15.04.2014

The Daily Mail nashri xabar berishicha jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes bir qator futbolchilarga jarima solmoqchi. Denni Uelbek, Tom Kleverli va Eshl Yanglar «Bavariya» dan uchralgan mag‘lubiyatdan 24 soat o‘tar o‘tmas ko‘ngilxushlik bilan band bo‘lishgan.Angliya terma jamoasiga nomzod uch futbolchi Manchester markazida tungi soat 3:20 da fotograflarnishoniga tushishgan. Ertasi kungi o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda «Yunayted» futbolchilari bilan Devid Moyes o‘zaro gaplashib olgan va ularga alohida mashg‘ulotlar joriy qilgan. Nashrning xabariga ko‘ra futbolchilarga solinadigan jarima miqdori xozircha noma’lum, taxminlarga ko‘ra futbolchilar 1-2 haftali maoshlaridan voz kechishlari mumkin ekan.

Муҳокама

15.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra jamoa darvozaboni David De Xea mart oyiniga jamoadagi eng yahshi o‘yinchisi etib topildi.23 yoshli ispaniyalik darvozabon «Vest Brom» va «Vest Xem» jamoalariga qarshi uchrashuvda darvozasini dahlsiz saqlay oldi. Shuningdek, Chempionlar Ligasining «Olimpiakos» ga qarshi o‘tgan uchrashuvda esa jamoasini golli vaziyatlardan ishonchli tarzda himoya qildi.So‘rovnoma yakuni quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi, De Xea 61%, Ueyn Runi (34%) va Fil Jons (5%).Bu haqida futbolchining o‘zi quyidagi fikrni bildirdi. «Men hozirda o‘zimning sport formamdan juda ma’mununman. Jamoada ham o‘zimni juda ishonchli his qilmoqdaman. – Men ketma-ket uchrashuvlarda maydonga tushmoqdaman, va yanada ko‘proq o‘rganib o‘yinlarimdagi barqarorlikni oshirishga xarakat qilmoqdaman. Ishlarim yaxshi ketayotganidan ma’mununman»- deydi De Xea United Review ga bergan intervyusida.

Муҳокама

15.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand faoliyatini yakunlamoqchi emas.«Men futbol o‘ynshada davom etmoqchiman – bu mening maqsadim. Hozircha oyoqlarim pand bermayapti. «MYu»da qolaman-mi yoki yo‘q? Hammasi jamoaga bog‘liq.«Mavsum oxirida barchasi ma’lum bo‘ladi. Xuddi o‘tgan mavsumdek ish qilamiz: gaplashamish hamda hal qilamiz».«Yana «Manchester Yunayted»da qolish – bu orzu. Men orzu bilan yashayapman va shu bilan yashashda davom etmoqchiman», – deydi Ferdinand.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Bu fantastika!

09.04.2014

«Bavariya» qarshi uchrashuvdan oldin «Yunayted» xujumchisi Ueyn Runi ushbu bahs haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.«Biz g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqmoqchimiz, - deydi Runi UeFA ning rasmiy saytiga bergan intervyusida. –Buni uddalashimiz uchun bizda yuqori saviyadagi futbolchilar yetarlicha topiladi. To‘g‘ri bu qiyin bo‘lishi aniq. «Bavariya» ham xuddi «Barselona» kabi ushbu turnirning eng yaxshi jamoasi».«Bizdan eng yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish qilish talab qilinadi va shunga biz tayyormiz. Bu biz uchun ham, muhlislar uchun ham juda qiziqarli o‘yin bo‘lishi aniq. Albatta bunday o‘yinda ishtirok etish – bu fantastika!».

Муҳокама

09.04.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi AQSh da o‘tkazilishi rejalashtirilgan turne doirasida yana bir uchrashuv o‘tkazilish sanasiga oydinlik kiritdi.Jamoa 2014 yil 23 iyul kuni Kaliforniya shtatining Pasadena shaxrida joylashgan «Rouz Boul» stadionida «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.Ushbu uchrashuvda «Yunayted» futbolchilari ilk bora jamoa futbolkalarida yangi homiy «Shevrole» kompaniyasi logotipi tushurilgan holda maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
>

Муҳокама

09.04.2014

"«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoa muhlislari uchun jamoaning ushbu mavsumdagi «Eng yaxshi o‘yinchi» va «O‘rinbosarlar tarkibining eng yaxshi o‘yinchi» sini aniqlash yuzasidan so‘rovnomani e’lon qildi.Dastlabki nominatsiya g‘olibi jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilari orasidan tanlab olinsa, o‘rinbosarlar o‘rtasidagi «Eng yaxshi o‘yinchi» uchun asosiy uch nafar nomzod qo‘yilgan: Charn Ekangamene, Ris Djeyms va Sayd Yanko.Ovoz berish yakunlari 2014 yil 8 mayda bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi. Shuningdek tadbirda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlanadi:- Sera Mett Basbi nomidagi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi mukofoti.- Mavsumning eng chiroyli goli.- Denzila Xarun nomidagi o‘rinbosarlar tarkibining eng yaxshi o‘yinchi mukofoti.- Jamoa futbolchilari fikriga ko‘ra jamoaning eng yahshi o‘yinchisi.- Djimmi Merfi nomidagi Akademiyaning eng yaxshi o‘yinchisi mukofoti.
"

Муҳокама

09.04.2014

«Bavariya» jamoasiyarim himoyachisi Toni Kroos jamoadoshlariga «Manchester Yunayted» klubida o‘ynashniistayotganini oshkor qildi, deya xabar beradi Daily Mail nashri.

Nashrning ma’lumotigako‘ra, o‘yinchi o‘z istagi borasida «Bavariya» bosh direktori Karl-XaynsRummenigge bilan suhbatlashdi. Rummenigge, esa o‘z navbatida, u kelayotgan yozdaMyunxen klubini tark etmasligini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, «MYu» futbolchi qo‘lga kiritish niyatidanvoz kechmayapti. Kroosning «Bavariya» bilan shartnomasi bir yildan so‘ng tugashisabab, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, myunxenliklar 24 yoshli o‘yinchini 20 millionyevrodan ortiq qiymat evaziga sotishga tayyorlar.

Муҳокама

08.04.2014

Ueyn Runi jamoaning bugun tongda o‘tkazgan mashg‘ulotlarida ishtirok etdi va u «Bavariya» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Shuningdek mashg‘ulotlarda umumiy guruhda Patris Evra va Rayan Giggzlar ham ishtirk etishdi.Kecha o‘rinbosarlar tarkibida«Aston Villa» jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgan Jonni Evans ham jamoa bilan birga. Mashg‘ulotlarni Maruan Fellayni va Rafael Da Silvalar ayrim sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.Jamoa bugun Myunxenga uchib ketadi va jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes uchrashuvdan oldin o‘tkaziladigan press-konferensiyada ishtirok etadi.>

Муҳокама

08.04.2014

«Nyukasl» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan xujumchi Xaver Ernandes 2013 yil 28 dekabrdan buyon birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu xaqida futbolchi quydagilarni aytib o‘tdi.«Bu mavsum men uchun juda og‘ir kechmoqda, lekin men chidam va sabr bardosh bilan barchasini yengib o‘tib maydonda o‘zimni ko‘rsatishga xarakat qilaman, - deydi Chicharito jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida. - Hozirda mening hisobimda 9 ta gol bor, shunday ekan tirishqoqlik bilan mehnat qilishda davom etaman ».«So‘ngi uchrashuvda 90 daqiqa xarakat qilganimdan juda xursand bo‘ldim. Asosiy tarkibda maydonga tushganimga ham ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘ylashimcha JCh-2014 gacha menda o‘yin amaliyoti to‘liq bo‘ladi. Maydonda 90 daqiqa yoki 1 daqiqami, muhimi jamoaga ushbu mavsumda yordam bera olsam bo‘lgani».

Муҳокама

08.04.2014

Agent Andrea Pastorelloning aytishicha uning mijozi yarim himoyachi Luish Nani yozda «Manchester Yunayted» ni tark etish ehtimoli bor. Bu xaqida u Sky Sports nashriga bergan intevyusida ma’lumot berigan.«Nani – juda iqtidorli o‘yinchi, u yozda Manchesterni tar etish ehtimoli bor. Unga hozirda «Fiorentina» va bir qator italyan jamoalari qiziqish biodirishgan, birgina muammo bor – bu ham bo‘lsa uning maoshi. Albatta biz barcha takliflarni o‘rganib chiqamiz».«Biz «Manchester Yunayted» bilan juda yahshi munosabatdamiz. «Fiorentina» jamoasi Anderson, singari Naniga ham qiziqish bildirmoqda. Barchasiga mavsum yakunlanganidan so‘ng oydinlik kiritiladi». Eslatib o‘tmiz, 2013 yil sentyabr oyida 27 yshli futbolchi jamoa bilan uzoq muddatli yangi shartnoma tuzgan edi. Futbolchining jarohati sababli ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubormoqda va hozirgi kunga kelib u faqatgina 12 bor maydonga tushgan.

Муҳокама