar, jamoa tarixi, eksklyuziv materiallar va boshqa ko‘plab ma’lumotlar o‘rin oladi.
Ilova dasturidan foydalanmoqchi bo‘lganlar
dastlabki talabnomadan o‘tishlari kerak va shu orqali o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etib Ueyn Runi yoki Xuan Mata dasxati tushirilgan jamoaning yangi liboslarini qo‘lga kiritishlari mumkin.>"
Муҳокама
09.07.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy veb-sayti AQSh da bo‘lib o‘tadigan mavsum oldi tayyorgarlik turnesida ishtirok etadigan tahminiy tarkibni e’lon qildi.Tarkibdan terma jamoasi bilan Jahon chempionatida omadsiz ishtirok etgan Ueyn Runi, David De Xea, Xuana Mata va Shindzi Kagava ham o‘rin olishgan. Shuningdek jamoaning ikki yangi a’zosi Ander Errera va Lyuk Shou ham ushbu turne doirasida o‘z debyutlarini o‘tkazishlari mumkin.Jamoa rasmiylarining tasdiqlashlaricha jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Gall AQShdagi turne davomida jamoa yetakchilaridan foydalanmoqchi.«Manchester Yunayted» jamoasi van Gall qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvni «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.Mavsum oldi tayyorgarlik turnesiga yo‘l oladigan yakuniy tarkib 18 iyul kuni rasman e’lon qilinadi. Tarkibdan bir qator yosh futbolchilar o‘rin olishi mumkinligi ham inkor etilmadi.
Муҳокама
09.07.2014
Adidas kompaniyasi «Manchester Yunayted» jamoasining texnik homiysi bo‘lish taklifi bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nike kompaniyasi 2002 yildan buyon «MYu» bilan davom etib kelayotgan hamkorlikni yanada uzaytirish borasida olib borgan muzokaralar samarali yakuniga yetmagan edi. 2014/15 mavsum yakuniga yetgandan so‘ng Nike va «MYu» o‘rtasidagi shartnoma muddati tugaydi.
Ushbu vaziyatdan Adidas kompaniyasi foydalanib qolishi mumkin, ular hozirda mankunianliklarga 10 yillik texnik hamkorlik shartnomasi va 750 million funt mablag‘ taklif qilmoqda.
Муҳокама
08.07.2014
Nike kompaniyasi «MYu» bilan homiylik shartnomasini yangilamaslikka qaror qildi. Jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik 2015 yilning iyulida yakuniga yetadi.Nike o‘tgan yil davomida yangi shartnoma borasida muzokara olib bordi. Ammo mankunianliklar haddan ko‘p mablag‘ talab qilgani sababli, bu ish samara bermadi.«Manchester Yunayted» texnik homiysidan yiliga 60 million funt talab qilgan edi. Ayni vaqtda «MYu» Nike kompaniyasidan yiliga 23,3 million funt va klub atributkalarining Nike do‘konlaridagi savdosidan o‘z ulushini olib kelayotgan edi.
Муҳокама