14.05.2014
«Hall» bosh murabbiyi Stiv Bryus «MYu» himoyachisi Rio Ferdinand bilan shartnoma imzolash imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
«Rioning «MYu»dan ketishi haqida kecha eshitdim. Hozircha u bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q. U ajoyib futbolchi. Nima uchun u bilan shartnoma imzolamasligimiz kerak? Agar o‘zi xohlasa albatta».
«Hozir biz «Arsenal»ga qarshi Kubok finaliga tayyorlanmoqdamiz, keyin esa Rio bilan bog‘lanib, muzokara boshlashimiz mumkin», - deydi Bryus.
Муҳокама
14.05.2014
«MYu» yarim himoyachisi Xuan Mata jamoa darvozaboni David De Xea borasidagi mulohazalarini bildirib o‘tdi. «U juda o‘ziga ishonadi va bu anchayin qimmatli jihat. De Hyea hech qachon o‘ziga ta’sir o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaydi. U qachon xato qilganini o‘zi yaxshi biladi va kelasi safar bu xatoni takrorlamaslikka intiladi».«Bu juda qimmatli jihat. U har doim xotirjam qoladi. Ba’zan bu ataylab qilinmagandek tuyuladi», - deydi Mata.
Муҳокама
13.05.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachi Rio Ferdinand bilan yangi shartnoma imzolanmasligini va u jamoani yozda tark etishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachi manchesterliklar safida 12 yil to‘p surdi va juda ko‘plab sovrinlar egasiga aylandi.
Ferdinandning o‘zi muxlislar va jamoa mutasaddiqlariga raxmat aytib, kichik intervyu berdi:
«Men uzoq va juda yaxshilab o‘yladim. Mening qarorim quyidagicha bo‘ldi: oldinga intilishda davom etish kerak».
«Bu yerda juda ko‘plab baxtli mavsumlarni boshimdan o‘tkazdim. Jamoadoshlarimga, jamoa mutasaddilari-yu, muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman» - deydi Rio.
Eslatib, avvalroq jamoaning yana bir himoyachisi Nemanya Vidich jamoani tark etishi aniq bo‘lgan edi.
Муҳокама
12.05.2014

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson Braziliyada bo‘lib o‘tadigan JCh- 2014 da ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Tarkibdan «Manchester Yunayted» ning 4 nafar futbolchisi o‘rin olgan. Bular Fil Jons, Kris Smolling, Ueyn Runi va Denni Uelbek.Maykl Karrik va Tom Kleverli esa qo‘shimcha zahira tarkibga kiritildi. Angliya terma jamoasining JCh-2014 da ishtirok etadigan tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:Darvozabonlar:Djo Xart («Manchester Siti»), Ben Foster («Vest Bromvich»), Freyzer Forster («Seltik»).Himoyachilar:GlenDjonson («Liverpul»), Gari Keyxill («Chelsi»), Fil Djagelka («Everton»), Fil Djons («Manchester Yunayted»), Kris Smolling («Manchester Yunayted»), Leyton Beyns («Everton»), Lyuk Shou («Sautgempton»).Yarim himoyachilar:Stiven Djerrard («Liverpul»), Djordan Xenderson («Liverpul»), Frenk Lempard («Chelsi»), Djek Uilsher («Arsenal»), Adam Lallana («Sautgempton»), Raxim Sterling («Liverpul»), Djeyms Milner («Manchester Siti»), Aleks Oksleyd-Chemberlen («Arsenal»), Ross Barkli («Everton»).Hujumchilar:UeynRuni («Manchester Yunayted»), Denni Uelbek («Manchester Yunayted»), Deniel Starridj («Liverpul»), Riki Lambert («Sautgempton»).Zahira tarkibi : Djon Raddi («Norvich»), Djon Flanagan («Liverpul»), Djon Stounz («Everton»), Maykl Kerrik («Manchester Yunayted»), Tom Kleverli («Manchester Yunayted»), Endi Kerroll («Vest Xem»), Djermeyn Defo («Toronto»).
Муҳокама
12.05.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda 2013/14 mavsum yakunlari bo‘yicha olti nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.Tadbirning asosiy qahramoni jamoaning ispaniyalik darvozaboni David De Xea bo‘ldi. U o‘ziga xos «dubl» ga erishdi, ya’ni muhlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra jamoaning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa a’zolari o‘rtasidagi so‘rov natijasida ham darvozabon g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa David jamoa tarixiga sera Metta Basbi sovrinini qo‘lga kiritgan 10 chet-ellik futbolchi bo‘ldi Ungacha bu mukofatga Erik Kantona, Andrey Kanchelskis, Rud van Nistelroy, Gabriel Xaynse, Krishtianu Ronaldu,Nemanya Vidich,Xaver Ernandes, Antonio Valensiya i Robin van Persilar ham sazovar bo‘lishgan edi.So‘rov noma natijalariga ko‘ra De Xea umumiy ishtirokchilarning 54% ovoziga egalik qildi, 30% ovoz to‘plagan Ueynu Runi ikkinchi, Adnan Yanuzay esa 5% bilan uchinchi o‘rinni egalladi.Mavsumning eng chiroyli gol sohibi esa Ueyn Runi bo‘ldi. Uning «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan birinchi goli bu mukofatga loyiq topildi. Bu mukofotga nomzodlar Adnan Yanuzay ( «Sanderlend» ga urgan ikkinchi goli) va Patrisa Evra («Bavariya» ga urgan goli) edi.Denzel Xaroun mukofoti ya’ni Eng yaxshi o‘rinbosarlar tarkibi o‘yinchisi esa Saydi Yankoga nasib etdi. U o‘z jamoadoshlari Charni Ekangamen va Riis Djeymslarni ortta qoldirdi.Jamoaning Djimm Merfi nomli mukofotiga esa «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘z debyutini ikki gol bilan nishonlagan 18 yoshli xujumchi Djeyms Uilson sazovaor topildi.Shuningdek jamoa rahbariyati tomonidan tashkil etilgan mahsus «Muvaffaqiyatlari uchun» sovrini Rayan Giggzga topshirldi.
Muhlislar o‘rtasida o‘tkazilgan Mett Basbi mukofoti g‘olibi – David de Xea.
Futbolchilar fikriga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi – David De Xea.Mavsumning eng chiroyli goli sohibi – Ueyn RuniDenzel Xaroun mukofoti g‘olibi – Saydi Yanko.Djimmi Merfi mukofoti g‘olibi– Djeyms Uilson.«Muvaffaqiyatlari uchun» sovrini g‘olibi - Rayan Giggz.
Муҳокама
07.05.2014

«Hall Siti» bilan uchrashuvda «Yunayted» tarkibida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazib, raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan 18 yoshli Jeyms Uilson uchrashuvdan so‘ng o‘yindan olgan ta’surotlari bilan o‘rotqlashdi.«Ta’surotlar juda ham ajoyib, uni xech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi. Birinchi golni urganimdan so‘ng juda kuchli eyforiyani boshimdan o‘tkazdim, ikkinchi gol esa men uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Stadionga kelgan 75000 dan ortiq muhlis ko‘z o‘ngida bunday natijaga erishish juda ham ajoyib. O‘rinbosarlar tarkibidagi uchrashuvlarda muhlislar bunday darajada ko‘p bo‘lmaydi. O‘yingoh to‘la maydonga tushar ekansan – bu juda ham yoqimli!».Eslatib o‘tamiz Uilson ushbu mavsumda jamoaning 18 va19 yoshlilar jamoasida hamda 21 yoshli o‘rinbosarlar tarkiblarida ham maydonga tushib gol urishga erishgan edi. Asosiy tarkibda urgan ikki gol unga o‘ziga hos rekord o‘rnatish imkonini berdi.«Bunday jamoada yuqori cho‘qilarga erishish uchun doimiy ravishda yuksalib borish zarur, shunday ekan barcha tarkibda o‘sishga erishganim bu men uchun yaxshi. Men asosiy jamoada birinchi bor maydonga tushdim, va o‘z ustimda ishlashni yanada kuchaytirmoqchiman».
Муҳокама
07.05.2014
«MYu» yarim himoyachisi Adnan Yanuzayning agenti Dirk De Vrisning so‘zlariga ko‘ra mijozi eng ko‘p daromad qiladigan yosh futbolchi ekanini aytib o‘tdi.
«Faqat shuni aytishim mumkinki, Yanuzay dunyoning eng ko‘p maosh yosh oladigan futbolchisi bo‘lib turibdi».
«Uning yoshida Messi va Krishtianu ham ancha kam maosh olardilar. Bu holat esa ko‘p narsadan dalolat berib turibdi. Men Adnan bilan faxrlanaman».
«U ko‘plab grand jamoalarning e’tiborini tortdi. «PSJ» uning uchun ko‘p narsaga tayyor edi. «Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashimizdan besh daqiqa avval Qatar prezidenti maslahatchisi qo‘ng‘iroq qildi va juda kata miыdordagi taklif bildirdi. «PSJ»ning qatarlik sarmoyadorlari Adnanni qo‘lga kiritish uchun mislsiz pul sarflashga tayyor edilar», - deydi Yanuzayning agenti Dirk De Vris.
Муҳокама
07.05.2014
«Hall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvning 20-daqiqasida yelkasidan jaroxat olgan Fil Jons APL ning so‘ngi turini o‘tkazib yuborishi mumkin. Shuningdek, britaniya nashrilarining xabariga ko‘ra u terma jamoa tarkibida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga ham bora olmaydi.Futbolchining holati yuzasidan jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi Rayan Giggz quyidagilarni aytib o‘tdi.«Jons stadiondan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketildi, - deydi Rayan uchrashuvdan so‘ng. – Uning holati yuzasidan yakuniy xulosani shifokorlar ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng aytishimiz mumkin».«To‘qnashuv sodir bo‘lgan vaziyatdan so‘ng u o‘zini almashtirilishini so‘radi. Xozircha bir aniq gap aytishga ojizmiz. Umid qilamiz uning jaroxati og‘ir emas».
Муҳокама
07.05.2014
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rayan Giggz Angliya chempionati doirasida «Xall»ga qarshi kechgan uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.Shu tariqa Rayan Giggz 1927 yildan buyon ilk bora o‘zini zaxiradan maydonga tushirgan murabbiy bo‘ldi. Bundan 87 yil muqaddam Klarens Xilditch bu ishni bajargan edi. Eslatib o‘tamiz, Rayan Giggz «Old Trafford»da oxirgi o‘yinini o‘tkazdi.
Муҳокама
07.05.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi vaqtincha bosh murabbiyi Rayan Giggz «Hall»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.«Men shunchaki muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek Vidichga ham alohida rahmat. U bu yil jamoamizdan ketmoqda. Bu yil hammaga ham qiyin bo‘lganini his qilib turibman».«Men shunchaki bizga muxlislik qilishda davom eting, dekyman. Bugun biz biroz kelajakka qaradik. Biz hyech qachon bir joyda turib qolmaymiz va yoshlarga imkon berib, rivojlanishda davom etamiz».«Ba’zan g‘alaba qozona olmasligimiz mumkin. Ammo biz ishlamoqdamiz va «Old Trafford»ga yaxshi kunlar qaytishiga ishonaman», - deydi Giggz.
Муҳокама