16.01.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi «PSJ» yarim himoyachisi Lukas Moura bilan qiziqmoqda.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Devid Moyes «PSJ» va «Bordo» o‘rtasidagi uchrashuvda braziliyalik futbolchining o‘yinini shaxsan kuzatgan va endi futbolchini sotib olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar Moura uchun 30 million funt talab qilishlari kutilmoqda. Biroq «MYu» bu talabdan cho‘chimayapti va talab qilingan mablag‘ni bermoqchi. Shu bilan birga Mouraga ham haftasiga 120 ming funt maosh taklif qilinadi.
Shuningdek, Devid Moyes jamoa o‘yinini barqarorlashtira oladigan yarim himoyachi qidirmoqda va eʼtiborini «Napoli» futbolchisi Marek Xamshikka qaratdi.
«MYu» bir necha nafar skautlari Italiya Kubogi doirasida «Napoli» va «Atalanta» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvni kuzatib borishgan. Har bir mutaxassisning alohida bergan tahlil va kuzatuvlariga asoslanib jamoa yakuniy qaror chiqaradi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi va van Persida muammo bor

16.01.2014

The Guardian nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining hujumchilari Ueyn Runi va Robin van Persi faqatgina «Chelsi» qarshi o‘yinni emas yanvar oyi so‘ngigacha mo‘ljallangan barcha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishlari mumkin.

Ueyn Runi o‘z jarohatini tuzatish uchun Misrda bo‘lib qaytdi va hozirda uning ahvoli yancha yahshilanib bormoqda. Robin van Persi esa yakka tartibda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Devid Moyes futbolchilarning holati yuzasidan juma kuni Karringtonda tashkil etiladigan mashg‘ulotdan so‘ng aniq maʼlumot berishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi jarohatidan tiklanib qaytdi

15.01.2014

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliyaga Misrdanbir necha kunlik tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazib qaytdi.

Yaqin soatlarichida hujumchi tibbiy ko’rikdan o’tadi, shundan so’ng Runining APL 22-turidan o’rinolgan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki borasida qaror qabul qilinadi.

«MYu» bosh murabbiyiDevid Moyes Runini yakshanba kungi uchrashuvda ishtirok etishiga juda katta umidbog’lagan, sababi Robin van Persi hamon sonidagi jarohati sabab maydonga tusha olmayapti,deya xabar beradi Goal.com nashri.

Aytish joizki, Runi Sharm-el-Sheyxda «Manchester Yunayted»ningbir nechta shifokorlari nazorati ostida jarohatidan tiklandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes Banegaga qiziqish bildirgan

15.01.2014

«Manchester Yunayted» jamoasi Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi markaziy yarim himoyachisi Ever Banegaga qiziqish bildirgan.

Britaniya OAVlarining qayd etishicha bosh murabbiy Devid Moyes jamoa markaziy himoyasini kuchaytirish borasida bir necha variantlarni ko‘zdan kechirmoqda. Unga ko‘ra jamoaga Ever Banegani olib kelish orqali ushbu chiziqdagi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin.

Tez kunlar ichida futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqish reja qilinmoqda. «Valensiya» jamoasi futbolchi uchun 12 million funt sterling mablag‘ talab qilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes Fransiyaga tashrif buyurdi

15.01.2014

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Fransiya Kubogi doirasidagi «Bordo» va «PSJ o‘rtasidagi (1:3) o‘yinga tashrif buyurdi.Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra 50 yoshli mutaxassis futbolchilardan birini kuzatish uchun borgan, deb yozmoqda The Independent nashri.Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Moyes Italiya chempionati doirasidagi «Kalyari» - «Yuventus» (1:4) uchrashuvini ham stadiondan tomosha qilgandi. Jamoaning yordamchi murabbiysi Fil Nevill esa Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan «Rayo Valekano» va «Xetafe» uchrashuviga tashrif buyurgan bo‘lsa yana bir skaut agenti esa «Benfika» - «Portu» uchrashuvini kuzatgan.

Муҳокама

15.01.2014

Aka-uka Rafaelva Fabio da Silvalar yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishlari mumkin, deya xabarbermoqda futbolchilar agenti.

Eslatib o’tamiz,23 yoshli braziliyalik egizaklar 2008 yilda «MYu»ga kelishgan edi, ammo ulardanfaqat bittasi — Rafael asosiy tarkib futbolchisiga aylana oldi.

Fabio o’tganmavsumni «KPR»da ijara asosiyda to’p tepish bilan o’tkazdi.

«Ularning qishgi transfer darchasi davomida biror joygao’tishi mumkinligi haqida men hech narsa bilmayman. Bu gaplar shunchaki mish-mishdanboshqa narsa emas. Ular mavsum ohiriga qadar «MYu»da qolishlarini aniq ayta olaman.Yozda esa katta ehtimol bilan ular «Yunayted»ni tark eimshlari mumkin», dedi aka-ukada Silvalar agenti Kassiano Pereyra.

Муҳокама

Янгиликлар /

Anderson uchun 6 million evro

14.01.2014

«Fiorentina»klubi yarim himoyachisi Andersonni o’z safiga qo’shib olish uchun «ManchesterYunayted» bilan muzokara olib borayapti.

Bugunitaliyaliklar Angliya chempionlariga 25 yoshli braziliyalik o’yinchinikeyinchalik 5-6 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo’yichataklif yuborishmoqchi, deb xabar beradi Sport Italia.

Ta’kidlab o’tamiz, Andersonning «qizil iblislar»bilan tuzgan shartnomasi 2015 yilning iyunida tugaydi, ammo «MYu» boshmurabbiyi Devid Moyes unga yangi shartnoma taklif etmoqchi emas.

Муҳокама

14.01.2014

«Oltin to’p»ni topshirish marosimidan so’ng Ronaldu o’z intervyusidahaqiqatdan ham Rio Ferdinand uni «Old Trafford»ga qaytishga ko’ndirmoqchi bo’lganinitan oldi.

«Rio bilan bu haqida ko’p gaplashganimiz rost. Rio menga akamdek, biz uzoq yillar davomida «MYu»da birgao’ynadik va uning ustiga, bizlar qo’shni ham edik.

U judaajoyib yigit. Rostdan ham meni qaytishga ko’ndirishga urindi. Bu haqida o’zimham ko’p o’yladim. Chunki «Yunayted» hali ham mening yuragimda.

U erda olti yil o’ynadim va klubni hamon sevaman. Uerda ko’plab do’stlarim bor. Hammasiga omad tilayman», - dedi portugaliyalikfutbol yulduzi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Keyrush: Bu faqat vaqt masalasi

12.01.2014

«ManchesterYunayted»da ser Aleks Fergyusonga yordamchilik qilgan Karlush Keyrush mankunianlarhozirgi murakkab vaziyatdan chiqib keta olishlariga ishonishini aytib o’tdi.

«Fanatlar ham,murabbiylar ham, o’yinchilar ham bu vaziyatdan qoniqishmaydi. Ammo men bilaman,futbolchilar ushbu holatni yaxshilashni juda xohlashmoqda va tez orada to’g’ri yo’lgatushib olishlariga shubhalanmayman. Bu faqat vaqt masalasi.

Devid Moyesdagi tajriba va sifatlar, bundan tashqariuning «Everton»da olib borgan ajoyib faoliyati va rahbariyatning qo’llab-quvvatlashitufayli tez orada natijalar kelishiga ishonaman.Hammasi yaxshi bo’ladi», - deydiKeyrush.

Муҳокама

12.01.2014

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Robin van Persi borasidagifikrlarini bildirib o’tdi.

«Bundaygaplar qaerdan kelayotganini tushunmayman. Bilishimcha bu xabar hech qandayhaqiqatga to’g’ri kelmaydi.

O’tganmavsum van Persining hech qanday jarohati yo’q edi. «Shaxter»ga qarshi kechganuchrashuvdagi burchak to’pidan so’ng belida og’riq his qildi. Ammo bu o’rindagap 2007 yilgi eski jarohatning qaytalanishi haqida ketmayapti.

Bu mutlaqo boshqacha jarohat. Biz uni to’g’ri davolashimizlozim. Shu sababli Robin Gollandiyaga ketgan va uyerda o’z fizioterapevti ko’rigiostida davolanmoqda. Biz van Persini safga tezroq qaytarish uchun qo’limizdan kelganbarcha ishni qilmoqdamiz. Men uning qachon safga qaytishi haqida gapirmoqchiemasman», - deydi murabbiy.

Муҳокама