Янгиликлар /

«MYu» Kavaniga qiziqmoqda

12.06.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi Fransiyaning «PSJ» jamoasi hujumchisi Edinson Kavanining transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Daily Mail nashri Tuttosport nashriga tayangan holda.Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 27 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 56 million funt taklif qilishni mo‘ljallab qo‘yishgan.Eslatib o‘tamiz, Kavani o‘tgan yozda «Napoli»dan 64 million yevroga xarid qilingan edi, biroq, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchi jamoada ko‘nikib keta olmadi.
Ushbu mavsumda Kavani «PSJ» tarkibida 24 ta gol kiritgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Lui van Gal: Bu juda muhim

03.06.2014

«MYu» jamoasi yangi bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchilar bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.
«Murabbiy sifatida har doim qo‘l ostimdagi jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilaman. Bu juda muhim va men buning uchun lozim bo‘lgan barcha ishni amalga oshiraman».
«Ammo ba’zan bunga muvaffaq bo‘la olmay qolishim mumkin. Futbolchilar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, mening qoidalarimga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin. Agarda kimdir mening aytganimni qilmasa, u jamoadan ketadi. Har doim shunday bo‘lib kelgan. Agar u ketmasa, men ketaman».
«Men bilan ishlagan ko‘plab futbolchilar men haqimda yaxshi gaplar aytadilar. Ammo menga jahl qiladiganlar ham bor - Riberi, Toni, Stoichkov, Rivaldo», - deydi van Gal.
Lui van Gall shuningdek «Tottenxem»ning taklifiga rozilik bildirishga yaqin bo‘lganini aytdi.
«Men juda va juda bunga yaqin edim. Yosh bolaligimda men «Tottenxem»ga muxlislik qilganman, jamoada Jimmi Grivz bor edi, o‘shanda ular chempion bo‘lishgan edi. Jimmi Grivz mening idealim bo‘lgan, shu sabab «taqachilar»ni boshqarishga tayyor edim».

Муҳокама

02.06.2014

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining jamoadan ketishi haqida gapirib berdi.«Men «MYu»da kechgan vaqtimdan mamnunman. U yerda o‘zimga kerakli bo‘lgan dars oldim. Orttirgan tajribam mening foydamga ishlaydi. «Old Trafford»da ishlash jarayonida oqil va savodli murabbyiga aylandim».«U yerdan ketganimdan buyon bir necha takliflar tushdi, kelajagimda hyech narsani o‘tkazib yubormoqchi emasman».««MYu»da o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, menimcha, endi klubda uzoq muddatli rejalardan voz kechishganga o‘xshaydi. Mening oldimda turgan vazifalar haqida hamma bilar edi. Menga ko‘p vaqt bermaganlaridan xafaman».«Ketishimdan oldin jamo qarorgohida futbolchilar bilan gaplashdim. Shundan buyon meni qo‘lab-quvvatlovchi ko‘plab smslar oldim. Xabarlari uchun futbol dunyosi odamlari va futbolchilarga rahmat. Ular meng hammasini yengib o‘tishga kuch bag‘ishladilar», - deya Moyesning so‘zlarini keltiradi The Times.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Konoplyankaga haridor

02.06.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi Ukrainaning «Dnepr» jamoasi bilan yarim himoyachi yevgeniy Konoplyankaning transferi borasida muzokalarani boshladi, deya xabar beradi Mirror nashri.Ilgari, xavbekka «Liverpul» klubi qiziqish bildirgan edi va xatto transfer borasida kelishuvga erishgan edi, biroq «Dnepr» rahbariyati so‘nggi daqiqalarda hujjatlarga imzo chekishdan bosh tortgan edi.Eslatib o‘tamiz, 2013/14-yilgi mavsumda Konoplyanka Ukraina chempionatining 28 uchrashuvida maydonga tushib 8 ta gol muallifiga aylandi.

Муҳокама

02.06.2014

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamosi hujumchisi Ueyn Runi JCh-2014da qatnashishdan kutayotgan natijalar xaqida qisqacha gapirib o‘tdi.
«Angliya termasining hozirgi tarkibi – men o‘ynaganlarimning eng yaxshisi. Bizning zaif tomonimiz – ko‘pchilik o‘yinchilarda katta turnirlarda kerakli tajribalari yo‘q. Angliya Braziliyadagi jahon chempionatida qanday o‘ynay olishini hyech kim aytib bera olmasa kerak. Shuning uchun men turnirdan rohatlanayapman».
«Qanday qatnashishimizni tasavvur qila olmayman. Biz yorqin o‘yin ko‘rsatgan holda finalga yo‘l olishimiz va shu bilan barchani lol qoldirishimiz mumkin», – deydi Runi.

Муҳокама

29.05.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi AQSh lik xo‘jayini Malkolm Gleyzer 85 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi. Amerikalik biznesmen 2003 yildan boshlab jamoaga mablag‘ joylashtirishni boshlagan edi. 2005 yildan boshlab esa u jamoaning aksiyalarining nazorat paketini to‘liq sotib olgan edi. Uning xo‘jayinligi ostida «Yunayted» 5 marotaba Angliya chempioni, uch marta Angliya ligasi Kubogi sohibi hamda 5 marta mamlakat Kubogiga egalik qilgan. Bir marta Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.Uning vafoti haqidagi dastlabki xabarni Milliy Amerika futbol ligasining «Tampa Bey Bakkenirs» jamosi tarqatdi. Gleyzer ushbu jamoaga 1995 yildan xo‘jayini hisoblanadi.Malkolm Gleyzerning 6 nafar farzandi va 14 nabirasi bor edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» yana Strotmanga qiziqmoqda

27.05.2014

«Roma»jamoasi yarim himoyachisi Kevin Strotman «Manchester Yunayted» jamoasi e’tiborini o‘ziga tortdi.
24 yoshli gollandiyalik futbolchini aynan Gollandiya termasi ustozi Lui van Gall harid qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, JCh-2014dan so‘ng mazkur mutaxassis Angliya jamoasini o‘z boshqaruviga oladi, deya xabar beradi Manchester Evening News.
Xabarlarga ko‘ra, Strotmandan tashqari van Galning kengaytirilgan ro‘yxatiga «Sautgempton» himoyachisi Lyuk Shou va «Borussiya» klubi ikki a’zosi – himoyachi Mats Xummels va yarim himoyachi Marko Royslar kiradi.
Oldinroq berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, van Gal «Barselona» himoyachisi Fransesk Fabregasni harid qilish fikridan voz kechgan.

Муҳокама

27.05.2014

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionligi nomini saqlab qolmoqchi ekanini aytib o‘tdi.
«Men Valdes bilan gaplashmadim, biroq JCh oldidan u bunday jiddiy jarohat olgani achinarli holat. Unga tezroq tuzalib ketishini tilab telefoniga xabar yubordim.
Ispaniya terma jamoasi – Jahondagi eng zo‘ri, umid qilamanki, biz JCh-2014da g‘olib chiqamiz.
Tarkibga kirganimdan juda mamnunman. Yoshlar tarkibida maydonga tushganimni eslayman. Juda ko‘p futbolchilarda og‘ir mavsum bo‘ldi, biroq ular eng yaxshi futbolchilar sanalishadi. Yana Jahon chempionatini yutishga harakat qilamiz», – deydi De Xea.

Муҳокама

27.05.2014

Belgiya terma jamoasi tarkibida Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Manchester Yunayted» jamoasining yosh yarim himoyachisi Adnan Yanuzay o‘zining terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuv 5-1 hisobida Belgiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoa bosh murabbiyi Mark Vilmots Yanuzayni ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga chiqardi. Uchrashuvdan so‘ng Mark Vilmots quydagilarni aytib o‘tdi: «Adnan terma jamoani kuchaytirishda katta yordam beradi degan umiddaman. Hozirda uning maydondagi pozitsiyasida raqobat juda kuchli, u asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun yanada kuchli o‘yin namoyish etishi kerak».Shuningdek, ushbu uchrashuvda Belgiya terma jamoasi tarkibida Maruan Fellayni to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

MUTV endi yangi formatda

27.05.2014

29 iyul, 19:00 (30 iyul, 04:00 UZB) «Inter», Vashington, Kolumbiya okrugi.02 avgust, 16:05 (3 avgust, 01:05 UZB) «Real Madrid», Enn-Arbor.Shuningdek yangi mavsumdan boshlab MUTV to‘liq tarzda «Manchester Yunayted» jamoasining o‘rinbosarlar tarkibi uchrashuvlarini ham HD formatida olib beradi.

Муҳокама