31.03.2014
«MYu» jamoasi chap qanot himoyachisi Aleksander Byuttner «Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robben bilan ertangi to‘qnashuvga tayyor.
«Bavariya» bilan uchrashuv oldidan o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchim juda yuqori. Roben nimalarga qodir ekanini yaxshi bilaman, biroq men u bilan to‘qnashuvga tayyorman.
Men uning o‘yinini o‘rganib chiqdim, shu sabab yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda undan nima kutishni bilaman.
O‘ylashimcha, agarda Robbenga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkaza olsam, bu kelajakdagi faoliyatimga katta yordam beradi. Aren juda yaxshi o‘yinchi, biroq men undan nima kutishni bilaman», - deydi Byuttner.
Eslatib o‘tamiz, Evra yig‘ilib qolgan sariq kartochkalari uchun ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Муҳокама
31.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi o‘z stadioni nomini sotish borasida muzokaralar olib bormoqda.Hozirda mankunianliklarning stadioni «Old Trafford» deb nomlanadi. Biroq jamoa egalari stadion nomini Nike kompaniyasiga 500 million funtga sotishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Nike «Manchester Yunayted»ning texnik hamkoridir.
Муҳокама
31.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.«Endi bor e’tiborni Chempionlar ligasidagi o‘yinga qaratamiz. Musobaqa boshlanishidan oldin ko‘pchilik agar «MYu» chorak finalga yetib borsa, shuning o‘zi ham katta natija, deb aytishayotgandi. Ammo biz final haqida o‘ylayapmiz. «Bavariya» dunyoning eng kuchli jamoasi. Biz ushbu jamoaga qarshi o‘yinga tayyormiz. Ayniqsa, o‘z maydonimizda kechadigan o‘yinlarda hamisha muxlislar bizni kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. «Old Traffor» da har qanday jamoa qiyinchilikka uchraydi», - deydi Moyes.
Муҳокама
28.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi «Kolit kasalligiga qarshi birgalikda» fondi bilan hamkorlikda hayriya kechasida ishtirok etdi. Tadbir oshqozon-ichak kasalligiga qarshi kurash sifatida olib borildi.Tadbirning ishtirokchilaridan biri «Yunayted» yarim himoyachisi Darren Fletcher sal kam ikki yil mobaynida ushbu kasallik bilan kurashdi va bir nech oy avval sog‘ayib safga qatgan edi. Tadbirda shuningdek ushbu kasallik bilan og‘rigan sportchilar va mashhur kishilar ishtirok etishdi.Marosimda «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi, jamoa a’zolari hamda ser Aleks Fergyuson ham tashrif buyurdi.>
Муҳокама
28.03.2014
«Manchester Yunayted» akademiyasining 1992 yilgi bitiruvchilari Pol Skoulz, Rayan Giggz, Bekxem, Nikki Batt va aka-uka Fil va Gari Nevilllar yaqin orada «Selford Siti» egasiga aylanishadi.«MYu» jamoasi sobiq futbolchilari klubni harid qilish borasida kelishuvga erishishgan. Endi mazkur haridni Angliya futbol assosatsiyasi tasdiqlasa bo‘lgani. Xabarlarga ko‘ra, barcha rasmiyachiliklar yozda yakunlanadi.Oldinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, agarda mazkur harid amalga oshsa, mazkur jamoa stadionida yangi o‘rindiqlar va yangi mashg‘ulotlar bazasi ham quriladi, mazkur qurilishlar uchun davlatdan ruxsat olib bo‘lingan.«Selford Siti» hozirda Angliya sakkizinchi dvizionining 9-o‘rnida bormoqda.
Муҳокама
28.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand jamoa bu yil sovrinlarga loyiq emasligini aytib o‘tdi.«Men oxirgi o‘yinlarimizdan juda ham xijolatdaman. Bunday o‘yinlardan keyin odam ko‘chaga chiqishga yoki televizorni yoqishga ham uyalib qolarkan. Hattoki, bolalarimni maktabga ham olib borgim kelmayapti».«Xuddi odamlar menga boshqacha qarayotgandek tuyulyapti. Bu holat shaxsiy hayotimizga ham ta’sir o‘tkazmoqda. Hyech kim bu ahvolda yashagisi kelmayapti. Boshqa jamoalar sovrinlarni yutib olayotganini ko‘rish juda ham og‘ir. Axir biz o‘zimiz ham sovrinlarni qo‘lga kiritishga ko‘nikib qolgandik. Biz shuning uchun to‘p suryapmiz, axir».«Meni to‘g‘ri tushuning, «Manchester Yunayted» hamma sovrinlarni yutib olishi kerak, boshqalarning bunga haqqi yo‘q, degan ma’noda gapirmayapman bu gaplarni. Shunchaki bu mavsum biz sovrin yutib olishga arziydigan o‘yin namoyish qilganimiz yo‘q», - deydi Ferdinand.
Муҳокама
28.03.2014
«PSJ» jamoasi himoyachisi Aleks «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. 31 yoshli himoyachi amaldagi shartnomasi yakunlangach faoliyatini «Milan»da davom ettirishga yaqin turgandi.
Ammo «PSJ» futbolchiga yana bir yillik shartnoma taklif qilib, uni jamoada olib qolmoqchiligini bildirgan. Shu bilan bir qatorda, futbolchiga Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasidan ham taklif tushmoqda. Qaysi jamoani tanlashni Aleksning o‘zi hal qilishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek «Manchester Yunayted» jamoasi «Fiorentina» jamoasi hujumchisi Xuan Kuadrado bilan qiziqmoqda, deya xabar beradi calciomercato.com.
Mazkur amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferga mankunianliklar florentinaliklar safida ijara asosida to‘p surayotgan Andersonni qo‘shishga tayyorlar.
Eslatib o‘tamiz, yaqinlashib kelayotgan yozda manchesterliklar safini Chicharito tark etishi mumkin, Kuardo bo‘lsa meksikalik futbolchiga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.
Муҳокама
25.03.2014
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatiga borishga umid qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.«Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirish juda qiyin. Aslida bu narsa har doim qiyin bo‘lib kelgan, terma jamoaga ilk bora chaqirilganimda ham shunday edi.Menimcha Del Boske uchun Braziliyaga boradigan 23 futbolchini tanlab olish juda qiyin bo‘ladi. Baxtimga terma jamoada o‘ynay boshlaganimdan buyon barcha yirik musobaqalarda ishtirok etdim. Shunday ekan, bu safar ham jahon chempionatiga borishga umid qilmoqdaman», - deydi Mata>
Муҳокама
24.03.2014
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes kelasi mavumda jamoaning sardori Ueyn Runi bo‘lishini aytib o‘tdi.Hozirda jamoaga sardorlik qilayotgan Nemanya Vidich kelasi mavsumdan Milanning «Inter» jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Shu munosabati bilan jamoaga kelasi mavsumdan boshlab Runi sardorlik qilishi ko‘zda tutilmoqda. «Runi taqlid qilishga arziydigan futbolchi deb ko‘rsatish mumkin. Uni jamoada sardorlik bog‘ichini taqishga loyiq futbolchilardan biri deb hisoblayman. Runi o‘zi ham jamoada sardorlikni bajarishga qarshi emas. Chunki u mas’uliyatdan qochmaydi», - deydi Devid Moyes.
Муҳокама
24.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Robin van Persi JCh-2014ga tizza jarohatidan so‘ng tiklanishga ulgurish maqsadida, o‘z vatani Gollandiyaga ketdi.Daily Mirror nashrining ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni 30 yoshli futbolchini Rotterdamda hassa tayangan holda ko‘rishgan. Van Persi mahalliy kasalxonaga murojaat qilib, dunyoning eng mashhur jarrohlaridan biri - Reyn Xeyburning ko‘rigidan o‘tdi.Shunday qilib, endi Van Persining 4-6 hafta davomida maydonga tush olmaydi.Eslatib o‘tamiz, dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra futbolchi tez orada safga qaytishi mumkinligi aytilgan edi. Lekin o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvda futbolchi jiddiy jaroxat olgani tasdiqlandi.
Муҳокама