27.06.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi yangi mavsumdagi dastlabki transferini amalga oshirdi. Jamoa «Atletik Bilbao» jamoasi yarim himoyachisi Andera Errerani harid qilganini e’lon qildi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoa bilan 4+1 ko‘rinishda shartnoma imzoladi.
«Manchester Yunayted» futbolchi uchun 28 million yevro mablag‘ to‘lagan.24-yoshli yarim himoyachi «Atletik Bilbao» jamoasiga 2011 yil «Saragosa» da kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqtgacha u jamoa tarkibida 128 uchrashuvda maydonga tushib 11 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek Errera Ispaniyaning turli yoshdagi U20, U21, U23 terma jamoalarida ham maydonga tushishga ulgurgan.Futbolchining trasferi xaqida jamoa bosh murabbiyning yordamchisi Rayan Giggz quydagi fikrlarni bildirib o‘tdi. «Ander – juda iqtidorli yosh futbolchi, o‘ziga hos o‘yin uslubiga va yuqori energiyaga ega. O‘ylashimcha biz Ispaniyaning eng iqtidorli yosh o‘yinchisini qo‘lga kirita oldik. Uning bizning jamoaga o‘tganidan xursand bo‘ldim. U «Manchester Yunayted» jamoaning kelajagida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi degan umiddaman. Xozirda intizorlik bilan jamoaning AQShda bo‘lib o‘tadigan turne boshlanishini kutmoqdamiz».Errera esa ushbu transfer xaqida quyidagi fikrda: « «Manchester Yunayted» jamoasi bilan shartnoma tuzish – bu orzu edi. Men «Old Trafford» da «Atletik» bilan yevropa Ligasi musobaqasida maydonga tushgan edim. «Manchester Yunayted» tarkibiga qo‘shilar ekanman barcha iqtidorim bilan jamoaning yuqori maqsadga erishishiga o‘z xissamni qo‘shish umididaman. «Atletik» jamoasida o‘tgan faoliyatimni xech qachon unitmayman va buning uchun jamoa muhlislariga va rahbariyatga o‘z minatdorchiligimni aytmoqchiman».>

Муҳокама

27.06.2014

Britaniyaning bir qator mashhur nashrlarining xabar berishicha Lyuk Shou tez kunlar ichida «Manchester Yunayted» jamoasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

The Guardian, The Telegraph va BBC Sport xabariga ko‘ra 18 yoshli himoyachi «Old Trafford» ga tashrif buyurishga juda yaqin turibdi.Eslatib o‘tamiz, Shou Angliya terma jamoasi bilan JCh 2014 da ishtirokni yakunlashdi. Uning kelasi faoliyatiga tez kunlar ichida aniqlik kiritiladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Byuttner jamoani tark etdi

27.06.2014

Moskvaning «Dinamo» jamoasi «Manchester Yunayted» himoyachisi Aleksandr Byuttner ni o‘z safiga qo‘shib oldi va jamoaning Avstriyada bo‘lib o‘tayotgan yig‘inlarida jamoa safiga qo‘shildi.Futbolchining transferi summasiga aniqlik kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, futbolchiga Byuttnerga shuningdek Italiyaning ham bir qator jamoalari qiziqish bildirishgan edi yakunda futbolchi «Dinamo» taklifini qabul qildi va jamoa bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Муҳокама

20.06.2014

«Galatasaroy» jamoasi va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder «Manchester Yunayted»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
«Gollandiyada van Galni huddi mamlakat futbol maktabi raxbaridek ko‘rishadi. Hamma ham uning a’lochilari ro‘yxatiga kira olmaydi».
«U futbolchilarni juda qattiq shug‘ullantiradi va maksimum darajadagi o‘yinni talab qiladi. «Galatasaroy» tarkibida o‘ynayotganimdan mamnunman, klub asosiy tarkibida o‘rnashib oldim va bu yerga moslashdim».
«To‘g‘ri, agar van Gal menga transfer taklifi bilan chiqsa, eng kamida uni ko‘rib chiqaman. Hech bir golland futbolchisi van Galga rad javobini bera olmaydi», – deydi Sneyder.

Муҳокама

20.06.2014

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni boshqa jamoaga ketish niyati yo‘qligini bildirib o‘tdi.
«Manchester Yunayted»da o‘tkazgan o‘tgan mavsumimni unutishni istashimni hamma biladi. Ammo men hamon o‘sha saviyadagi futbolchi bo‘lib turibman».
««Yunayted»ga bir yil oldin o‘tgandim. Bu vaqt ichida salbiy va ijobiy vaziyatlar bo‘ldi. Masalan mening juda yoqimsiz jarohatimni eslash mumkin. Boz ustiga jamoamiz ham past o‘rinlarni egalladi».
«Endi bizda yangi bosh murabbiy bor va ko‘ramiz, bundan keyin nima bo‘larkan. Men «Yunayted»dan ketishni istamayman. Bu jamoa menga hammasi yoqadi», -deydi Fellayni.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «MYu» Fellaynini 15 million funt evaziga sotishga tayyor ekani aytilgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

APL 2014/15 mavsum taqvimi

18.06.2014

Angliya Premer Ligasining 2014/15 mavsum uchrashuvlar taqvimining dastlabki ko‘rinishi e’lon qilindi. «Manchester Yunayted» dastlabki turni o‘z uyida «Suonsi» jamoasini qabul qilish bilan boshlaydi.Eslatib o‘tmiz, yakuniy taqvimga iyul oyining o‘rtalarida aniqlik kiritiladi, ya’ni telekanallarning uchrashuvlarni namoyish qilishiga qarab vaqtlarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.«Manchester Yunayted» jamoasining Angliya Premer Ligasining 2014/15 mavsumidagi uchrashuvlari taqvim quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:Avgust
16 Swansea City U
23 Sunderland M
30 Burnley MSentyabr
13 Queens Park Rangers U
20 Leicester City M
27 West Ham United UOktyabr
4 Everton U
18 West Bromwich Albion M
25 Chelsea UNoyabr
1 Manchester City M
8 Crystal Palace U
22 Arsenal M
29 Hull City UDekabr
2 Stoke City U
6 Southampton M
13 Liverpool U
20 Aston Villa M
26 Newcastle U
28 Tottenham Hotspur MYanvar
1 Stoke City M
10 Southampton U
17 Queens Park Rangers M
31 Leicester City UFebral
7 West Ham M
10 Burnley U
21 Swansea City M
28 Sunderland UMart
4 Newcastle M
14 Tottenham Hotspur U
21 Liverpool MAprel
4 Aston Villa U
11 Manchester City U
18 Chelsea M
25 Everton MMay
2 West Bromwich Albion U
9 Crystal Palace M
16 Arsenal U
24 Hull City MIzoh- U-uyda, M-mehmonda

Муҳокама

13.06.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Fil Jons Angliyaning JCh-1966 musobaqadagi muvaffaqiyatini takrorlashi va Roy Xodjson qo‘l ostidagi yoshlar bilan oltin medallarni qo‘lga kiritishi mumkin ekanini aytdi.
«O‘ylashimcha, Angliya terma jamoasidan ular safidagi futbolchilar nomi sabab doimo ko‘p narsa kutishadi. Ular o‘z klublari safida muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazishganini hisobga olsak – bu bizdan muvaffaqiyat kutishga yana bir sabab».
«Biz yuqori saviyada o‘ynashimizga ishonaman, bir jamoadek harakat qilishimiz va o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak».
«Raxim Sterling, Lyuk Shou, Jon Flanagan, Jon Stounz – ularning bari ajoyib mavsum o‘tkazishdi, ular jamoaga ilhom bag‘ishlaydi. Ular ikki yil oldin ko‘zga tashlana boshlashdi va ayni damga kelib o‘zlarini barcha tomonlama ko‘rsatishga ulgurishdi».
«Barcha JCHda yaxshi o‘ynashga intiladi, bu bizning qo‘limizdan keladi. Jchning jiddiy bosqichlarida yosh va tajribali futbolchilarimiz o‘zlarini eng yaxshi taraflama ko‘rsatishlariga umid bog‘laganmiz», – deydi Jons.

Муҳокама

Янгиликлар /

Lui van Galning Qora ro‘yxati

12.06.2014

GIGAfootball.Net nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning 11 nafar futblchisidan voz kechmoqchi.
Ushbu «Qora ro‘yxat»dan quyidagi futbolchilar o‘rin olishgan: Xaver Ernandes (taxminiy bahosi 15 million funt), Rafael (8 mln.), Anders Lindegaard (3 mln.), Nani (12 mln.), Eshli Yang (10 mln.), Tom Kleverli (8 mln.), Maruan Fellaini (15 mln.), Sindzi Kagava (12 mln.), Bebe (4 mln.), Vilfrid Zaxa (7 mln.), Anderson (8 mln.).
Shu orqa jamoa yangi transferlar uchun 102 million funt ishlab olmoqchi.

Муҳокама

12.06.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi «Bavariya» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger uchun 20 million funt taklif qilmoqda. Shu orqali mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa yarim himoyasini kuchaytirmoqchi.

Jamoa yaqin vaqt ichida myunxenliklarga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, «MYu» «Bavariya» ning yana bir futbolchisi Tomas Myullerga shartnoma taklif qilgan edi.

Муҳокама

12.06.2014

«MYu» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi o‘z o‘yin uslubini «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslab o‘tdi.
«Men Krishtianu Ronaldu singari individual sovrinlar uchun kurashadigan, bunday sovrinlarni yutishi shart bo‘lgan futbolchi emasman».
«U har doim shaxsiy yutuq uchun kurashadi, uning uchun shon-shuhrat muhim. Shu sababli siz undan hayratga tushasiz. Men uchun esa jamoaviy yutuq muhim. Ronaldu uchun shaxsiy yutuqlaridan keladigan shuhrat muhim. Men esa jamoani qadrlayman».
«Men premer liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga ulgurganman. Ammo bu sovrinni «MYu»ning yutuqlaridan olinadigan lazzat bilan solishtirib bo‘lmaydi», - deydi Runi.

Муҳокама