31.01.2014

Garchifaoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, hamon fikrlashdan to‘xtamayotgan ser Aleksfutbol va shaxmat orasidagi bog‘liqlik haqida fikr bildirdi. Aniqrog‘i,futbolchiga shaxmat naqadar kerakligini ta’kidladi:

«Raqibdarvozasi yaqinida yuqori mahoratli futbolchilar nimasi bilan farq qiladi?Qaror qabul qilish malakasi bilan. Har doim shogirdlarimizga shu haqdata’kidlaymiz. Agar yana qaytadan murabbiylik qila boshlaganimda, barchafutbolchilarni shaxmat o‘ynashga majbur qilardim. Chunki bu konsentratsiyanirivojlantiradi.

Shaxmato‘ynashni endi o‘rganganingda bitta partiyani nihoyasiga yetkazishing uchunuch-to‘rt soat vaqting ketib qoladi. Payti kelib esa, bir yurishga o‘ttizsekunddan ortiq vaqt sarflamaslikni o‘rganib olasan — mana bu yuqori darajadagiko‘rsatkichdir. Yuqori bosimga qaramasdan, tezda qaror qabul qila olishdemakdir. Futbolda ham shunday bo‘lishi kerak».

Futbolancha tez o‘ynaladigan Angliyada faoliyat olib borgan murabbiyning iqrori bu.Futbol ko‘proq bosh (ya’ni, fikrlash) bilan o‘ynalishi kerakligi haqidagita’kid bu. Endi jismoniy jihatdan Angliya Prem’er-ligasida o‘ynayotganfutbolchilardan ancha orqada qolgan milliy chempionatimiz shovvozlariningmaydonda fikrlash, qaror qabul qilish borasida ulardan qancha ortdaqolishayotgani haqida o‘ylab ko‘ring.

Zamonaviy futbolda faqat jismoniy jihatdan yetukbo‘lishning o‘zi yetarli emasligini, tafakkur, qaror qabul qilish tezligi hamyuqori bo‘lishi zarurligini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Buning uchun esa,zamonamizning buyuk murabbiylaridan biri ta’kidlaganidek, futbolga shaxmatnitatbiq etish lozim.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» muxlislaridan xursandman

29.01.2014

«Kardiff Siti» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher APLning 23-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lgan o‘yindan so‘ng (0:2), mankunianliklar muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.«Manchester Yunayted» muxlislari menga hailigacha iliq munosabatda ekanliklaridan xursandman. Ushbu haftada «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalarga qarshi o‘ynadik. Jamoa avvalgidan yaxshiroq o‘ynay boshlayapti, shuning uchun har bir o‘yinda ochko ishlashni boshlash vaqti keldi», - murabbiyning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Муҳокама

29.01.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bildiradi, deb xabar qilgan TalkSport.

«Chelsi»ning futbolchiga qiziqish bildirishi mankunianliklar rahbariyatining 28 yoshli forvardga yangi kelishuv taklif qilishiga turtki bo‘ldi. Agar nashr tarqatgan xabar to‘g‘ri chisa, u holda Runi yangi shartnoma imzolanganidan keyin Angliyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Norasmiy maʼlumotlarga qaraganda Runining maoshi haftasiga 300 ming funt sterlingni tashkil qilishi mumkin, shartnoma esa 2018-yilga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi hujumchisi bu yilgi mavsum APL va Chempionlar Ligasida 23 o‘yin o‘tkazgan va ularda 11 gol hamda 17 natijali uzatma muallifiga aylangan.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» ning 1001 ochkosi

29.01.2014

Angliya Premer ligasi 23-turidan o‘rin olgan «Kardiff» ga qarshi bahsida maydon g‘alaba qozongan « Yunayted» 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa «Yunayted» jamoaning Angliya Premer ligasi tarixidagi o‘z uyida yig‘gan 1001 ochkosi bo‘ldi. Angliya jamoalari orasida 1000 lik ko‘rchatkichga birinchi bo‘lib « qizil iblislar» erishdilar.

Муҳокама

29.01.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi sport liboslari ishlab chiqaruvchi bir qator yirik kompaniyalar, jumladan, Nike, Adidas, Warrior va Puma bilan muzokara olib bormoqda.

Ushbu kompaniyalar dunyoga mashhur jamoaning yangi texnik homiysi bo‘lishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishgan.

Yangi texnik homiy bilan tuziladigan shartnomaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yiliga 70 million funt miqdoridagi mablag‘ olish imkoniga ega bo‘ladi.

Hozircha Nike kompaniyasi yangi homiy bo‘lishga asosiy daʼvogar bo‘lib turibdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fabio: Barchasi uchun rahmat

28.01.2014

Yaqin vaqtlar orasida Fabio Da Silva rasman «Kardiff» jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Hozircha jamoalar bu xabarni rasman tasdiqlaganlari yo‘q.

Lekin Fabioning o‘zi Instagramdagi rasmiy sahifasida «Manchester Yunayted» jamodan ketishi to‘g‘risda xabar bergan.

«Jamoa muhlislariga va jamoaning barcha ishchilariga katta tashakkur. «Yunayted» menga va oila aʼzolarimga katta yordam berdi. Barchasi uchun rahmat», - deya xabar qoldirgan Fabio.

Муҳокама

28.01.2014

Ma’lumotlarga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasining mashg‘ulotlarida jarohat olgan bir qator futbolchilar safga qaytishdi.Jamoaning yetakchi hujumchilari Ueyn Runi va Robin van Persi hamda yarim himoyachi Maruan Fellayni jarohatlaridan forig‘ bo‘lishgan va umumiy mashg‘ulotlarda faol tarzda ishtirok etishgan. Bu futbolchilar «Kardiff» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishlari ham kutilmoqda. Shuningdek, jamoasi yangi a’zosi Xuan Mata ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes quydagi fikrlarni aytib o‘tgan. «Xuan Mata yangi jamoadaoshlari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, uning holati yahshi. Uning holati yuzasidan aniq qarorga o‘yindan oldin murabbiylar shatabi bilan maslahatlashgan holda oydinlik kiritamiz. Men uni «Kardiff»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishini hohlayman», - deydi Devid Moyes.

Муҳокама

Янгиликлар /

Chicharitoga «Monako» xaridor

27.01.2014

«Manchester Yunayted» klubining 25 yoshli hujumchisi Xaver Ernandes «Monako» rahbariyatining e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Le10Sport nashrining xabariga ko‘ra, klub meksikalik futbolchini Radamel Falkaoning o‘rniga olib kelishni rejalashtirayotgan ekan.Yaxshi bilasiz, hozirda kolumbiyalik futbolchining jiddiy jarohati bor va u ancha vaqt maydonga qaytmaydi. Shu boisdan «Monako» yaqin vaqt ichida «MYu» bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Transfer qiymati 20 millon funt sterling deb, baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Ernandes 14ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urishga erishgan. Bundan tashqari, ikkita gollik uzatma ham bergan.

Муҳокама

27.01.2014

«MYu» jamoasi yangi a’zosi Xuan Mata 8-raqam ostida to‘psuradigan bo‘ldi, deya xabar beradi jamoaning rasmiy sayti.

Shu kungacha sakkizinchi raqam «Fiorentina»ga ijara asosida o‘tganAndersonga tegishli edi.

Sakkizinchi raqam ostida «Manchester Yunayted» safida Pol Ins,Nikki Batt va Ueyn Runidek futbolchilar to‘p surishgan.

Mata yettinchi raqam olgani borasidagi xabarlar mish-mish bo‘libchiqdi, bir necha daqiqalar oldidan matbuot anjumanida Mata sakkizinchi raqam ostidaishtirok etdi.


Муҳокама

27.01.2014

Sky Sports nashrining xabar berishicha Uilfrid Zaxa va Fabio Da Silva «Kardiff» jamoasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tashrif buyurishi kutilmoqda. Tez orada esa «Manchester Yunayted» futbolchilari Ole Gunnar Sulsher murabbiyligidagi jamoaga kelib qo‘shilishadi.Xabarga ko‘ra Fabio Da Silva jamoa bilan shartnoma imzolasa, Uilfrid Zaxa esa mavsum yakuniga qadar ijara asosida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan.

Муҳокама