24.04.2014
«MYu» jamoasi yarim himoyachisi Adnan Yanuzay nihoyat qaysi terma jamoada o‘ynash borasida yakuniy qarorga keldi.
Futbolchi Belgiyadan tushgan taklifni qabul qildi va jahon chempionatida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots xabar berib o‘tgan.
«Biz rasmiy tasdiq oldik: Adnan Yanuzay Belgiya terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Bu juda ajoyib yangilik va men shunday iqtidorli futbolchiga umid bog‘lay olishimdan juda xursandman»,- deydi murabbiy.
Муҳокама
24.04.2014

«MYu»ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes jamoadan iste’foga chiqarilganidan so‘ng bayonot berdi.«Men har doim jahonning eng yaxshi klublaridan biri - «Manchester Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlaganlaridan faxrlanganman va faxrlanman.Uzoq davom etgan barqaror va omadli davrdan so‘ng bu vazifaga o‘tirish rad qilib bo‘lmas chaqiriq edi. Ammo men buni xursandchilik bilan qabul qildim va o‘z qarorimdan zarracha afsusdamasman.«MYu» bosh murabbiyiga bo‘lgan talab juda katta, ammo men og‘ir mehnatdan bo‘yin tovlamadim va bu murabbiylar shtabiga ham tegishli. Men ularga jonbozliklari va vafodorliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.Albatta, men o‘zimni qo‘llagan barcha muxlislarga ham minatdorchilik bildiraman. Ularga kelgusida eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.Men jamoani Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqqanimdan faxrlanaman.Shuningdek, ser Aleks Fergyusondan ham «Manchester Yunayted»ni boshqarishda menga bo‘lgan ishonchi uchun minnatdorman», - deyyiladi Moyesning bayonotida.
Муҳокама
22.04.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachi Pol Skoulzni jamoaga qaytarish borasida ish olib bormoqda.Skoulz «MYu» boshqaruv tizimidagi lavozimlardan biriga taklif qilingan edi. Ammo sobiq futbolchi mavsum boshidagi bu taklifdan bosh tortgan.Ammo Devid Moyes jamoadan ketgach, Skoulz murabbiylar tizimida ishlashi uchun imkon yuzaga kelgan. Shu tariqa mankunianliklar shonli o‘tmish bilan aloqani saqlab qolmoqchi.Shuningdek «MYu» murabbiylar shtabida ishlab kelgan Fil Nevill ham jamoada qoladi. Garchi Devid Moyesning barcha yordamchilari iste’foga chiqarilgan bo‘lsada, Fil Nevill olib qolingan.Avval ham xabar qilinganidek, mavsum oxiriga qadar Rayan Giggz vaqtincha «MYu» bosh murabbiyi lavozimida ishlab turadi.
Муҳокама
22.04.2014
Devid Moyes «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan ozod qilindi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.Jamoa Devid Moyesga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar.Jamoaga yangi bosh murabbiy nomi hozircha e’lon qilingani yo‘q. Ayrim xabarlarga ko‘ra mavsum so‘ngiga qadar Rayyan Giggz jamoani boshqarib turadi.>
Муҳокама
18.04.2014
The Telegraph nashrining xabar berishicha jamoa yetakchisi Ueyn Runi «Everton» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.Runi payshanba kungi mashg‘ulotlarda to‘liq tarzda ishtirok etdi. U so‘ngi «Bavariya» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohti sababli og‘riq qoldiruvchi ukol bilan maydonda xarakat qilgan edi. Ayrim britaniya nashrlarining xabariga ko‘ra futbolchi mavsum so‘ngiga qadar maydonga tusha olmasligini aytishgandi. Bu taxminlar o‘rinsiz chiqdi va Runi jamoa bilan mashg‘ulotlarga qo‘shildi hamda «Everton» jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.Shuningdek, The Telegraph xabarida Maruan Fellaynning ham ahvoli yaxshi ekanligi va u ham jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani ta’kidlanmoqda.
Муҳокама
18.04.2014
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz yahlit bir kuch bo‘lib birlashishimiz lozim. Hozir kimnidir ayblash vaqti emas. Biz birga bo‘lishimiz kerak: futbolchilar, murabbiylar, klub ishchilari va direktorlar kengashi. Biz murabbiyga ishonishimiz va birgalikda kuchayishimiz lozim».
«Gap faqat Moyes va uning taktikasida emas. Barchamiz aybdormiz, hozir aybdor qidirish vaqti emas».
«Do‘stlarimning aytishicha, Ispaniyada bunday vaziyatda boshqacha qaror qabul qilgan bo‘lardi. Ammo bu yerda futbolchilar va jamao murabbiy uchun tog‘dek qalqon bo‘ladilar», - deydi Mata.
Муҳокама
17.04.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi futbolchilari Ueyn Runi va Xuan Mata «Kristi» tibbiy shifoxonasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.Futbolchilar ushbu tadbirda ishtirok etib shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suxbat qurib suratga tushishdi. Shifoxona yangi tibbiy texnik qurilmalar va bemorlarni jismoniy holatini nazorat qilishga oid jihozlar bilan boyitildi. Ueyn Runi 7 yildan buyon «Manchester Yunayted» va «Kristi» shifoxonasi hamkorlikda tashkil etayotgan tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.
>
Муҳокама
17.04.2014
The Daily Mail nashri xabar berishicha Devid Moyes Portugaliya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Benfika» va «Portu» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan. «Manchester Yunayted» bosh murabiyi «Eshtadiu da Lush» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida «Portu» yarim himoyachisi Eliakim Mangalya va hujumchi Djekson Martines, hamda xuquqiy jixatdan «Granadaga» tegishli bo‘lgan ijara asosida «Benfika» sharafini himoya qilayotgan qanot himoyachi Gilerme Sikeyrolarga katta e’tibor qaratgan.
Муҳокама
15.04.2014
The Mirror nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining afsonaviy futbolchisi Rayan Giggz tez orada faoliyatini tugatish to‘g‘risida rasmiy bayonat bermoqchi. Chempionlar ligasida «Bavariya» jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchi qisqacha musobaqa xaqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.«Meni yana Chempionlar ligasida ko‘rasizlarmi? Yo‘q. Men ushbu musobaqada ikki bor g‘olib chiqqanman. To‘rt marta musobaqa finalida o‘ynadim. Bu musobaqa hamisha men uchun alohida ahamiyat kasb etgan», - deydi Giggz.Giggz Yevropa Chempionlar ligasida 141ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu borada u faqat Rauldan ortda qolmoqda.
Муҳокама
15.04.2014
The Telegraph nashri korrespondenti Mark Ogdenning so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Everton» jamoasiga qarshi o‘tadigan uchrashuvda ham maydonga tusha olmaydi.28 yoshli hujumchi «Bavariya» jamoasiga qarshi javob uchrashuvida og‘riqni qoldiruvchi ukol bilan maydonga tushgan. Ueynni hozirda oyoq barmoqlaridagi jarohat qiynamoqda va u to‘liq sog‘ayib safga qatishi uchun biroz muddat zarur.Uning jarohatidan shuningdek Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi ham havotirga tushgan, Braziliyada o‘tadigan jahon chempionati boshlanguga qadar hujumchini yuqori sport formasida safga qatishiga umid bog‘lashmoqda.
Муҳокама