24.02.2014
«MYu» jamoasi sardori himoyachi Nemanya Vidich Ueyn Runining mankunianliklar bilan tuzgan shartnomasi haqida gapirdi.«Runi «MYu»ning asosiy o‘yinchilaridan biri sanaladi. Uning biz bilan shartnomasini uzaytirgani, juda ko‘p narsani anglatadi. So‘zsiz, jamoa sardorini murabbiy tanlaydi, biroq Runi kelasi mavsumdan bu nomga ega chiqa oladi», - deydi serbiyalik himoyachi.
Муҳокама
24.02.2014
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes hujumchi Ueyn Runi bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.«Biz barchasini noldan boshlaymiz. Men «MYu»ga ko‘p Ueyn Runilarni taklif qilaman. Biz jamoaga yordam bera oladigan futbolchilarnigina olib qolamiz.«MYu» jamoada dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynashini xohlaydi va Ueyn ulardan biri. Rahbariyat meni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlayapti. Ishonchim komil, yozda jamoa yanada kuchayadi»,- deydi murabbiy.
Муҳокама
24.02.2014
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi o‘z jamoasi bilan shartnomani 2019 yilning yoziga qadar uzaytirdi.Bundan tashqari, Angliya terma jamoasi futbolchisi futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin «MYu»ning elchisi bo‘lib qoladi. «Jamoa bilan shartnoma uzaytirganimdan xursandman. «MYu»ning butun dunyodagi barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman», – deydi Runi shartnomaga imzo chekkanidan keyin.Yangi shartnomaga muvofiq, Ueyn Runi «Manchester Yunayted»dan haftasiga 300 ming funt sterling maosh oladi.
Муҳокама
21.02.2014
«Yunayted» jamoasi sardori Nemanya Vidich kelasi mavsum faoliyatini Milanning «Inter» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu xaqida «Inter» jamoasi prezidenti Erik Toxir ma’lumot bergan.«Shuni aytishimi mumkinki, Vidichning jamoaga kelishi 90% aniq, - deydi Toxir Sky Sports nashriga. – Qachon vaziyat to‘liq yakuniga yetsa biz albatta buni e’lon qilamiz. Hozir boshqa sizlarga aniq hyech narsa deya olmayman».Eslatib o‘tmiz, avvalroq Vidich ushbu mavsum yakuniga yetgandan so‘ng «Old Trafford»ni tark etishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Муҳокама
21.02.2014
Yarim himoyachi Shindzi Kagava ushbu mavsum yakunlangandan so‘ng Manchesterni tark etishi mumkin. Bu xaqida Manchester Evening News xabar bergan. Xabarga ko‘ra futbolchiga Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi xaridor bo‘lmoqda va uning trasferi uchun 13 mln. funt mablag‘dan voz kechishga tayyor. «MYu» esa futbolchini 20 million funtdan kamiga sotmoqchi emas.Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» futbolchini 2012 yilda 24 mln. funtga sotib olgan edi.
Муҳокама
21.02.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi «Barselona» yarim himoyachisi Rafael Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu xaqida TalkSport nashri xabar tarqatdi.21 yoshli futbolchi hozirda «Selta» jamoasi tarkibida ijara asosida to‘p surmoqda. Kelasi mavsumda esa yana «Barsa» safiga qaytish istagida. Futbolchning transfer bahosi 8-10 million yevro deya ta’kidlanmoqda.Eslatbi o‘tamiz, Rafael ushbu mavsumda 24 uchrashuvda ishtiok etib, 3 gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. U hozirda «Bavariya» jamoasi futbolchisi Tiago Alkantaraning ukasi hisoblanadi.
Муҳокама
21.02.2014
Yarim himoyachisi Xuan Mata Canal Plus ga bergan intervyusida «MYu» jamoasi safiga qo‘shilishini «Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourinyu maslahat berganini aytib o‘tdi.«Men «Manchester Yunayted» safiga kelishdan avval Mourinyu bilan kelajagim borasida gaplashib oldim va u menga «MYu» g‘alabalariga o‘z xissamni qo‘shish maqsadida ushbu jamoaga o‘tishimni maslahat berdi» - dedi Mata.Eslatib o‘tamiz, Mata «Yunayted» safiga «Chelsi» dan 37,1 mln. funt mablag‘ evaziga o‘tgan edi.
Муҳокама
21.02.2014
«Manchester Yunayted» jamoasi kelasi mavsum oldi turnesini AQSh o‘tkazadigan bo‘ldi. Rsmiy xabarga ko‘ra jamoa u yerda Italiyaning ikki jamoasi «Roma» va «Inter» jamoalari bilan maydonga chiqishadi.Rimning «Roma» jamoasiga qarshi Angliya chempioni 26 iyul kuni Denverdagi «Sports Autoriti Fild» stadionida maydonga tushsa, Milanning «Inter» jamoasi bilan esa 29 iyul kuni Vashingtonda joylashgan «Fedeks-Fild» stadionida uchrashadi.So‘ngi bora «Yunayted» «Roma» jamasi bilan Chempionlar Ligasining 2007/2008 mavsumida maydonga tushib ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida g‘alaba qozonib chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.«Inter» jamoasiga qarshi esa Chempionlar Ligasining 2008/2009 mavsumining 1/8 bosqichida kurashgan Aleks Fergyusonning jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Муҳокама
20.02.2014
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes yordamchisi Stiv Rund bilan birgalikda Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 bosqichidan o‘rin olgan Londonda bo‘lib o‘tgan «Arsenal» - «Bavariya» uchrashuviga tashrif buyurishgan. Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra tashrifning asosiy sabablaridan qilib «Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Toni Krossning o‘yinini kuzatish deb qaralmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Moyes ushbu futbolchining o‘yinini kuzatish uchun Bundesliga doirasidagi «Bavariya» ning uchrashuvidan biriga tashrif buyurib uchrashuvni Toni Krossning agenti bilan birgalikda kuzatgan edi.
Муҳокама
20.02.2014
«Yunayted» yarim himoyachisi Darren Fletcher salomatligini tiklab jamoa safiga qaytgandan so‘ng o‘tkazgan uchrashuvlari natijasida Shotlandiya terma jamoasining Polsha teramasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuviga chaqiruv oldi.30 yoshli Fletcher terma jamoa tarkibida so‘ngi bor 16 oy avval maydonga tushgan edi.«Daren yana maydonga qaytganini ko‘rib xursand bo‘ldim, - deydi Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gordona Strachan Sky Sports nashriga bergan intervyusida. – Endi unda terma jamoaga qaytish uchun yana imkon paydo bo‘ldi».«Men uning o‘tkazgan uchrashuvlarini kuzatdim va shuni aytishim kerakki unda ishtiyoq juda kuchli. O‘ylashimcha u termaga qaytib xech narsa yo‘qotmaydi. Uning yana biz bilan ekanligi juda ajoyib».
Муҳокама