Янгиликлар /

«MYu» Karlush Mane bilan qiziqa

03.03.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi «Sporting» yarim himoyachisi Karlush Mane bilan qiziqa boshladi.
Xabar qilinishicha, «Sporting» 19 yoshli yarim himoyachi uchun 20 million funt talab qilmoqda. Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchisi o‘z vatanida Krishtianu Ronalduga qiyos qilinadi va mankunianliklar uni sotib olishni rejalashtirmoqdalar.
«Manchester Yunayted» yozda yangi transferlar uchun 200 million funt sarflashni ko‘zlab qo‘ygan. Mane joriy mavsumda Portugaliya chempionati doirasida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan.

Муҳокама

03.03.2014

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘z vaqtida Krishtianu Ronalduni «Real»ga qimmatroq narhga sotmaganidan afsuslanishini aytib o‘tdi.«Meni xafa qiladigan va men eslashdan to‘xtamaydigan yagona narsa - «MYu» sobiq ijrochi direktori Devid Gillning yetarlicha faollik ko‘rsatmagani. Men unga: «Ronaldu uchun 150 million funt (180 million yevro) so‘ra», deb aytgan edim. Ammo u: «Bu qadar sodda bo‘lma. Bizga hyech qachon 150 million funt berishmaydi», - deya javob bergan edi.Ammo mening ishonchim komil, Peres shuncha pulni ham to‘lagan bo‘lardi», - deydi Fergyuson.Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Real» tarkibiga 80 million funt (96 million yevro) evaziga o‘tgan edi.

Муҳокама

25.02.2014

«Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Shindzi Kagavaning gaplariga ko‘ra uning jamoasi Afinadan kerakli natijani qo‘lga kiritib qaytadi. «Ushbu bosqichda kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi va bizning xech qanday hatto qilishga haqqimiz yo‘q»– deydi Shindzi jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.«Birinchi uchrashuvni mehmonda o‘tkazayotganimiz juda muhim, yakunda yaxshi natijaga erishishimiz uchun xarkat qilamiz. Bizning jamoada tajribali futbolchilar yig‘ilgan, bu bizga yuklatigan vazifani bajarishimizda yordam beradi».«O‘tgan mavsumda biz Chempionlar Ligasining 1/8 bosqichida imkoniyatni boy bergan edik. «Olimpiakos» - yaxshi jamoa, ushbu bosqichda onson uchrashuvning o‘zi bo‘lmaydi, biz buni yaxshi tushunib turibmiz. Shunday ekan biz bu uchrashuvga jiddiy xozirlik ko‘rishimiz lozim».

Муҳокама

25.02.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.«Har doim g‘alaba qozonishni istaysan. Chempionlar ligasidagi birgina g‘alaba yetarli emas, ayniqsa «Manchester Yunayted» safida to‘p surayotgan bo‘lsang».«Bu musobaqadagi g‘alaba ajoyib hissiyotlarni beradi. Shu sababli yana va yana g‘olib bo‘lging kelaveradi. Finalga chiqish biz uchun ajoyib natija bo‘lardi. O‘shanda bizda yana bir sovrin yutib olish uchun imkoniyat hosil bo‘ladi», - deydi Runi.

Муҳокама

25.02.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Rayan Giggz YeCHL 1/8 finalidan o‘rin olgan «Olimpiakos»ga qarshi uchrashuv oldidan intervyu berdi.«Juda katta tanaffusdan so‘ng bu stadionga qaytayotganimizdan juda mamnunmiz. YEChL pley-off bosqichiga chiqsang, doimo uchrashuvlar jamoalar va muxlislar uchun ancha qiziqarli o‘tadi».«Gretsiya chempionlariga qarshi ikki uchrashuvni ham sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. O‘ylashimcha, bizga son bo‘lmaydi. «Olimpiakos» tajriba borasida ancha o‘sgan, ular guruh bosqichini ham ajoyib tarzda o‘tkazishdi».«Pley-off bosqichi boshlanar ekan, bundan buyog‘iga yengil o‘yinlar aniq bo‘lmasligini tushunasan», – deydi Giggz.Eslatib o‘tamiz, 2001/02 va 2002/03 mavsumlarda mankunianliklar to‘rt bora greklarni mag‘lub etishgan.

Муҳокама

24.02.2014

«Manchester Yunayted»jamoasi «Bavariya» yarimhimoyachisi Toni Kroosni xaridqilgan taqdirda haftasiga 250 ming yevro maosh berishga tayyor.

Eslatibo‘tamiz, 24 yoshli futbolchi Myunxen klubi bilan yangi shartnoma borasidakelisha olmasligi mumkin. Sababi tomonlarning moliyaviy masalalarga oidbandlari yuzasidan fikrlari bir joydan chiqmayapti.

Taʼkidlash joiz, Germaniya terma jamoasi aʼzosiningamaldagi shartnoma 2015 yil yozida yakuniga yetadi. Norasmiy maʼlumotlargaqaraganda, nemislar Kroos bilan 30 million yevro evaziga xayrlashishga qarshiemaslar.

Муҳокама

24.02.2014

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaning Chempionlar ligasidagi 1/8 finalidan o‘rin olgan Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.«Chempionlar ligasining finaliga hamisha ham kuchli jamoalar yetib kelavermaydi. 2005 yildagi «Liverpul» ning natijasi bizga umid bermoqda. Har bir musobaqada deyarli barcha jamoada g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bo‘ladi».«Chempionlar ligasi boshlanishidan oldin bu musobaqa qiyin bo‘lishini sezgandim. «Bavariya», «Barselona», «Real», «PSJ» – barchasi top-klublar. Ammo «MYu» ham Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga qodir».«Ba’zan futbolda jamoa bittagina imkoniyatdan foydalanib ham g‘alaba qozonishi mumkin», - deydi Moyes.«Shuningdek xozirda bizda bir necha jarohat olgan futbolchilar bor, umid qilamizki ularning ba’zilari «Olimpiakos» bilan bo‘ladigan uchrashuvga maydonga qaytishi mumkin».«Biz Evans, Jons va Rafael holatlarini va ularning kayfitlarini o‘rganib chiqib Afinaga boradigan tarkibni oydinlashtirib olamiz».«Seshanba kuni bizni murakkab o‘yin kutib turibdi. «Kristal Pelas» jamoasi ustida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu katta o‘yin bo‘ladi. Tarkibmizda yo‘qotishlar borligiga qaramay futbolchilar seshanba kungi uchrashuvga to‘liq tayyorlar».Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda «MYu» Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00-45 da boshlanadi.

Муҳокама

24.02.2014

Ueyn Runi «Kristal Pelas»ustidan qozonligan g‘alaba haqida va yangi shartnomasi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.«Biz muhim natijani qo‘lga kiritdik, - deyya so‘zini boshladi Ueyn Sky Sports ga bergan intervyusida. – Biz 10 kun dan so‘ng endi uchrashuv o‘tkazdik, va bu biz uchun yaxshi nihoyasiga yetdi. Bu ishonarli g‘alaba bo‘ldi, va biz yomon o‘yin ko‘rsatmadik va to‘p nazoratini o‘z qo‘limizga ola bildik». «Uchrashuv to‘liq bizning nazoratimiz ostida o‘tdi, gol urganimizdan so‘ng esa biz uchrashuvni xotirjam o‘tkaza oldik. Bunday uchrashuvda eng muhimi va eng qiyini daslabki golni ura olish, xursandman Robin penaltidan ishonarli foydalana oldi. Keyingi urilgan ikkinchi gol esa g‘alaba qozonishimiz uchun kafil bo‘la oldi».«Urgan golim xaqida nima aytishim mumkin, men o‘z ishimni bajardim holos va jamoam uch ochko olishiga yordam berdim. Buning yangi shartnoma bilan xech qanday aloqasi yo‘q. Men doimo maydonda 110% kuch bilan xarkat qilishga harkat qilaman. Golli vaziyatda to‘p mening oyog‘imga qulay kelib tushdi. Men yangi shartnomani yaxshi his qilib turibman, menda juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Baxtimizga barchasi biz hoxlagandek bo‘ldi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Evra: Men xursandman

24.02.2014

«Yunayted» himoyachisi Patris Evra «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi o‘tkazgan uchrashuvdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi.«Biz qo‘limizdan keladigan ishni uddalay oldik, - deya so‘zini boshladi Patris MUTV ga bergan intervyusida. – Ketma-ket omadsiz uchrashuvlardan so‘ng bu g‘alaba biz uchun muhim edi va biz ishonchli tarzda g‘alaba qozona oldik».«O‘ylashimcha, bu uchrashuvda «Manchester Yunayted» ning kuchli taraflari yaqqol ko‘rindi. «Yunayted» ishonchli tarzda va to‘liq holda to‘p nazoratini o‘z qo‘liga ola ibldi. Xursandmanki barchasi bizning yigitlar».Sky Sports ekspertlarining takidlashicha Evra bu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu fikrga futbolchi quydagicha javob berdi.«Men xursandman, men uchun birinchi navbatda jamoamning g‘alabasi. Muhimi jamoam uch ochkoga egalik qildi va men shundan ma’mnunman».
«Ikkinchi gol urilgan vazyatda Ueyn ajoyib tarzda xujumni yakunlay bildi. Bu uning yangi shartnomasi uchun yahshi sovg‘a bo‘ldi. Men juda xursandman u jamoaga tayanch bo‘la olayotganidan. Yana bizni tinimsiz tarzda qo‘llab quvatlagan «Manchester Yunayted» ashaddiy muhlislariga ham raxmat».Patris shuningdek markaziy himoya juftligi Ferdinand – Vidich to‘g‘risida ham yaxshi so‘zlarni aytib o‘tdi.«Juda yaxshi, Rio va Vidich yana safda, ular juda ishonarli xarakat qilishdi. Ularning tajribasi bizga qo‘l keldi. Rioning avvalgi turda «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdagi xarakati esa maqtovga loyiq. Vidich ham xozirda ajoyib holatdabu esa bizning foydamizga. Bu pozitsiyada shuningdek Kris Smolling, Fil Djons va Jonni Evanslar o‘ynay olishadi bu esa a’lo darajada. Bizda shunday yaxshi markaziy himoyachilar bor, bu jamoa uchun juda muhim».

Муҳокама

24.02.2014

«MYu» yozda ikki nafar markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Himoyachilardan biri yosh, ikkinchisi esa tajribali bo‘lishi ko‘zda tutilgan.Shu maqsadda mankunianliklar Avstriyaning «Red Bull» klubi himoyachisi Martin Xintereggerni kuzatmoqdalar. «MYu» skautlari 21 yoshli futbolchining yevropa ligasi doirasida «Ayaks»ga qarshi o‘tkazgan o‘yininni tomosha qilganlar. Xintereggerning transferi 5 million yevroga baholanmoqda. Bundan tashqari «MYu» «Benfika» himoyachisi Esekiel Garayni ham kuzatishda davom etmoqda.

Муҳокама