Янгиликлар /

Mata rasman «MYu» a’zosi

26.01.2014

«ManchesterYunayted» yarim himoyachi Xuan Matani sotib olganini rasman tasdiqladi.

«Chelsi»dao‘ynagan futbolchining transferi «MYu» uchun rekord miqdorni tashkil etdi -37,1 million funt.

Mata yangi klubibilan qancha muddatga shartnoma tuzgani «MYu» saytida e’lon qilinmadi.

The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi a’zosi4,5 yillik shartnoma tuzgan va haftasiga 150 ming funt maosh oladi.

Муҳокама

26.01.2014

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata yangi jamoasi borasidagi fikrlarinibildirib o‘tdi.

«Men ulkan hissiyotlarbilan «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqdaman. Men «Chelsi»da bir necha baxtli yillarnio‘tkazdim. Ammo endi yangi sinovlarni boshdan kechirish vaqti yetdi.

«Yunayted»- men uchun ideal joy va klub tarixining bir bo‘lagi bo‘lishdan baxtliman. «Chelsi»- top klub, bu jamoada ko‘plab do‘stlarim qoldilar. Ammo «MYu»dan tushgan taklifnirad etib bo‘lmas edi.

Men intizorlik bilan yangi jamoamga yordam berish imkoniyatibo‘lishini kutmoqdaman», - deydi ispaniyalik futbolchi.

Муҳокама

26.01.2014

«ManchesterYunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson klubdagi vaziyat borasida fikrlariniaytdi.

«Men hech qachontez-tez murabbiylarni bo‘shatadigan klublarni tushunmaganman.

Kimnidir ishgaolishdan oldin direktorlar kengashi uning sifatlarini baholaydi, uning qilgan ishlariro‘yxatiga qaraydi, uning xarakteri va falsafasini baholaydi.

Yarim yoki biryildan so‘ng bu ko‘rsatkichlar nahotki birdan o‘zgarib qolsa? Odamlarni o‘z fikrinibunchalik tez o‘zgartirishga nima majbur qiladi? Meni fikrimcha, bu shunchaki ahmoqlik.

«MYu»ning bu yo‘ldan yurishi uchun hech qanday hojatyo‘q», – dedi Fergyuson.

Муҳокама

Янгиликлар /

Xuan Mata «Yunayted» tarkibida

25.01.2014

«Yunayted» rasmanXuan Mata borasida «Chelsi» bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

«ManchesterYunayted» futbol klubi «Chelsi» bilan Xuan Mata transferi borasida kelishuvga erishganihaqida mamnuniyat bilan ma’lum qiladi, — deyiladi rasmiy bayonotda.

— Kelishuv yakuniga yetishi uchun futbolchi shaxsiyshartnomaga imzo chekishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qoldi xolos.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Guarin uchun kurashda

25.01.2014

«MYu» «Inter»yarim himoyachisi Fred Guarin uchun kurashga qo‘shildi. Xabaringiz bor, ushbu futbolchining«Yuventus»ga o‘tishi, uning o‘rniga Mirko Vuchinichning «Milan»ga kelishi kutilgandi.

«Inter» hamonuni sotish fikridan qaytgani yo‘q. «Nerazzurralar»ning bunday qaroriga hujum chizig‘inimustahkamlash uchun mablag‘ kerakligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

TheIndependent xabariga ko‘ra, «Inter» Kolumbiya terma jamoasining 27 yoshli a’zosiuchun «MYu»dan hujumchi Xaver Ernandesni so‘rashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaringa Angliyadan yana «Chelsi»va «Tottenhem» ham qiziqayotgani borasida xabar qilingandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Kerrik bir oy maydonga tushmaydi

25.01.2014

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrik Angliya liga kubogi yarim finalidoirasidagi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

The Timesnashrining xabar berishicha, futbolchi bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin.Murabbiyning ta’kidlashicha, Kerrik to‘pig‘idan jarohat olgan.

Shuninguchun «MYu» qishki transfer oynasi vaqtida jamoa yarim himoyasini kuchaytirishgaharakat qiladi.

Ayni vaqtdaklub Pol Pogba, Arturo Vidal, Ilkay Gyundogan va Marik Hamshikga qiziqishbildirmoqda.

Xabaringiz bor, 32 yoshli Kerrik avvalroq hamjarohati sabab ikki oy maydonga tusha olmagan edi.

Муҳокама

25.01.2014

«ManchesterYunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Angliya premer ligasidag‘oliblik uchun borayotgan kurash haqida so‘zlab o‘tdi.

«Anchadanbuyon bunday bo‘lmagandi. Bu yil avvalgilaridan farqli ravishda g‘oliblik uchun5 yoki 6 jamoa kurash olib bormoqda. APLda g‘alaba qozonish oson ish emas.Menimcha Angliya chempionati eng haqqoniy va murakkab chempionat. Bu yerdaistalgan jamoaga mag‘lub bo‘lish mumkin.

«ManchesterSiti» juda yaxshi o‘ynamoqda. Bunga shubha yo‘q, ammo turnir jadvalidayetakchilik qilib turgan boshqa jamoalarda ham sharoit yaxshi. «Arsenal»oxiriga qadar kurashadi. Garchi uni har doim hisobdan chiqarib tashlasalarda,mana mavsumning ikkinchi yarmi boshlanibdi ham «Arsenal» yetakchilar qatoridabormoqda. Yana «Chelsi», «Everton» va«Tottenxem»da ham imkoniyat juda yaxshi.

«Yunayted» har doim mavsumning ikkinchi yarminiyaxshiroq o‘tkazgan. Bizda fantastik chempionat bor va biz bu bilanfaxrlanamiz» ,- deydi Fergyuson.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Anderson» – «Andow»

25.01.2014

Ijaraasosida «MYu»dan «Fiorentina»ga o‘tgan braziliyalik yarim himoyachi Anderson, bugun yangijamoasi tarkibida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

«Yunayted»futbolchisi bu yerda o‘zining odatiy – 8 raqamida emas (bu raqam Marko Bakichtomonidan band etilgan), 88 raqamida o‘ynaydi.

FootballItalia nashrining xabar qilishicha Andersonnafaqat raqamini, balki futbolkasidagi ismini ham boshqacha qilib, maydongatushadi: «Anderson»dan«Andow»ga.

Qo‘shimcha sifatida shuni aytish mumkinki,futbolchi instagramda Andowlove niki bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Муҳокама

24.01.2014

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runining agenti Pol Stretford payshanba kuni klub ijrochidirektori Ed Vudvord bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘idaAngliya termasi forvardining kelajagi muhokama qilindi.

Stretford mankunianlar bazasida chorshanba kuni paydo bo‘lgandi, u payshanba kuniham bazada ko‘rinish berdi va Runining yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaraga kirishdi.

28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilyozida yakunlanadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik jarohat oldi

23.01.2014

Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesning xabar berishicha «Sanderlend» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoa yarim himoyachisi Maykl Karrik jarohat olgan. Uning holati yuzasidan aniq ma’lumot tibbiy tekshiruv natijasidan so‘ng aniqlanadi. Shuningdek hujamchi Xaver Ernandes ham uchrashuvda kichik jarohatga yo‘liqqan va natijada o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan penaltilar seriyasida ishtirok eta olmasligi bildirgan.

Муҳокама