Navbatdagi nishon Arturo Vidal
23.01.2014

Zaxa ijaraga beriladi
23.01.2014

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa tez orada jamoasini o‘zgartiradi.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra 21 yoshli futbolchi ijara asosida mavsum yakuniga qadar «Kardiff Siti» jamoasiga o‘tadi. Futbolchi shu kunlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jamoaga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, «Qizil iblislar» murabbiyi Devid Moyes avvalroq Zaxani ijaraga berib yuborish mumkinligi to‘g‘risda xabar bergan edi.The Guardian: Mata — «Yunayted» futbolchisi
23.01.2014

Britaniyaning mashhur The Guardian nashrining xabar berishicha, «Chelsi» jamoasi «Manchester Yunayted» ning Xuan Mata bo‘yicha taklifini qabul qilgan.
Kelishuvga ko‘ra «Yunayted» jamoasi «Chelsi»hisobiga 37 million funt mablag‘ni o‘tkazib beradi.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi tez kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Manchesterga tashrif buyuradi. Shartnomaning shaxsiy bandlari bo‘yicha ham o‘zaro kelishuvga erishilgan.
Manchester shahridagi tibbiy klinikaga futbolchining ko‘rikdan o‘tkazish uchun joy band qilingan.AFA «MYu» apellyasiyasiga rad javobini berdi
22.01.2014

Angliya Futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» jamoasi Nemanya Vidich diskvalifikatsiya yuzasidan bergan apellyasiyasiga rad javobini bergan. Bu haqida Sky Sports nashri xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Chelsi» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Eden Azarga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olgan edi.Endilikda «Yunayted» sardori uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur. Liga Kubogidagi «Sanderlend» va Premer Ligadagi «Kardiff» va «Stok Siti»jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarda maydonga tushmaydi.Dante «MYu»ga keladimi?
22.01.2014

Britaniya nashrlarining xabariga ko‘ra Germaniyaning «Bavariya»jamoasi himoyachisi Dante borasida «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan.
«Men nimani aytishim mumkin muzokaralar borasida meni agentim shug‘ullanadi», - Dante so‘zidan Sky Sports iqtibos keltirgan.– Men xozirda «Bavariya» da baxtliman – asosiysi o‘z vazifamni bajarishda davom etmoqchiman. «Manchester Yunayted» menga qiziqish bildirganidan xursandman, keling vaziyatni kuzataylik, hammasini vaqt ko‘rsatadi».
«Men Premer Liga o‘yinlarini kuzatib boraman, «Manchester Yunayted» jamoasida vaziyat hozir murakkab, o‘ylashimcha bu menga ham juda qiziq. DKeling 31 yanvargacha sabr qilaylik vaqt ko‘p narsaga oydinlik kiritadi».
Braziyalik 30-yoshli futbolchining agenti Markus Marin esa quyidagi fikrda.
«Hozirda xech qanday kelishuv yo‘q, - deydi Marin The Inependent nashriga bergan intervyusida. – Biz hozirda faqat «Bavariya» bilan yangi shartnoma bandlari bo‘yicha muzokaraga kirishmoqchimiz».
«Dante Germaniyada o‘zini baxtli his qilmoqda, lekin hamma narsa ro‘y berishi mumkin, balki biz boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishimiz mumkin».
«Manchester Yunayted» Dantega ikki yil avval qiziqish bildirgan edi. Biz muzokara olib borgan edik, lekin yakunda Dante «Bavariya» ni tanlagan edi. «Yunayted» - juda kuchli jamoa va juda katta jamoa, shunday ekan barchasi qiziqarli bo‘lishi aniq. Ammo shuni takrorlaymanki, hozirda biz boshqa muzokara o‘tkazganimiz yo‘q».Sky: Mata borasidagi muzokara ijobiy yakunlandi
22.01.2014

Sky Sports nashrining xabar berishicha Xuan Mata yuzasidan olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topgan. Britaniya telekanali eksperti Gilem Balagning maʼlumot berishicha futbolchining transferi ijobiy yakunlanganini taʼkidlagan.
««Chelsi» Matani «Yunayted»ga qo‘yib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, va ushbu oy yakuniga qadar futbolchi «Old Trafford» ga tashrif buyurishga yaqin turibdi», - deydi Balag Revista de La Liga ko‘rsatuvida bergan interyusida.
«Vaziyat ikki tomonga maqul kelgan ko‘rinadi. «Yunayted» bu orqali jamoa o‘yini sifatida o‘zgarish ro‘y berishida Mata katta yordam berishida umidvor. Fikrimcha jamoa bu orqali «Arsenal» va «Siti» jamoalariga rqaobatni yanada oshirishni maqsad qilgan».
Balagni gaplarini ko‘plab tahlilchilar ham tasdiqlaganlar, va muzokara ijobiy yakuniga yetgan deb hisoblamoqdalar.Moyes: Barchasi safsata
22.01.2014

Van Persi va Fellayni jamoa bilan birgalikda
22.01.2014

«MYu» nigohi yangi yulduzlarda
22.01.2014

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaga Germaniyalik ikki futbolchini taklif qilmoqchi.
Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra shotlandiyalik mutaxassis Myonxengladbaxga tashrif buyurib «Borussiya» Myonxengladbax jamoasi futbolchilari Patrik Xerrmann va Maks Kruzlarning o‘yinini kuzatishni rejalashtirib qo‘ygan. Futbolchilarning umumiy bahosi tahminan 30 million yevro atrofida ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, nemis jurnalislarining fikriga ko‘ra Kruz xozirda yevropa futbolining yorqin iqtidor egasi sifatida qarashmoqda, xujumkor yarim himoyachi Xerrmannga esa «yangi Marko Roys» deya takitlashmoqda.
Voqyealar rivoji qay tarzda ketishini kutib qolamiz.Fabio ijaraga berilishi mumkin
22.01.2014

«Manchester Yunayted» himoyachisi Fabio da Silva yaqin orada faoliyatini ijara asosida «Frayburg» jamoasida davom ettirishi mumkin.
Jamoalar kelishuvni rasmiylashtirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Ijara shartnomasi mazkur mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar beradi The Guardian nashri.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum, Fabio Angliya chempionatining atigi bir uchrashuvida ishtirok etdi.