06.03.2014

5 mart FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan bir qator uchrashuvlarda «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchilari ham o‘z terma jamoalari tarkibida maydonga tushishdi.
Xaver Ernandes o‘z terma jamoasi tarkibida Meksika - Nigeriya (0-0) uchrashuvning birinchi bo‘limini to‘liq o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda zahira futbolchisiga almashtirildi.
Angliya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan « Yunayted» ning 5 nafar futbolchisidan Runi 60 daqiqagacha to‘p surgan bo‘lsa, Smolling o‘yinda to‘liq xarakat qildi. Uelbek esa zahiradan maydonga tushib 30 daqiqa to‘p surdi. Tom Kleverli va Maykl Kerriklar uchrashuvni zahira o‘rindig‘idan kuzatishdi. Uchrashuv Angliya - Daniya 1-0 hisobida yakunlandi.
Ekvador tarkibida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan Valensiya uchrashuvda to‘liq xarakat qildi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uchrashuv Ekvadorning 4-3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fransiya – Gollandiya 2-0 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda fransuzlar tarkibida Patris Evra 45 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, gollandlar tarkibida maydonga tushgan van Persi 90 daqiqa to‘p surdi. Belgiya–Kot-d Ivuar 2-2 uchrashuvida maydonga tushgan Maruan Fellayni birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi va 17 daqiqada raqib darvozasini ham ishg‘ol qildi.

Муҳокама

06.03.2014

Milanning «Inter» jamoasi «Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidich kelasi mavsumdan boshlab jamoa tarkibiga qo‘shilishini rasman e’lon qildi. 32 yoshli himoyachiga shuningdek «Yuventus», «Monako» va «Galatasaray» jamoalari ham qiziqish bildirishgan edi. Yakunda Vidich «San-Siro»ni tanlashni maqqul ko‘rdi.«Vidich – jahon darajasidagi futbolchi, - deydi «Inter» jamoasi prezidenti Erik Toxir jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida». – Men bundan juda xursand bo‘ldim, Vidich Milanga kelishi to‘liq xal etilganidan».«Men shuningdek «Manchester Yunayted» jamoasi rasmiylariga ham o‘z minatdorchiligimni aytmoqchiman, ular futbolchi bilan muzokaralar vaqtida professional tarzda ish olib borishdi».Futbolchining agenti Silvano Martinaning gaplariga ko‘ra Vidich mavsum yakuniga qadar «Manchester Yunayted» jamoasida bor kuchi bilan xarakat qiladi.«Nemanya – xaqiqiy professional, va u hozirda bor kuchi bilan «Manchester Yunayted» tarkibida xarakat qilmoqchi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Moskva safari bekor qilindi

06.03.2014

«Manchester Yunayted» Moskvada bo‘lib o‘tishi kutilgan United Trophy Tour tadbiri doirasidaga chempionlik kuboki ko‘rgazmasini bekor qilishgan. Avvalgi kelishuvga ko‘ra tadbir mart oyida Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi. Jamoa rasmiy saytining e’lon qilishicha ushbu tabdir bekor qilingan.Tadbirning bekor qilinish sabablari xozircha ma’lum qilinmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan siyosiy xarakat tadbir bekor qilinishiga sabab bo‘lgan.

Муҳокама

06.03.2014

Xaver Ernandes yana Meksika terma jamoasi tarkibiga chaqirilganidan xursand ekanligini yashirib o‘tirmadi.«Men ko‘proq maydonga tushishni hohlayman, jamoadagilar ham buni to‘g‘ri tushunishadi», - deydi Ernandesa Sky Sports nashriga bergan intervyusida. «O‘ylashimcha, terma jamoa tarkibida ko‘proq maydonga tushish imkoni bo‘ladi. Terma jamoaga chaqiriq olganimda juda xursand bo‘ldim, tinimsiz o‘z ustimda ishlashda davom etmoqdaman». Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes Meksika va Nigeriya (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limida to‘liq xarakat qilgan va ikkinchi bo‘limda zahira futbolchisiga almashtirilgan.

Муҳокама

06.03.2014

«Frayburg» jamoasi himoyachisi Mattias Ginterga «Manchester Yunayted» jamoasi katta qiziqish bildirmoqda. Devid Moyes «Frayburg» jamoasining «Gerta»ga qarshi uchrashuvini kuzatgan. Sky Sports nashrining xabar berishicha Moyes 20 yoshli Ginterning o‘yinini kuzatgan. Matias Ginter Germaniya terma jamoasining Chiliga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zining debyutini o‘tkazdi. U uchrashuvning 88-daqiqasida zahiradan maydonga tushdiFutbolchiga «Yunayted» jamoasidan tashqari shuningdek «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» jamoalari ham qiziqish bildirshgan.

Муҳокама

05.03.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel yozda bir qator futbolchilar jamoadan ketishiga umid qilishini bildirib o‘tdi.
«Menimcha Devid Moyesning taklif etilishi - «MYu» uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Uning murabbiylik xizmat daftari to‘liq va unda bir jamoada uzoq vaqt ishlash qobiliyati bor. Moyes buni «Everton»da isbotlab bergandi. Biz esa «Yunayted»da murabbiy uzoq vaqt ishlashini istaymiz».
«Ammo bu mavsum juda og‘ir bo‘lishi turgan gap. Menimcha jamoa kuchli futbolchilarni sotib olishi lozim. Ammo shu bilan birga «MYu» yozda bir qator futbolchilardan qutulishi ham muhim ahamiyatga ega. Joriy mavsumda ko‘plab futbolchilarning o‘yinidan ko‘nglim qolib ketdi».
««MYu» futbolchisi bo‘lish ulkan mas’uliyat degani. Bu jamoada o‘ynagan futbolchi har doim kurashishi va hyech qachon taslim bo‘lmasligi lozim. Bu yilgi mavsumda esa bunday futbolchilarni ko‘rmadim».
«Menimcha Moyes kimga ishonch bildirsa bo‘ladi, kimga esa ishonmaslik lozimligini yaxshi biladi. Kelgusi yoz «Yunayted»dan ko‘plab futbolchilar ketishi lozim.», - deydi Shmeyxel.

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Men nafaqadaman

04.03.2014

«Manchester Yunayted» jamoasining afsonaviy sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson «Oskar» kino mukofotini topshirish marosimiga tashrif buyurdi.
— Men nafaqadaman, nima uchun «Oskar» taqdimotiga kelmasligim kerak? Menga «12 yil qullikda» filmi yoqdi. Shuningdek, Mettyu Makkonexining «Oskar»ni olish uchun chiqqandagi harakati ham yomon emas.Mettyuga uch karra «Oskar» olgan Deniel Dey-Lyuis yo‘lini tilayman, axir men uning muxlisiman, — deydi Fergyuson.

Муҳокама

04.03.2014

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Chempionlar ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida keyingi bosqich masalasini hal qilishlariga ishonishini aytib o‘tdi.«Biz Chempionlar ligasida og‘riqli mag‘lubiyatga uchradik. Bundan tashqari, men jamoamga bu musobaqada yordam bera olmasligimdan aziyat chekdim.
Biz «Old Trafford»dagi javob o‘yinida vaziyatni o‘nglay olamiz. Ishonchim komilki, muxlislarning qo‘llab quvvatlashi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», - deydi Mata.Eslatib o‘tamiz, Mata «Chelsi» tarkibida YEChL bahslarida maydonga tushgani sababli, «MYu»ga yordam bera olmaydi.

Муҳокама

04.03.2014

O‘tgan shanba kuni «Yunayted» jamoasi afsonaviy yulduzlari Gari Nevill, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Niki Batt «Mur Leyn» stadionida bo‘lib o‘tgan «Solford Siti» va «Karzon Eshton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatish uchun tashrif buyurishdi.Avval xabar berilganidek Nevill va Giggz «Solford Siti» jamoasini sotib olishni rejalashtirib yurishgan edi. Bu yerda ular jamoa qoshida futbol akademiyasini ochishni ko‘zda tutishmoqda. The Daily Mail nashrining xabar berishicha jamoa raxbariyati bilan muzokaralar yaxshi kechmoqda va yaqin kunlar ichida yakuniy qaror e’lon qilinadi.

Муҳокама

03.03.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati kelgusi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etilmasligi ortidan keladigan moliyaviy talofotning o‘rnini qoplash chora tadbirlarini ishlab chiqishga kirishdi.Ayni vaqtda eng asosiy tadbir sifatida Sharq, Xitoy va AQSh klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ko‘rilmoqda. «MYu» ning Chempionlar ligasi va yevropa ligasida ishtirok eta olmasligidan ko‘riladigan moliyaviy zarar esa eng kamida 20 million funt bo‘lishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda mankunianliklar oldida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha takliflar yetarli, shu sababli jamoasi rahbariyati yevrokuboklardagi ishtirokdank ko‘riladigan zararning o‘rnini qoplashga umid qilmoqda.

Муҳокама