08.07.2014
Niderlandiya (Gollandiya) qirolligi «Manchester Yunayted» va terma jamoa yetakchi futbolchisi Robin van Persi tasviri tushirilgan tangalarni sotuvga chiqaradi. Ushbu tanganing bir tarafida van Persining Ispaniya terma jamoasi darvozasiga gol urayotgan vaziyati tasvirlangan bu xaqida gollandiyaning De Ondernemer portali xabar bermoqda.Maxsus tangalar oltin ming dona chiqariladi va rasmiy to‘lovlar uchun qabul qilinmaydi faqatgina kolleksionerlar uchun mo‘ljalangan.
Van Persi surati tushirilgan tangalar Braziliyada o‘tayotgan Jahon Chempionatlari bahslari yakuniga yetgandan so‘ng 13 iyul kuni taqdim etiladi.
Муҳокама
08.07.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi afsonasi Ser Bobbi Charlton dushanba kuni yurak xurujidan vafot etgan Alfredo Di Stefano to‘g‘risda to‘xtalib o‘tdi. Ikki afsonaviy futbolchilar uzoq muddatdan buyon do‘st hisoblanishar edi. Ser Bobbi Charltonning so‘zlariga ko‘ra Di Stefanoning vafoti jahon futbolidagi katta yoqotish.«Di Stefanoning vafotini eshitib chuqur qayg‘uga botdim. U afsonaviy «Real» jamoasining yorqin yulduzi edi. O‘ylashimcha Alfredo men maydonda raqib sifatida to‘p surgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri edi. U juda aqqilli o‘yinchi bo‘lgan».«Men uni juda hurmat qilar edim. U bilan birgalikda o‘tkazgan ko‘plab xotiralarimiz bor edi. Jahon futboli shunday buyuk futbolchi va buyuk insondan ayrildi».
«O‘zim va «Manchester Yunayted» jamoasi nomidan uning oila a’zolariga Madridning «Real» jamoasidagi do‘stlarimizga ta’ziya izhor qilaman» , - deydi ser Bobbi ManUtd.om saytiga bergan intervyusida. >
Муҳокама
08.07.2014
The Daily Mail nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi tez kunlar ichida «Yuventus» jamoasiga yarim himoyachi Arturo Vidal borasida rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra Angliyaning 20 karra chempionlari dastlab holatni o‘rganib chiqishgan va endi rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
«Yuventus» jamoasi rahbariyati ham Chililik futbolchini «Old Trafford» ga qo‘yib yuborishga qarishilik ko‘rsatmoqchi emas.
Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra «Yunayted» Vidal uchun 40 million funt mablag‘ taklif qilmoqda, yana bir taxminga ko‘ra futbolchi uchun 30 million funt va qo‘shimcha tarzda Luish Nani «Yuventus» jamoasiga bermoqchi.
Муҳокама
07.07.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati jamoaning 2014/15 mavsum uchun mo‘ljallangan futbolchilarning yangi formalarini namoyish qildi. Yangi mavsumdan boshlab jamoa liboslarida bosh homiy General Motors kompaniyasining Chevrolet logotiplari tasvirlangan bo‘ladi. Yangi liboslar zamoanaviy uslubda yaratilgan bo‘lib, unda futbolchilar uchun bir qator qulayliklar mavjudligi yaytilmoqda. Yangi libos 16 iyuldan boshlab Megastor elektron do‘koni orqali sotuv chiqadi. Jamoa rasmiy ravishda 23 iyul kuni Amerikadagi turnesi doirasida «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi uchrashuvda ushbu libosda maydonga tushadi.
Муҳокама
07.07.2014
«Feyenoord» va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Stefan de Vreyaning agentining so‘zlariga ko‘ra uning mijozini «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishi uchun xech qanday muzokaralar olib borilmagan. «Biz hozirda «Manchester Yunayted» bilan hech qanday kelishuvga ega emasmiz. Stefan hozirda terma eamoa ixtiyorida uning kelasi faoliyatiga tex kunlarda aniqlik kiritiladi» - deydi futbolchining agenti Lazionews24.com nashriga bergan intervyusida.Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchi uchun 12 million funt taklif qilgani aytib o‘tilgan edi. Uni jamoa bosh murabbiyi Lui van Gall jamoada ko‘rmoqchiligi takidlanmoqda.
Муҳокама
07.07.2014
Rayan Giggz «Manchester Yunayted» jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastlabki mashg‘ulotlarga rahbarlik qiladi. Bu xaqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal esa JCh 2014 yakuniga yetgandan so‘ng jamoaga qo‘shiladi.Jamoaning a’zolari xozirda ta’tildan qaytmoqdalar va dastlabki yig‘inni Giggz boshchiligida o‘tkazishadi unga Albert Styoyvenberg yordamlashadi.Jamoaning JCh 2014 da ishtirok etmagan a’zolari Darren Fletcher, Djonni Evans va Eshli Yang bugundan dastlabki mashg‘ulotlarga kirishishdi. Shuningdek tarkibga ijaradan Nik Pauell va Uilfrid Zaxalar ham qaytishgan. Jahon chempionatida terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan futbolchilarga esa qo‘shimcha ta’til berilgan.
Муҳокама
07.07.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy saytining xabar berishicha jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaga assistent sifatida Albert Styoyvenbergni tayinlagan.Styoyvenberg «Yunayted» jamoasiga kelgunga qadar 21 yoshgacha bo‘lgan Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyi vazifasida ishlagan. 2011 va 2012 yilda esa 17 yoshgacha bo‘lgan Gollandiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘olibliknini qo‘lga kiritgan.Endilikda Styoyvenberg va Rayan Giggz birgalikda Lui van Galaga yordam berishadi.
Муҳокама
07.07.2014
9 avgust kuni «Bavariya» jamoasi yangi mavsum ochilishini «Bavariya yulduzlari» va «Manchester Yunayted afsonalari» uchrashuv bilan boshlamoqchi. Bu xaqida myunxenliklarning rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuvda jamoalarning faxriy futbolchilari maydonga tushishadi. Uchrashuvda jamoalar tarkibida quyidagi futbolchilar to‘p surishi kutilmoqda:
«Bavariya»: Markus Babbel, Andreas Breme, Paul Braytner, Xans-Yorg Butt, Xarald Serni, Mauritsio Gaudino, Ouen Xargrivz, Valter Yungxans, Robert Kovach, Oliver Kroytser, Xans Pflyugler, Mixael Rummenigge, Paulo Serjio, Mixael Tarnat, Olaf Ton, Mark van Bommel, Marsel Vitechek, Aleksandr Sikler.
«Manchester Yunayted» : Brayan Robson (murabbiy), Denis Irvin, Endi Koul, Duayt York, Dion Dablin, Edvin van der Sar, Li Martin, Mikael Silvestr, Kleyton Blekmor, Djasper Blomkvist, Kvinton Forchun, Denni Xigginbotam, Ben Tornli, Pol Skoulz.
Муҳокама
07.07.2014
Bolton Universiteti rahbariyati «Manchester Yunayted» jamoasining tirik afsonasi Rayan Giggzga sportda yerishgan yutuqlari uchun faxriy doktorlik unvonini berdi.Taqdirlash marosimi Bolton sharhrida joylashgan «Viktoriya Xoll» binosida bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Universitet azolari ishtirok etishdi. Shuningdek Giggz 2007 yilda Britaniya imperiyasi ofitseri Ordeni bilan va o‘tgan yili Solford Universiteti faxriy magistr darajasiga erishgan edi.>
Муҳокама
30.06.2014
Nihoyat «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachi Lyuk Shouni qo‘lga kiritganini rasman eʼlon qildi. 18 yoshli himoyachi bila jamoa 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Lyuk «Sautgempton» jamoasi tarkibida 2012 yildan buyon faoliyat olib kelmoqda edi. U davr mobaynida jamoa tarkibida 67 marotaba maydonga tushishga ulgurgan.
Shou «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilgani to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Men «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishimdan juda hayajondaman. «Sautgempton» jamoasida futbol bilan 8 yoshdan beri shug‘ullanib kelaman, jamoa muhlislariga katta minnatdorchilik bildiraman. Men o‘z ustimda ishlab o‘sishda davom etmoqchiman va «Manchester Yunayted» - buning uchun ideal joy. Intizorlik bilan yangi jamoamdagi ishtirokimni kutmoqdaman, bu yerdagi jaxon darajasidagi futbolchilardan ko‘plab narsalar o‘rganaman degan umiddaman».
Муҳокама