13.03.2014

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesga vaqt berish lozimligini aytib o‘tdi.«Manchester Yunayted»ni boshqa jamoalardan ajratib turadigan jihati, bu har doim murabbiyni qo‘llab kelganidir. Ser Aleksning faoliyatiga qaragudek bo‘lsangiz ham, u jamoani 26 yil boshqarganini ko‘rasiz. Moyesga vaqt berish kerak. Uning irodasi juda kuchli. Vaqt bering va «Manchester Yunayted»da hammasi yaxshi bo‘ladi», - deydi futbolchi.Eslatib o‘tamiz, Maruan Fellayni ilgari Devid Moyes bilan «Everton»da birga ishlagan va murabbiy «MYu»ga o‘tgach Fellaynini sotib olishni jamoa rahbariyatidan so‘ragan edi.

Муҳокама

13.03.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» va «Liverpul»ga nisbatan munosabatlari qanday ekanini aytib o‘tdi. Hujumchi bu jamoalar musobaqa jadvalida «MYu»dan yuqoridaligini ko‘rishdan aziyat chekishini bildirgan.««Manchester Siti» va ayniqsa «Liverpul» bu qadar yaxshi o‘ynayotgani va bizdan yuqorida turganini ko‘rish juda og‘ir. Shuningdek birinchi o‘rin uchun kurashishga kuchimiz yetgani holda, bu ishni amalga oshira olmayotganimizni tushunish ham juda og‘riqli».«Umuman, bu holat bizning ishlashimiz va kuchayishimiz lozimligini ko‘rsatib turildi. Astoydil ishlashda davom etish kerak va mavsumni imkon qadar yuqoriroq o‘rinda yakunlashga intilish lozim».«Bu yil jamoamiz yaxshi o‘ynay olmayapti va biz buni to‘g‘rilashimiz kerak», - deydi Runi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Persi yozda ketishi mumkin

12.03.2014

«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydigan bo‘lsa Van Persi ketishi mumkin.

Ushbu mavsum yakunlariga ko‘ra agar «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa hujumchi Robin van Persi boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.

Goal nashrining xabar qilishicha, futbolchi hamda MYu o‘rtasida tuzilgan shartnomada alohida mana shunday band bor.

Avvlroq van Persi Devida Moyes olib borayotgan mashg‘ulotlardan qoniqmayotgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Gollandiyalik hujumchiga «Real», «Monako», «Inter», «Yuventus» va «Arsenal» jamoalari daʼvogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «MYu» APL turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan o‘rin egallagan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Navbatdagi nishon Alvaro Morata

12.03.2014

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Alvaro Morata yozda jamoani tark etishi haqida xabar tarqalgan edi. Ispan matbuotining ma’lumot berishicha, hujumchi yozda Angliyaning biror jamoasiga ko‘chib o‘tadi.
Britaniyaning Daily Mirror nashri xabar berishicha Morata uchun kurashga «Manchester Yunayted» jamoasi ham qo‘shilganini ma’lum qildi. Manbada yozilishicha Devid Moyes Moratani «MYu» safida ko‘rmoqchi.Eslatib o‘tamiz yosh hujumchi uchun «Arsenal», «Liverpul» va «Tottenxem» jamoalari ham qiziqish bildirgan.

Муҳокама

12.03.2014

Amerikaning Baron Capital investitsion kompaniyasi Nyu-York birjasida bo‘lib o‘tgan savdo vaqtida «Manchester Yunayted» jamoasining aksiylarining ma’lum qismini sotib olgan. Bu haqida Sky Sports nashri xabar tarqatgan.Shunday qilib endilikda kompaniya umumiy paketning 24% ga egalik qilmoqda. Jamoaning boshqaruv paketi esa Gleyzerlarga tegishlidir.Mutaxassislarning fikriga ko‘ra tez orada Baron Capital jamoaning egalik xuquqini to‘laligicha o‘z qo‘liga olishni rejalashtirmoqda va jamoaga yangi investitsion mablag‘ kiritishni rejalashtirigan.

Муҳокама

12.03.2014

«Monako» jamoasining chap qanot himoyachisi Leven Kurzava so‘zlariga ko‘ra u «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surishni orzu qilmoqda.

21 yoshli fransuz futbolchisi hozirda «Monako» jamoasining eng ishongan futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavsumda u 26 uchrashuvda ishtirok etib 5 ta gol urishga erishgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

«Mening orzuim – «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surish, chunki man bu jamoani yahshi ko‘raman, - deydi Kurzava beIN Sports nashriga bergan intervyusida. – «O‘ylashimcha, men «qizil iblislar» tarkibiga o‘tgan kunim mening eng yoqimli kunlarimdan bir bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, Devid Moyes faol tarzda 32 yoshli Patris Evraga o‘rinbosar qidirmoqda. Evraning o‘zi ham «Yunayted» safiga 2006 yili «Monako» tarkibidan kelib qo‘shilgan edi.

Муҳокама

12.03.2014

The Daily Mail nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Sporting» jamoasi tayanch yarim himoyachisi Vilyam Karvalyu transferi bo‘yicha muzokaraga kirishgan.Lissabon shahri jamoasi 21 yoshli kelib chiqishi angolalik bo‘lgan portugal futbolchisi uchun 29 million funt mablag‘ tulab qilmoqda, «Yunayted» esa 25 million funt mablag‘ to‘lashga rozilik bildirgan.«Sporting» jamoasi esa futbolchining transfer narxini o‘zgartirishni hohlamayyapti. «Yunayted» esa JCh-2014 boshlanishiga qadar ushbu transferni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» yangi tibbiy markaz ochdi

12.03.2014

«Manchester Yunayted» va «Toshiba Medikal Sistems» kompaniyasi bilan hamkorlikda Aon mashg‘ulotlar kompleksi xududida ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz ochishdi. Jamoa «Toshiba Medikal Sistems» bilan 2012 yil oktyabr oyida o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan edi, loyihaga ko‘ra Aon mashg‘ulotlar kompleksi xududida so‘ngi diagnostika qurilmalari va futbolchilar jismoniy holatini doimiy nazorat qilib turadigan ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan edi. Shunday qilib, ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan holda ishga tushirildi. Uning ochilish marosimida jamoa a’zolari va «Toshiba Medikal Sistems» kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. Markaz xaqida jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «Markaz to‘liq ishga tushganidan men juda xursandman. Endilikda biz futbolchilarning jismoniy holatlari yuzasidan yanada aniqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Markaz bizlarga uzoq muddat faoliyat ko‘rsatishiga ishonchim komil».>

Муҳокама

07.03.2014

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa muxlislariga ochiq xat bilan murojaat qildi.
«Men «MYu»da ishlash men uchun katta sinov bo‘lishini bilardim. Ammo mavsum bu qadar qiyin o‘tadi deb o‘ylamagan ekanman. Ishonchim komilki, buni siz, muxlislar ham kutmagansiz. Ammo murabbiylar shtabi, futbolchilar va men bu vaziyatni to‘g‘rilashga qat’iy kirishganmiz.
Siz «MYu» mudom g‘alabalarga erishishini ko‘rishga ko‘nikkansiz va mavsum davomida siz tomoningizdan menga hamda futbolchilarga ko‘rsatilayotgan madadning bahosini topish qiyin. Mehmonda o‘tayotgan uchrashuvlar davomida siz hamon dunyoning eng yaxshilaridan ekaningizni isbotlab kelmoqdasiz. «Old Trafford»da esa sizning jamoaga bo‘lgan kuchli ishonchingiz to‘lig‘icha sezilib turadi va hozir bizga bu narsa har qachongidan ham kerakroqdir.
Jamoa g‘alaba qozonayotganda uni qo‘llab, quvvatlash oson. Ammo ishlar yaxshi ketmayotgan vaqtda bu narsa juda qiyin bo‘lib qoladi. Shu sababli siz hozirda namoyish etayotgan olijanoblik juda ajoyib hislatdir.
Hozirda biz o‘tib borayotgan sinovli damlar bizni yanada kuchaytiradi. Men yaqin vaqtlar ichida «Manchester Yunayted» ijrosida buyuk g‘alabalar qo‘lga kiritilishiga mutlaqo shubha qilmayman. Shu vaqtga qadar shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi», - deydi Moyes jamoa muxlislariga qilgan murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Manchester Yunayted» 45 ochko jamg‘argan va Angliya chempionatida 7-o‘rinda bormoqda.

Муҳокама

07.03.2014

«Manchester Yunayted» ashaddiy muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra Xuan Mata jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi «Old Trafford» ga yanvar oyi so‘ngida qo‘shilgan edi. U umumiy muhlislarning 55% ovoziga ega bo‘ldi va jamoaning ikki himoyachisi - Patris Evra va Nemanya Vidichlarni ortta qoldirdi.«Xayratlanarli, bu maening jamoaga kelib qo‘shilgan dastlabki oyida qo‘lga kiritgan mukofatim bo‘ldi, - deydi Mata jamoaning rasmiy telekanaliga bergan intervyusida. – Men beshta uchrashuvda maydonga tushdim va muhlislardan minnatdorman ular o‘z ovozlarini menga bershiganligidan ».«Men juda hursandman. Manchesterdagi xayot ham yaxshi ketmoqda, men o‘zimga uy topdim va shahar atroflarini o‘rganmoqdaman. Haqiqatdan bu yerda yashash yaxshi. Tinch, xotirjam va futbol vaqtidagina ko‘chalar gavjum».Jamoa tarafidan tashkil etilgan an’anaga ko‘ra jamoadagi oyning eng yaxshi futbolchisi Xuan Mata 500 funt mablag‘ni xayriya maqsadida sarflash xuquqiga ega bo‘ladi.>

Муҳокама