Янгиликлар /

Jons: Bu bizni kuchliroq qiladi

21.01.2014

«Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons Angliya Ligasi kubogining yarim finalidan o‘rin olgan «Sanderlend» jamoasiga qarshi o‘yin oldidan faqat g‘alaba uchun maydonga tushishi haqida aytib o‘tdi.

«Angliya Ligasi kubogi biz uchun hamisha muhim musobaqa bo‘lib kelgan. Biz har bir musobaqada g‘alaba qozonishni istaymiz. Natijaga erishish vaqti keldi. Biz finalga qadar yetib borishimiz shart».«Bizning muxlislarimiz ushbu mavsumda noxush damlarni boshdan kechirishmoqda. Ammo bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishyapti. Bu juda muhim. Biz hammamiz birlashishimiz kerak. Bu bizni kuchliroq qiladi», - deydi Jons.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Mataga xaridor

21.01.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbarlari qishgi transfer so‘ngiga qadar jiddiy ravishda jamoani kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda.

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Qizil iblislar» jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida eʼtiborni asosan ikki futbolchiga qaratgan. Ulardan biri so‘ngi vaqtlarda asosan vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazayotgan Londonning «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Xuan Mata bo‘lsa, ikkinchisi o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘p jamoalarda qiziqish uyg‘otgan yarim himoyachisi Yoan Kabay.

Xabarlarga ko‘ra, «Aristokratlar» 25 yoshli futbolchi uchun 20 million funtdan kam bo‘lmagan mablag‘ talab qilishmoqda.

«Nyukasl» esa o‘z futbolchisini yaqin orada sotish niyati yo‘qligini bildirgan.

Муҳокама

20.01.2014

Maykl Karrikning fikriga ko‘ra «Stemford Bridj» da bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Yunayted» jamoasi «Chelsi» ga qaraganda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Biroq yakuniy zarbalarda biroz omad yetishmaganligini ta’kidlab o‘tdi. «Birinchi bo‘limda biz ko‘proq o‘yinni o‘z qo‘limizda ushlab turdik. O‘tkazib yuborilgan ikkinchi to‘p bizga qattiq zarba bo‘ldi. Tanafusdan so‘ng yana o‘yinimizni kuchaytirishga xarakat qildik. Avvalroq gol ura olganimizda uchrashuv boshqacha tarzda kechar edi. Uchinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa vaziyat butkul qiyinlashdi».«Standart vaziyatlarda biz kuchli himoyalanishimiz zarur edi. Afsuski mezbonlar ustunlik qilishdi».«So‘ngi oylarda muhlislarimiz bizni juda ajoyib tarzda qo‘llab quvatlashmoqda buning uchun ularga katta rahmat. Tez orada biz maydonga yana chiqamiz. Chorshanba kuni bizni yana bir katta uchrashuv kutib turibdi. Bu bizni finalga olib chiquvchi eng yaxshi imkoniyat. Biz bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emasmiz».

Муҳокама

Янгиликлар /

Vidich: Moyes aybdormi?

20.01.2014

«Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidich «Chelsi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng chempionlik kurashidan chiqib ketganlarini tan olishga majbur bo‘ldi.«Biz yetakchilardan juda ortda qolib ketdik va endi uchinchi, to‘rtinchi o‘rinlar uchun kurashishga majburmiz. Nima bo‘lganda ham ijobiy hissiyotlarni saqlab qolish lozim, bugun biz yomon o‘ynamadik. Biz uchta zarab berdik va bizni xatolarimiz uchun jazolashdi».«Oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz endi yeChL uchun kurashishimiz kerak. Umid qilamanki omadimiz keladi va biz bu vazifani bajarishga muvaffaq bo‘lamiz».«Moyes aybdormi? Faqat shunga e’tibor berib qolmaslik lozim. Futbolchilar bu haqida gapirishdan charchadilar. Chunki murabbiy qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Bugun biz taktik jihatdan yaxshi o‘yin namoyish qildik», - deydi himoyachi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Fellayni kerakli futbolchi

19.01.2014

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes dushanba kuni operatsiyadan keyin tibbiy ko’rikdano’tadigan yarim himoyachi Maruan Fellaynining jamoadagi roli haqida fikr yuritdi.Uning so’zlariga ko’ra futbolchi kelasi haftada mashg’ulotlarga to’liq qaytadi.

– DushanbadaFellayni shifokor qabuliga boradi, – deya Moyes so’zlarini keltiradi ESPNnashri. – Uning jarohati u qadar jiddiy emasdi. Jarrohlik amaliyotidan keyin Maruanningholati aniqlashdi. Fellayni kelasi hafta safga qayta olsak kerak. U bizga kerakli futbolchi.

Eslatib o’tamiz, Fellayni bu yilgi mavsum boshida «Everton»dan32 million evro evaziga sotib olingan va APLda 11 o’yin o’tkazib, lekin hali hammankunianliklar safida gol kiritish yoki golli pas muallifi bo’lishga ulgurmagan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Anderson: Barchasi uchun rahmat

19.01.2014

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Anderson «Fiorentina»datibbiy ko’rikdan o’tib bo’lgan va Angliya klubi bilan xayrlashdi. Uning so’zlariga ko’ra Anderson Angliyadagifutbolchilik davrini hech qachon unutmaydi.

– «MYu»ga klubsifatida men bergan barcha narsalari uchun rahmat aytmoqchiman, – deb yozgan Anderson ijtimoiy tarmoqlardanbiridagi shaxsiy sahifasida. – Faoliyatimning Angliyadagi davrini, maydonda birgao’ynagan jamoadoshlarim, murabbiylar va «Yunayted»ning boshqa ishchilarini aslounutmayman.

–Endi ketishimkerak, chunki o’ynashda davom etmoqchiman. «Fiorentina» men bilan shartnoma izolabxato qilmaganini isbotlamoqchiman.

Eslatib o’tamiz,bu yilgi mavsumda Anderson Angliya chempionatida atigi4 o’yinda maydonga tushgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Persi: Biz Moyesga ishonamiz

17.01.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin Van Persi jamoa ustozi Devid Moyesni qo‘llab-quvvatladi.«Qizil iblislar» boshchiligidagi o‘zining birinchi mavsumida Moyes Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi, jamoani Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga olib chiqdi va Liga Kubogining yarim finaligacha bordi. Biroq Devid hamon katta bosim ostida turibdi va ko‘plab tanqidlar ostida qolib ketmoqda.«Chelsi»ga qarshi yakshanba kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan Van Persi Moyesning Premer-Ligadagi holatni yaxshilashiga ishonishini aytdi.«Moyesga vaqt kerak, u bu yerda yangi inson. Murabbiyimiz bizning sardorimiz sanaladi, u vaziyatni o‘zgartira oladi».«Bu mavsumda biz juda ko‘p ochkolar yo‘qotdik, biroq biz barchasini to‘g‘irlashga umidvormiz».«Biz g‘alaba qozonishga o‘rganib qolganmiz. Agarda sen g‘olib bo‘lsang, bu sen uchun oddiy kundek o‘taveradi. Angliya Superkubogini yutib olganimizdan so‘ng futbolchilar katta xursandchilik qilishmadi, baland musiqa qo‘yishmadi, huddi bu oddiy holatdek», - deydi Van Persi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fellayni tez orada safga qaytadi

17.01.2014

The Daily Mail nashrining xabar berishicha jamoa yarim himoyachisi Maruan Fellayni tiklanish mashg‘ulotlarini bajarishga kirishgan.
Xabarda aytilishicha, Fellayni muvafaqiyatli o‘tgan jarohlik amaliyotinidan so‘ng tiklanish mashqlarini olib bormoqda. Jamoa fizioterapevti bilan hamkorlikda yengil va yakka tartibda to‘p bilan mashqlarni bajarmoqda.
Tez orada belgiyalik yarim himoyachining asosiy jamoa bilan mashqlarga kirishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Anderson Florensiyada

16.01.2014

«MYu» yarimhimoyachisi Anderson«Fiorentina»ga o’tishga yaqin turibdi. U bugun Italiyaga uchib ketdi. Bu haqdaDaily Mail xabar bermoqda.

Shu kunlardafutbolchi tibbiy ko’rikdan o’tadi va shartnoma imzolaydi. Futbolchining o’zi «Fiorentina»gao’tishga rozi, lekin «MYu» uni ijaraga berishgagina rozi bo’ldi.

Avvalroq Andersonning mavsum oxiriga qadar Italiyadao’ynashi va bu «Fiorentina»ga 6,5 million evroga tushishi xabar qilingan edi.

Муҳокама

16.01.2014

Serbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mateya Kejman NemanyaVidichning «MYu»da qolmoqchi ekanini ta’kidladi.

«Vidich judayaxshi futbolchi va mening do’stim. Men u bilan ikki oy oldin gaplashgandim va«MYu» bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanini aytgandi.

Ularning o’rnidabo’lganimda Vidichni jamoada olib qolgan bo’lardim. Unda etakchilik qobiliyati bor.U yosh futbolchilarni tarbiyalash uchun ham «MYu»ga kerak»,- deydi Kejman.

Vidichning shartnomasi 2014 yilda o’z nihoyasiga etadi.Unga ayni vaqtda «Monako» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.

Муҳокама