20.05.2014
The Guardian nashrining xabar berishicha Pol Skoulz, Niki Batt va Fil Nevill masalasi bo‘yicha «Manchester Yunayted» jamoasi yakuniy qarorga kelmagan.Hozircha «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilarning keyingi faoliyati to‘g‘risida aniq ma’lumot berilmagan. Fil Nevill «Old Trafford» ga jamoa Devid Moyes bosh murabbiy bo‘lganda kelgan bo‘lsa, Niki Batt va Pol Skoulz jamoaning 19 yoshlilar jamoasini murabbiyi sifatida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etishgan edi.
Муҳокама
19.05.2014
«Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Lui van Gall bugun «Manchester Yunayted» jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Lui van Gall rasman bosh murabbiy vazifasini bashjarishga Jahon Chempionati 2014 tugagandan so‘ng kirishadi. Xabarda aytilishicha vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgan Rayan Giggz murabbiylar shtabidan o‘rin oladi. >
Муҳокама
19.05.2014
Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Lui van Gallning so‘zlariga ko‘ra Gollandiya va «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Robin van Persi kelasi mavsumdan boshlab «Yunayted» sardori bo‘lishga xaqli. «U – mening sardorim, - deydi van Gal terma jamoasining Ekvadorga qarshi o‘tgan uchrashuvdan so‘ng. – U so‘ngi yillardagi meni qo‘l ostimda o‘zining to‘pururlik qobiliyatini namoyish qila oldi. U terma jamoaning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixdan joy oldi. U yaqinda jiddiy jaroxatdan tuzalganiga qaramay o‘zin fantastik gol urishda davom etmoqda».Eslatib o‘tamiz, bugun van Gal «Manchester Yunayted» jamoasining bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda.
Муҳокама
19.05.2014
Mavsum yakuniga ko‘ra «Manchester Yunayted» ning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan ispaniyalik darvozabon David De Xea jamoa bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokarala olib bormoqda.Yangi shartnomaga ko‘ra futbolchining haftalik maoshi 52 mingdan 85 ming funtga ko‘ratirilishi ko‘zda tutilgan. De Xeaning amaldagi shartnomasi 2016 yil yozida nihoyasiga yetish kerak edi, yangi shartnomaga ko‘ra esa 2018 yil yozigacha futbolchi jamoaga tegishli bo‘ladi.Shuningdek De Xeaga Ispaniyaning ikki jamoasi «Real» va «Barselona» jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Муҳокама
19.05.2014
The Times nashri korrespondenti Djonatan Nortkroft va The People nashri bosh jurnalisti Stiv Beyts «Manchester Yunayted» rasmiy telekanaliga bergan intervyuda takidlanishicha Lyuka Shou transferi borasida tez orada aniqlik kiritiladi. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini «Old Trafford» da davom ettirish istagida.«Sautgempton» jamoasining 18 yoshli himoyachisi uchun «Manchester Yunayted» dastlab 22,5 milliona funt taklif qilgan edi. So‘ngi taklif esa 30 million funtga yetdi. Futbolchining keyingi faoliyati Braziyalida bo‘lib o‘tadigan Jaxon Chempionatidan avval hal etilishi aytilmoqda.
Муҳокама
16.05.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq darvozaboni Edvin van der Sar jamoaga darvozabonlarmurabbiyi sifatida qaytishi mumkin.Ushbu mavsumda darvozabonlar bilan Kris Vuds ish olib bordi. Uni Devid Moyes jamoaga taklif qilgandi. Endilikda u ham Moyesning ortidan jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurdi.Agar jamoani Lui van Gal boshqaradigan bo‘lsa, u Van der Sarni «MYu»ga taklif qilishi mumkinligi xabar qilinyapti. Hozirda Edvie van der Sar «Ayaks» jamoasida sport direktori lavozimida ish olib boryapti.
Муҳокама
16.05.2014
«MYu» Chempionlar Ligasida ishtrok eta olmasligi sababli translyasiya, chiptalar sotuvi kabi tushumlardan (35 million funt) va boshqa daromadlardan quruq qoladi.Shuningdek, jamoa chempionatda 7-o‘rinni olganligi sababli o‘tgan yilgiga nisbatan 8 million kamroq pul oladi. Bundan tashqari 51 yoshli shotlandiyalik murabbiyga 7 million funt kompensatsiya puli to‘lab beriladi.Shu tariqa Devid Moyesning 11 oylik qoniqarsiz faoliyati sababli jamoa 50 milliondan ortiqroq zarar ko‘rdi.
Муҳокама
14.05.2014
«Manchester Yunayted» jamoasining bir qator futbolchilar Braziliyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2014 da o‘z terma jamoalarida ishtirok etish uchun chaqirildilar. Patris Evra (Fransiya), Shindzi Kagava (Yaponiya), Xaver Ernandes (Meksika), David De Xea, Xuan Mata (Ispaniya), Robin van Persi (Niderlandiya), Nani (Portugaliya), Antonio Valensiya (Ekvador), Yanuzay, Fellayni (Belgiya), Fil Jons, Kris Smolling, UeynRuni, Denni Uelbek (Angliya).Shuningdek, Angliya terma jamoasi tarkibiga Maykl Karrik, Tom Kleverli zahira tarkibi sifatida jalb qilindi.
Муҳокама
14.05.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Nemanya Vidich yakunlanib borayotgan mavsumda jamoa ichki muhitida muammolar bo‘lganini aytib o‘tdi.
«Bu yil biz har doimgidan ham ko‘proq o‘zaro janjallashib qoldik. Chunki omadsizliklar og‘riq keltiradi. Bunday holatda janjal kelib chiqishi turgan gap. Shunday ekan, kiyinish xonasida mojarolar bo‘lib turardi.
Bu yil jamoa uchun o‘tish davri bo‘ldi. Jamoaga boshqa murabbiy keldi va o‘z falsafasini singdirishga urindi. Rayan esa, ser Aleks Fergyusonning izidank yetdi va uning g‘oyalari biz uchun ancha odatiy edi.
Men Moyesning falsafasi yomon demoqchi emasman. Ammo avvalgi uslubda biz o‘zimizni ancha erkin his qildik», - deydi serbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Nemanya Vidich faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.
Муҳокама
14.05.2014
BBC Sport ning xabar berishicha bugun «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rayan Giggz mankunianliklar boshqaruviga tayinlanishi kutilayotgan Lui van Gal bilan uchrashadi va jamoa kelajagini muhokama qiladi.
Xabar qilinishicha, 62 yoshli murabbiy jahon chempionatidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasidan ketgach rasman «MYu» bosh murabbiyi sifatida ma’lum qilinadi. Murabbiy klub rahbariyati bilan yangi transferlar masalasini ham muhokama qilib qo‘ygan.
Hozircha Rayan Giggz o‘z kelajagi borasida aniq qarorga kelganicha yo‘q. Van Gal Giggzni yordamchi sifatida olib qolmoqchi, ammo niderlandiyalik murabbiy Fil Nevill va Nikki Battlar yordamidan voz kechayotgani tufayli Giggz bu taklifni qabul qilmoqchi emas.
Муҳокама