Янгиликлар /
Fletcher: Mata o‘yiniga muvozanat olib kirdi
08.04.2014

«Mata «Yunayted» o‘yiniga muvozanat olib kirdi. U juda aqlli futbolchi va barcha narsani yaxshi amalga oshiradi. Uning paslari va gollari juda kerakli. U to‘psiz ham yaxshi o‘ynaydi. Balki u har bir o‘yinda podkat amalga oshirmas, ammo o‘yinni juda yaxshi o‘qiydi.
Mata har doim mening oldimda o‘ynaydi va u egallagan pozitsiya raqib hujumlarini to‘sib qolayotganini ko‘raman. U juda ko‘p harakat qiladi va uning statistikasi jamoadagi eng yaxshilardandir.
Menimcha u darhaqiqat yuqori saviyali futbolchi va jamoamizga juda yaxshi moslashib ketdi. U birinchi golini urgani zahoti yana ikki gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi», - deydi Fletcher.
Янгиликлар /
Runi 2-3 kunda to‘liq shay holda bo‘ladi
07.04.2014

Янгиликлар /
Van Persi 4-6 haftada maydonga qaytadi
07.04.2014

Van Persi 26 aprelda «Norvich» jamoasiga qarshi uchrashuvda yoki «Sanderlend» jamoasi bilan bo‘ladigan uchrashuvga safga qaytishi mumkin.
«Robin hozirda Gollandiyada tiklanish jarayonini o‘tamoqda –deydi Moyesa Sky Sports nashriga bergan intervyusida».«Biz uning holatini doimiy ravishda kuzatib bormoqdamiz. U bir qator kompleks mashqlar ustida ishlamoqda».«Bizning taxminimizga ko‘ra u 4-6 hafta ichida jarohatdan to‘liq qutiladi. Biz hammasini o‘z nazoratimizga olganmiz».«Shifokorlar maslahatiga va Robinning holatiga qarab aniq bir qarorga kelamiz. Hozirda u o‘zini yaxshi xis qilayotganini ta’kidlamoqda. O‘ylashimcha uning shifokorlari ham shunday fikirdalar».
Янгиликлар /
Mata: Biz uchun ajoyib kun bo‘ldi
07.04.2014

«Barchasi yuqori iqtidor egalari, va ular bilan bir safta to‘p surish juda yengil. Biz ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Chicharito uchun ham juda ma’mnun u golli vaziyatda ajoyib xarakat qildi. Zahiradan maydonga chiqqan Adnan ham o‘z o‘yinini ko‘rsata oldi».Jurnalistlarning Mataga birinchi gol urgandan so‘ng dastlab Davidu De Xeani qutlagani borasidagi savoliga u quyidagicha javob berdi.«David men uchun juda xursand bo‘ldi va o‘yindan avval u menga bugun albatta gol urishimni aytgan edi. Shuning uchun ham men birinchi bo‘lib uning oldiga bordim. Biz turli hil gollarni urdik, birinchisi ahamiyatli bo‘ldi, ikkinchi gol ham chiroyli yakuniga yetkazildi».
Янгиликлар /
«MYu» yozda «Real Madrid» bilan o‘ynaydi
07.04.2014

Янгиликлар /
Kagava: Ajoyib natijaga erishdik
06.04.2014

«ManchesterYunayted» yarimhimoyachisi Sindzi Kagava «Nyukasl» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba(4:0) haqida fikr bildirdi.
«Ajoyib natijaga erishdik. Maydonda ishimiz o‘ngidankeldi. Bu kun, shunchaki «Nyukasl»ning kuni emas ekan. Endi e’tiborimizni chempionlarligasiga qaratamiz. Ozgina qahramonlik ko‘rsatishimizga to‘g‘ri keladi. «Nyukasl»ustidan qozongan g‘alabamiz bizni ruhlantirishi kerak», - deydi Kagava.Янгиликлар /
Yanuzay Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi
04.04.2014

Янгиликлар /
«MYu» Kroos borasida taklif bilan chiqmoqchi
04.04.2014

The Mirror nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Bavariya» yarim himyachisi Toni Kroosni qo‘lga kiritish uchun jiddiy tarzda kirishgan.
24 yoshli yarim himochi Germaniya chempionlari bilan tuzgan shartnomasi 2015 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Hozirgi kunga qadar futbolchi yangi shartnoma yuzasidan jamoa raxbariyati bilan kelishuvga erisha olmayapti. «Bavariya» esa futbolchi bilan kelishuvga erisha olmasa uni boshqa jamoaga sotib yuborishni ko‘zlamoqda.
«Yunayted» esa futbolchi uchun 40 million funt mablag‘ taklif qilishni rejalashtirib yuribti va shu orqali futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.Shuni eslatib o‘tish lozimki, so‘ngi bir necha uchrashuvda bosh murabbiy tomonidan zahiraga olingan Kroos o‘z noroziligini ochiqchasiga namoyish etgan.
Янгиликлар /
«MYu» futbolchilar bilan muzokara boshladi
04.04.2014

Янгиликлар /
Biz - «Manchester Yunayted»miz!
01.04.2014

Rayan Giggz: «Biz o‘zimizni autsayder his qilmayapmiz. Biz - «Manchester Yunayted»miz, biz Chempionlar ligasi bahsini o‘z uyimizda o‘tkazmoqdamiz. O‘yin boshlanishini toqatsizlik bilan kutmoqdaman».
«Bu ikki buyuk jamoa, ikki buyuk tarix va to‘g‘ri futbol namoyish etuvchi jamoalar to‘qnashuvi bo‘ladi», - deydi
«Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand esa o‘zining Tvitterdagi sahifasida o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Bizni «Bavariya»ga qarshi ajoyib o‘yin kutib turibdi. Uni intizorlik bilan kutmoqdaman, stadiondagi atmosfera juda zo‘r bo‘ladi. Yutamiz-da, albatta!».
«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael: «Biz g‘alaba qozonishimiz uchun o‘z imkoniyatlarimizning 200% yoki 300%dan foydalanishimiz kerak».
«Barcha bu naqadar qiyin bo‘lishini bilib turibdi. Shu sabab ham biz maksimum darajada yaxshi o‘yin o‘tkazishimiz kerak ekanini aytmoqdaman».