20.03.2014
«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasining chorak finaldagi raqibi Shveytsariyaning Non shahrida bo‘lib o‘tadigan qur’a natijasidan so‘ng bilib oladi. Tadbir 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da bo‘lib o‘tadi.Devid Moyes jamoasi bilan birgalikda keyingi bosqichga «Atletiko Madrid», «Barselona», «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «Pari Sen-Jermen», «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari yo‘l olishgan.Qur’a qoidalariga ko‘ra jamoa keyingi boschiqda ixtiyoriy jamoa bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Chorak final uchrashuvlarining dastlabkisi 1-2 aprel kunlari bo‘lib o‘tsa javob bellashuvlari 8-9 aprel kunlariga belgilangan.
Муҳокама
20.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Fill Jons Chempionlar Ligasida «Olimpiakos» jamoasi ustidan qozonligan g‘alaba dan so‘ng uchrashuv haqida o‘z fiklarini aytib o‘tdi.«O‘yindan avval bizga aniq maqsad qo‘yilgan edi, 3 ta gol urib o‘z davrvozamizni dahlsiz saqlashimiz lozimligi aytilgandi va biz buni uddalay oldik, - deydi Jons MUTV ga bergan intervyusida.«Biz maydonning xar bir yerida yaxshi o‘yin namoyish qildik va keyingi bosqichga chiqish uchun astoydil xarkat qildik hamda natijaga erishdik».
«Hozirda jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi birgalikda qiyin holatdan chiqish uchun xarakat qilmoqdami. Tez orada bu og‘ir davr ham ortta qoladi va biz buni uddalashga qodirmiz».«Biz keyingi bosqichga chiqa olganimizdan juda baxtiyormiz. Bizga qanday raqib tushishidan qat’iy nazar sifatli o‘yin namoyish qilib keyingi bosqichga yo‘l olmoqchimiz».
Муҳокама
20.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Robin van Persi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jarohat olgandi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida Gretsiya jamoasining a’zosi Kostas Manolas o‘zaro to‘qnashuvda gollandiyalik hujumchining beliga qattiq zarba bergandi. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijalariga ko‘ra uning jarohati jiddiy emasligi aytib o‘tildi.Van Persi kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda qatnashishi mumkin.
Муҳокама
20.03.2014
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz mankunianliklarning YEChL pley-off bosqichi doirasidagi «Olimpiakos»ga (3:0) qarshi uchrashuvida maydonda 90 daqiqa harakat qildi.Shu bilan, uelslik futbolchi mazkur musobaqa pley-off bosqichida maydonga tushgan eng qariya futbolchi bo‘ldi – hozirda u 40 yoshu 110 kunlik.Eslatib o‘tamiz, Rayan Giggz Evropa kuboklari doirasidagi ilk o‘yinini «Manchester Yunayted» tarkibida 1991/92 mavsumda o‘tkazgan edi.
Муҳокама
18.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni David De Xea «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinda muvaffaqiyatga erishishga ishonayotganini aytib o‘tdi.«Gretsiyada yaxshi o‘yin namoyish qila olmaganimizni bilaman. Ular bizdan yaxshiroq o‘yin namoyish qilishgani uchun yutishdi. Bizning muxlislarga o‘xshagan muxlislar qo‘llab-quvvatlashi ostida biz dastlabki daqiqalardanoq hujum uyushtiramiz. Agar yaxshi o‘yin namoyish qilsak, maqsadimizga yetamiz deb o‘ylayman». «Biz kelasi bosqichga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz», - deydi De Xea UeFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Муҳокама
18.03.2014
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Olimpiakos»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.«Mening futbolchilarim hammasini yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodirlar. Biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ular bizni «Liverpul» ga qarshi o‘yinda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi, ammo biz ularning ishonchini oqlay olmadik».«Vaziyatning qiyinligini bilib turibmiz. Biz ikki to‘p farqini tezroq yo‘qotishga harakat qilamiz. Agar Chempionlar ligasida qolmoqchi bo‘lsak, kuchli o‘yin namoyish qilishimiz kerak», - deydi Moyes.
Муҳокама
18.03.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi muxlislarni Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda jamoani qo‘llab-quvvatlab turishga chaqirdi.«Liverpul»ga qarshi o‘yin faoliyatimdagi eng yomoni bo‘ldi. Ammo muxlislar bizni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Men ularga tashakkur izhor qilib, «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinda ham ana shunday tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rab qolaman. Sizning yordamingizda biz Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqa olamiz», - deb yozadi Runi o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Муҳокама
17.03.2014
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyat uchun muxlislardan kechirim so‘radi.«Muxlislar qo‘llashini ta’riflash uchun so‘z yetmaydi. Bunday o‘yinlarda muxlislarga munosib tarzda javob qaytara olmaganimdan aqldan ozay deyman».«Ammo bo‘ron tinadi va yana quyosh chiqadi. Men bunga shubha qilmayman. Hyech kim oson bo‘ladi, deb aytmagandi».«Bu futbol - u fantastik hissiyotlarni taqdim etadi. Ammo ba’zon og‘ir vaziyatlarga ham tushib qolasan. Bunday vaqtlarda g‘urur va professionalizmni namoyish etish lozim», - deydi futbolchi.
Муҳокама
17.03.2014
«Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasining joriy mavsumida o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, bir qator salbiy rekordlarni qayd etmoqda. Jumladan, kecha jamoa «Liverpul»ga o‘z maydonida imkoniyatni boy berib, uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlar sonini 5 taga yetkazib qo‘ydi.Shu tariqa, «qizil iblislar»ning «Old Trafford»da ochkosiz qolishi APLning oxirgi uch mavsumidagi shunday natijalarga teng bo‘ldi. Ya’ni, so‘nggi uch mavsumni qo‘shib hisoblaganda manchesterliklar o‘z maydonlaridagi 5ta o‘yinni boy berishgandi xolos.O‘yindan so‘ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoada ishlash oson emasligini ta’kidladi.«Biz juda yomon o‘ynadik. «Liverpul» g‘alabaga munosob edi. Bunaqa o‘ynash kerak emas. Ko‘proq hujum qilishimiz zarur. Men «MYu» murabbiyi bo‘lish bu darajada qiyin deb o‘ylamagan edim»,- deydi murabbiy.Moyes «Old Trafford» da jamoani qo‘llab quvatlagan muhlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
«Muhlislar bizni fantastik darajada qo‘llab quvatlashdi. «Olimpiakos»ga qarshi bahsda ham shunday muhlislaik qilishadigan bo‘lsa biz albatta keyingi bosqichga yo‘l olamiz».
Муҳокама
13.03.2014
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa sardori bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qildi.«Men ko‘p marta sardorlik vazifasini bajarganman. Agar bosh murabbiy xohlasa, men jonim bilan sardor bo‘laman. Ikki qo‘limni ko‘tarib rozi bo‘laman».«Agar qo‘limda sardorlik bog‘ichi bo‘lsa, mas’uliyat bilan hatakat qilaman. Bu ishni yurakdan qilishga urinaman»,- deydi hujumchi.
Муҳокама