Янгиликлар /

Jons: Juda ham afsusdaman

06.05.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Fil Jons muxlislar ularni tanqid qilishga to‘la haqli ekanliklarini aytib o‘tdi.«Muxlislar bizga hushtakbozlik qilishga to‘la haqqilari bor. Buning sababi aniq. Biz qiyin mavsumni boshdan kechirdik. Ayniqsa, o‘z maydonimizda mag‘lub bo‘lganimizni ko‘rish muxlislarga og‘ir botishi tabiiy».«G‘alabalarni davomiy qila olmadik. Juda ham afsusdaman», - dedi Jons.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu»Robbenni xarid qilmoqchi

06.05.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi «Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robbenni xarid qilishga urinib ko‘radi.

Agar jamoani Lui van Gal boshqaradigan bo‘lsa, mankunianliklar ushbu transferni amalga oshirishga urinib ko‘rishadi. Eslatib o‘tamiz, van Gal hozirda Gollandiya terma jamoasini boshqarmoqda. U JCh-2014dan keyin termadan ketadi.

Ushbu mavsumda Robben Germaniya chempionatida 27ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol kiritgan.

Britaniya nashrlarining maʼlumotiga ko‘ra may oyi yakuniga qadar jamoani kelasi mavsumda boshqaradigan murabbiy nomi aniq bo‘ladi.

Муҳокама

06.05.2014

«Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidich uchun «Hall Siti» bilan navbatdagi uchrashuv «Old Trafford» da o’tkaziladigan oxirgi o’yiniga aylanadi.
Vidich ingliz jamoasida o’tkazgan davrini unutmasligini va juda samarali o’yin ko’rsatganini aytib o’tdi. «Men hech nimadan afsusda emasman», - deydi Vidich. – «MYu» da bor kuchim bilan harakat qildim».
«Hech qachon faoliyatimni «MYu»da tugataman deb o’ylamagandim».
«Chunki hali ko’p narsani amalga oshirishim, ko’p narsani ko’rishim kerak. «Yunayted»da o’tkazilgan yillar to’g’risida faqat ijobiy taassurotlar esimda qoladi. 15ta sovrin – kichkina natija emas. «MYu» – bu mening oilam».

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz maydonga tushishi mumkin

06.05.2014

«Manchester Yunayted» jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi Rayan Giggz «Xall Siti» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Ushbu uchrashuvda maydonga tushish orqali 40- yoshli Giggz «Old Trafford»dagi o‘zining so‘ngi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. «Ha, bu men uchun maydondagi so‘ngi imkoniyat bo‘lishi mumkin, men uchun xozirda muhimi uchrashuvda murabbiy sifatida g‘alabaga erishish, - deydi Giggza jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.« Asosiy tarkibda maydonga tushamanmi yoki zahiradanmi muhimi ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishuchun yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rstish istagidamiz».«Albatta, maydonga tushib g‘alaba to‘pini kiritish ajoyib ish bo‘lar edi. O‘ylashimcha, bundan barcha quvongan bo‘lardi. Shunday ekan uchrashuvni kutamiz, xammasi shunda hal bo‘ladi».

Муҳокама

29.04.2014

«Manchester Yunayted» darvozaboni Anders Lindegor vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimini o‘tab turuvchi Rayan Giggzni «qizil iblislar»ning o‘z Xosep Gvardiolasi deya e’tirof etdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Lui Van Gal «Old Trafford»da o‘z faoliyatini davom ettirishiga rozi bo‘lgan. Biroq Lindegor Giggz ham bu vazifani a’lo darajada uddalay olishiga ishonmoqda.
«Uning «Norvich» bilan o‘yin oldidan bizga aytgan so‘zlaridan so‘ng jamoa «trildi». Bunday his-tuyg‘ularni faqatgina ser Aleks Fergyuson davrida his qilganman».
«Ba’zilar kechagi jamoadoshing bugun muvaffaqiyatli murabbiy bo‘lishida shubha qilishlari mumkin. Ko‘pchincha menda ham bunday holat bo‘ladi, ammo Giggz - umuman o‘zgacha vaziyat».
«Balkim, bu gaplarim sizga g‘alati tuyilar, tushunib turibman, biz to‘rt yoki besh kun mashg‘ulot o‘tkazdik, bitta o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik, lekin hozirda biz yangi Gvardiolani futbol olamiga kirib kelishiga guvoh bo‘lmoqdamiz».
«Birgina savol shunda-ki, u o‘z qobiliyatini hoziroq namayon etishga tayyormi. Qarorni men emas, jamoa chiqaradi, biroq biz raxbariyatning har qanday tanlovini xurmat qilamiz», - deydi Lindegor.

Муҳокама

Янгиликлар /

Van der Sar: Van Gal eng kuchlisi

29.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi afsonaviy darvozaboni Edvin van der Sar Lui van Galning sobiq jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi borasidagi xabarlarga o‘z qarashini bildirdi.
Aynan Van Galning qo‘l ostida van Der Sar «Ayaks» safida yeChL va Gollandiya chempionati sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
«Qachon «Yunayted» van Galning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qilsa, men sizga uning haqiqiy ustun taraflarini aytib beraman».
«Oldin ham aytganman, van Gal – men bilan birga ishlagan murabbiylar ichida eng kuchlisi», – deydi golland.
Eslatib o‘tamiz, « Yunayted» ga kelasi mavsumda Lui van Gal bosh murabbiy bo‘lishi to‘g‘risida taxminlar aytilmoqda.

Муҳокама

29.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill «MYu» rahbariyatini jamoaga britaniyalik murabbiyni olib kelishga chaqirdi.«Giggzning yana 2-3ta o‘yinda murabbiylik qilishini ko‘rmoqchiman. Uning debyuti ajoyib chiqdi, keyingi o‘yinlarni ham kuzatish zarur. Giggzda tajriba yo‘q, ammo u jamoani juda yaxshi biladi. Van Galda esa katta tajriba bor, ammo u Premer-ligani yaxshi bilmaydi».«Nima bo‘lganda ham, jamoa xo‘jayinlari bu borada qaror chiqarishadi. Ammo men «MYu»ni britaniyalik murabbiy boshqarishini istagan bo‘lardim. Chunki bu jamoani hamisha britaniyaliklar boshqarishgan. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi», - deydi Nevill.

Муҳокама

25.04.2014

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi lavozimini vaqtincha o‘tab turuvchi Rayan Giggz birinchi matbuot-anjumanini o‘tkazdi.
«Bugungi kunga kelib jamoam bosh murabbiyi bo‘lganimdan faxrlanaman, butun hayotim davomida bunday faxr tuyg‘usi hali meni qurshab olmagan edi. «MYu»ni butun hayotim davomida qo‘llab-quvvatlab kelganman, jamoaning 13 yil davomida bir qismi bo‘lib keldim. Men xursandman, biroz asabiylashmoqdaman, biroq shanba kungi o‘yinni tezroq kelishini istayman».
«Mashg‘ulotlar chog‘ida futbolchilarning vaziyatga to‘g‘ri yondoshayotganlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim, bu omadsiz mavsumni kerakli notada yakunlashga urinib ko‘ramiz. Futbolchilarga men ishonaman. Ular nimalarga qodir ekanliklarini bilaman, shanba kuni bo‘lsa buni ular maydonda isbotlashlarini istayman».
«Barcha bu mavsumdan hayratda. Biz birgalikda g‘alaba qozonamiz, mag‘lubiyatni ham birgalikda baham ko‘ramiz. Mazkur to‘rtta qolgan uchrashuv bizning va asosiysi sizning yuzingizga biroz bo‘lsada tabassum olib kelishini istaymiz. Gollarni, kurashni va ishtiyoqni ko‘rishni istayman, stadiondagi muxlislar yana avvalgi g‘alabali onlarga qaytishlariga bor kuchim bilan intilaman», – deydi Giggz.
Eslatib o‘tamiz, murabbiylar shtabidan jamoaning sobiq o‘yinchilari Pol Skoulz, Fil Nevill joy olishgan.

Муҳокама

24.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi kelayotgan yozda «PSJ» jamoasi hujumchisi Edinson Kavani va «Barselona» klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregasni xarid qilishga urinib ko‘radi, deya xabar beradi The Guardian nashri.«MYu» ijrochi direktori Ed Vudvord Parij klubining hujumchisi sotishga tayyorligidan foydalanib qolmoqchi. Shuningdek, nashrning ma’lumotiga ko‘ra, «Yunayted» Seskni qo‘lga kiritishga qayta urinib ko‘rmoqchi.Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik xavbek Manchesterga ko‘chib o‘tishga tayyor edi, biroq uning transferi borasidagi taklif Kataloniya klubini qoniqtirmadi.«Sautgempton» himoyachisi Lyuk Shou ham «MYu»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Mankunianliklar Lyuk uchun 30 million funtdan voz kechishga tayyorlar.
Kavanining transferi esa 60 million yevroga tushishi mumkin.Shuningdek, «Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasidan «Bavariya» yarim himoyachisi Toni Kroos, «Tottenxem» himoyachisi Yan Vertongen, «Real Sosedad» futbolchisi Antuan Grizmann va «Roma» yarim himoyachisi Kevin Strootman ham joy olishgan.

Муҳокама

24.04.2014

«MYu»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoa rahbariyatiga jamoa bosh murabbiyi etib Anchelottini tayinlashni taklif qilgan.Xabaringiz bor, mankunianliklar Devid Moyesni haydab yuborib, uning o‘rniga munosib nomzod izlashmoqda.Avvalroq, jamo bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar qilingandi. Jumladan, «Borussiya» ustozi Yurgen Klopp, «Atletiko» murabbiyi Diego Simeone va Gollandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal.

Муҳокама