Van Gal jamoaga hamyurtlarini taklif qilmoqchi
27.05.2014

The Mirror nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaga Gollandiyaning ikki yosh futbolchisini taklif qilmoqchi.
Bular «Feyenoord» jamoasining 22 yoshli futbolchilari yarim himoyachisi Yordi Klasi va uning jamoadoshi markaziy himoyachi Bruno Martins Indi.
Nashrning xabariga ko‘ra jamoa futbolchilarni terma jamoda ko‘rsatadigan o‘yinlariga qarab ular bilan muzokara o‘tkazadi.
Hozirgi kunga kelib Klasi va Martines Indiga terma jamoaning kelajagi deya qarashmoqda.Van der Sar: U o‘z uslubiga ega
22.05.2014

Bekxem: Van Gal – kuchli murabbiy
22.05.2014

«Van Gal – faoliyatidagi yutuqlari bilan maqtana oluvchi inson, u Jahonning eng kuchli futbolchilari bilan ishlagan», – deydi Bekxem.
Jons yakka tartibda shug‘ulanmoqda
22.05.2014

«Filni mashg‘ulotlarda ishtirokini ko‘rish juda yoqimli. U mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etmoqda, hafta so‘ngiga qadar to‘p bilan mashqlar olib boradi».
Shuningdek Xodjson Ueyna Runi xaqiada ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.«Ueyn hammasini yaxshi tushunib turibdi, u qanchalik formada bo‘lsa jamoaga shunchalik foydasi tegadi. Ishonch bilan aytamanki, u buni uddalay oladi va Braziliyada o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini ko‘rastadi».
The Daily Mail: Kroos «MYu»ga o‘tadi
22.05.2014

«Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos shu yozda Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tadi, deya xabar beradi The Daily Mail nashri.
Nashrning maʼlumotiga ko‘ra, ingliz jamoasi jamoani Devid Moyes boshqarayotgan paytda «Bavariya» bilan xavbekning 20 million funtga transferi borasida kelishuvga erishgan. «Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Lui van Gal mazkur kelishuvni amalga oshirishga rozilik berdi.
Kroosning o‘zi van Gal bilan ishlash istaginini bildirdi. Mazkur mutaxassis qo‘li ostida Toni «Bavariya»dagi dastlabki muvaffaqiyatlariga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Kroosning «Bavariya» bilan shartnomasi muddati 2015 yilning yozida tugaydi.Skoulz jamoani tark etadi
22.05.2014

«Men jamoa ijrochi direktori Edvard Vudvord bilan gaplashmadim. Men Rayan Giggzga yordam berish uchungina qaytgan edim. Endi esa jamoadan yana qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutmayapman. Kelasi yili ham «MYu»da ishlashni rejalashtirganim yo‘q».
«Devid Moyesni ko‘p tanqid qilishdi, ammo ishonchim komilki, u kuchli murabbiy. Uning uchun 10 oy yetarli muddat ekaniga shubha qilaman. Vudvord ijrochi direktor sifatida ishlashga munosib ekanini isbotlashi uchun ko‘p harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. U yangi murabbiy talab qiladigan futbolchilarni jamoaga olib kelishi lozim. O‘tgan mavum u bu ishni uddalay olmadi. Agarda yana shu holat takrorlansa, jamoa yetakchilar safiga qaytmaydi», - deydi Skoulz.
Yangi transfer rejalari
20.05.2014

Giggz rasman futbolchilik faoliyatini yakunladi
20.05.2014

Vudvord: Lui van Gal kuchli murabbiy
20.05.2014

«Van Gal qiyofasida biz zamonaviy futbolning eng kuchli murabbiylaridan birini qo‘lga kiritdik. U o‘z faoliyati davomida ko‘p narsaga ega chiqqan, «Old Trafford» bo‘lsa unga «MYu» tarixidagi yangi bobni muvaffaqiyatli yozishida qo‘lidan kelgan barcha yordamni beradi», – deydi Vudvord.
Eslatib o‘tamiz, 62 yoshli gollandiyalik mutaxassis uch yillik shartnoma imzoladi.
Lui van Gal: Yangi tarix yozamiz
20.05.2014
